Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet57/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Masalan. Yo`qlama qilish natijasida korxona kassasida 30.000 so`m kamomad aniqlandi. Bu kamomad summasiga buxgalteriya hisobida qo`yidagi provodka beriladi:

Dt "Moddiy qiymatliklarning va nobudgarchiliklar"


Kt "Kassa" 30.000 so`m

Agar bu kamomad moddiy javobgar shaxs oylik moashidan ushlansa, unda:


Dt "Moddiy zararlarni qoplash bo`yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar"


Kt "Kamomad va qiymatliklar natijasida sodir nobudgarchiliklar" 30.000 so`m

Agar yo`qlama qilish natijasida kassadagi mavjud pul summasining buxgalteriya hisobidagi summadan ortiqcha ekanligi aniqlansa:


Dt "Kassa" schyoti
Kt "Budjet bilan hisob-kitoblar" schyoti 30.000 so`m.


BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI VA SHAKLLARI.


1. Buxgalteriya hisobi registrlari.
2. Buxgalteriya hisobi shakllari.
Buxgalteriya hisobi registrlari


Hisob registrlari deb, buxgalteriya hisobi yozuvlarini yuritishga mo`ljallangan turli shakddagi jadvallarga aytiladi. Ular tashqi ko`rinishi, yozuvlarining turlari va ma’lumot hajmiga ko`ra turkumlanadi.
Buxgalteriya hisobi registrlari o`z tashqi ko`rinishiga ko`ra kitob-daftar, varaqlar (vedomostlar) hamda ko`p ustunli kartochkalar shaklida bo`lishi mumkin.
Kitob shaklidagi hisob registrlari deb maxsus ravishda grafalangan varaqlarni muqovalab, kitob shakliga keltirilgan ko`rinishga aytiladi. Masalan, «kassa daftari», «bosh daftar» va boshqalar. Xo`jalik muomalalarini qayd qilishdan oldin buxgalteriya daftarining har bir sahifasi nomerlanadi. Ohirgi sahifa orqasiga nomerlangan sahifalarning umumiy soni yozilib, bosh buxgalterning imzosi qo`yiladi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Daftarning muqovalasiga korxonaning nomi, olib borilayotgan schyot nomi va registrning boshlangan sanasi yozib qo`yiladi. Buxgalteriya daftari har yil 1 yanvardan boshlab ochiladi. Hozirgi paytda buxgalteriya hisobining daftar registrlari barcha korxona va tashkilotlarda eng ko`p qo`llaniladiganidir.
Kitob shaklidagi hisob registrlari buxgalteriya xodimlari o`rtasida mehnat taqsimotini qiyinlashtiradi. Shuning uchun xo`jalik muomalalarini hisob registrlarida qayd qilish ishlarini avtomatlashtirish va hisob registrlaridan buxgalteriya xodimlarining foydalanishini osonlashtirish maqsadida alohida varaqlar yoki ko`p ustunli kartochkalar shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb uylaymiz.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling