Ал-хоразмий номидаги
Bajariladigan vazifasiga ko`ra
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalil bo`luvchi hujjatlar
Bajariladigan vazifasiga ko`ra buyruq beruvchi, dalil bo`luvchi, buxgalteriya yo`li bilan rasmiylashtiruvchi va aralash hujjatlar farqlanadi:
Buyruq beruvchi hujjatlar – bu bir xo`jalik muomalasini bajarish uchun farmoyish qilish yoki topshiriq berish, buyruq qilish tavsifiga ega bo`lgan hujjatlardir. Buyruq beruvchi hujjatlarda avvalo bajarilish lozim bo`lgan ishning mazmuni, muddati, tartibi va kim tomonidan ijro etilishi ko`rsatilgan bo`ladi. Ular xo`jalik muomalasini boshlash uchun zarur vosita hisoblanib, bevosita bu muomalani amalga oshirilganligini isbotlay olmaydilar va shu sababli ham ko`pincha, buyruq kuchiga ega bo`lgan hujjatlarga asosan muomalaning haqiqatda bajarilganligini isbotlovchi hujjatlar tuziladi. Buyruq beruvchi hujjatlar turkumiga ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qilish, ishdan bo`shatish, ularni mukofotlash to`g`risidagi buyruqlar, tovar moddiy boyliklarni olish uchun berilgan ishonch qog`ozlari va boshqalar kiradi. Masalan korxona ekspeditoriga ta’minotchilardan hom-ashyo olib kelish uchun ishonch qog`ozi berilsa, bu ishonch qog`ozi qaysi korxona tomonidan, kimga, nima maqsadda va qancha muddatga berilganligi ko`rsatiladi. Mazkur ishonch qog`ozi ushbu muomalani bajarish uchun buyruq bergan korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari va korxona muxri bilan tasdiqlanadi. Ushbu ishonch qog`ozi orqali korxona rahbariyati ekspeditorga hom-ashyoni ta’minotchidan qabul qilib olish uchun buyruq berayotganligini tasdiqlaydi. Ishonch qog`oziga asosan ekspeditor ta’minotchidan zarur hom-ashyoni qabul qilib oladi. Hom-ashyo ta’minotchidan ekspeditorga o`tishini tasdiqlovchi hujjat bo`lib, schyot-faktura yoki tovar-transport yuk hati hisoblanadi. Dalil bo`luvchi hujjatlar muomalalarning amaldagi isbotini tasdiqlaydilar. Bu hujjatlar xo`jalik muomalalarini buxgalteriyada dastlabki aks ettirilishi va nazorat qilish shaklini bildiradi. Shu bilan bir vaqtda ijrochilar uchun moddiy boyliklar va pul mablag`larini biror miqdorda sarf qilingani yoki qabul qilib olinganiga dalil bo`ladi. Dalil bo`luvchi hujjatlar turkumiga kirim-chiqim nakladnoylari, hisobdor shaxslar hisobotlari, schyot-fakturalar, tovar-trasnport yuk hatlari va boshqalar kiradi. Yuqoridagi misolimizda dalil bo`luvchi hujjatlar korxona ekspeditori qabul qilib olgan hom-ashyolari uchun to`ldirilgan schyot-faktura yoki tovar-trasnport yuk hatlari bo`lib, ular ana shu muomalani ijro etilganligi to`g`risida dalillik beradi va hom-ashyoni eekspeditor qabul qilib olganini tasdiqlaydi. Dalil bo`luvchi hujjatlarning buxgalteriya hisobida ahamiyati katta, chunki ular ro`y berayotgan xo`jalik muomalalarining to`g`riligini, maqsadga mufoviqligini nazorat qilish bilan birga kelajakda taftish o`tkazishga ham xizmat qiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling