Ал-хоразмий номидаги
- mazmunning shakldan ustunligi
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehtiyotkorlik
Davom etayotgan faoliyat (uzluksizlik) tamoyili korxona uni barpo etish paytida qo`yilgan maqsadlarga muvofiq istiqbolda ancha uzoq vaqt faoliyatini davom ettirishini va u yaqin vaqt ichida tugatmasligini bildiradi. Xo`jalik muomalalarini pulda baholash qoidasi pul o`lchovidan yetarlicha holis darajada bo`lgan baholashning universal vositasi sifatida foydalanishni bildiradi. Ishonchlilik qoidasi axborotning buzib ko`rsatishlardan, xatolardan holiligi va yetarlicha ishonchli ekanligini bildiradi. Hisoblab yozish qoidasi buxgalter tegishli daromad va xarajatlarni qaysi hisobot davriga kiritish kerakligi to`g`risida qaror qabul qilinishi lozimligini anglatadi. Hisoblab yozish usuli daromadlar agar pul mablag`lari hali sotuvchining hisob varag`iga o`tkazilmagan bo`lsada, tegishli mahsulot haridorga yuklab jo`natilgan (ish bajarilgan, xizmat ko`rsatilgan) hisobot davriga taalluqli ekanini taqozo etadi. Xarajatlar ham, korxona tomonidan mazkur hisobot davrida aks ettiriladi. Ehtiyotkorlik tamoyili hisobot hujjatlarida aktivlar va majburiyatlar oshirib hamda kamaytirib ko`rsatilmasligi kerakligini taqozo etadi. Ehtiyotkorlik tamoyilining ifodalanishlaridan biri – tannarx yoki bozor narxi bo`yicha past baholash qoidasi hisoblanadi. Bu qoidaga binoan, agar korxona o`z aylanma vositalarini bir narxda sotib olgan, hozir esa ularning bozor narxi tushib ketgan bo`lsa, hisobot hujjatlarida korxona o`z vositalarini joriy bozor narxida aks ettirib, tafovutni joriy davr zararlariga kiritishi kerak. Biroq, agar aylanma aktivlarning bozor narxi mazkur hisobot davrida ushbu aktivlarni harid qilish narxiga nisbatan oshgan bo`lsa, korxona o`z aktivlarini ana shu oshgan bozor narxi bo`yicha haqiqatda sotgan paytiga qadar o`z hujjatlariga hech qanday o`zgarishlar kiritmaydi. Bunday yondashuv buxgalteriya hisobida bozor vaziyatidagi o`zgaruvchanlikni va korxona xo`jalik faoliyati hamda mulkdorlarining bu bilan bog`liq xatarini aks ettirish imkonini beradi. Ko`rsatkichlar qiyoslanishi tamoyili korxona faoliyati to`g`risidagi ma’lumotlar boshqa korxonalar faoliyati to`g`risidagi o`xshash axborot bilan taqqoslanishi va mazkur korxonada buxgalteriya hisobining qo`llanadigan usullarida izchillik saqlanib, bu bilan bir necha hisobot davrlari uchun korxona faoliyati to`g`risidagi ma’lumotlar qiyoslanishiga erishish ta’minlanishi lozimligini taqozo etadi. Holislik tamoyili moliyaviy hisobotda umumiy hisobdan foydalanuvchilar bir guruhining manfaatlarini boshqa guruh manfaatlariga zarar keltirgan holda kanoatlantirishga urg`u berilmasligini anglatadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling