Ал-хоразмий номидаги
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul o`lchov birligi
Mehnat o`lchov birligi mehnat unumdorligini va bajarilgan mehnat hajmini hisoblashda qo`llaniladi. Mehnat o`lchovlari biror ishni bajarish uchun sarflangan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mehnat o`lchovining asosida ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt birligi me’yori yoki biron-bir ishni bajarishga sarflangan vaqt me’yori yotadi. Mehnat o`lchovlariga misol sifatida kishi-kuni, kishi-soati, kishi-dona birliglarini keltirish mumkin.
Mehnat o`lchovlari natura o`lchovlari bilan birgalikda mehnat unumdoriligini, mehnat haqining ko`lamini, bajarilayotgan ish me’yorini aniqlash uchun xizmat qiladi. Shuni ham qayd etib o`tish kerakki, natura va mehnat o`lchovlarining halq xo`jalik hisobida katta ahamiyatga ega ekanligiga qaramasdan ular yordamida olingan ko`rsatkichlarni hamma vaqt ham umumlashtirib va solishtirib bo`lavermaydi. Masalan, umumlashtiruvchi ma’lumotni olish uchun metr bilan kishi-soatini yoki dona bilan metrni qo`shish mumkin emas. Pul o`lchov birligida hisobga olinayotgan ob’ektning qiymati summalarda o`lchanadi. Pul o`lchov birligi natural va mehnat ko`rsatkichlarini umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Bunda korxona xo`jalik faoliyatiga baho berish realligi ortadi. Tovar-pul munosabatlarining mavjudligi mehnat va natura o`lchovlari ma’lumotlarini qiymat shaklda o`lchashni talab qiladi. Buning uchun qiymat yoki pul o`lchovi xizmat qiladi. Pul o`lchovlari mablag`larni va ularning manbalarini, shuningdek xo`jalik jarayonlarini hisobga olish va ular ustidan nazorat o`rnatish maqsadida umumlashgan ma’lumot olish uchun foydalaniladi (so`m va tiyin ko`rsatkichlarida). Pul o`lchovining mavjudligini tovar ishlab chiqarish va qiymat qonunining harakati taqozo etadi. Tovar ishlab chiqarish va qiymat qonunining amal qilishi bilan vujudga kelgan pul o`lchovi hozirgi vaqtda korxona, tashkilot va muassasalarda xo`jalik mablag`lari va jarayonlarini umumlashgan ko`rsatkichda aks ettirishini ta’minlabgina qolmasdan, balki ularning shu faoliyati ustidan kundalik nazorat o`rnatadi, moddiy resurslardan va pul mablag`laridan maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlashga yordam beradi. Pul o`lchovi yordamida korxonaning mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan jami xarajatlarini hisoblash, xarajatlarni daromadlar bilan taqqoslash va natijani aniqlash, mahsulot tannarxini aniqlash, ishni ratsional yuritishni ta’minlash, mehnat unumdorlini oshirish manbalarini aniqlash, har xil mablag`lar mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, ishlab chiqarishga taalluqli bo`lmagan har xil xarajatlarni yo`qotishga erishish va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qo`shimcha mablag`larni tashkil qilish mumkin. Xo`jalikda pul o`lchovisiz har xil yig`ma ko`rsatkichlarni talab qiladigan halq xo`jaligini rejalashtirish mumkin emas. Bu korxonalar xo`jalik ishlarining har xil ko`rsatkichlarini hisoblash uchun xizmat qilibgina qolmasdan, balki ular o`rtasidagi hisob-kitob va kredit muomalalarini amalga oshirishga ham sharoit yaratib beradi. Shuni aytish kerakki, pul o`lchovi yordamida hisobning muhim asosi – xo`jalik faoliyati ustidan pul bilan nazorat o`rnatiladi. Bundan tashqari, pul o`lchovi sifat ko`rsatkichi – mahsulot birligining tannarxini aniqlashga xizmat qiladi. Ko`pincha pul o`lchovi hisobda mehnat va natura o`lchovlari bilan birga qo`llaniladi. Masalan, moddiy qiymatliklarning puldagi ifodasini aniqlash uchun uning natura o`lchovidagi miqdoriga narxini ko`paytirish zarur. Shuningdek ishchiga uning kasallik varaqasiga muvofiq nafaqa hisoblash uchun mehnat o`lchovidagi kasal kuni miqdoriga o`rtacha kunlik ish haqi summasini ko`paytirish zarur. Shunday qilib, hisobda turli maqsadlarga xizmat qiladigan uch xildagi o`lchovlar tizimi amal qiladi. Ular ayrim hollarda alohida, ayrim hollarda esa birgalikda qo`llanilib, xo`jalik faoliyati yuzasidan to`la tavsif berish uchun xizmat qiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling