Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet59/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Yozuv turlariga ko`ra xronologik, uzluksiz va kombinatsiyalashgan registrlar farqlanadi:
Xronologik hisob registrlari xo`jalik muomalalarini xronologik tartibda, ya’ni muomalaning qisqacha mazmuni, bo`lgan vaqti va summasini yozib borish uchun mo`ljallangan. Masalan, hisob-kitobning memorial-order shaklida ko`llaniladigan «Muomalalarni ro`yhat qilish jurnali» xronologik hisob registrlariga misol bo`la oladi.
Sistematik hisob registrlari muomalalarni sistematik tarzda yozish uchun mo`ljallangan. Bunda muomalalar ma’lum belgilariga ko`ra guruhlangan holda ma’lum tizim bilan aks ettiriladi. Sistematik registrlarga «Bosh daftar» misol bo`la oladi.
Kombinatsiyalashgan registrlarda xronologik yozuv sistematik yozuv bilan ko`shilgan holda aks ettiriladi. Ularning ko`llanilishi ishlarni ixchamlashtiradi, hisobda ko`llaniladigan registrlar sonini kamaytiradi. Bunga jurnal-order registrini misol qilib keltirish mumkin.
Hisob registrlari xo`jalik muomalalarini o`zida qayd qilish mazmuni va ulardan olinayotgan ma’lumotlar hajmiga ko`ra analitik va sintetik hisob registrlariga bo`linadi.
Analitik hisob registrlari hisob ob’ektlari detallangan tarzda qayd qilinadi, ular analitik schyotlar bo`yicha ochiladi. Analitik registrlardan analitik hisob yuritishda foydalaniladi. Masalan «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar», shuningdek boshqa schyotlar bo`yicha yuritiladigan kartochkalar va x.k.
Sintetik hisob registrlarida xo`jalik muomalalari faqat pul hisobida umumlashtirilgan tarzda qayd qilinadi. Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettiradi. Masalan bosh daftar, muomalalarni ro`yhat qilish jurnali va x.k. Bunda har bir sintetik schyotning aktiv yoki pasivligiga qarab yozilgan boshlang`ich qoldiq va xo`jalik muomalalari ta’siridagi o`zgarishlarni ushbu schyotlarda aks ettirish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlariga sodir etilgan xo`jalik opertsiyalarini yozish tartibini buxgalteriya hisobining shakllari belgilaydi. Buxgalteriya hisobida ko`llaniladigan hisob registrlarining tuzilishi, ularning o`zaro bog`liqligi, xo`jalik muomalalarini ularda ketma-ket yozish usullari hamda hisobda ko`llaniladigan texnik vositalar buxgalteriya hisobining shaklini belgilaydi. Bunda korxona, tashkilot va muassasa buxgalteriya hisobida sodir bo`lgan har xil xo`jalik muomalalari o`z vaqtida, to`g`ri va izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimda jamlanishi ta’minlanadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling