«актуальные проблемы химической науки и промышленности»


BO‘LAJAK KIMYO O‘QITUVCHILARINING O‘QUVCHILAR


Download 83.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana30.01.2024
Hajmi83.55 Kb.
#1817115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5404837534490443930

BO‘LAJAK KIMYO O‘QITUVCHILARINING O‘QUVCHILAR 
IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA KASBIY MAHORATINI 
SHAKLLANTIRISH 
N.I.Kamolova –Toshkent davlat pedagogika universiteti Kimyo va uni 
o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti 
Bugungi kunda yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, 
uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g‘ururni shakllantirish, ularni milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin 
intellektual-maʼnaviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul 
qilishga qodir bo‘lgan yuksak malakali mutaxassislar etib tarbiyalash oliy taʼlim 
tizimida o‘qitilayotgan nafaqat gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, qolaversa, 
tabiiy fanlar oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Oliy taʼlim 
tizimida tayyorlanayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarni, ayniqsa, umumtaʼlim maktablari 
o‘quvchilariga zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatuvchi o‘qituvchilarni tayyorlash 
jarayoni pedagogika oliy taʼlim muassasalarida o‘ziga xos shart-sharoitni talab qilish 


 FarDU - “Kimyo fani va sanoatining dolzarb muammolari” – 2023 
448 
bilan birga, fanlararo aloqadorlik, ketma-ketlik, izchillik prinsplariga tayangan 
holda, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishni taqozo qiladi
.
Kimyo ta’limiga mos ta’lim tizimida kreativ metolardan foydalanish orqali 
o‘quvchilarni muloqatga kirishish ko‘nikma va malakasini shakllantirib, o‘zaro 
yordam berish odatlarini rivojlantiradi hamda o‘quvchilarni bilim saviyasini 
oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunning vazifalarini amalga oshirishda 
o‘qitishning chuqur ijtimoiy e’tiqodlilik bilan uyg‘un ilmiyligiga qo‘yilayotgan 
talablar g‘oyatda muhimdir. Ma’lumki, maktab ta’limi mazmuniga kirgan barcha 
bilimlar voqelik qanday bo‘lsa uni shundayligicha, hech bir qo‘shimchalarsiz aks 
ettiradi. Pedagogni vazifasi o‘quvchilarga ilmiy, haqqoniy bilimlarni asli holicha 
tushuntirishdan, ularni bilimlarini mustaqil o‘rganishlarida o‘zlashtirilgan haqiqatlar 
borliqdagi – inson ongidan tashqari ob’ektiv mavjud narsalarga muvofiqligini 
kafolatlaydigan yo‘lga solishdan iboratdir. Biz faqat ana shunga asoslanib, bolalarni 
mustaqil o‘ylashga o‘rgatishimiz, ularda o‘zlarining qarashlari va nuqtai nazari 
tizimini tarkib toptirishimiz mumkin [1].
Umuman aytganda, xususan bolalarni saralash va o‘qitishga boshqacha 
yondashishi bilan ularning ijobiy qobilyatlarini ro‘yobga chiqarish kerak. 
Boshlang‘ich maktab, bola shaxsining ilk shakllanishini taminlashi, uning 
qobilyatlarini aniqlash, o‘quvchilarda bilim olish ko‘nikmasi va istagini tarkib 
toptirishi kerak. Bunday maktabda o‘quv faoliyatining zarur ko‘nikma va 
malakalarini egallaydilar, o‘qish, yozish, hisoblashni o‘rganadilar, ijobiy fikrlash 
elementlarini, madaniy nutq va xulqni, shaxsiy gigeyena hamda sog‘lom turmush 
asoslarini o‘rganadilar. Mana shu umumiy vazifalarni amalga oshirish uchun 
maqsadlarning ustunligini jiddiy va tubdan o‘zgartirish, avvalo predmetlarga doir 
ko‘nikmalar va malakalarning shakllanish darajasiga etibor sustlashmasligi lozim. 
Boshlang‘ich ta’limning muayyan maqsadlarini ishlab chiqarishning haqiqiy ahvoli 
shunchaki, yangi ustunliklar nazariy va amaliy ustunliklari jihatidan eng kam ishlab 
chiqilgan. Hozirgi kunda predmet ta’limining o‘quv dasturlarida belgilangan 
muayyan maqsadlari hozircha kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining yosh 
xususiyatlarini va imkoniyatlaridan ajralib qolgan ta’limning rejalashtirgan 
natijalari va ularni baholash mehanizmlari nuqtayi nazaridan ifodalanmagan. Bu hol 
o‘quv faoliyatini shakllantirishga doir ishlar bilan predmetlar bo‘yicha ko‘nikma va 
malakalarni o‘zlashtirish o‘rtasida uzilish mavjudligidan dalolat beradi. 
Kimyoga oid qiziqarli mavzularga krossvord, rebus va ijodiy izlanishga 
undaydigan masalalarni kiritish mumkin. Bunday qiziqarli masalalar quyidagi 
didaktik talablarga javob berish kerak.
1. Qiziqarli masalalar tezkor va obrazli fikrlashni rivojlantirib, ularni yechish 
jarayonida ijodiy motivatsiya hosil qilishi.
2. Taqdim etilayotgan materialning o‘quvchilar uchun yangi va qiziqarli 
bo‘lishi.
3. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyati darajasini oshirish maqsadida 
topshiriqlarning mazmunida uni turli usullar bilan yechilishi ko‘zda tutilishi.
4. Qiziqarli masalalarning yechish jarayonida bosqichma-bosqich 
o‘quvchilarning ijodkorligini yuzaga chiqarishga yo‘naltirilishi. 



Download 83.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling