Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet52/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Baholash usullari

Sarflangan birliklar

Qoldiq

Miqdori

Qiymati

Miqdori

Qiymati

FIFO

60

569

22

176

LIFO

60

525

22

220

HUJJATLASHTIRISH VA ASHYOVIY RO`YHATDAN O`TKAZISH


1. Hujjatlarning huquqiy mohiyati, ularni to`ldirish, turkumlash va xatoliklarini tuzatish.
2. Xo`jalik mablag`larini ashyoviy ro`yhatdan o`tkazish.
Hujjatlarning huquqiy mohiyati, ularni to`ldirish,
turkumlash va xatoliklarini tuzatish

Amalga oshirilayotgan har bir xo`jalik muomalasini albatta tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish shart. Ana shundagina xo`jalik muomalasi huquqiy kuchga ega bo`ladi. Har qanday korxona buxgalteriya hisobini tashkil etishda hujjatlar muhim ahamiyatga egadir. Hujjatlarning asosiy hususiyati shundaki, har bir korxona va tashkilotda har kuni o`tkaziladigan barcha xo`jalik muomalalari hujjatlar orqali yalpi, uzluksiz va dastlabki qayd qilinadi.


Hujjatlar xo`jalik muomalalari mazmunini ifodalaydi. Buning natijasida ularning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish mohiyati aniqlanadi. Shuning uchun hujjat deb amalga oshirilgan xo`jalik muomalalari sodir bo`lganini dalillarga va ularning yozma holdagi isbotiga aytiladi. Hujjatlashtirish esa, xo`jalik muomalalarini aks ettirish va xo`jalik faoliyati ustidan doimiy nazorat o`rnatishning hujjat yordamida rasmiylashtirish usulidir.
Har bir hujjat o`z vazifasiga to`la javob berishi uchun u ma’lum ko`rsatkich va belgilarga ega bo`lishi kerak. Hujjatlarda qayd qilingan va hujjatlarga huquqiy kuch beradigan xo`jalik muomalalarini tavsiflovchi ko`rsatkich va belgilar shu hujjatlarning rikvizitlari deyiladi. Rikvizitlar soni va mazmuni hujjatlarning qaysi maqsadda tuzilganligi, bu hujjatlar aks ettirgan muomalalarni bajarish shartlari bilan belgilanadi. Xo`jalik muomalalarini turli-tumanligiga qaramasdan bir xil rikvizitlar ko`pchilik hujjatlar uchun umumiydir.
Har qanday hujjatda uning qanday maqsadga belgilanganligidan qat’iy nazar qo`yidagi rikvizitlar bo`lishi shart:
- hujjat nomi;
- hujjat tuzilgan vaqt;
- muomalaning mazmuni va asosi;
- muomala o`lchov birliklari;
- muomala amalga oshirilishi va rasmiylashtirilishiga javobgar shaxslar imzosi.
Qolgan rekvizitlar hujjat tuzilgan muomalaning tavsifi bilan aniqlanadi. Korxona xo`jalik faoliyatida yuz beradigan ko`p sonli muomalalar hujjatlashtirish uchun turli-tuman hujjatlar qo`llaniladi. Muomalalarni to`g`ri hujjatlashtirish uchun ularning mazmuni va shakllarini to`la-to`kis aks ettirish maqsadida buxgalteriya hisobida qo`llaniladigan hujjatlarni turkumlash zarurdir. Hujjatlar qo`yidagi bir qancha belgilari bo`yicha turkumlarga ajratiladi:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling