Ал-хоразмий номидаги


- Auditorlik tashkilotlari


Download 0.84 Mb.
bet64/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

- Auditorlik tashkilotlari;
- Adliya tashkilotlari;
- Banklar;
- Korxonalar rahbarlari va bosh hisobchilar...
O`zbekiston Respublikasida xujjatlashtirish tartibi O`zRMV tomonidan 23.12.2003 yilda № 131-qaror bilan tasdiqlangan «Buxgalteriya hisobida xujjatlar va xujjatlashtirish to`g`risida»gi Nizomda belgilangan. Dastlabki xujjatlar qog`oz tashuvchilarda tuziladi va quyidagi asosiy rekvizitlarga ega bo`ladi:
- korxona nomi;
- xujjat nomi va raqami, uning tuzilish sanasi va joyi;
- xo`jalik muomalasining nomi, mazmuni va o`lchov birligi (natura va pul qiymatida);
- mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari.
Dastlabki xujjatlarda qo`shimcha rekvizitlar ham bo`lishi mumkin: korxona manzili, muomalani sodir etish uchun asos, xujjatlashtirilayotgan muomalalar hususiyatlaridan kelib chiqqan qo`shimcha rekvizitlar. Yuqorida ta’kidlangan Nizom talablariga mos holda tuzilgan dastlabki xujjatlar xo`jalik muomalalari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida akslantirish uchun asos bo`ladi.
Rasmiy davlat xujjatlarining hisobi, saqlanishi, hisobdan chiqarilishi va yo`q qilinishi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2000 yilda № 283-qarori bilan tasdiqlangan «Rasmiy davlat xujjatlariga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobini yuritish, saqlash va taqdim qilish tartibi to`g`risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Yuqoridagilarni umulashtirib aytish lozimki, buxgalteriya hisobini tashkil qilish, yuritish va tartibga solishning me’yoriy-huquqiy bazasi to`rt guruh (darajada)gi hujjatlarga bo`lib o`rganiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Qonunlari;
2. O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlari;
3. Vazirliklardan va tarmoqlar uchun ishlab chiqilgan Yo`riqnoma va Nizomlar;
4. Korxona ichidagi Yo`riqnoma, Nizomlar hamda olimlar va buxgalter-iqtisodchi hodimlar tomonidan chop qilingan o`quv-uslubiy qo`llanmalar.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling