Aksiz solig’i Reja: Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni. Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq ob‘ekti va bazasi. Aksiz solig‘i stavkalari. Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar


Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar


Download 136.63 Kb.
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi136.63 Kb.
#1831236
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aksiz solig’i

4. Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar. Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
- davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida;
- O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag’lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aktsiz to’lanadigan tovarlarni import qilishga.
4) aktsiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig’i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig’i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;
5) vakolatli davlat organining yozma tasdig’i mavjud bo’lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
5. Aksiz solig‘ini to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, muddatlari. Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va aksiz solig‘ining belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i summasi realizatsiya qilinadigan benzinning, dizel yoqilg‘isining va gazning narxida hisobga olinadi. Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazdan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilganda aksiz solig‘ining hisoblangan summasi soliq to‘lovchining xarajatlari jumlasiga kiritiladi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlar olinayot­ganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘langan aksiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri keladigan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qoidalar qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aksiz to‘lanadigan tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarning mulkdori aksiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo‘llaniladi.
Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi, bundan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilish hollari mustasno. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilinganda hisob-kitob avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Aksiz solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‘g‘ri keladigan aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob-kitobni taqdim etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi.
Ortiqcha kiritilgan aksiz solig‘i summalari bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab Davlat soliq xizmati organi tomonidan 15 kun ichida to‘lovchiga qaytariladi (agar byudjetga boshqa soliq turlari bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa).

Download 136.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling