Ал-хоразмий номидаги
Rahbar quyidagilarni ta’minlashga majbur
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobini tashkil qilish rejasi
Rahbar quyidagilarni ta’minlashga majbur:
- ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqishni; - xo`jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini; - to`liq va ishonchli buxgalteriya hisobini yuritishni; - hisob hujjatlarining saqlanishini; - tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni; - soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlashni; - hisobning o`z vaqtidaligini. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish rejasi korxonada xo`jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini ishlab chiqishni taqozo etadi. Hisob siyosati deganda xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish uchun qo`llanilayotgan usullarning hisob tamoyillari va asoslari bilan muvofiqligi tushuniladi. Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga ularni guruhlashtirish va xo`jalik faoliyati dalillarini baholash, aktivlar qiymatini qoplash, hujjatlar aylanishini tashkil qilish yo`llari, ashyoviy ro`yhatdan o`tkazish, buxgalteriya hisobi schyotlarini qo`llash yo`llari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash va boshqa shu kabi yo`llar, usullar va uslublar kiradi. Xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan sub’ektning hisob siyosati turli yillarning moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan xo`jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy ko`rsatkichlari taqqoslanuvchan bo`lishi uchun shakllantiriladi. Hisob siyosati xo`jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobot tayyorlash va tuzish uchun qo`llaniladigan maxsus tamoyillar, konventsiyalar, qoidalar va amaliy yondashuvlarni o`zida akslantiradi. №1 BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» (O`zR Moliya vazirligi 26.07.98. № 17-17/86) hisob siyosatini ishlab chiqish tartibini belgilovchi asosiy hujjatdir. Hisob siyosati uchun xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari zimmasiga qonunda belgilangan tartibda javobgarlik yuklatiladi. Hisob siyosati shunday tashkil qilinishi kerakki, natijada moliyaviy hisobot amaldagi barcha BHMS asosida shakllanishi mumkin bo`lsin. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish, yuritish va hisobot tuzishning aniq bir yo`nalishi bo`yicha sub’ekt hisob siyosatini shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi qonunchiligi doirasida amal qilish lozim. Xo`jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan zaruriy tashkiliy-taqsimot hujjatlari (buyruq, farmoyish va h.k.)ni yuritishni talab qiladi. Sub’ekt tomonidan hisob siyosatini shakllantirishda belgilangan buxgalteriya hisobini yuritish usullari zaruriy tashkiliy-taqsimot hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyingi yilning 1 yanvar sanasidan qo`llaniladi, ammo hisobot yili mobaynida yangidan tashkil qilingan xo`jalik yurituvchi sub’ektlar bundan mustasno. Bunda ular xo`jalik yurituvchi sub’ektning barcha tarkibiy tuzilmalarida (alohida balansga ajratishlarda ham) qaerda joylashganligidan qat’iy nazar foydalaniladi. Yangidan tashkil qilingan xo`jalik yurituvchi sub’ekt tanlagan hisob siyosatini moliyaviy hisobotining birinchi chop qilinishidan oldin, lekin huquqiy shaxs huquqini olgan (davlat ro`yhatidan o`tgan) kunidan boshlab 90 kundan ortiq kechiktirmasdan rasmiylashtiradi. Sub’ekt tomonidan belgilangan hisob siyosatidan huquqiy shaxs huquqini olgan (davlat ro`yhatidan o`tgan) kundan boshlab foydalanish mumkin hisoblanadi. Kalendar yili mobaynida hisob siyosati o`zgarmaydi. Xo`jalik yurituvchi sub’ekt hisob siyosatiga quyidagi hollarda o`zgartirishlar kiritilishi mumkin: - sub’ektni qayta shakllantirish (shaklini o`zgartirish, bo`linish, birlashish); - mulkdorlar almashishi; - O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimiga o`zgartirishlar kiritishi; - buxgalteriya hisobining yangi usullarini ishlab chiqish. Hisob siyosatidagi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga o`zgartirishlar kiritilishi bilan bog`liq bo`lmagan o`zgarishlar natijalari buxgalteriya hisobini yuritish usullarining o`zgarishlari kuchga kiradigan sanasi (oyning birinchi kuni)ga sub’ekt tomonidan yuzaga chiqarilgan ma’lumotlar asosida qiymat birligida baholanishi lozim. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling