Alohida varaqlar shaklidagi hisob registrlari – bu bosmaxonada birlamchi zarur ko`rsatkichlari bosilgan qog`oz varaqalaridir. Ular kartochkalardan ancha katta bo`lib, papkalarda saqlanadi va bu papkalardan ularni kerak bo`lganda osonlik bilan olish mumkin. Varaqlar kartochkaning bir turi hisoblanadi.
Ko`p ustunli kartochkalar shaklidagi hisob registrlari ham bosmaxonada zarur ko`rsatkichlari bosilgan qalin qog`ozli alohida varaqalardan iborat. Xarajatlarni moddalari va elementlari bo`yicha alohida ko`rsatish hamda ularning umumiy oborotini hisobga olish uchun kartochkalarning «ko`p ustunli shakli» ko`llaniladi. Kartochkalar bir xil hajmda bo`lganligi uchun maxsus kuti-kartotekalarda saqlanadi. Kartochkalar analitik hisob yuritishda keng ko`llaniladi va turli shaklda bo`ladi. Masalan, «kontokorrentli kartochka», «ko`p ustunli kartochka» va x.k. «Har xil debitorlar bilan hisob-kitoblar», «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» schyotlari bo`yicha analitik hisob kartochkalarning kontokorrent shaklida yuritiladi. Talabalarga tushunarli bo`lishi uchun kontokorrent kartochka shaklini keltiramiz:
Muomala
|
Muomalalarning mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
Summa
|
Muddati
|
Raqami
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |