Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash muddatlarini maqbullashtirish. Reja


Download 44.25 Kb.
bet1/3
Sana12.10.2023
Hajmi44.25 Kb.
#1700032
  1   2   3
Bog'liq
Aksiz solig`i


Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash muddatlarini maqbullashtirish.


REJA

1. Aksiz solig'i.


2.Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish.
3.Aksiz solig'ini to‘lash muddatlarini maqbullashtirish.


Tayanch iboralar: Soliq to'lovchilar. Aksiz solig'i to'lovchi yuridik va jismoniy shaxslar.
KIRISH


Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida soliqlar va ularga tenglashtirilgan tolovlar davlat byudjetining asosiy daromad manbasi hisoblanadi, shuning uchun noiqtisodiy talim ixtisosligi talabalari yuridik hamda jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va ularga tenglashtirilgan tolovlar boyicha chuqur bilimga ega bolishi, tolovlarni hisoblash va byudjetga tolash tartiblarini soliq nazariyasi, soliq qonunchiligi asoslari, soliqni prognoz qilish va boshqa ozlashtirgan bilimlari asosida mukammal organgan etuk mutaxassis bolib etishishini bugungi kun talabi taqozo etmoqda. Soliqlar va soliqqa tortish fani boyicha noiqtisodiy mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarning mano hamda mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bolish bilan bir qatorda soliq turlarini, soliq obektlari, subektlari, soliqni hisoblash yollarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi boyicha konikmalarga ega bolishi zarur.


Soliq solish obyekti. Aksiz to'lanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana. Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish. Aksiz to'lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash.
Aksizlar tovarlar uchun qo'yiladigan bilvosita soliqlarning bir turi bo'lib, qo'shilgan qiymat solig'idan farqli ma'lum bir chegaralangan tur va guruhdagi mahsulotlarning narxiga yoki ko'rsatilayotgan xizmatlarning tarifiga qo'shiladi. «Aksiz solig'i to'lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir: - O'zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig'i solinadigan tovarlarni (aksiz to'lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar; O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to'lanadigan
tovarlarni import qiluvchilar; - oddiy shirkat aksiz to'lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi). aksiz to'lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo'yicha aksiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan aksiz solig'ini to'lovchi etib belgilanishi mumkin. Soliq solinadigan baza.
Aksiz solig'ining stavkalari mutlaq summada (qat'iy) belgilangan aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan baza aksiz to'lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi. Aksiz solig'iga O'zbekiston Respublikasi hududida chiqariladigan va O'zR hududiga import qilingan tavarlar tortiladi. Aksiz solig'i
stavkalari quyidagicha belgilanadi
advalor stavka tovar narxiga nisbatan foizlarda belgilanadi;
-qat'iy stavka tovarning natural ko'rinishidagi har bir o'lchamiga mutloq summada belgilanadi.
Aksiz solig`i hisobi va uni takomillashtirish Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni
Aksiz solig`i hisobi va uni takomillashtirish
Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni.O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig‘i Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, jumladan, davlat budjetining soliqli daromadlari tarkibida 2000 yilda 22,8 foizni, 2001 yilda 26,3 foizni, 2002 yilda 28,8 foizni, 2003 yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006 yilgi dalat budjeti daromadlarida uning ulushi 19 foizni, 2008 yilda esa 16,5 foizni tashkil etgan.
Aksiz solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish tendentsiyaga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son “Bozorni iste‘mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga asosan “GM Uzbekistan” aktsionerlik jamiyatining ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste‘mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi davlat budjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika budjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste‘molchilar zimmasida bo‘ladi.
Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq ob‘ekti va bazasi.Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi o‘rnatilganligidan qat‘iy nazar aksizosti tovarlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar tushuniladi.



Download 44.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling