Ал-хоразмий номидаги


Haqiqiy tayyorlov tannarxi bo`yicha baholash


Download 0.84 Mb.
bet51/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Haqiqiy tayyorlov tannarxi bo`yicha baholash usulida baho mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot jo`natayotganida tuzilgan hujjatida ko`rsatilgan baho va transport tayyorlov xarajatlari bilan birgalikdagi majmuasidan tashkil topadi.
Sotib olish bahosi bo`yicha baholash usulida baho kelishilgan tartibda yoki preyskurant bo`yicha va bu mahsulot uchun ustama yoki chegirmadan tashkil topadi.
FIFO va LIFO usullari bo`yicha baholash usullari xalqaro buxgaletriya hisobida qo`llaniladi.
FIFO – bu mahsulotni boshlang`ich tannarxi bo`yicha baholash usuli bo`lib, unga ko`ra baholashda birinchi kirim qilingan partiya – birinchi bo`lib chiqimga tamoyili qo`llaniladi. Bu usulda dastlab birinchi partiya bahosidagi mahsulot chiqib ketadi, keyin ikkinchi, uchinchi va ohirgi partiyagacha davom etadi.
LIFO – bu mahsulotlar tiklanish bahosi usuldir, ya’ni ohirgi kirim qilingan partiya – birinchi bo`lib chiqimga tamoyili. Ombordan berilgan mahsulotlar ohirgi olingan mahsulot qiymati bilan baholanadi, keyin undan oldingisi qiymati bo`yicha va h.k.
Misol uchun korxonada ishlab chiqarish zahiralari qoldig`i quyidagicha bo`lsin:

Kirim partiyalari

Miqdori

Bahosi, sum

Summasi, sum

Oy boshiga qoldiq

12

10

120

1-dekedada keldi

25

10

250

2-dekedada keldi

15

9

135

3-dekedada keldi

30

8

240

Jami kirim

70

-

625

Endi FIFO va LIFO usullarining mohiyatini tushunish uchun ikkala usulda ham 60 birlik zahira sarflaymiz.
- FIFO usuli bo`yicha sarflangan 60 birlikdan 37 tasi 10 so`mdan 370 so`mga, 15 tasi 9 so`mdan 135 so`mga va qolgan 8 tasi 8 so`mdan 64 so`mga baholanadi. Jami sarflangan 60 birlik mahsulot qiymati FIFO usulida 569 (370 + 135 + 64) so`mga teng bo`ladi.
- LIFO usuli bo`yicha sarflangan 60 birlikdan 30 tasi 8 so`mdan 240 so`mga, 15 tasi 9 so`mdan 135 so`mga va qolgan 15 tasi 10 so`mdan 150 so`mga baholanadi. Jami sarflangan 60 birlik mahsulot qiymati LIFO usulida 525 (240+135+150) so`m.
Sarf qilingan mahsulot bilan qolgan mahsulot summalari ikki usulda baholanganda ikki xil natija beradi:


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling