Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


IV BO‘LIM. AKSIYALAR VA BOShQA QIMMATLI QOG‘OZLARNI JOYLAShTIRISh


Download 132.97 Kb.
bet18/59
Sana13.05.2023
Hajmi132.97 Kb.
#1457128
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
AJ togrisidgi qonun

IV BO‘LIM. AKSIYALAR VA BOShQA QIMMATLI QOG‘OZLARNI JOYLAShTIRISh
(IV bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
36-modda. Aksiyalarni joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati ochiq obuna vositasida aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishga yoki ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga o‘zgartirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Emitent tomonidan aksiyalarni joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
(36-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish (ochiq yoki yopiq obuna) usullari jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi, jamiyat ustavida bu xususda ko‘rsatmalar bo‘lmasa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorida jamiyat aksiyalari va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish uslubi to‘g‘risida ko‘rsatma bo‘lmasa, joylashtirish faqatgina ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalarini qayta o‘zgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2000, 30.08.2009-y.).
Qonun hujjatlarida ochiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni ochiq obuna vositasida joylashtirishi shart bo‘lgan hollar belgilab qo‘yilishi mumkin.
(36-moddaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling