Ал-хоразмий номидаги


Bosh hisobchi xo`jalik yurituvchi sub’ekt mos tarkibiy tuzilma va bo`limlari rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni mukammal nazorat qilishi shart


Download 0.84 Mb.
bet68/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Ma\'ruza

2. Bosh hisobchi xo`jalik yurituvchi sub’ekt mos tarkibiy tuzilma va bo`limlari rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni mukammal nazorat qilishi shart:
- tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish va sarflashni rasmiylashtirishning belgilangan qoidalariga rioya qilishni;
- mehnatga haq to`lash fondining to`g`ri sarflanishi, mansab okladlarining belgilanishini, shtat, moliya va kassa qoidalariga qat’iy rioya qilishni;
- pul mablag`lari, tovar-moddiy zahiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, hisob-kitoblar va majburiy to`lovlarini ashyoviy ro`yhatdan o`tkazish (inventarizatsiya) ning belgilangan qoidalariga rioya qilishni;
- pul mablag`lari, tovar-moddiy zahiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, hisob-kitob va to`lov majburiyatlarini ashyoviy ro`yhatdan o`tkazishning belgilangan qoidalariga rioya qilishni;
- xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning mas’ul rahbarlari orqali debitorlik qarzlarini belgilangan muddatlarda undirish va kreditorlik qarzlarni qoplash, hisob-kitob talablariga rioya qilish bo`yicha chora-tadbirlarni qabul qilishni;
- buxgalteriya balansidan kamomad, debitorlik qarzlari va boshqa yo`qotishlarni hisobdan chiqarish qonuniyligini.
3. Xo`jalik yurituvchi sub’ekt tarkibida mustaqil moliyaviy bo`lim mavjud bo`lsa, bosh hisobchiga moliyaviy, hisob-kitob va kredit muomalalari hisobi hamda bu muomalalarni qonuniy, o`z vaqtida va to`g`ri rasmiylashtirish bo`yicha majburiyatlar yuklatiladi.
4. Bosh hisobchi kamomadlar shakllanishini, pul mablag`lari va tovar-moddiy zahiralarning noqonuniy sarflanishi, moliya-xo`jalik qonunchiligining buzilishini ogohlantiruvchi tadbirlarni tayyorlashda faol ishtirok etishi lozim.
Mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari (qo`shib yozish, mablag`larni noto`g`ri ishlatish va boshqa qoidabuzarlik va suiste’mol qilish holatlari) kuzatilsa, chora ko`rish uchun bosh hisobchi bu haqda xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga yozma ravishda axborot beradi.
5. Pullar, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarning kirim-chiqimi uchun asos bo`ladigan xujjatlar, xo`jalik yurituvchi sub’ektning hisob-kitob va kredit majburiyatlari hamda moliyaviy hisobot shakllari rahbar va bosh hisobchi yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Rahbar imzo huquqiga ega bo`lgan shaxslarning ikkita ro`yhatini tasdiqlaydi. Birinchi ro`yhatga boshqaruv vazifalarini, ikkinchisiga bosh hisobchi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi.
6. Bosh hisobchiga pul mablag`lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflashning qonuniyligi va belgilangan tartibiga zid keluvchi muomalalar bo`yicha xujjatlarni bajarishga va rasmiylashtirishga qabul qilish man qilinadi. Rahbar tomonidan bunday harakatlarni amalga oshirish topshirig`i olingan paytda bosh hisobchi uni bajarmasdan, rahbarning bergan topshirig`i noqonuniyligiga yozma ravishda diqqatini qaratadi. Rahbardan qaytadan yozma ravishda topshiriq olinsa yoki xujjat ikkinchi marta imzolansa, bosh hisobchi uni bajaradi. Bunday holatda sodir qilingan muomala noqonuniyligi bo`yicha barcha mas’uliyat rahbar zimmasiga yuklatiladi.
Bosh hisobchi va rahbar o`rtasidagi ziddiyatlar yuqori tashkilot rahbari tomonidan yoki qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling