Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti elektron tijorat yo’nalishi


O‘zbekistonda elektron tijoratning hozirgi holati


Download 0.89 Mb.
bet3/11
Sana22.01.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1109594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekistonda elektron tijoratning hozirgi holati

O‘zbekistonda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo‘llash xamda «axborotlashgan jamiyat» sari jadal intilish maqsadida amaliy choralar ko‘rilmoqda. Ammo, bu borada qilingan ishlardan kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lami nixoyatda kengdir. Jahonda axborot-kommunikatsiya sohasi rivoji juda tezlik bilan ro‘y berayotganligi sababli bu boradagi har qanday sustkashlik mamlakat taraqqiyotiga o‘ta salbiy ta’sir etishi mumkin.
Kelgusida axborot-kommunikasiya tizimi rivojini Respublika iqtisodiy taraqqiyotining bosh yo‘nalishlaridan biriga aylantirish uchun quyidagi vazifalarni birinchi o‘rinda hal qilish talab etiladi. Chunonchi, soha rivoji uchun qulay bo‘lgan iqtisodiy hamda huquqiy muhitni davr talablariga mos ravishda takomillashtirish, sohada mulkiy munosabatlarni erkinlashtirish va
axborot-kommunikatsiya xizmatlari bozori rivojini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan firma va kompaniyalar faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmini shakllantirish, eng asosiysi, sohaning respublikada tarkib topayotgan bozor munosabatlari talablariga javob beradigan oqilona boshqaruv tizimini yaratish va bu yo‘nalishda chuqur sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish lozim. Tabiiyki bunday sifat o‘zgarishlari boshqaruv tizimini takomillashtirish muammolarini yechishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi. Zero, bunday tadqiqotlarsiz soha boshqaruvi samaradorligini ta'minlab bo‘lmaydi.
Shu sabab ham so‘nggi yillarda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini shakllantirish va rivojlantirish xamda ushbu sohani boshqarishning nazariy, metodologik xamda amaliy maslahtalari yurtimiz va xorijdagi ko‘pchilik olimlar ilmiy ishlarining mavzusiga aylanmoqda. Ammo, ta'kidlash lozimki, so‘nggi yillarda aloqa va axborotlashtirishning shiddatli rivojlanayotganini xamda ustuvor yo‘nalishga aylanayotganligini xisobga olgan xolda, ushbu soxani boshqarishni takomillashtirishning xozirgi kundagi muammolari yetarli tadqiq qilinmagan. Qolaversa, bor adabiyotlar xam boshqaruvning tor yo‘nalishdagi u yoki bu muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, soxa boshqaruvi muammolarini mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxrolarga bog‘liq ravishda kompleks holda ochib bera olmaydi. Xolbuki, bunday talablarga javob beradigan ilmiy nashrlarning yetarli emasligi amaliyotda kuchli sezilmoqda.
Shularni xisobga olib ushbu monografiya mualliflari O‘zbekiston axborot-kommunikasiya soxasining rivojlanish xususiyatlari va qonuniyatlarini taxlil qilgan xolda soxaning ustuvor va jadal rivojlanishini ta'minlash, uning bozor isloxotlari talablariga mos keluvchi zamonaviy boshkaquv tizimini shakllantirishga qaratilgan ilmiy- amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni xamda bu boradagi xulosalarni o‘quvchilar xukmiga xavola qilishni maqsad qilib oldilar.
Albatta, bu maqsad juda keng qamrovli bo‘lib bir kurs ishi doirasida uni xar tomonlama yoritishga erishish murakkab. Shu sababli asosiy e'tiborni eng avvalo, muammoning shu kunda dolzarb bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlariga qaratishni o‘rinli deb topildi:
- respublika axborot-kommunikasiya tizimi rivojlanishining ilmiy asoslari va qonuniyatlarini taxlil qilib, soxaning mamlakat iqtisodiyotining xozirgi boskichidagi rolini ilmiy jixatdan asoslash;
- axborot-kommunikasiya sohasi boshqaruv tizimining zamonaviy tamoyillariga xamda boshqaruvning shu kunda amal qilayotgan elementlari va usullariga ilmiy ta'rif berish, bu kategoriyalarning iqtisodiyotni isloh qilish jarayonida qayta shakllanishi, rivojlanishi va takomillashishi qonuniyatlarini ochib berish, ularning shu kun talablariga mos klassifikasiyasini ishlab chiqish;
- zamonaviy boshqaruv tizimi samaradorligini aniqlashning ilmiy- uslubiy asoslarini umumlashtirish va belgilab olingan metodologik asosda
respublika axborot-kommunikasiya soxasi zamonaviy boshqaruv tizimi xolatini ilmiy taxlil qilish, bu tizimning iqtisodiy samaradorligiga xamda uning amalga oshirilayotgan isloxatlar bilan uzaro bog‘liqlik darajasiga baxo berish;
- soxani boshqarishda bozor tamoyillari asosidagi usullar bilan davlat tomonidan boshqaruv usullari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat holatini taxlil qilish, bu nisbatning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish va shu asosda mazkur ikki turdagi boshqaruvning xozirgi sharoit uchun oqilona bo‘lgan usullarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- boshqaruv tizimini bozor isloxotlari talablariga mos ravishda erkinlashtirish darajasiga baxo berish va bunday erkinlashtirish yo‘nalishlarini belgilash;
- soha boshqaruviga oid ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish asosida O‘zbekistan axborot-kommunikasiya tizimida baxo (narx), marketing, investisiya va lisenziya siyosatining ilmiy asoslari xamda amaliyotini keng taxlil kilish, shu asosda boshkaruv tizimining bu yunalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish buyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chikish. Boshqaruv tizimining bu dolzarb masalalarini o‘zaro bog‘lab, xamda ochib berish, albatta boshqaruvda AKT ning mazmunini xamda uning mantiqiy tuzilishini belgilab berdi.
Elektron tijoratni rivojlantirish hukumat siyosatida ham katta ahamiyatga ega. Prezidentning 2018 yil 14 maydagi "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida" gi farmoniga muvofiq, elektron tijorat sohasida tadbirkorlik sub'ektlarini rag'batlantirish 19 maqsadida elektron tijorat sub'ektlarining milliy reestri tijorat.uz yaratildi, hozirda 32 ta tashkilot ro'yxatdan o'tgan.Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Milliy reyestrgaixtiyoriy va bepul asosda kiritilgan bo'lib, elektron savdo orqali tovar va xizmatlarni sotishdan tushadigan daromad ular tomonidan sotilgan tovarlar va xizmatlar umumiy hajmining kamida 80 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, ular 2% stavka bo'yicha yagona soliq to'lovini to'lashlari kerak.
O'zbekistondagi asosiy universal elektron savdo maydonchasi bu Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yaratilgan Trade Uzbekistan savdo maydonchasi (tradeuzbekistan.com veb-sayti). Boshqa elektron savdo maydonchalari ham ishga tushirildi, masalan, B2B formatidagi to'qimachilik ishlab chiqaruvchilari uchun uzbtextile.com, kichik va o'rta biznes uchun universal.uz va boshqalar.Shu bilan birga, O'zbekistonda elektron elektron tijoratning rivojlanish darajasi hali ham past darajada. Hozirda e-tijorat.uz elektron tijorat sub'ektlari milliy reestrida faqat 32 ta sub'ekt ro'yxatdan o'tgan. Shu bilan birga, elektron tijorat sohasida ishlaydigan 69 ta veb-sayt (2019 yil noyabr oyi holatiga ko'ra) www.uz ma'lumot olish milliy tizimida mavjud. 2019 yilning ikkinchi choragida elektron tijorat operatsiyalari soni 75,39 millionni, bitimlar hajmi esa 3,515 trln. so'mni tashkil etdi. Birinchi chorakda ushbu ko'rsatkichlar 73,8 million va 2,516 trln. so'mni tashkil etdi.

2020-yilning 1-dekabr holatiga o‘rnatilgan bankomatlar soni 11 621 donani tashkil etadi. Bu 2012-yilga qaraganda (350 dona) 30 martadan ko‘proqqa ko‘payganini ko‘rishimiz mumkin.
Bu bilan birga nafaqat bankomatlar balki plastik kartalar va ular orqali pul o‘tkazmalar hajmi ham sezilarli darajada oshgan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish va ularni etkazib beruvchilar va tovar va xizmatlarni iste'molchilar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga kiritish bilan bog'liq bo'lgan raqamli iqtisodiyot ulushining o'sishi bevosita mamlakatda tegishli darajadagi infratuzilmaning mavjudligiga va iqtisodiy jarayonlarga Internet asosidagi ilg'or texnologiyalarni joriy etish bilan bog’liq. Infratuzilmaning rivojlanishini baholashda Internet tezligi va iste'molchilar uchun narx, shu jumladan uning mavjudligi ko'rsatkichi muhim rol o'ynaydi.
O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash hamda «axborotlashgan jamiyat» sari jadal intilish maqsadida amaliy choralar ko’rilmoqda. Ammo, bu borada qilingan ishlardan kelgusida qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’lami nixoyatda kengdir. Jahonda axborot-kommunikatsiya sohasi rivoji juda tezlik bilan ro’y berayotganligi sababli bu boradagi har qanday sustkashlik mamlakat taraqqiyotiga o’ta salbiy ta’sir etishi mumkin.
Kelgusida axborot-kommunikatsiya tizimi rivojini Respublika iqtisodiy taraqqiyotining bosh yo’nalishlaridan biriga aylantirish uchun quyidagi vazifalarni birinchi o’rinda hal qilish talab etiladi. Chunonchi, soxa rivoji uchun qulay bo’lgan iqtisodiy hamda xuquqiy muxitni davr talablariga mos ravishda takomillashtirish, soxada mulkiy munosabatlarni erkinlashtirish va axborot-kommunikatsiya xizmatlari bozori rivojini davlat tomonidan kullab-kuvvatlashni kuchaytirish, soxada faoliyat kursatayotgan firma va kompaniyalar faoliyatini ragbatlantirish mexanizmini shakllantirish, eng asosiysi, soxaning respublikada tarkib topayotgan bozor munosabatlari talablariga javob beradigan okilona boshkaruv tizimini yaratish va bu yunalishda chukur sifat uzgarishlarini amalga oshirish lozim. Tabiiyki bunday sifat uzgarishlari boshkaruv tizimini takomillashtirish muammolarini yechishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqazo etadi. Zero, bunday taqiqlarsiz soha boshqaruvi samaradorligini ta’minlab bo’lmaydi.
Ilmiy sabab ham so’nggi yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini shakllantirish va rivojlantirish hamda ushbu sohani boshqarishning nazariy, metodologik hamda amaliy maslahtalari yurtimiz va xorijdagi ko’pchilik olimlar ilmiy ishlarining mavzusiga aylanmoqda. Ammo, ta’kidlash lozimki, so’nggi yillarda aloqa va axborotlashtirishning shiddatli rivojlanayotganini hamda ustuvor yo’nalishga aylanayotganligini hisobga olgan holda, ushbu sohani boshqarishni takomillashtirishning hozirgi kundagi muammolari yetarli tadqiq qilinmagan.
Qolaversa, bor adabiyotlar ham boshqaruvning tor yo’nalishdagi u yoki bu muammosiga bag’ishlangan bo’lib, soha boshqaruvi muammolarini mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxatlarga bog’lik ravishda kompleks xilda ochib bera olmaydi. Xolbuki, bunday talablarga javob beradigan ilmiy nashrlarning yetarli emasligi amaliyotda kuchli sezilmoqda.
Internet va axborot texnologiyalarning hayotga kirib kelishi, yuridik jihatdan yana bir sohaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Internet-huquqi deb nomlanadigan termin hozirgi kunda ko‘p ishlatilmoqda. Tabiiyki, jamiyatda yangi bir sohaning kirib kelishi uchun o‘sha jamiyatda shu sohaning qonuniy asosi ishlab chiqilishi kerak. Elektron tijorat yoki elektron iqtisodiy faoliyatning qonuniy asoslari rivojlangan davlatlarda, ishlab chiqildi. Germaniya va AQSH tajribasidan kelib chiqadiki, bu faoliyat qonuniy asoslash jarayoni hamma davlatlarda tezlashtirilishi kerak.
Birinchidan, elektron savdolar eksport va import jarayonida qo‘llanilganda ba’zi davlatlarda elektron hujjatni qonuniy tan olish yoki olmaslik qonunda belgilanmagan. Shu uchun globalizatsiya jarayonida qonun jihatdan uyg‘unlikga erishish uchun davlatlar elektron tijoratning qonuniy asosini ishlab chiqishlari kerak.
Ikkinchidan, qonuniy asosi ishlab chiqilmagan elektron oldi-sotdi jarayonlarida tomonlar orasida kelishmovchilikni yechib beradigan me’yoriy hujjatlarning yo‘q ekanligi.
Uchinchidan, elektron iqtisodiy faoliyat olib boradigan subyektlarni soliqqa tortish jarayonining qonuniy asosining yo‘q ekanligi. Elektron tijoratni rivojlanishi bu faoliyatni qonuniy boshqarishda bir qator yechilmagan masalalarni vujudga keltirdi. Elektron tijoratni qonuniy asosini ishlab chiqishda quyidagi masalalar asosiy hisoblanadi:
--Sotuvchi va xaridolar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib-borish tartibi masalalari; --Elektron tijorat qatnashchilarning soliqga tortish masalalari;
--Ma’lumotlarni kriptografik himoya qilish masalalari;
--Elektron-imzoning amalda qo‘llash masalalari.
Yuqoridagi masalalarni tartibga solish maqsadida ,O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratning qonuniy asoslari ishlab chiqildi. O‘zbekistonning elektron iqtisodiy faoliyat sohasini tartibga soluvchi qonunchilik bazasida quyidagi me’yoriy hujjatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
--O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: 
--Umuman AKT va elektron tijoratga tegishli bo‘lgan qonunlar guruhi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi axborot huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining, ular shaxs erkinligi va iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan asosiy huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Umuman AKT va elektron tijoratga tegishli bo‘lgan qonunlar guruhi. O‘zbekiston Respublikasida AKT va elektron tijorat sohasini tartibga solish uchun jami 17 ta qonunlar va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Ulardan asosiylari sanab o‘tamiz:
--Aloqa to‘g‘risida qonun;
--Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida qonun; 
--Axborotlashtirish to‘g‘risida qonun; 
--Axboroga kafolat va axborotga erkin kirish to‘g‘risida qonun;
--Mualliflik to‘g‘risida qonun; 
--Ma’lumotlarni bazasi va elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni qonuniy himoya qilish to‘g‘risida qonun; 
--Elektron imzo to‘g‘risida qonun; 
--Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida qonun; 
--Elektron tijorat to‘g‘risida qonun;
«Elektron tijorat to‘g‘risida»qonun 2004 yil 29 aprelda qabul qilindi. Elektron tijorat to‘g‘risdagi qonun bevosita elektron tijoratga bog‘liq masalalarni qonuniy asosi hisoblanadi. Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bu qonunning 12 moddasida shunday deyilgan. “Elektron hujjatlardan bitim tuzilganligining dalili sifatida foydalanish mumkin.” Bu modda elektron hujjatlar shartnoma tuzilganining qonuniy asosi hisoblanishini belgilab bergan.
Qonunning 7-moddasida “Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.” va 8 moddasida “Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir.” deb belgilangan. Bundan kelib chiqadiki elektron hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik kuchga ega.«Elektron to‘lovlar to‘g‘risida» qonun 2005 yil 16 dekabrda qabul qilingan. Ushbu Qonunning maqsadi elektron to‘lovlar sohasida munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning 16-moddasida “Elektron to‘lovlar pulli to‘lovlarga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.” Bu qonun elektron to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lovlarni amalga oshirish uchun qonuniy asos hisoblanadi.Yana elektron tijoratni rivojlanishiga qarab, yuqoridagi qonunlar asos qilib oligan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator tegishli me’yoriy hujjatlarni asos qilib olish mumkin.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan qator hukumat qarorlari qabul qilindi. Jumladan, bular Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30-yanvardagi 21-son «Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2007 yil 12-iyundagi 120 son «Elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni amalga oshirishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlaridir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 21-maydagi 102-son «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq elektron tijorat tizimi tranzaksiyalarida olingan ko‘chirma (elektron cheklar»)ni bank terminallari cheklariga tenglashtirish nazarda tutilgan.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling