Ал-хоразмий номидаги


Buxgalteriya apparati, uning tarkibi va vazifalari


Download 0.84 Mb.
bet65/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Buxgalteriya apparati, uning tarkibi va vazifalari.
Xo`jalik rahbari va bosh hisobchining majburiyatlari, huquq va javobgarligi

Korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog`liq bo`lgan barcha ishlar faoliyati O`zbekison Respublikasi «Buxgalteriya hisob to`g`risida»gi Qonuni va Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari (BHMS) bilan tartibga solinadigan buxgalteriya apparati tomonidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya apparati, odatda, korxonaning boshqa xizmat bo`limlari tarkibiga kirmaydigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.


Buxgalteriya apparati zimmasiga:
- aktivlar holati va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlar holati to`g`risida to`liq va ishonchli ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida shakllantirish;
- samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umulashtirish;
- moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarni tuzish yuklatilgan.
Buxgalteriya apparati tarkibi turli tarmoq korxonalarida hisob ishlarining hajmiga muvofiq o`zgaradi. Yirik korxonalarda buxgalteriya turli bo`limlar, asosiy vositalar hisobi, materiallar hisobi, mehnat harajatlari hisobi va h.k. bo`limlardan iborat bo`ladi. Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya apparati tarkibiy tuzilishi (bosh hisobchi o`rinbosarlari)ning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagicha:

- mehnat va unga haq to`lash guruhi;


- moddiy resurslarni hisobga olish guruhi;
- ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish guruhi;
- tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish guruhi;
- hisob-kitob muomalalarini hisobga olish guruhi;
- soliq, ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini hisobga olish guruhi;
- axborotlarni mashinalarda hisoblash guruhi;
- yig`ma-tahlil guruhi.
Bosh hisobchi butun buxgalteriya apparati ishining umumiy boshqaruvini amalga oshiradi hamda jamlov-balans va moliya-hisob bo`limlarini bevosita boshqaradi.
Jamlov-balans bo`limi Bosh kitobni yuritadi, buxgalteriya balansi va boshqa hisobot shakllarini tuzadi, mustaqil balansga ega bo`lgan alohida tarkibiy tuzilmalardan hisobotlarni qabul qiladi, buxgalteriya arxivi ishini (buxgalteriya hujjatlari va registrlari, mikrofilmlar yoki kompyuterlashtirilgan hisobning moliyaviy ma’lumotlari kamida 3 yil, moliyaviy hisobot esa qonunda belgilangan muddat mobaynida saqlanadi) tashkil qiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling