Ал-хоразмий номидаги
Xo`jalik hisobida qo`llaniladigan o`lchov birliklari
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
Xo`jalik hisobida qo`llaniladigan o`lchov birliklari
Korxona, tashkilot va muassasalar xo`jalik faoliyatida sodir bo`lgan xo`jalik muomalalarini hisobga olish, xo`jalikda bo`lgan mablag`larning miqdorini, shuningdek, bajarilgan ishlarning hajmini va xo`jalik faoliyatining boshqa ko`rsatkichlarini oddiy kuzatish yordamida aniqlash mumkin emas. Korxona, tashkilot va muassasaning barcha ishlarini hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan tavsiflash zarur. Shuning uchun ham hisob yordamida kuzatiladigan ob’ektlar son ko`rsatkichlari bilan ifoda etiladi. Sodir etilgan hodisa va voqeyliklar o`lchov birliklariga asoslanib hisobga olinadi. Hisobga olishda quyidagi hisob o`lchov birliklari qo`llaniladi: natura o`lchov birliklari (og`irlik, uzunlik, hajm, yuza); mehnat o`lchov birliklari; pul (qiymat) o`lchov birliklari. Natura o`lchov birligida hisobga olinayotgan ob’ekt natural ko`rinishda o`lchanadi, ya’ni kilogramm, metr, litr, santimetr va h.k. Natural o`lchov birligida asosan tovar-moddiy zahiralar hisobga olinadi va ularning natural holati nazorat qilinadi. Natura o`lchovlari hisobda xo`jalik jarayonidagi harakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o`lchovlarini qo`llash hisobga olinayotgan ob’ektning hususiyatlaridan, ya’ni uning fizik va iste’mol hossalaridan farq qiladi. Masalan, hisob ob’ektlari: og`irlik birligida (gramm, kilogramm, tsentner, tonna); hajm birligida (kubometr); uzunlik birligida (santimetr, metr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o`lchanadi. Natura o`lchovlari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o`lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning son va sifat o`zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo`llaniladi. Bunday hisobga olishning afzalligi shundaki, u aniq mahsulotning massasi haqida ma’lumot beradi. Natura o`lchovlari faqatgina hisobga olinayotgan ob’ektning miqdorini aks ettiribgina qolmasdan (masalan, ishlab chiqariladigan mahsulot), balki unga sifatiy tavsif (turi, navi) ham beradiki, bu mulkning ko`rinishi uchun katta ahamiyatga egadir. Natura o`lchovlari yordamida mashina, hom-ashyo, material, yoqilgi, tayyor mahsulot va boshqalarning miqdoriy ko`rsatkichlarini (masalan, metallurgiya zavodining mahsulotini – tonna, to`qimachilik fabrikasining mahsulotini – metr, ko`mirni – tonna, suvash ishlarini – kvadrat metr va h.k.) aniqlash bilan birga, buyumalarning sifat belgilarini (balandligini, mahkamligini, pishiqligini, hajmini va h.k.) ham ifodalash mumkin. Lekin shuni ham qayd etib o`tish kerakki, natura o`lchovlari yordamida moddiy mablag`larning maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan nazorat o`rnatilsa-da, undan hisob-kitob qilishda foydalanish chegaralangan, chunki tabiiy hususiyat bo`yicha har xil bo`lgan ko`rsatkichlarni bir joyga yig`ib aks ettirish imkoniyati yo`q. Masalan, hajm va og`irlik, og`irlik va maydon, dona va uzunlik va shunga o`xshash har xil natura ko`rsatkichlarini, shuningdek kilogramm miqdorini kubometr miqdori bilan, metr miqdorini tsentner miqdori bilan birga olib borish umuman mumkin emas. Ayrim hollarda bajarilgan ishlarni to`g`ri hisobga olish uchun murakkab (kombinatsiyalashgan) natura o`lchovlaridan foydalaniladi. Masalan, transport ishlari tonna-kilometr, energiya ishlab chiqarish kilovatt-soat bilan o`lchanadi va h.k. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling