Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet69/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Bosh hisobchi huquqlari:
1. Bosh hisobchi unga bo`y sunadigan ishchilarning har biri o`z majburiyatlarini bilishi va ularning bajarilishini ta’minlashlari uchun xizmat majburiyatlarini belgilaydi.
2. Bosh hisobchining muomalalarning dastlabki xujjatlarini rasmiylashtirish tartibi hamda zaruriy xujjatlar va ma’lumotlarni buxgalteriyaga yoki hisoblash uskunalariga to`liq va o`z vaqtida yetkazish borasidagi talablari barcha bo`limlar va xizmat qismlari uchun majburiydir. Bosh hisobchining, unga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan, ko`rsatmalarini bajarmaganlik yoki buzganligi uchun aybdorlar belgilangan tartibda xizmat javobgarligiga tortilishlari mumkin.
3. Moddiy javobgar shaxslar (kassirlar, ombor mudirlari va h.k.lar)ni ishga tayinlash, vazifasidan ozod etish va mansabini o`zgartirish bosh hisobchi bilan majburiy kelishilgan holda sodir amalga oshiriladi.
4. Ishchilarga mansab okladlarini belgilash, mehnat haqiga ustamalar hamda rag`bat to`lovlari to`g`risidagi buyruq va farmoyishlar dastlab bosh hisobchi tomonidan ko`rib chiqiladi va tartibga solinadi.
5. Bosh hisobchi quyidagi huquqlarga ega:
- korxona rahbaridan buxgalteriya hisobi va nazoratini to`g`ri tashkil qilish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash bo`yicha tarkibiy bo`limlar rahbarlariga nisbatan chora ko`rishni talab qilish;
- xo`jalik yurituvchi sub’ektning tarkibiy bo`limlarida pul mablag`lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflashning belgalangan tartibiga rioya qilinishini tekshirish;
6. Rahbar bosh hisobchiga majburiyatlarini bajarish va huquqlaridan foydalanishida mumkin qadar yordam berishi shart.
Ushbu majburiyatlarni bajargani va huquqlardan foydalangani uchun bosh hisobchini har qanday ta’qiq qilish harakatlariga nisbatan izchil chora ko`rilishi, bunga javobgar shaxslar esa – jiddiy javobgarlikka tortilishi lozim.
Bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar va majburiyatlar hamda huquqlarining yuqorida qayd qilingan ro`yhati qat’iy barqaror bo`lmay, O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari va buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo`yicha boshqa me’yoriy hujjatlarda kengaytirilishi mumkin.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling