Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti elektron tijorat yo’nalishi


T/r Chora-tadbirlar nomlanishi


Download 0.89 Mb.
bet7/11
Sana22.01.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1109594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA NORMATIV-HUQUQIY VA NORMATIV BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonunlariga o‘zgartirishlar kiritish, bunda quyidagilarni hisobga olish:
elektron tijoratda ishlatiladigan terminlarga aniq tushunchalar berish;
elektron tijorat subyektlari o‘rtasida hamkorlikning zamonaviy usullarini joriy etish imkoniyatlarini berish;
eletron tijoratda hujjatlarning elektron shakli va ularning yuridik kuchidan foydalanish masalalarini tartibga solish;
elektron tijoratda, biznes (B2B) kabi, yakuniy iste’molchi (B2C) uchun ham mahsulotlarni eksport va import qilish masalalarini tartibga solish;
elektron tijoratdan foydalangan holda raqamli tovarlar (dasturiy mahsulotlar, kontent mahsulotlar) va autsorsing xizmatlarini eksport va import qilish masalalarini tartibga solish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 
1-aprelga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, DSQ, DBQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Elektron tijorat subyektlariga xizmat ko‘rsatish, ularning manfaatlari va xorijiy tajribani hisobga olgan holda yetkazib berish xizmatlari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan:
elektron shaklda (elektron chek) to‘lov qabul qilingani holatini fiskal ro‘yxatdan o‘tkazish yoki kassa chekini sotuvchidan xaridorga yetkazib berish xizmati orqali yetkazish;
barcha tovarlar uchun sotuvchi/xaridor nomidan elektron tijoratda kelishuvlar bo‘yicha tushiriladigan tovarlarni deklaratsiya qilishga yetkazib beruvchi xizmatlarining huquqini nazarda tutadigan tartibni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil 
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, DSQ, DBQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Elektron tijoratda tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi, xususan elektron tijorat yordamida import-eksportda sotiladigan va xarid qilinadigan tovarlarning (deklaratsiya �ilinishi) bojxona rasmiylashtiruvi tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 
1-yanvarga qadar

DSQ, DBQ, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

4.

Elektron tijorat ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilish va aholining elektron tijoratga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida, eksport kelishuvlarini hisobga olgan holda elektron tijorat ishtirokchilari o‘rtasida maxsus tartib-taomillarga muvofiq kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus arbitraj joriy etish uchun normativ-huquqiy baza shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 
1-iyulga qadar

Adliya vazirlig�, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

5.

Iste’molchilar, elektron tijorat subyektlari va boshqa ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish normalarini nazarda tutgan holda belgilangan elektron tijorat qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlikka doir O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 
1-aprelga qadar

Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, DSQ, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Intellektual mulk agentligi, DBQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullar aylanmasini huquqiy tartibga solish, shuningdek, ular tomonidan, shu jumladan xorijiy elektron karmonlar bilan elektron tijoratda to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha tartibni amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 
1-yanvarga qadar

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, DSQ, 
manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Elektron tijoratda intelektual mulk obyektlarini (dasturiy mahsulotlar, axborot mahsulotlari) bojxona deklaratsiya qilinishi, oldi-sotdi va eksport/import qilinishi holatlarini buxgalterlik hisobiga olish, shuningdek, onlayn-xizmatlarga litsenzion bitimlar yoki obuna bo‘lish asosida foydalanish huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun normativ-huquqiy bazani shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Intelektual mulk agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, DBQ, DSQ

8.

Auksion savdolari orqali mazkur platformalar foydalanuvchilarining tovarlarini sotish bo‘yicha onlayn-platformalarni yaratish imkoniyatini taqdim etish maqsadida elektron tijorat ishtirokchilari uchun internet-auksionlar o‘tkazish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 
1-iyulga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DSQ, Adliya vazirligi


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling