Ал-хоразмий номидаги
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobining vazifalari, ob’ekti va hisobga olish tamoyillari
Buxgalteriya hisobi yagona halq xo`jalik hisobi tizimining bir turi bo`lganligi sababli hisobga hos bo`lgan barcha umumiy vazifalar unga ham tegishlidir.
Barcha hisoblar bir-biri bilan chambarchas bog`liq holda yuritiladi. Bu aloqani ko`rsatish uchun buxgalteriya hisobida vaqtbay haq to`lash shaklida ish haqi oluvchi korxonalarning ishchi, injener-texnik xodimlari va xizmatchilariga ish haqi hisoblash jarayonini misol sifatida olish mumkin. Bunda ish haqini hisoblash uchun operativ hisob ma’lummotlariga asoslaniladi, ya’ni tabeldagi ishchining ishga kelganligi va ketganligi haqidagi ma’lumotga asosan ish haqi hisoblaniladi. Sodir etilgan hodisa va vokealiklarni hisobga olishda buxgalteriya hisobi bilan bir qatorda statistik hamda operativ hisob ma’lumotlaridan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobining vazifalari, ob’ekti va hisobga olish tamoyillari Buxgalteriya hisobi vazifalarining bajarilishi korxonalarda sodir bo`layotgan xo`jalik jarayoni va muomalalarini o`z vaqtida, aniq va hujjatga asoslangan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish yo`li bilan ta’minlanadi. Buxgalteriya hisobi joriy va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va ularning bajarilishi ustidan nazorat olib borish uchun korxonalardagi mavjud asbob-uskunalar, ularning quvvati, joylanishi, kay darajada foydalanilayotganligi va ichki manbalari to`g`risida ma’lumot berishi kerak. Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar tannarxini pasaytirish, korxonalarda va ularning ayrim bo`linmalarida ichki xo`jalik hisobini keng qo`llash va mustahkamlash, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mehnatning turli shakllarini rivojlantirishga har tomonlama ko`maklashish ham buxgalteriya hisobining vazifasidir. Bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish korxonalarning hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini aniq hamda o`z vaqtida hisob qilib borish bilan bajariladi. Buxgalteriya hisobining navbatdagi vazifalaridan yana biri mehnatga haq to`lashning eng oqilona tizimi va shakllarini qo`llash yo`li bilan mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlash asosini to`g`ri amalga oshirish ustidan nazorat olib borishdir. Hisob ishlab chiqarishda material, yoqilg`i, energiya va ish haqi xarajatlari me’yorlariga va xo`jalik xarajatlari smetasiga qattiq rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. Bundan tashqari buxgalteriya hisobining vazifasiga mulkning to`liq saqlanishini ta’minlash va undan to`g`ri foydalanish, shuningdek xo`jalik hisobini joriy qilish va mustahkamlash, shu asosda iqtisod rejimini o`rnatish ham kiradi. Bunday vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi va hisobdan halq xo`jaligini boshqarishda keng foydalanish uchun hisob oldiga ayrim talablar qo`yilgan. Bu talablarga reja ko`rsatkichlarini hisob ko`rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi, ularning aniqligi va to`g`riligi, to`laligi va o`z vaqtida bajarilishi, ravshan va hammabopligi, rejaliligi va arzonligi kabilar kiradi. Reja ko`rsatkichlarini hisob ko`rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi reja topshirig`ining bajarilishini tekshirishga imkoniyat yaratadi. Chunki bu ma’lumotlar o`zaro bir xil bo`lmasa, ularni solishtirish imkoni bo`lmaydi. Masalan, rejadagi tayyor mahsulotni sotish ko`rsatkichlari (assortimenti, navi, turi, bahosi, miqdori, vaqti va h.k.) hisobdagi huddi shu moddalarda bo`lmasa, farqlarning mohiyatini va sabablarini aniqlash mumkin emas. Shuning bilan birga reja va hisob ma’lumotlarini taqqoslashning zarurligi shundaki, korxona kelgusida bajariladigan ishlar rejasini tuzish uchun hisob ko`rsatkichlari yordamida o`tgan davrda qanday natijalarga erishilganligi to`g`risida ma’lumotlar oladi. Hisob ma’lumotlari buxgalteriya hisobida xo`jalik jarayonida sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari qanday bo`lsa, shunday aks ettiriladi. Hisob ma’lumotlarining to`g`ri ko`rsatilishi qonun bilan muhofaza qilinadi. Hisob xo`jalik jarayonining hamma tomonini elallamog`i, u to`g`rida to`la tavsif bermog`i zarur. Sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari to`g`risidagi ma’lumotlar qat’iy o`rnatilgan muddatga berilmog`i kerak. O`z vaqtida va to`la olib borilgan hisob yordamidagina korxonaning xo`jalik faoliyatiga to`g`ri rahbarlik qilish, xo`jalik jarayonini mukammal o`rganish, sodir bo`lgan kamchiliklarni o`z vaqtida aniqlash, xo`jalikning ichki rezervlarini axtarib topish imkoniga ega bo`lish mumkin. Ana shundagina hisobning ta’sirchanlik roli oshadi. Hisobning hammabop tarzda olib borilishi hisob ma’lumotlarining faqat hisob xodimlarigagina tushunarli bo`lib qolmay, balki butun mehnatkashlar ommasiga tushunarli bo`ladi. Buning uchun esa, hisob ko`rsatkichlari sodda va tushunarli bo`lishi, korxona xo`jalik faoliyatining muhim tomonlarini aniq tavsiflaydigan bo`lmog`i zarur. Ravshan va hammabop tarzda olib borilgan hisob korxonani ta’sis etuvchi va qatnashuvchilarni ishlab chiqarishni boshqarishga keng jalb qiladi. Hozirgi paytda mamlakatimizda hisob ishlarini ravshanlashtirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar eng avvalo hisob ishlarini qisqartirish, soddalashtirish, hujjatlarning rekvizitlarini kamaytirishga hamda hisobni xalqaro standartlar darajasiga yetkazishga qaratilgandir. Bundan tashqari hisobning ravshan va hammabop tarzda olib borilishini ta’minlash uchun hisob ishlari yuqori malakali, faol va ijodiy tashabbuskor xodimlar qo`liga topshirilishi zarur. Hisobni va uni arzonga tushirish uchun hisob apparatini qisqartirish, hisob ishlarini to`la mashinalashtirish, zamonaviy hisob shakllarini va buxgalterning avtomatlashtirilgan ish joylarini keng qo`llash, boshlang`ich hujjatlarni mukammallashtirish bilan erishiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling