Ал-хоразмий номидаги


Bosh hisobchi javobgarligi


Download 0.84 Mb.
bet70/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Bosh hisobchi javobgarligi:
1. Bosh hisobchi quyidagi hollarga shaxsan javobgardir:
- buxgalteriya hisobining noto`g`ri yuritilishi oqibatida buxgalteriya hisobida aniqlangan xatoliklar va moliyaviy hisobotdagi chetga chiqishlarga;
- pul mablag`lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflashning belgalangan tartibiga zid bo`lgan muomalalar bo`yicha xujjatlarni bajarish va rasmiylashtirishga qabul qilinishiga;
- hisob-kitob va boshqa schyotlar, debitorlarlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar bo`yicha muomalalarning muddatidan kech va noto`g`ri yuzaga chiqarilishiga;
- buxgalteriya balanslaridan kamomadlar, debitorlik va kreditorlik qarzlar va boshqa yo`qotishlarni hisobdan chiqarish tartibi buzilishiga;
- mulk va tovar-moddiy qiymatliklar ortiqchaligini kirim qilish tartibi buzilishiga;
- buxgalteriya aybi bilan ishonchsiz moliyaviy hisobot tuzilishiga;
- buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish bo`yicha me’yoriy xujjatlarning boshqa buzilishlariga.
2. Bosh hisobchi quyidagi hollarda rahbar bilan birgalikda javobgardir:
- moliya-xo`jalik faoliyatini tartibga soluvchi qoida va nizomlarning buzilishiga, agarda bu qonunbuzarlik bosh hisobchi roziligi bilan amalga oshirilgan bo`lsa;
- moliyaviy hisobotning muddatidan kech taqdim qilinishiga, korxona moliya-xo`jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarning ishonchsiz akslantirilishga.
Bosh hisobchilarning vazifalari bo`yicha, moddiy va jinoiy javobgarliklari amaldagi qonunchilik asosida belgilanadi.
Chet davlatlarda buxgalteriya hisobi; moliyaviy va boshqaruv hisob tizimlari

Bozor munosabatlariga o`tish tufayli korxonalar faoliyati natijalariga bo`lgan e’tibor kuchaydi. Korxonalar o`rtasida rakobat vujudga kela boshladi. Natijada har bir korxona ishlab chiqargan mahsuloti, bajargan ishi va ko`rsatgan xizmati tannarxini doimo boshqarib turishi va rakobatchilariga uni shakllanish tartibini sezdirmasliklari zarur. Chunki, mahsulot, ish, xazmatlar tannarxi to`g`risidagi ma’lumot korxonaning tijorat siri bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqargan mahsulot, bajargan ish va ko`rsatgan xizmatlar tannarxi to`g`risidagi hisob ma’lumotlaridan foydalanish chegaralarini deyarli juda tor doiradagi kishilar (korxona menejerlari va mutaxassislari) bilishlari kifoya. Korxona faoliyatini tavsiflovchi boshqa ko`rsatkichlarni esa korxona bilan aloqador bo`lgan boshqa xo`jalik yurituvchi sub’ektlar, jismoniy shaxslar bilishlari juda ham zarur. Chunki, ana shular korxona faoliyatiga investitsiya qiluvchilar bo`lib hisoblanadi. Yuqoridagi mavzulardan angladikki, buxgalteriya hisobi – axborotni yuzaga chiqarish, baholash va ko`rsatkichlarni hisoblash, shuningdek axborotdan foydalanuvchilar qarorlarini qabul qilishi va asoslashi uchun ma’lumotlarni taqdim etish jarayonidir. Iqtisodiy axborot buxgalteriya hisobi tilida undan manfaatdor shaxslarga o`zatiladi. Bularning ichida menejerlar, aksionerlar, taxminiy sarmoyadorlar, ishchilar, kreditorlar va hukumat idoralari va h.k. Bularga qarorlar qabul qilishi uchun zarur bo`lgan buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar deyiladi. Buxgalteriya hisobining vazifasi bo`lib esa – har xil foydalanuvchilar talablarini qondiradigan axborot hajmini minimal xarajat sarflab taqdim etish hisoblanadi.


Buxgalteriya axborotidan foydalanuvchilar 2 guruhga ajratiladi:
- ichki foydalanuvchilar, ya’ni hisob olib boriladigan tashkilot (korxona) tarkibidagi foydalanuvchilar;
- tashqi foydalanuvchilar, ya’ni tashkilot (korxona) tarkibiga kirmaydigan foydalanuvchilar.
Foydalanuvchilarning bu ikki guruhiga mos ravishda buxgalteriya hisobining ham ikkita tarmog`ini ajratish va ular o`rtasidagi farqni belgilash mumkin.
Hisob ma’lumotlari bunday ikki yunalish bo`yicha ajralishi boshqaruv va moliyaviy hisobini vujudga kelishga olib keldi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling