Ал-хоразмий номидаги
Bosh hisobchining asosiy vazifalari
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh hisobchi majburiyatlari: 1. O`z vazifalariga ko`ra bosh hisobchi quyidagilarni ta’minlashi shart
Bosh hisobchining asosiy vazifalari:
- O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari va buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo`yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq xo`jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini ishlab chiqish; - xo`jalik jarayonlari va xo`jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati natijalari to`g`risida moliyaviy hisobotni tuzish uchun, operativ rahbarlik qilish va boshqarish uchun, investorlar, moletkazib beruvchilar, haridorlar, kreditorlar, soliq, moliya, bank tashkilotlari va boshqa manfaatdor shaxslar foydalanishi uchun zarur bo`lgan to`liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish; - mulk miqdori va harakatini, tasdiqlangan me’yorlar asosida moddiy, mehnat va moliyaviy zahiralardan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlash; - moliya-xo`jalik faoliyatidagi salbiy holatlar haqida o`z vaqtida ogohlantirish; - ichki ishlab chiqarish zahiralarini topish, ularni ro`yobga chiqarish va samarali qo`llash. Bosh hisobchi majburiyatlari: 1. O`z vazifalariga ko`ra bosh hisobchi quyidagilarni ta’minlashi shart: - hisobot davri mobaynida qabul qilingan hisob siyosatida barcha xo`jalik muomalalarining akslantirilishiga rioya qilishni; - hisob-kitob ishlarini avtomatlashtirishning zamonaviy vositalaridan keng foydalanishni; - aktivlar holati va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlar holati to`g`risida to`liq va ishonchli ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida shakllantirishni; - tushyotgan pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar, tovar-moddiy zahiralar va asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni to`liq hisobga olish hamda ularning harakati bilan bog`liq o`lgan muomalalarni buxgalteriya hisobida o`z vaqtida akslantirishni; - mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va uni sotish harajatlarining xamda rahbar tomonidan tasdiqlangan harajatlar smetasiga rioya qilishning ishonchli hisobini yuritishni; - analitik hisob oborot va qoldiq ma’lumotlarining sintetik hisob schyotlari bo`yicha muvofiqligini ta’minlashni; - hisobot davriga daromadlar va harjatlarni to`g`ri olib borishni; - budjet va davlat maqsadli fondlariga majburiy to`lovlarni to`g`ri hisoblash va o`tkazish uchun to`lov hujjatlarini o`z vaqtida yetkazishni; - pul mablag`lari va tovar-moddiy zahiralar kamomadi va o`g`irlanishi bo`yicha hujjatlarni rasmiylashtiruvchi huquqiy xizmat bo`limlari ishida qatnashish hamda zarur hollarda bu materiallarni huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga berilishini nazorat qilishni; - hisobot blankalarining saqlash va to`g`ri hisobga olishni; - buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi va moliyaviy hisobotni tuzishni tekshirish, buxgaletriya hisobi, audit, moliyaviy hisobot va iqtisodiy tahlil masalalari bo`yicha ishchilarga o`z vaqtida yo`riqnomalar berishni; - dastlabki hujjatlar va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida ishonchli moliyaviy hisobot tayyorlash, uni belgilangan muddatlarda, zarur tashkilotlarga yetkazishni; - buxgalteriya hujjatlarini saqlash, rasmiylashtirish va ularni belgilangan tartibda arxivga topshirishni; - korxona va muassasalarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot bilan bog`liq qonuniy omillarni to`gri qo`llashni nazorat qilish borasida rasmiylashtiriladigan shartnomalarga imzo chekishni; Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling