Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet71/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Moliyaviy hisob – tashqi axborotdan foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish;
Boshqaruv hisobi – ichki axborotdan foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish;
Moliyaviy hisob ma’lumotlari barcha qiziquvchilar uchun taqdim etilsa, boshqaruv hisob ma’lumotlari faqatgina chegaralangan shaxslar uchun zarur bo`ladi. Shuning uchun boshqaruv hisobining ob’ekti asosan xarajatlar va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdir.Moliyaviy hisob ma’lumotlari moliyaviy hisobot orqali qiziquvchilarga yetkaziladi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlariga asoslanib, har bir investor bu ma’lumotlar korxona faoliyatiga kerakmi yoki kerak emasmi degan o`zining hulosasiga ega bo`ladi va shu haqda qaror qabul qilishi lozim.
Boshqaruv va moliyaviy hisob tizimlarini taqqoslovchi tavsilar:
- taqdim qilinadigan yuridik talablardagi farq – qonun bo`yicha korxona har yili o`z moliyaviy hisobotlarini taqdim etishlari zarur. Boshqaruv hisobi ma’lumotlari esa faqat shunda tayyorlanadiki, qachon bu ma’lumotni ishlatishdan foyda uni to`plashdagi xarajatdan ko`p bo`lsa.
- axborotning aniqlik darajasidagi farq – tez qayta ishlanadigan taxminiy axborot, ma’lumot qaror qabul qilish uchun yetarlidir. Moliyaviy hisob ma’lumotlari esa aniq bo`lishi zarur.
- hisob masshtablaridagi farq – moliyaviy hisobotlarda butun tashkilot (korxona) faoliyati to`g`risida ma’lumot ko`rsatilishi lozim, boshqaruv hisobi esa bu faoliyatning ayrim qismlarini o`rganadi, holos.
- qabul qilingan hisob jarayonlari (tamoyillari)dagi farq – har yil nashr qilinadigan moliyaviy hisobotlar umumqabul qilingan hisob me’erlaridan kelib chiqqan holda tuzilishi kerak. Korxona ma’muriyati esa o`ziga qabul qilish uchun foydaliroq, qulayroq jarayonlardan foydalanishi mumkin.
- axborotning vaqt nisbatidagi farqi – moliyaviy hisobotlar bo`lib o`tgan xo`jalik muomalalari va faktlari to`g`risidagi axborotni taqdim qiladi, boshqaruv hisobi doirasiga esa, istiqbol xususidagi ma’lumot ham, bo`lib o`tgan hulosa ma’lumotlari ham kiradi.
- axborotni taqdim etish tezligidagi farq – moliyaviy hisobotlar yilda bir yoki ikki marta nashr etiladi, ma’muriyat esa boshqaruv hisobi axborotidan zaruriyat paydo bo`lgan zahoti uni so`rab oladi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling