Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Muhammad) siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabot-matonat egalari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Johil kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham, «Omon bo‘linglar», deb
- «(Ey Muhammad!) Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring»
- XXIII bob. G‘azabni yengmoq bobi hadislari
- «Allohning ushbu so‘zini inkor qilasizlarmi «Holbuki, shak-shubhasiz, sizlarning ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug‘
- «Ayting: Allohim, (ey) osmonlar va yerni ilk bor yaratgan Zot, (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin
Muhammad) siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabot-matonat egalari sabr qilganidek sabr qiling» (Ahqof, 35). Ya’ni, kofirlarning yolg‘onga chiqarganlariga va aziyatlariga kofirlar bilan urushga buyurilgan payg‘ambarlarning sabr qilishidek sabr qiling. Sabot-matonat kishilari ishlarida sobit bo‘ldilar va keladigan aziyatlarga sabr qildilar. Hasan aytdi: Allohning kalomida keladi: «Johil kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham, «Omon bo‘linglar», deb Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 126 javob qilganlar» (Furqon, 63), ya’ni ularga johillik qilsalar ham yumshoq holda aytdilar». Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Bani Isroilda bir obid bor edi. Shayton bu obidni adashtirmoqni xohladi, lekin qodir bo‘lmadi. Bir kuni obid ba’zi ehtiyojlari uchun shaharga chiqdi. Shayton ham u bilan birga chiqdi. Shayton shahvat va g‘azab tomonidan uni adashtirmoqchi bo‘ldi. Lekin bu ishni qilishga qodir bo‘lmadi. Keyin qo‘rqitmoqchi bo‘ldi va unga tog‘dan tosh otdi. Tosh unga yetayotgan vaqtda Allohni esladi va Alloh taolo bu narsani undan uzoqlashtirdi. Keyin sher va yirtqich hayvonlar qiyofasiga kira boshladi. Allohni zikr qilganida unga hech narsa qilmadi. Keyin ilon suratiga kirib, namoz o‘qiyotgan qadamlariga va jasadiga o‘ralib oldi, hattoki, boshigacha yetdi. Agar sajda qilmoqchi bo‘lsa, boshiga o‘ralib olardi va og‘zini ochib, uning boshini tishlamoqchi bo‘lardi. U ilonni qo‘li bilan o‘zidan ketkazib, sajdaga mumkin bo‘larli darajadagi joyga ega bo‘ldi. Vaqtiki namozidan bo‘shaganidan keyin, shayton uning oldiga kelib: «Men senga shuncha ishlarni qildim, lekin senga hech narsa qila olmadim. Endi sen bilan do‘stlashmoqni istayman, bundan keyin seni adashtirishni xohlamayman», dedi. Obid: «Yo‘q, bugun sen meni qo‘rqitding. Alhamdulillah, qo‘rqmadim, endi sen bilan do‘stlashmoqqa hojat yo‘q», deb javob berdi. Shayton unga: «Sendan keyin ahlingga nima yetishi to‘g‘risida so‘ramaysanmi?» dedi. Obid unga: «Men ularga o‘xshab o‘laman», dedi. Shayton: «Odam farzandi nima bilan adashtirilganini ham so‘ramaysanmi?» dedi. Obid dedi: «Menga odam farzandining qanday zalolatga ketganini xabarini bergin». Shayton aytdi: «Baxillikdan, ortiqcha g‘azab, qiziqqonlik va mastlikdan adashdilar. Albatta, inson baxil bo‘lsa, uning ko‘z o‘ngida molini kamaytiramiz. Keyin uning huquqidan man qilib, odamlarning moliga rag‘bat etiladi. Agar kishi qiziqqon va g‘azabli bo‘lsa, uni go‘daklarning oldidagi koptokdek o‘ynatamiz. Agar o‘sha o‘likni tiriltirsa ham, undan noumid bo‘lmaymiz. Albatta, u bitta kalimada ham bino bo‘ladi, ham buziladi. Agar mast bo‘lsa, hamma yomonliklarga yetaklaymiz. Xuddi qo‘yning qulog‘idan ushlab xohlagan tomoniga yetaklagandek». Shayton g‘azab qiladigan kishining xabarini berdi: u shayton qo‘lida bolalarning qo‘lidagi to‘p kabi bo‘lishini bildik. G‘azab qiladigan kishi shaytonga asir bo‘lmasligi va amalini yo‘qotmasligi uchun sabr qilmog‘i lozim bo‘ladi. Zikr qilindiki, shayton Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Ey Muso! Seni Alloh taolo o‘z risolatini berish bilan tanladi, men ham Allohning yaratgan maxluqlaridan biriman, men ham sening Rabbingga tavba qilishni xohladim, mening tavbamni qabul qilishini so‘ragin», dedi. Muso alayhissalom uning gapidan xursand bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng, tahorat qilib, Alloh xohlaganicha namoz o‘qib, bu so‘zlarni aytdi: «Ey Rabbim! Albatta, shayton Sening yaratgan bir maxluqing, Sendan tavba so‘rayapti, uning tavbasini qabul qilgin». Alloh aytdi: «Ey Muso! Shayton tavba qilmaydi». Muso: «Ey Rabbim, u Sendan tavba so‘ra- yapti», dedi. Musoga vahiy keldi: «Ey Muso, Men sening duoingni qabul qildim, unga buyurgin, borib Odamning qabriga sajda qilsin, keyin tavbasini qabul qilaman». Muso xursand holda chiqib, unga xabarni yetkazdi. Bu gapdan g‘azablanib, o‘zini kibrli sanab, shayton dedi: «Men Odamning tirikligida sajda qilmagan o‘lganida sajda qilamanmi?» Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 127 Shundan so‘ng, shayton Muso alayhissalomga: «Ey Muso, sening men haqimda Rabbingga borib, shafoat qilganing uchun menda sening haqqing bor. Shunday ekan, bas, senga uch narsa bilan vasiyat qilaman va uch xislatda meni esda tutgil: Birinchi, g‘azablangan vaqtingda meni eslagin. Chunki men sening qalbingdaman va qon yurgandek jasadingda yuraman. Ikkinchi, dushmaningni tashlab qochayotganingda, meni eslagin. Chunki men odam farzandi dushmaniga mos kelgan vaqtda kelaman va unga xotinini, ahlini, moli va bolalarini eslatib qo‘yaman. Hatto, orqasiga qarab qochguncha. So‘ngra, nomahram xotin bilan yolg‘iz holatda o‘tirishdan saqlangin. Chunki men sening unga va uning senga elchisi bo‘laman» Luqmon Hakimdan zikr qilindi. Qg‘liga aytdi: «Yo o‘g‘ilginam! Uch narsa uch narsa bilan birgalikda bilinadi: yumshoqlik – g‘azab kelganda, shijoatlilik – urushga kirganda, birodarlik – xojat tushganda». Zikr qilindi: Tobe’inlardan bittalari bir kishining yuziga u kishini maqtabdilar. Haligi kishi: «Ey Allohning bandasi! Nima uchun meni maqtading? G‘azabim kelganda, meni sinab ko‘rib, yumshoqligimni topdingmi?» dedi. Javob qildi: «Yo‘q». Yana so‘radi: «Safar qilganingda, meni sinab ko‘rib, yaxshi xulqlik holatda topdingmi?» Javob qildi: «Yo‘q!» So‘radi: «Omonat berganda, meni sinab ko‘rib, omonatiga sodiq deb topdingmi?» Javob qildi: «Yo‘q!» Keyin: «Sening holingga voy bo‘lsin. Birov birovni mana shu uch xislat bilan sinab ko‘rmaguncha, maqtamasin», dedi. Aytadilar: «Uch narsa jannat ahlining xulqlaridandir. Ular karim kishilardagina topiladi: senga zulm qilgan kishini afv qilmoq; seni biror narsadan mahrum qilgan kishiga bermoq va senga yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qilmoq». Alloh taolo aytdi: «(Ey Muhammad!) Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring» (A’rof, 199). 260. Rivoyat qilindi: Ushbu oyat tushganda Jabroil alayhissalomga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey Jabroil, bu oyatning tafsiri nimadir?» Jabroil aytdi: «Ey Muhammad (s.a.v.), Alloh taolo sizga uzilgan kishingiz bilan bog‘lanishingizni, sizni bir narsalardan mahrum qilgan kishiga biror narsa bermoqligingizni va sizga zulm qilganni afv qilmog‘ingizni buyurdi», dedi. 261. Abu Hurayra aytdilar: «Bir kishi Abu Bakr Siddiqni so‘kayotganida Payg‘ambar (s.a.v.) o‘tirgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) ham, Abu Bakr ham jim o‘tirib edilar, haligi odam Abu Bakrni so‘kishdan to‘xtagandan keyin, Abu Bakr unga gapirib qoldi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) o‘rinlaridan turib ketdilar. Abu Bakr Siddiq u kishini topib: «Ey Allohning elchisi, meni so‘kkanda o‘tirgan edingiz, men gapirganimda nima uchun turib ketdingiz?» deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) javob qildilarki: «U sizni so‘kayotganda, farishta unga javob qaytarib turgan edi. Ana shu holatda o‘tirgan edim, keyin siz unga gapirdingiz, farishta ketdi, farishtaning o‘rniga shayton o‘tirdi. Men shayton o‘tirgan joyda o‘tirishni o‘zimga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 128 yomon deb bilib, u yerdan ketdim», dedilar. So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Uch narsa Alloh taoloning haqqidandir: birovdan zulm ko‘rib, mazlum bo‘lgan kishi zulm qilgan kishini Alloh roziligi uchun kechirsa, Alloh taolo o‘sha kechirganligi uchun unga izzatni ziyoda qilib qo‘yadi. Banda ko‘p mol bo‘lishini xohlab, so‘rashlik eshigini ochsa, Alloh taolo unga kamchilikni ziyoda qilib qo‘yadi. Bir banda Alloh taolo roziligini istab, birovga biron narsa bersa, bergan narsasi uchun unga ko‘plikni ziyoda qilib qo‘yadi». 262. Ibn Abbosdan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Har bir narsaning sharafi bordir. Masjidlar sharafi qibla tomonga qarab o‘tirmoqlikdir. O‘tirganda ham tinchlik bilan o‘tirmoqlikdir. Tahoratsiz va uxlayotgan kishining orqasidan namoz o‘qimangizlar. Namozdagi vaqtingizda ham chayon bilan ilonni o‘ldiringizlar. Devorni kiyimlar bilan bekitmangizlar. Kim bi-rodarining xatiga ruxsatsiz qarasa, do‘zaxga qaragan kabidir. Kim odamlarning kuchlirog‘i bo‘lishni yaxshi ko‘rsa, Allohga tavakkul qilsin. Kim odamlarning hurmatlirog‘i bo‘lishni yaxshi ko‘rsa, Alloh taologa taqvo qilsin. Kim odamlarning boyrog‘i bo‘lishni yaxshi ko‘rsa, Allohning qo‘lidagi narsani o‘zining qo‘lidagi narsadan ishonchliroq bilsin». Keyin aytdilar: «Yomonlaringizning xabarini berayinmi?» Sahobalar: «Ha, ey Allohning rasuli», dedilar. Aytdilar: «Kim o‘zi yolg‘iz ovqatlansa, yordamini man’ qilsa, qulini kaltaklasa, o‘sha odam yomonlaringizdir». Keyin: «Bundan ham yomonining xabarini berayinmi?» dedilar. «Ha, ey Allohning elchisi», deyishdi. Aytdilar: «Insonlarga g‘azab qiladigan va insonlar unga g‘azab qiladigan kishidir». Keyin: «Bundan yomonining xabarini berayinmi?» dedilar. «Ha, Rasululloh», deyishdi. Aytdilar: «Hojatmandga yordam bermaydigan, uzrni qabul qilmaydigan, gunohni kechirmaydigan kishilardir». Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Bundan ham yomonrog‘ining xabarini berayinmi?» Sahobalar: «Ha!» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Yaxshiligidan umid qilinmaydigan va yomonligidan omon bo‘linmaydigan kishilardir». Yana dediki: «Iso alayhissalom Bani Isroil oldilarida turdilar. Va dedilarki: «Ey Bani Isroil! Johillar oldida hikmat bilan gapirmanglar, hikmatga zulm qilib qo‘yasizlar, hikmatni hikmat ahlidan man’ qilmangizlar. Ularga zulm qilib qo‘yasizlar. Rabbilaringiz oldida fazilatlaringizni botil qiladi. Ey Bani Isroil! Ishlar uch xildir: birinchisi, uning to‘g‘ri yo‘l ekanligi ravshan bo‘lgan ishdir, unga ergashinglar, ikkinchisi, xatosi zohir bo‘lgan ish, undan qochinglar, uchinchisi, bir ishki, unda ixtilof qilinsa, uni Allohga va Payg‘ambariga qaytaringlar». Ba’zilari aytdilar: «Zuhd dunyoda to‘rt xildir: 1. Dunyo va oxirat ishida Alloh va’da qilgan narsaga ishonish. 2. Xalqning maqtovi va yomonlamog‘i uning nazdida bir xil bo‘lmog‘i. 3. Amalida ixlos qilmog‘i. 4. Unga zulm qilgan kishidan gunohini o‘tib yuborishi, qo‘l ostida ishlaydiganga g‘azab qilmasligi, yumshoq va sabrli bo‘lmog‘i». Abu Dardodan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Bir kishi u kishining oldilariga kelib, menga kalimalardan o‘rgatginki, Alloh taolo shulardan foyda bersin», dedi. Abu Dardo: «Men senga Alloh taoloning ulug‘ darajadagi savobiga yetadigan kalimalarni tavsiya qilaman. Nima yesang, toza, halolidan yegin, Alloh taolodan rizqingni kunma- Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 129 kun so‘ragin. O‘zingni o‘lganlardan hisoblagin. Hurmatingni Alloh uchun ber, senga aziyat bersa yoki so‘ksa, aytgin: «Hurmatimni Alloh uchun berdim» va agar sen yomonlik qilsang, Allohdan istig‘for so‘ragin», dedi. 263. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Uhud jangida Payg‘ambarning (s.a.v.) tishlarini sindirishdi. Bu ish sahobalarga qattiq tegib: «Ey Allohning rasuli! Ularni duoibad qiling. Ular bizning ko‘z o‘ngimizda sizga zarar qildilar-ku!» deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men la’nat qilish uchun yuborilmadim, balki duo qiluvchi va rahmat qiluvchi qilib yuborildim. Ey Parvardigorim! Qavmimni hidoyat qilgin. Ular bilishmaydi». 264. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa, Alloh taolo qiyomat kunida uning musibatiga kushoyish beradi. Kim g‘azabini to‘ssa, Alloh taolo qiyomat kuni unga qiladigan g‘azabidan najot beradi». 265. Mujohiddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni tosh ko‘tarib, qaysi birlari kuchliroq ekaniligini namoyish qilayotgan qavmning oldidan o‘tdilar. Rasululloh (s.a.v.) so‘radilar: «Bu nima?» Ular: «Katta tosh», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Sizlardan undan kuchliroq nima ekanligini aytayinmi?» Ular: «Ha! Ey Allohning elchisi», deyishdi. Aytdilar: «Bir kishi bir og‘aynisi bilan dushmanligi bo‘lsa, unga hamroh bo‘lgan shaytonni yengib, u birodariga gapirsa, o‘sha kishi eng kuchli odamdir», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Tosh ko‘tarib musobaqalashayotgan qavm-ning oldidan o‘tdilar va ularga aytdilar: «Sizlar o‘zlaringizni tosh ko‘tarish bilan kuchlimiz deb bilasizlarmi? Men sizlarga undan ham kuchlirog‘ining xabarini berayinmi?» Sahobalar: «Ha!» deyishdi. Aytdilar: «Unday kishi g‘azabini yutib, keyin sabr qiluvchi kishidir». Yahyo ibn Maozdan zikr qilindi: «Kimki o‘ziga zulm qilgan kishini duoibad qilsa, Muhammadni (s.a.v.) Payg‘ambarlar ichida xafa qiladi va shaytoni la’inni kofirlar va shaytonlar ichida xursand qiladi. Kim zulm qilgan kishini kechirsa, iblis la’inni kofirlar va shaytonlar ichida xafa qiladi, hamda Muhammadni (s.a.v.) payg‘am-barlar ichida xursand qiladi». 266. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Qiyomat kunida nido qilguvchi nido qiladi: «Savoblari Alloh taolo ustida bo‘lgan kishilar qaerdalar?» Odamlarning ichida kechirib yuboruvchilar turadilar va ular jannatga kirgaydirlar». Ahnaf ibn Qaysdan so‘raldi: «Insoniylik nimadir?» deb. Aytdi: «Mansab, davlat berilganda tavozu’li bo‘lishlik, qudratli vaqtida kechirishlik va minnatsiz berishlikdir». 267. Atiyadan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Mo‘minlar yumshoq va muloyim bo‘ladilar. Xuddi majbur qilinmasdan yoki urilmasdan yurib turgan tuya kabiki, yetaklansa, ergashadi yoki toshning ustiga cho‘ktirilsa, cho‘kadi». Faqih aytadi: Sizlarga g‘azab qilganda, sabr qilishlik lozim bo‘ladi. G‘azab kelganda shoshilmangizlar, shoshilishdan saqlaningizlar. Shoshqaloqlikda ham, sabrda ham uch narsa bordir. Shoshqaloqlikdagi uch narsa: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 130 1. Ichida pushaymon bo‘ladi. 2. Odamlar oldida malomat qilinadi. 3. Alloh oldida jazolanadi. Sabrdagi uch narsa: 1. Ichida xursand bo‘lishlik. 2. Odamlar oldida maqtanishlik. 3. Allohdan savob olishlik. Albatta, yumshoqlik avvalida achchiq, oxirida shirin bo‘ladi. Aytilganidek: «Yumshoqlikning mazasi boshida achchiq, oxirida asaldan shirin bo‘ladi». ___________ XXIII bob. G‘azabni yengmoq bobi hadislari 1. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, g‘azab o‘tdan uchqundir...” Zaif*. Abdurazzoq (20720) va Ahmad (61-19/3). 2. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “G‘azabdan saqlaningiz...” Zaif*. Oldingi hadisga qarang. 3. “Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Kim o‘ch olishga qodir bo‘lib...” Hasan*. Abu Dovud (4777) va Ibn Moja (4816). 4. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Kimda uch xislat bo‘lmasa...” Zaif, marfu’*. Ibn Abu Dunyo, “Al-hilm”da, Bayhaqiy “Ash- shu’ab”da (7423) Hasandan rivoyat qilib, “mursal” deyishgan. 5. Hadis. “Jabroil alayhissalomga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Jabroil! Bu oyatning tafsiri nimadir?” Mursal*. Ibn Jarir (10569) va Ibn Kasir tafsiri (266/2) ga qarang. 6. Abu Hurayra. “Bir kishi Abu Bakr Siddiqni so‘kayotganida...” Hasan*. Ahmad (436/2) va Abu Dovud (4897) va “As-sahihat” (2376, 2231) ga qarang. 7. Ibn Abbos. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Har bir narsaning sharafi bordir...” Mavzu*. Hokim (270,269/4). 8. Hadis. “Uhud jangida Payg‘ambarning (s.a.v.) tishlarini sindirishdi...” Sahih*. Muslim (2599/4). 9. Hadis. “Rasululloh aytdilar: “Kim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa...” Zaif*. Ibn Abu Dunyo (21) Ibn Umardan. 10. Mujohid. “Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni to ko‘tarib...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6114/4) Muslim (2609/4) Abu Hurayradan. 11. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilishdi: “Qiyomat kunida nido qiluvchi nido qiladi...” Zaif*. Uqayliy, “Az-zuafo” (1498) va Tabaroniy, “Al-avsat”. XXIV BOB. TILNI SAQLASH 268. Abu Said Xudriy aytadi: «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: «Ey Allohning elchisi, menga vasiyat qiling», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Allohga taqvo qilgin. Chunki u barcha yaxshiliklarni jam qiluvchidir. Jiddu jahdni mahkam tutgin. Chunki u musulmonlarning (yoki «musulmonning», dedilar) rohibligidir». Va Allohning zikrini va Qur’on tilovatini qilgin. Chunki u senga yerda nur, osmonda zikrdir. Yaxshi- likdan boshqasidan tilingni saqlagin. Shu bilan shay-tonni yengasan». Faqih aytadi: Payg‘ambarning (s.a.v.): «Allohga taqvo qilgin», degan so‘zlarining ma’nosi Alloh qaytargan ishlardan qaytish uchun Alloh buyurganlariga amal qilishdir. Agar taqvo qilsa, barcha yaxshiliklarni jam qilibdi. Endi «tilingni saqlagin», deganlarining ma’nosi faqat yaxshiliklardan gapirgin, g‘animatli bo‘lasan yoki jim yurgin, salomat bo‘lasan. Chunki salomatlik sukutdadir. Bilgin, inson shaytondan jim turishlik bilan g‘alaba qiladi. Musulmon shaytondan xoli qo‘rg‘onda bo‘lishi va Alloh uning avratini berkitishi uchun tilini saqlamog‘i lozim bo‘ladi. 269. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim qulini ursa, kafforati uni ozod qilishlikdir. Kim tiliga podshoh bo‘lsa, Alloh uning uyat ishlarini berkitadi, kim g‘azabini yutsa, Alloh uni azobdan saqlaydi. Kim Allohdan uzr so‘rasa, uning uzrini qabul qiladi». 270. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisi va mehmonini hurmat qilsin, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 131 yaxshilikni gapirsin va jim tursin». Faqih aytadi: Muhammad ibn Savqa Zohid dedi: «Sizlarga bir hadislarni aytayin, shoyadki, sizlarga ham foyda bersa, menga foyda berdi. Menga Ato ibn Abu Raboh aytdi: «Ey amakimning o‘g‘li, sizlardan oldingilar ortiqcha so‘zni yomon ko‘rardilar. Ular Allohning kitobi amri ma’ruf va nahiy munkar va hayotda yashash uchun kerak bo‘ladigan zarur so‘zlardan boshqa so‘zlarning hammasini ortiqcha deb hisoblar edilar». Keyin aytdi: «Allohning ushbu so‘zini inkor qilasizlarmi? «Holbuki, shak-shubhasiz, sizlarning ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug‘ (farishta)lar bordir» (Infitor, 10–11). Va yana: «Zotan, o‘ng va chap (tomon)da o‘tirgan ikki qabul qilguvchi (yozib turguvchi farishta insonning aytgan va qilgan barcha yaxshi-yomon so‘z-amallarini) qabul qilib, yozib tururlar. U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof, 17–18). Birontangiz kunning boshida yozilgan sahifasi ochilganda, undagi ko‘p amallari din va dunyo ishlaridan bo‘lmay, uyalib qolmaydimi?» 271. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «To‘rt narsa faqat taajjub bilan bo‘ladi. Sukut qilishlik, u ibodatning avvalidir. Tavozu’, Allohni zikr qilish va faqirligi ozgina bo‘lishi». Bu lafz Iso alayhissalomdan ham zikr qilingan. 272. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kishi musulmonligining go‘zalligi ma’nosiz so‘zlarni tark qilishligidir». Luqmoni Hakimdan so‘raldiki: «Biz sizda ko‘rib turgan narsaga qanday yetdingiz?» deb. Aytdi: «Gapning to‘g‘riligi, omonatni ado etishlik va keraksiz so‘zlarni tark qilishlik bilan». Abu Bakr ibn Iyyoshdan rivoyat qilindi. Aytdi: «To‘rt podshohning har biri bittadan kalima gapirishdi. Ular go‘yoki bir kamondan otilgan o‘qdek edi. Kisro aytdi: «Aytmagan so‘zimga pushaymon yemayman, aytgan so‘zimga pushaymon yeyman». Xitoy podshohi aytdi: «Gapirmagan gapimga men ega, gapirgan gapim esa, menga ega». Rum podshohi dedi: «Men gapirmagan gapni rad qilishga gapirganimni rad qilishdan ko‘ra qodirroqman». Hind podshohi aytdi: «Ajabki, bir kishi bir kalimani gapirsa, u kalima og‘izdan chiqib, unga zarar beradi. Agar chiqmasa ham unga zarar bermasdi». Rabi’ ibn Xusaymdan rivoyat qilindi: U kishi tong bo‘lsa, qog‘oz va qalamni olardi, hech narsa gapirmasdan faqat yozardi va yodlardi. Keyin kech bo‘lganda o‘zi bilan hisoblashardi. Faqih aytadi: Bu ishlar zohidlarning amallaridan edi. Ular tilni saqlamoqlikni o‘z ustilariga yuklagan edilar va dunyoda o‘zlari bilan hisoblashardilar. Shuningdek, musulmon uchun oxiratda hisoblashmasdan oldin, bu dunyoda o‘zi bilan hisoblashmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki dunyo hisobi oxirat hisobidan yengildir. Tilni saqlashlik oxiratdagi pushaymonlikdan dunyoda yengilroqdir. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 132 Ibrohim Taymiydan rivoyat qilindi: «Menga bir kishi gapirib qoldi. U Rabi’ ibn Xusaym bilan yigirma yil birga bo‘lib, undan biron yomon gap eshitmagan ekan». Muso ibn Said aytadi: Husayn ibn Aliga, Alloh ikkovlaridan rozi bo‘lsin, musibat yetib, u kishi o‘ldirildi, shunda Rabi’ning sahobalaridan biri: «Agar Rabi’ gapirsa, bugun gapiradi», dedi. Eshigining oldiga keldi va Xusaynning o‘ldirilgani xabarini u kishiga yetkazdi. U kishi shunda osmonga qarab, bu oyatni o‘qidi: «Ayting: Allohim, (ey) osmonlar va yerni ilk bor yaratgan Zot, (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin va oshkor narsalarni) bilguvchi zot, yolg‘iz o‘zinggina bandalaring o‘rtasida ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida hukm qilursan» (Zumar, 46). Rabi’ mana shundan boshqa hech narsa demadi. Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Johil kishi olti xislat bilan bilinadi: 1. Behuda narsalarga g‘azab qilishlik, ya’ni Odam farzandiga g‘azab qilgandek, hayvonga yoki unga yomon ko‘ringan har narsaga g‘azab qiladi». 2. Foydasiz kalom. Oqil kishi o‘ziga foyda bermaydigan gaplarni gapirmaydi. Balki dunyo va oxirat ishlarida manfaat beradigan so‘zni sevadi. 3. Keraksiz joyga bermoq. Ya’ni molini ajr berishga noloyiq, uni berish mumkin bo‘lmagan joyga sarf qilishlik. Bu johillik alomatidandir. 4. Har kimning oldida sirini ochaverish. 5. Har insonga ishonaverish. 6. Do‘stni dushmandan ajrata olmaslik. Ya’ni, kishiga do‘stini topib, unga itoatda bo‘lmog‘i, dushmanini bilib, undan hazar qilmog‘i lozim bo‘ladi. Birinchi dushman shaytondir. Unga hech joyda bo‘ysunmaslik lozimdir. Iso ibn Maryam alayhissalomdan rivoyat qilindi: «Har bir kalomda Allohning zikri bo‘lmasa, u bekordir. har qanday sukutda fikrlash bo‘lmasa, u g‘aflatdir. Har bir qarashda ibrat bo‘lmasa, u behudadir. Kalomida Allohning zikri, sukutida fikrlash va qarashida ibrat bo‘lgan kishiga qanday yaxshi». Avzoiy aytadi: «Mo‘min kalomini kamaytiradi va amalini ko‘paytiradi. Munofiq kalomni ko‘paytirib, amalni kamaytiradi». 273. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi, dinni bilishlik, til bilan taqvo qilish, yuzida tabassumlik, qalbida nurlik va musulmonlarni yaxshi ko‘rish». Yahyo ibn Aksam aytdi: «Kishining gapirgan gapi salohiyatli bo‘lsa, boshqa amallaridan ham bilinadi. Agar gapirgan gapi fasodli bo‘lsa, boshqa amallarida ham bilinadi». Luqmon Hakim o‘g‘liga aytdi: «Ey o‘g‘ilginam, kim yomonlik egasining suhbatida bo‘lsa, omon bo‘lmaydi, kim yomonlik kiradigan joyga kirsa, tuhmatlanadi va kimki tiliga egalik qilmasa, pushaymon yeydi». 274. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Tiliga egalik qilgan, uyidan tashqariga chiqmagan va xatosiga yig‘lagan kishiga naqadar yaxshi». Faqih aytdi: Otam Hasan Basriydan gapirdi: «Hakimning tili yuragining orqasidadir. Agar gapirmoqlikni xohlasa, yuragiga qaraydi, mabodo unda yaxshilik bo‘lsa, gapiradi. Agar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling