Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yetimlarga yaxshilik qilish bobi hadislari
- QIRQ BESHINCHI BOB ZINO HAQIDA
- "Sizlarda ikkitasi shunday qilsa", ya’ni, fohisha ishni – zinoni, "...ularning ta’zirlarini beringlar, agar tavba qilib, o‘zlarini tuzatsalar, ularni tinch
- "Xotinlaringizdan qay bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to
- "Zinokor xotin va zinokor erkakning har birini yuz darradan uringlar"
- "Zinoga yaqinlashmanglar, chunki u buzuqlikdir", ya’ni, zino qilmanglar, zinodan saqlaninglar, chunki zino gunoh, yomonlik keltiradi va Allohning
- "Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz"
- "(Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar. Mana shu ular
- "Ular avratlarini saqlovchi kishilardir. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘l ostidagilardangina (saqlamaydilar), ular malomat qilinmaslar. Endi kim
- "Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar"
- "Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz"
www.ziyouz.com kutubxonasi 217 bo‘ladi, hatto uni ularning og‘ziga soladi. Tarqatishni qizlardan boshlasin, chunki Alloh taolo ayollarga yumshoqlik qildi. Kim ayollarga yumshoqlik qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishi kabidir. Kim Allohdan qo‘rqib yig‘lasa, uni Alloh kechiradi. Kim qizlari bilan xursand bo‘lsa, Alloh qiyomat kuni uni xursand qiladi". 528. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, agar yetim yig‘lasa, arsh titraydi. Alloh taolo aytadi: "Ey Jabroil, kim yetimni yig‘latgan bo‘lsa, unga do‘zaxdan joyni keng qil, Men uni u yerda yig‘lataman. Kim yetimni kuldirgan bo‘lsa, unga jannatdagi o‘rnini keng qil, Men uni u yerda kuldiraman". ____________ Yetimlarga yaxshilik qilish bobi hadislari 516-hadis. Juda zaif. 517-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang. 518-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang. 519-hadis. Hasan. Ahmad rivoyat qilgan. 520-hadis. Zaif. Buxoriy “Adabul-mufrad”da rivoyat qilgan. 521-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 522-hadis. Zaif. Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 523-hadis. Zaif. Ibn Adiy rivoyat qilgan. 524-hadis. Muttafaqun alayh. 525-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 526-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 527-hadis. Zaif. 528-hadis. Zaif. 523-hadisning izohiga qarang. QIRQ BESHINCHI BOB ZINO HAQIDA 529. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba Abu Hurayra va Zayd ibn Xolidlardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ular aytishdi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki kishi xusumatlashib kelishdi. Ulardan biri: "Ey Rasululloh, bizning oramizda Allohning kitobi bilan hukm qiling", dedi. Boshqasi – u ilmliroq edi – aytdi: "Ha, Allohning rasuli, o‘rtamizda Allohning kitobi bilan hukm qiling. Izn bersangiz, gapirsam". "Gapir", dedilar. "O‘g‘lim mana bu odamning uyida ijarada ishlardi, – dedi u, – uning xotini bilan zino qilib qo‘yibdi. Menga o‘g‘limning toshbo‘ron qilinishi kerakligini aytishdi. Bu (jazo)ning o‘rniga yuz bosh qo‘y va uyimdagi joriyani berdim. Keyin ilmlilardan so‘rasam, o‘g‘limga yuz darra urilib, bir yil surgun qilinishi lozimligini aytishdi. Toshbo‘ron qilinish esa, ayolning jazosi ekan". Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, oralaringizda Allohning kitobi bilan hukm chiqaraman. Qo‘ylaring va cho‘ring o‘ziga qaytariladi. O‘g‘ling esa, yuz darra urilib, bir yilga surgun qilinadi". So‘ngra uning o‘g‘liga darra urishdi va bir yilga surgun qilishdi. Anis Aslamiyga xotinning oldiga bormoqni buyurdilar va: "U ayolning oldiga bor, agar (gunohini) e’tirof etsa, toshbo‘ron qil", dedilar. Ayol e’tirof etdi va uni toshbo‘ron qilishdi". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu yerda zinoning hukmini bayon etdilar. Demak, zoniy (ya’ni, zino qilgan erkak) va zoniya (zinokor xotin) agar bo‘ydoq bo‘lsa, ularga yuz darra urish vojibdir. Alloh taolo: "Ulardan har birini yuz darradan uringlar, Alloh haddida sizlarni rahm va muloyimlik olmasin", deydi. Ya’ni, rahm-shafqat sizlarni hadni (jazoni) botil qilishga olib bormasin. Chunki Alloh taolo bandalariga sizlardan ham rahmliroqdir. Alloh taolo zinokorlarga bu dunyoda had urishni buyurdi. Kimga dunyoda had urilmasa, qiyomat kuni xaloyiqning oldida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan uriladi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 218 Alloh taolo keyin aytyaptiki: "Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchi bo‘lsangizlar", ya’ni, Allohning birligiga va qiyomat kuniga ishonsanglar, "hadni botil qilmanglar". "Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar", (Nur, 2) ya’ni, zinokorni urayotganda mo‘minlardan bir toifasi hozir bo‘lsin. Albatta, hadni urilayotganda, odamlar kelishsa, ularga azob ziyodalashadi. Chunki qavmning oldida uyalishadi va bu ham ularni zinodan qaytaradi. Bunday had urish eri yoki xotini bo‘lmagan zinokorlarga uchundir. Ammo muhsan, ya’ni, turmushi mavjud holatda zino qilsa, ularning haddi toshbo‘ron qilishlikdir. 530. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Moiz ibn Molikni toshbo‘ron qildirganlar. 531. Rivoyat qilinishicha, bir xotin Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, zino etganini aytdi. U o‘shanda homilador edi. U zot ayolga qaytishni, homilasini tuqqanidan keyin kelish buyurdilar. Homilasini tuqqandan keyin ayol keldi. Uni toshbo‘ron qilishga buyurdilar va u toshbo‘ron qilindi. Bilingki, zinoning haddi Islomning avvalida ayblamoq va etiklar bilan urmoq edi. Alloh taolo aytadi: "Sizlarda ikkitasi shunday qilsa", ya’ni, fohisha ishni – zinoni, "...ularning ta’zirlarini beringlar, agar tavba qilib, o‘zlarini tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi rahmli zotdir" (Niso, 16). Agar zinokor ayol muhsan bo‘lmasa, ya’ni, beva bo‘lsa, erkakning ham xotini bo‘lmasa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, erkakning haddi darra va surgun, xotinning haddi esa, to o‘lgunicha uyga qamab qo‘yish edi. Alloh taoloning so‘zi shunday: "Xotinlaringizdan qay bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to bu ayollarga o‘lim kelgunicha yoki Alloh biron yo‘lga solgunicha ularni uylarda saqlangiz" (Niso, 15). Bu hukm Islomning avvalida, hadlar tushmasdan oldin edi. Keyin bu oyat Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari bilan nasx (bekor) bo‘ldi: 532. "Mendan olinglar, mendan olinglar. Alloh u ayollarga bir yo‘l qildi. Bikr bikr bilan zino qilsa, yuz darra va bir yil surgun, tul tul bilan zino qilsa, yuz darra va toshbo‘ron qilish". Bu ikki hukm Qur’on bilan emas, sunnat bilan joriy bo‘lgan. Bu hadisda xotinlarning zikri bilan xotinlar va erkaklarga ishora qilindi. Boshqa oyatda erkaklarning zikri bilan erkaklar va xotinlar ishora qilingan edi. Keyinchalik bir yillik surgun bikrning (bo‘ydoqning) haqqidan o‘chirildi va muhsan xotinning haqqidan darra urish tushirildi. Surgun qilish haddi ushbu oyat bilan nasx qilindi: "Zinokor xotin va zinokor erkakning har birini yuz darradan uringlar" (Nur, 2). Muhsan ayolni darra urish Mo’izning, Fomidiya voqeasidagi ayolning hamda zinoga iqror bo‘lgan kishining hadislari bilan nasx qilindi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 219 Ulamolarimiz aytishadi: Surgun qilishdan o‘sha yerdan haydashni iroda etsalar, bunday qilish oyat bilan nasx qilingan. Agar surgundan qamashni va qamoqda ushlashni murod etsalar, bu ish hukmdir. Chunki maqsad yomonlikni kesish. Zoniyning yomonligi surgun bilan kesilmaydi. Bu hukm zinoning dunyodagi haddidir. Bu had ularga bu dunyoda qoim qilinmasa, oxiratda qilinadi va oxirat azobi dunyo azobidan qattiqroq va uzoqroqdir. Bas, zinodan hazar qilinglar, zino katta gunohdir. Alloh taolo aytadi: "Zinoga yaqinlashmanglar, chunki u buzuqlikdir", ya’ni, zino qilmanglar, zinodan saqlaninglar, chunki zino gunoh, yomonlik keltiradi va Allohning g‘azabiga duchor qiladi. U shunday "eng yomon yo‘ldir" (Isro, 32). Naqadar yomon yo‘l! Zinokorlar bu yo‘lni tutib do‘zaxga boryaptilar. Alloh taolo aytadi: "Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz" (An’om, 151). "Oshkorasi", ya’ni, kattasi – zino, "...va maxfiysi", ya’ni, o‘pishlik, silash-siypash, hammasi zinodir. 533. Xabarda kelganidek: "Ikki qo‘l zino qiladi, ikki ko‘z zino qiladi". Alloh taolo aytadi: "(Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar. Mana shu ular uchun eng toza (yo‘ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardordir. Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar hamda ko‘rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni, ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb- ziynatlarini nomahramlarga) ko‘rsatmasinlar" (Nur, 30-31). Alloh taolo ayollarga va erkaklarga ko‘zlarini haromdan to‘sishni va avratlarini haromdan saqlashni buyurdi. Alloh taolo zinoni Tavrotda, Zaburda, Injil va Furqonning ko‘p oyatlarida harom qilgan. U katta gunohdir, u bilan musulmonlarning hurmati oyoq osti bo‘ladi, nasablar aralashib ketadi. Rivoyat qilinishicha, Ja’far ibn Abu Tolib (r.a.): "Hurmatimni toptashlari menga yoqmaydi, mening o‘zim ham hech kimning hurmatini oyoq osti qilmayman", deganlar. o‘zlari johiliyat paytlarida ham zino qilmaganlar. Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishadi: "Zinodan saqlaninglar. Chunki unda oltita ofat bor, uchtasi dunyoda, uchtasi oxiratda. Dunyodagi uchtasi: Rizqning kamayishi, ya’ni, rizqidan baraka ketadi; yaxshiliklardan mahrum bo‘ladi va odamlarning qalbida yomon kishiga aylanadi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 220 Oxiratdagi uchtasi: Alloh g‘azab qiladi; qattiq hisob qilinadi; do‘zaxga kiradi. U do‘zaxni Alloh taolo katta do‘zax, deb nomlagan. 534. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mana bu olovlaringiz jahannam olovining yetmishdan bir bo‘lagidir". 535. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomga: "Menga do‘zaxni sifatlab ber", dedilar. Jabroil aytdilar: "Ey Muhammad, qop-qorong‘u, zulmat, agar ignaning teshigidek teshik ochilsa, so‘zsiz yer yuzidagi hamma narsa kuyib ketadi. Agar do‘zax kiyimining bittasi osmon va yer orasida osib qo‘yilsa, yer ahli uning sassiqligidan o‘lib ketadi. Agar zaqqumdan bir tomchi yerga tashlansa, yer ahlining butun hayoti buzilib ketadi. Agar Allohning kitobida zikr qilingan o‘n sakkizta farishtaning bittasi yer ahliga ko‘rsatilsa, uning badbasharaligidan va a’zolarining har xilligidan yer ahli hammasi o‘lib ketadi. Agar Alloh taolo kitobida zikri kelgan zanjirlarning bir bo‘lakchasi yerga tashlansa, yerning eng pastigacha buzib yuboradi, keyin uni tiklash mumkin bo‘lmaydi". So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, yetadi", deb yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Jabroil, sen nega yig‘layapsan, Alloh huzurida sening joying bor-ku?" deb. Jabroil alayhissalom aytdilar: "Ey Muhammad, men Allohning oldida bo‘lganim bilan Horut va Morutni yoki mal’un iblisni imtihon qilgani kabi meni ham imtihon qilmasligiga ishonchim yo‘q". Jabroil (a.s.) Rabbi oldidagi shuncha hurmati bilan yig‘lab tursa, gunohkorlar qanday yig‘lamasinlar?! Bas, hayotingiz, sihatingiz sizni aldab qo‘ymasin, chunki bu dunyo o‘tkinchi, ammo uning azobi uzoqdir. Zinodan hazar qiling. Chunki u g‘azab va alamli azobni keltiradi. Zinoning yomoni unda davomli bo‘lishdir. Chunki unday odam xotinini taloq qiladi. Lekin xotini bilan haromda turaveradi, chunki odamlar oldida sharmandalikdan qo‘rqib, iqror bo‘lmaydi. Endi, qanday qilib, oxirat kunida, sirlar oshkor qilinganda sharmanda bo‘lishdan qo‘rqmaydi. O‘sha kundagi sharmandalikdan qo‘rq, zinodan saqlan, unda davom etma, chunki senda Allohning azobiga toqat yo‘qdir. Allohga tavba qil, chunki Alloh taolo bandalaridan tavbalarni qabul qiluvchi zotdir. O‘limdan keyingi pushaymon va tavbalar foyda bermaydi. Tavba va pushaymonni tirikligingda qilsang, foyda beradi. Alloh taolo avratlarini saqlagan mo‘minlarni maqtab, najot va xursandchilikning bashoratini beradi. Alloh aytadiki: "Ular avratlarini saqlovchi kishilardir. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘l ostidagilardangina (saqlamaydilar), ular malomat qilinmaslar. Endi kim shundan o‘zgani istasa, bas, ana o‘shalar haddan oshguvchilardir" (Mo‘minlar, 5–7). Avratni saqlash haromdan pok tutishdir. "Magar o‘z jufti halollaridan", ya’ni, xotinlaridan tiymaydilar "yoki qo‘l ostidagilardan", ya’ni, qo‘l ostida turgan cho‘rilaridan ham tiymaydilar. Bu oyat erkaklar uchun xosdir, "yoki qo‘l ostidagilardan (saqlamaydilar)" jumlasi ayollarga tegishli emas. "Ular malomat qilinmaslar", ya’ni, avratini xotini va cho‘risidan boshqalardan saqlash bilan malomat qilinmaslar. Malomat qilinadigan vaqti ham bor: Hayz va nifos holatida saqlamasalar, chunki u man’ qilingan. Endi kim shundan o‘zgani istasa, ya’ni, xotini va qo‘l ostidagi cho‘risidan boshqalarni talab etsa, "ana o‘shalar haddan oshguvchilardir". Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 221 Bu yerda qo‘l bilan shahvatni qondirishning haromligigacha dalil bor. Bu so‘zlar ulomalarning so‘zlari. Jurayj aytadilar: "Atodan shu ish haqida so‘ragan edim, makruh, dedi. Bir qavm qiyomat kuni qo‘llarida homilalari bilan to‘planishini eshitdim va o‘shalar deb gumon qildim". Said ibn Jubayr aytadilar: "Zakarlari bilan o‘ynaydigan ummatni Alloh azoblaydi". Boshqa oyatda ham: "Ular o‘z avratlarini saqlovchilardir, magar o‘z jufti halollardan va qo‘l ostidagilardan", deydi. Bu ikkisi (jufti halol va cho‘rilar)ning sanalishi er bilan erning qo‘shilishi, istimno (onanizm) va boshqalar harom ekaniga dalildir. Demak, bu ikkisidan keyin ham avratlarini saqlay olmasa, u Alloh belgilab bergan haddan oshuvchi zolimdir, gunohkordir. Qaysi bir musulmon zino etgan bo‘lsa, tavba qilmog‘i va odamlarni bu ishdan qaytarmog‘i vojibdir. Chunki qay joyda bu ish ko‘payib, odamlar unga mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, Alloh ularni vabo bilan balolaydi. Ibn Abbosga (r.a.) Ka’bul Ahbor (r.a.) aytdilar: "Agar qilichlar yalang‘ochlanganini ko‘rsanglar, qonlar oqsa, bilinglarki, Allohning hukmi ularni halok qilibdi, Alloh taolo bir- birlari bilan ulardan intiqom olayotir. Agar yomg‘ir yog‘mayotganini ko‘rsanglar, bilinglarki, odamlar zakot bermay qo‘yganlar. Alloh ham ularga yomg‘ir bermay qo‘ygan. Agar vabo tarqalganini ko‘rsanglar, bilinglarki, u yerda zino tarqalgandir". 536. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim ustida Lut qavmining amalidan qo‘rqqanchalik qo‘rqmayman". 537. Ibn Abbos (a.s.) aytadilar: "Lut qavmi amalini qilayotgan kishilarni ko‘rsanglar, foilni ham maf’ulni ham, ya’ni, ikkisini ham, o‘ldiringlar. Kim hayvonga yaqinlik qilgan bo‘lsa, u bilan birga hayvonni ham o‘ldiringlar". Aytishlaricha, to‘rt amal bilan arsh larzaga keladi va Alloh g‘azablanadi: Nohaq birovni o‘ldirsa; fosiqni maqtasa; erkak erkak bilan aloqa qilsa; ayol ayol bilan aloqa qilsa. 538. Xabarda keladi: "Agar lo‘ttivoz dengizda cho‘milsa ham, tavba qilmasa, pok bo‘lmaydi". Jufti halollardan va cho‘rilardan boshqalarga qo‘shilish haromdir. 539. "Qur’on harom qilganini halol sanagan odam unga imon keltirmabdi". ___________ Zino bobi hadislari 529-hadis. Muttafaqun alayh. 530-hadis. Muttafaqun alayh. 531-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 532-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 533-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. 534-hadis. Muttafaqun alayh. 535-hadis. Izohi yo‘q. 536-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 222 537-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 538-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da keltirgan. 539-hadis. Zaif. Termiziy uning isnodini zaif degan. QIRQ OLTINCHI BOB RIBO YEYISH HAQIDA 540. Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: "Isro kechasi yettinchi osmonda boshim ustida momaqaldiroq bilan qichqiriqni eshitdim. Chaqmoqni va qorinlari oldilarida uy kabi katta bo‘lib osilib yotgan kishilarni ko‘rdim. Ichlarida ilonlar bo‘lib, tashqarisidan ko‘rinadi. Shunda: "Ey Jabroil, ular kimlar?" deb so‘radim. "Ular ribo yeydigan sudxo‘r kishilardir", dedi u". Ato Xurosoniydan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Sudxo‘rlik yetmish ikki gunohdir. Gunohning eng kichigi onasi bilan zino qilganga barobar. Bir ribodan topilgan bir dirham o‘ttiz olti marta zino qilishdan yomon. Alloh taolo qiyomat kunida yaxshiga ham, fojirga ham turishga ruxsat beradi. Ribo yeganga ruxsat berilmaydi. Ular shayton chalgan kabi turadi", ya’ni, jinni kabi, qachon tursa, yiqilaveradi. Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qur’on oyatlarining oxirgi tushgani ribo oyati edi. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar, bizlarga uning tafsirini aytmadilar. Sizlar ribo va rabiyani tashlanglar", ya’ni, katta va kichik gunohlarni tark qilinglar. 541. Ali (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini, unga vakil bo‘lganni, guvohlarni va uni yozganni, bezovchi xotinni, unga da’vat qiluvchini, bosh-qaning badaniga iz yoki surat soluvchini, surat soldiruvchini, uch taloq qilingan ayolni halol qilib borish maqsadida nikohiga oluvchini, uni o‘zi uchun halol qildiruvchini (ya’ni, uch taloq qilingan ayolning erini), zakotni bermaydigan kishilarni la’natladilar". Ribo yeyuvchi – molning egasi, foyda oluvchi, vakil qilingan kishi esa, unga ribo beruvchi. Shuningdek, guvohlar – o‘shaning ustidagi va uni yozgan kishilar. Chunki ular bu ishda yordam qilyaptilar. Bezovchi xotin boshqa xotinlarning badanlariga naqsh soladi, ularni igna bilan yorib, yoriqning ostiga ko‘k bo‘yoq qo‘yadi, unga da’vat qiluvchi xotin boshqalarni ham bu gunohga tortadi. 542. Abu Juhayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ribo yeyuvchini, unga vakil qilingan kishini, badanga surat soluvchini, unga boshqalarni ham chaqiruvchilarni va musavvirlarni la’natladilar". 543. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Banda molni haromdan topsa, so‘ngra uni sadaqa etsa, unga ajr olmaydi, nafaqa qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirgani esa do‘zaxdagi azobini ziyoda qiladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, balki yaxshilik bilan yomonlikni o‘chiradi. Chunki nopok narsa nopoklikni ketkazmaydi". Alloh taolo aytadi: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 223 "Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq qilingizlar" (Baqara, 267). 544. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hech kim peshona teri bilan topib yegan taomidan yaxshiroq taom yemaydi. Allohning payg‘ambari Dovud o‘zi mehnat qilib, topib yer edi. Alloh pokdir va pok narsani qabul qiladi. Alloh taolo payg‘ambarlarga buyurgan narsalarni mo‘minlarga ham buyurdi. Aytdiki: "Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar" (Mo‘minlar, 51); "Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar" (Baqara, 172)". Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni zikr qildilar: "Bir kishi uzoq safar qilib, sochlari to‘zg‘igan, yuzlariga g‘ubor qo‘ngan holda: "Ey Rabbim, ey Rabbim", deb, osmonga qo‘lini ko‘taradi, holbuki, uning taomi harom, sharbati harom, kiyimi harom, uyqusi harom, yurishi harom, kelishi harom, endi qanaqasiga uning duosi ijobat qilinsin. Bir zamonlar keladiki, kishi olgan narsasi haloldanmi, haromdanmi, parvo qilmaydi". "Alloh taolo pokdir", degan so‘zlaridan murod Alloh barcha kamchiliklardan, ayb va nuqsonlardan pok zot ekanidir. Agar banda pok, deyilsa, uning razil xulqlardan va yomon amallardan xoli ekani tushuniladi. Agar amallar pok, deyilsa, yaxshi molning haloli tushuniladi. Xullas, hadisning ma’nosi – Alloh bilguvchiroq – U zot ayblardan pok zotdir. Aybli narsalarni qilmaydi, Unga yaqinlashish Unga loyiq bo‘lgan amallar bilangina mumkin. Kalomida aytadi: "Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz" (Oli Imron, 92). "Uzoq safarda yuzlariga g‘ubor qo‘ngan, sochlari to‘zg‘igan holda", deganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hajga ketayotgan kishini nazarda tutdilar. Unday kishi safarda sochlari to‘ziydi, ust-boshiga tuproq-chang o‘tiradi, qiyinchilik, ochlik, chanqoqlik va bedorlik bilan Allohning baytiga yetadi, uni tavof qilib, shu holatida Allohga duo etadi. Duosining ijobatini va hajining qabulini umid qiladi. Ammo duosi ijobat qilinmaydi, haromdan sarflagan nafaqa-ehsoni qabul bo‘lmaydi. Kim haromdan sadaqa bersa, uni halol va yaxshi deb sanasa, savobdan umid qilsa, Alloh taolaga kufr keltiribdi. Bu haqda sadaqa bobida zikr qilindi. 545. Abu Rofe’ aytadilar: "Oyoqqa taqiladigan kumush halqani Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) sotdim. Abu Bakr Siddiq (r.a.) halqani torozining bir pallasiga va pullarni ikkinchisiga qo‘ydilar. Halqa puldan ozgina og‘ir keldi. Keyin uni kesib tenglashtirmoqchi bo‘lib qaychini oldilar. Men: "Ey Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xalifasi, ortiqchasi sizga", dedim. "Yo‘q, – dedilar u zot. – Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam: "Ziyoda qiluvchi ham, ziyoda qilishni so‘ragan ham do‘zaxda", deganlarini eshitganman". 546. Abu Said Xudriy, Uboda ibn Somit, Abu Hurayra va boshqalar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishgan. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kumush tengi kumush bilan, ortiqchasi sudxo‘rlikdir. Bug‘doyning tengi bug‘doy bilan, ortiqchasi sudxo‘rlikdir". Keyin donni, xurmoni va tuzni ham zikr qildilar. So‘ng aytdilar: "Kim ziyoda qilsa yoki ziyoda qilishni so‘rasa, ribo qilibdi". Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 224 Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Biz riboga tushib qolishdan qo‘rqib, halolning o‘ndan to‘qqiz qismini tark qilardik". Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qaysi shaharda zino va sudxo‘rlik tarqalgan bo‘lsa, u shahar xarob bo‘ladi". Salaf olimlarimizdan Abu Hanifa, Sufyoni Savriy, Fuzayl ibn Iyoz, Dovud Toiy, Shofi’iy va boshqalar aytadilar: "Imon, namoz, zakot, haj, ro‘za, g‘usl, jinobat va tahorat ilmlaridan keyin sotish, olish, nikoh, taloq, hayz, kasb va boshqa ilmlarni o‘rganish shariatda farzdir". 547. Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam: "Ilmni talab qilish har bir muslim va muslimaga farz", degan so‘zlariga ko‘ra, har bir farz bo‘lgan amalni yoki shariat ilmini talab qilish farzdir". Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi.U zot aytdilar: "Kim din ilmini o‘rganmasdan oldin savdogarlik qilsa, u riboga tushibdi, riboga tushibdi, riboga tushibdi", ya’ni, unga cho‘kib ketibdi. Umar ibn Xattob (r.a.) aytganlar: "Bozorlarimizda din ilmini o‘rganmagan, torozida mukammal o‘lchamaydigan kishilar oldi-sotdi qilmasin". Abdurahmon ibn Sobit aytadilar: "Qavm to‘rt narsani halol sanasa, uning halok bo‘lishiga izn beriladi: Torozidan urishni; o‘lchovdan kamaytirishni; zinoni oshkora qilishni; riboni yeyishni. Zinoni oshkor qilsalar, ularga vabo yetadi, torozidan urib, o‘lchovdan kamaytirsalar, yomg‘irdan mahrum bo‘ladilar. Agar ribo yesalar, ularga qilich yalang‘ochlanadi". Ubayd Muhoribiy aytadilar: "Men Ali ibn Tolib (r.a.) orqalaridan bozorda yurardim. U kishida qamchi bor edi. Agar o‘lchovni barobar qilmagan kishini ko‘rsalar, qamchi bilan urardilar va, o‘lchovni to‘g‘ri qil, der edilar". Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Ey ajamlar jamoasi, sizlar ikki narsaga mutasaddi qilindinglar, bu ikkalasi bilan sizlardan oldingi o‘tganlar halok bo‘lishgan edi. Ular – o‘lchov va tarozi". 548. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladiki, u vaqtda hech kim ribo yemasdan qolmaydi". "Ey Allohning elchisi, hamma ribo yeydimi?" deb so‘rashdi. "Undan yemaganga changi yetadi", ya’ni, gunohidan yetadi, dedilar. Chunki yoki riboga yordam bergan bo‘ladi, yo ko‘radi, yo yozadi, yoki bu ishiga rozi bo‘ladi yoki uning hadyasini qabul qiladi, yoki dasturxonidan yeydi, xullas, gunohdan nasibasini oladi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) aytganlaridek: "Ziyoda qiluvchi va ziyoda qilishni so‘rovchi do‘zaxdadir". 549. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladi, hech kim ribo yemasdan qolmaydi, undan yemasa, g‘ubori yetadi". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling