Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti elektron tijorat yo’nalishi
V. ELEKTRON TIJORAT SOHASIDA KADRLAR SALOHIYATINI ShAKLLANTIRISh VA RIVOJLANTIRISh
Download 0.89 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI. AHOLI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI ORASIDA ELEKTRON TIJORATNI TARG‘IB QILISh VA OMMALAShTIRISh
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xulosa Oʼzbekistonda elektron tijoratni asosiy sohasi boʼlmish elektron hukumatni qoʼllash jarayoni boshlandi. Bu sohada dastlabki qadamlar, davlat idoralarining informatsion texnologiyalar bilan jihozlash jarayonidan boshlandi. Keyinchalik Oʼzbekiston Respublikasining yagona internet- portali www.gov.uz sayti yaratildi. Bugungi kunda 61 davlat xokimiyati va boshqaruvi organidan 58tasi oʼz veb-saytlariga ega. Shu bilan bir qatorda davlat idoralari oʼrtasida qogʼozsiz hujjat aylanishi koʼrsatkichi oshmoqda. (EXAT test rejimida) Shuni qayd qilish kerakki, Oʼzbekistonda elektron tijoratni amalga oshirishda bir qatorda, muammolar ham mavjud. Bular - psixologik omil (aholimiz hali virtual muhitda savdo qilishni aniq tasavvur qila olmayapti), axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining yetarli darajada yaxshi rivojlanmaganligi, tadbirkorlar tomonidan elektron tijorat imkoniyatlarini aniq tasavvur qila olmasliklari, oʼrta va katta yoshdagi aholi oʼrtasida kompьyuter savodxonligining pastligi, banklar tomonidan internet tizimida toʼlovlarni amalga oshirish boʼyicha xizmatlarning (internet-banking) yoʼlga qoʼyilmaganligi va boshqalar. Yuqoridagi toʼsiqlarga qaramasdan, Oʼzbekistonda elektron tijoratning istiqboli porloq . Chunki mamlaktimizda АKT indikatorlari juda keskin oshmoqda. Hamda internetdan foydalanuvchilar soni ham keskin ortmoqda. Elektron tijorat bozori qatnashchilari – firmalar , isteʼmolchilar, davlat, maʼmuriyat yaʼni davlat tashkilotlari, investorlar boʼlishi mumkin. Elektron bozor qatnashchilarning oʼzaro elektron munosabatlariga qarab elektron tijorat bozori bir nechta asosiy sektorlarga boʼlinadi. Bular- biznes uchun biznes, isteʼmolchi uchun biznes, hukumat uchun biznes, isteʼmolchi uchun isteʼmolchi, isteʼmolchi uchun hukumat va mobil tijorat. Bu elektron tijorat bozori sektorlaridan biznes uchun biznes, isteʼmolchi uchun biznes sektorlarining birgalikdagi ulushi 90 % ga yaqin. Elektron tijoratning rivojlanishiga texnologik omillar, bozor omillari, iqtisodiy omillar taʼsir qiladi. Shu bilan bir qatorda, oʼz faoliyatini elektron tijorat bilan uzviy ravishda bogʼlab olib borayotgan korxonalar quyidagi ustunlik va imkoniyatlarga ega boʼlishlari mumkin - biznes infratuzilmasini saqlash xarajatlarini kamaytirish, reklama xarajatlarini kamaytirish natijasida tovar narxini pasaytirish, buyurtmani qabul qilish va amalga oshirish vaqtini tejash, barcha buyurtmalar ustidan nazoratni amalga oshirish, boʼlgʼusi mijozlarning koʼpayishi, oʼz biznesini global miqyosda olib borish. Elektron tijorat ham anʼanaviy iqtisod kabi boshqarilishi va tartibga solinishi zarur boʼlgan sohadir. Lekin elektron tijorat sohasi yangi soha boʼlganligi uchun hali bu sohada davlatning boshqarish instrumentlari ishlab chiqilmagan. Shu bilan bir qatorda, bu munosabatlarni boshqarish uchun davlatlarning yetarlicha tajribasi yoʼq. Elektron tijoratni tartibga solish, uni qoʼllab-quvvatlash davlatlarning rivojlanish darajasiga bogʼliq. Xulosamning so‘ngida, vatanimizda elektron tijorat sohasi jadal rivojlanayotgani, buning uchun qilinishi kerak bo‘lgan barcha ishlar holisona qilinayotganini ta’kidlab o‘tishni joiz bildim. So‘zimning isboti qilib, 2022-yolning 22-sentabrida tasdiqangan 792-sonli “Elektron tijorat to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tasdiqlandi va u 2022-yil 31-dekabr kuni kuchga kiradi. Vatanimizda bu sohani rivojlantirish uchun katta maqsadlar qo‘yilgan va vu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2015, 2018, 2022 yillarda qonunlarga yangilik va o‘zgartirishlar kiritilib, sohani yanada takomillashtirish xalq orasida keng tarqalishini ta’minlash uchun harakat qilinmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respeblikasi Prezidentining tegishli Qonunlari www.lex.uz www.gazeta.uz www.mitc.uz Alimov R.X, Begalov B.A., Yulchieva G.T., Alishov Sh.A. “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”.O'quv qo'llanma. T: - “Sharq”, 2006 B.Shafarov, U.X.Narzullayev, N.R.Zaynalov, Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar. O’quv qo’llanma E-commerce and Development Report 2003 , UNCTAD Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling