Ал-хоразмий номидаги


Iqtisodiyotda hisobning roli, xo`jalik hisobi


Download 0.84 Mb.
bet2/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

1. Iqtisodiyotda hisobning roli, xo`jalik hisobi mohiyati.
2. Xo`jalik hisobida qo`llaniladigan o`lchov birliklari.
3. Xo`jalik hisobi turlari; buxgalteriya hisobi.
4. Buxgalteriya hisobining vazifalari, ob’ekti va hisobga olish tamoyillari.
Iqtisodiyotda hisobning roli, xo`jalik hisobi mohiyati


O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng iqtisodiyotni isloh qilish va bozor tizimiga o`tkazish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Uzoq yillar davlat tasarrufida bo`lgan mulk hususiylashtirildi. Natijada davlat ham boshqa mulk egalari qatori xo`jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibiga kirdi.
Endilikda mahsulot ishlab chiqarish va uni kimga, qachon, qanchadan sotishni korxonalarning o`zi hal qila boshladi. Bozorda kuchli raqobat vujudga keldi. Qaysi ishlab chiqaruvchi bozorga arzon, sifatli va keng assortimentli tovarni chiqarsa, o`sha ishlab chiqaruvchining mavqei bozorda ortib bordi. Shuning uchun bozorda qanday tovar va mahsulotlarga talab yuqori bo`lsa, o`sha tovar va mahsulotlar o`z xaridorini tezroq topib, korxonaga foyda kelitirishi mumkin. Buning uchun har bir xo`jalik yurituvchi sub’ekt o`zining ish faoliyatini shunday tashkil qilishi lozimki, uni boshqarish uchun zarur bo`lgan axborotlar doimo mavjud bo`lishi kerak.
Buning uchun bozordagi narh, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi va mahsulotni sotishdan olinadigan daromad to`g`risida, istalgan payt uchun, ma’lumot olish imkoni yaratilgan bo`lishi lozim.
Bu vazifani bajarish buxgalteriya hisobini yordamisiz juda ham qiyin. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya hisobini «Biznes tili» deb bekorga aytilmagan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob, taftish va statistika vazifasini bajaribgina qolmay, bakli manfaatdor tomonlar, masalan, ular tasarrufida mavjud bo`lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq, samaraliroq foydalanish to`g`risida holis va asoslangan qaror qabul qila olish uchun xo`jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati to`g`risida axborot to`plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylanadi.
Hozirgi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalterlar ishiga qo`yiladigan talablar tubdan o`zgardi. Buxgalter xo`jalik muomalalarini qayd etuvchi vazifasidan voz kechish va ko`p darajada tahlilchi, ta’minlovchi ham bo`lishi shart. U korxona menedjeriga korxona moliyaviy ahvolining barqarorligini oshirishga imkon beradigan yo`llarni ko`rsatib berish, iqtisodiy tahlil va korxona moliyasini boshqarish bilan shug`ullanishi kerak.
Buxgalteriya hisobi har bir sodir etilgan voqeylikni yalpi va uzluksiz kuzatib, miqdor jihatdan o`lchab, hujjatlarda qayd qilish va axborot to`plash vazifasini bajaradi. Sodir etilgan xo`jalik muomalasini qanchalik o`z vaqtida va to`g`ri hisobga olinishi boshqaruv uchun zarur bo`lgan axborotlarni sifatini oshiradi, hamda qabul qilingan qaror samarasi yuqori bo`ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan bevosita yeyoki bilvosita foydalanuvchilar turlari juda ko`pdir. Ularni umumlashtirib qo`yidagi ikki guruhga ajratamiz: tashqi foydalanuvchilar va ichki foydalanuvchilar.
Tashqi foydalanuvchilar o`z navbatida yana ikki guruhga korxona faoliyatidan bevosita va bilvosita manfaatdor bo`lgan foydalanuvchilarga bo`linadi.
Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdor bo`lganlar:

  • korxona mablag`lari egalari ya’ni mulkdorlar – ular korxona o`z mablag`lari hissasini ko`paytirish yoki kamaytirishini belgilashlari va korxona rahbariyati tomonidan rusurslardan foydalanish samaradorligini baholashlari zarur;

  • kreditorlar – berilgan kreditlarini qaytarib olish, ular yuzasidan foiz to`lanish ehtimolini baholashlari uchun;

  • ta’minotchi va pudratchilar;

  • soliq organlari timsolida davlat;

  • kompaniya ishchi va xizmatchilari;

Korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdor bo`lganlar:

  • auditorlik firmalari;

  • moliyaviy maslahatchilar;

  • fond birjasining makler va brokerlari;

  • qonun chiqaruvchi organlar;

  • huquqshunoslar;

  • matbuot va axborot agentliklari;

  • kasaba uyushmalari;


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling