Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti elektron tijorat yo’nalishi


Elektron tijoratning rivojlanishida xizmatlar


Download 0.89 Mb.
bet4/11
Sana22.01.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1109594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3. Elektron tijoratning rivojlanishida xizmatlar
bozori strukturasi o‘rni
Amaliyotda hujjat aylanishini – hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish, hujjatlarni tuzish yoki olishdan boshlab, ijrosini yakunlash yoki jo‘natishgacha bo‘lgan vaqtdagi ularning harakatlanishini ta'minlash, ularning ijro etilishini nazorat qilish masalalarini o‘rganib chiqqan holda elektron tijoratning rivojlanishida bozorining strukturasi o‘rnini ko‘rib chiqiladi.
Hujjat aylanishi yana ikkita vazifani o‘z ichiga oladi: hujjatlashtirish va arxivlashtirish. Elektron iqtisodiy faoliyatni turli darajada olib borish mumkin. Bu internetda kompaniyaning oddiy saytini yaratishdan boshlab, uning faoliyatini to‘la on-layn rejimga o‘tkazib faoliyat olib borishgacha bo‘lishi mumkin. Elektron tijorat bozori qatnashchilari quyidagilar ;

  • Firmalar(business)

  • Iste'molchilar(consumers), bu yerda jismoniy shaxslar nazarda tutilmoqda

  • Davlat(government)

  • Ma'muriyat(administration) ya'ni davlat tashkilotlari

  • Investorlar(investors)

Elektron bozor qatnashchilarning o‘zaro elektron munosabatlariga qarab elektron tijorat bozori bir nechta asosiy sektorlarga bo‘linadi:

  • Biznes uchun biznes9 (B2B-business to business )—firmalarning firmalarga xizmat ko‘rsatadigan sektori;

  • Iste'molchi uchun biznes10 (B2C-business to consumers) — firmalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy shaxslardan iborat iste'molachilarga xizmat ko‘rsatadigan sektori;

  • Hukumat uchun biznes (B2G-business to government) — firmalarning davlatga yoki davlatning firmalar bilan o‘zaro elektron munosabatlar amalga oshiradigan sektori;

  • Iste'molchi uchun iste'molchi (C2C -consumer to consumer) — jismoniy shaxslarning o‘zaro elektron munosabatlar amalga oshiriladigan sektori;

  • Iste'molchi uchun hukumat (G2C-government to consumer) —davlat tashkilotlari va jismoniy shaxslarning o‘zaro elektron munosabatlar amalga oshiriladigan sektori;

  • Mobil tijorat12 (M commerce-mobile commerce )-uyali aloqa telefonlari orqali ko‘rsatiladigan elektron tijorat.

Yuqorida sanab o‘tilgan sektorlar elektron tijorat bozorida ulushi salmoqli bo‘lgan sektorlar hisoblanadi. Lekin ularga qo‘shimcha qilib C2B, G2G, C2G, G2B va boshqa sektorlarni keltirish mumkin. Quyidagi chizmada elektron tijorat qatnashchilarning o‘zaro elektron munosabatlariga qarab sektorlarga ajratilishi qo‘rsatilgan. 2-chizmada elektron qatnashchilarning o‘zaro munosabatlari asosida shakllangan bozor strukturasi aks ettirilgan.

B2B (business to business) bozori strukturasi. B2B elektron tijorat bozorining strukturasi qisqacha qilib kompaniyalar o‘rtasidagi elektron iqtisodiy faoliyat kiradi. Bu sektorda kompaniyalartovar va xizmatlarini boshqa kompaniyalarga on-layn rejimda yetkazadilar. Bu bozor jami elektron tijorat bozorining 80%ini tashkil qiladi14. B2B sektoriga turli firmalar o‘rtasidagi barcha savdo munosabatlari , ta'minotni, sotuvni tashkil qilish, shartnomalarni va rejalarni kelishtirish kiradi. B2B tizimlari sifatida quyidagilar tushuniladi:
Procurement Systems – mahsulot iste'molchilarini ishlab-chiqaruvchilar bilan, xaridorlarni sotuvchilar bilan aloqa tizimlari. Supply Chain Management –asosiy ishlab chiqarish uchun korxonani uzluksiz ravishda ta'minot to‘g‘risida va kontragentlar logistikasi to‘g‘risidagi axborot bilan ta'minlovchi tizim.
Bu bozorga yana quyidagilar kiradi;

  • Kompaniya resurslarini taqsimlash sistemasini boshqarish(e-

  • distribution)

  • Sohalar bo‘yicha elektron savdo maydonchalari va elektron bozorlar

  • Autsorsing va elektron to‘lov sistemalari

  • Virtual korxonalar

  • Elektron birjalar, elektron auksionlar va boshqalar kiradi.

AQSh da elektron tijoratning B2B sektori ulushi 2.2 trln. AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu sektorning ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda elektron tijoratning B2B sektori ulushining umumiy B2B bozoridagi ulushi keskin ortmoqda.
B2C (business to consumers)- bu kompaniyalar va iste'molchilar o‘rtasidagi elektron tijoratga aytiladi. Bu bozorda kompaniyalar elektron tarmoq orqali iste'molchilarga moddiy tovarlar, informasion mahsulotlarni (dasturlar, elektron kitoblar, ma'lumotlar) yetkazib berishlari mumkin. Bu sektor elektron tijoratning ikkinchi katta bozori bo‘lib, bu umumiy elektron tijorat bozorining
10 % ini tashkil qiladi. B2C tranzaksion xarajatlarni kamaytiradi, iste'molchilarning raqobatbardosh tovar va xizmatlarn topishlarini osonlashtiradi, savdo jarayonining tezlashtiradi. Bu bozorning an'naviy oflayn bozoridan farqi shundaki, bunda individual iste'molchi uydan yoki ofisdan chiqmasdan turib, komp'yuter tarmog‘ining yordamida xarid qilishi mumkin, yoki xizmatdan foydalanishi mumkin. Elektron tijoratning B2C modelining amalda qo‘llanishi iste'molchilarni keskin ravishda oshirdi. B2B sektorning eng taniqli kompaniyalari Amazon.com, Drugstore.com, Beyond.com lar kiradi. Bu kompaniyalar faoliyatlarini to‘la on-layn rejimga o‘tkazgan. Barcha xaridlarini sayt orqali amalga oshirishadi. Amazon.com ning bir yillik sotuv hajmi 10 mlrd dollardan oshadi. Bu modelning kompaniyalar uchun foydali tomoni kompaniyalarning bozorga kirishini tezlashtiradi, chunki virtual bozorga kirish an'anaviy offlayn bozorlariga kirishdan ko‘ra juda arzon va osondir.
C2C (consumer to consumer)-bu individual shaxslar yoki iste'molchilar orasidagi elektron vositalar orqali amalga oshiriladigan elektron tijoratga aytiladi. Bu sektorda jismoniy shaxslar o‘zaro tijorat faoliyatlarini olib borishadi.
Bu sektorda quyidagilar misol bo‘la oladi;

  • Internet saytlardagi e'lonlar doskasi(torg.uz,stavka.uz)

  • P2P (peer-to-peer system) sistemasi-bunda alohida shaxslar bir-

  • birlari bilan maxsus saytlar orqali informasion dasturlar yoki mahsulotlar, tovarlar savdosini olib boradilar (napster.com, esnips.com)

  • Internet- auksionlar (ebay.com, uzbex.com)

  • Virusli marketing sistemasi

  • Internetda tarmoqli marketing sistemasi va boshq.

Bu modelning global elektron bozorida ulushi kichik. Lekin bu sektorning ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.
M-Commerce (mobile commerce)- simsiz texnologiyalar (uyali telefon va shaxsiy raqamli yordamchi) yordamida tovar va xizmatlarni sotish va sotib-olish faoliyatiga aytiladi. Elektron tijoratning bu sektori tez rivojlanayapti. Bunga quyidagi jihatlarni sabab qilib ko‘rsatish mumkin;
Simsiz texnologiyalarning ommaviylashuvi. 2011 yilda dunyo bo‘ylab 1 milliard dona telefon sotilgan va uyali aloqa abonentlari 3.8 milliardga yetgan. 2011 yilda 3.8 milliard dona uyali aloqa telefonlari ishlatilgan16;
Undan tashqari 2011 yil yakunlarida Aloqa va axborotlashtirish sohasida:

    • Xalqaro telefon kommutasiya markazi – 4 ta:

    • Shaharlararo telefon stansiyalari – 13 ta;

    • Umumiy sig‘im 95 159 port (kanal);

    • Ishlatilgan sig‘im 78 444 port (kanal);

Xalqaro paket kommutasiya markazi – 1 ta ( 3 750 Mbit/s): Mahalliy telefon tarmog‘i:

  • Jami 2 041 ta telefon stansiya;

  • Umumiy o‘rnatilgan sig‘im - 2 093 870;

  • Foydalanilayotgan sig‘im - 1 965 900;

Mobil kommutasiya markazlari(CDMA 450) – 5 ta:

  • Umumiy sig‘imi 140,0 ming raqam;

  • Baza stansiyalari soni 275 ta. Shahar telefon tarmog‘i

  • Jami 619 ta telefon stansiya;

  • Umumiy o‘rnatilgan sig‘im - 1 818 715;

  • Foydalanilayotgan sig‘im - 1 639 187;


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling