Ал-хоразмий номидаги
Aktiv va passiv schyotlardagi ohirgi qoldiqni topish
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
Aktiv va passiv schyotlardagi ohirgi qoldiqni topish:
Ikkiyoqlama yozish usuliga ko`ra mablag`larning tarkibi va ularning manbalaridagi o`zgarishlarni ko`rsatuvchi, ma’lum xo`jalik muomalalarini aks ettiruvchi u yoki bu buxgalteriya schyotlari o`zaro bir-birlari bilan bog`lanadi. O`zaro bir-birlari bilan bog`lanishda qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodkasi deb ataladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo`lishi mumkin. Oddiy buxgalteriya provodkasida ikkita buxgalteriya schyoti qatnashib, uning biri debetlansa, ikkinchisi kreditlanadi. Murakkab buxgalteriya provodkalarida esa bir necha buxgalteriya schyotlari qatnashib, ularning biri debetlansa, qolgan bir nechtasi kreditlanadi yoki biri kreditlanib, qolgan bir nechtasi debetlanishi mumkin. Masalan, korxonaning bankidagi hisob-kitob schyotida ishchi va xizmatchilarga ish haqi to`lash uchun kassaga 2.040.000 so`m naqd pul olindi: Dt «Kassa» schyoti Kt «Hisob-kitob schyoti» 2.040.000 so`m Yuqoridagi schyotlarning o`zaro bir-birlari bilan bog`lanishi oddiy buxgalteriya provodkasi hisoblanadi, chunki bu schyotlar korrespondentsiyasida faqat ikkita buxgalteriya schyoti qatnashib, biri debetlansa, ikkinchisi kreditlanadi. Naryad va tabellarga asosan ishchi-xizmatchilarga ish haqi hisoblangan bo`lsin: a) asosiy ishlab chiqarishda ishlovchi ishchilarga 1.450.000 so`m; b) asbob-uskunalarga xizmat qiluvchi ishchilarga 350.000 so`m; v) tsexning muxandis-texnik xodimlariga 700.000 so`m; g) zavod boshqarmasi xodimlariga 300.000 so`m; d) tuzatish ustaxonasi xodimlariga 200.000 so`m. Bunday xo`jalik muomalasiga qo`yidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: Dt «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti 1.450.000 so`m; Dt «Umumiy ishlab chiqarish xarajatlar» schyoti 1.050.000 so`m Dt «Umumxo`jalik xarajatlari» schyoti 300.000 so`m Dt «Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti 200.000 so`m Kt «Xodimlar bilan mehnat haqi bo`yicha x/k» schyoti 3.000.000 so`m
Keltirilgan buxgalteriya provodkasi murakkab bo`lib, unda 4 ta buxgalteriya schyotlari debetlanib, bitta «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyoti kreditlandi. Buxgalteriya hisobida bir necha schyotlar debetlanib, bir necha schyotlar kreditlanadigan buxgalteriya provodkalari tuzilmaydi. Chunki bunday provodkalar ishlarni yuritishni qiyinlashtiradi va hisobda chalkashlik sodir bo`lishiga olib kelishi mumkin. Bunday buxgalteriya provodkasidan foydalanilganda schyotlar o`rtasidagi o`zaro aloqani aniqlash qiyinlashadi. Buxgalteriya hisobi schyotlarida xo`jalik muomalalarini aks ettirishdagi ortiqcha xatoliklarni tuzatishning yagona tartibi manfiy sonlardan foydalanishdir. Manfiy sonlar tegishli schyotlarda avval aks ettirilgan xo`jalik muomalalarining summasini kamaytirish uchun qo`llaniladi. Buning afzalliklari shundan iboratki, shu davrgacha buxgalteriya provodkalarida ko`rsatilganidek, xo`jalik muomalalarining summasi, zaruriyat tug`ilgan taqdirda, oldin tuzilgan schyotlar korrespondentsiyasining teskarisini tuzmasdan tegishli schyotlarda aks ettirilgan xo`jalik muomalalarining summasi kamaytiriladi, holos. Manfiy sonlar buxgalteriya hisobi tizimida shartli miqdorlarni, ya’ni reja tannarxini yoki noto`g`ri yozuvlarni tuzatish uchun ishlatiladi. Manfiy sondan foydalanishni misollar bilan kuzatamiz. Masalan, hisobot davri davomida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot omborga qabul qilingan. Har bir donasi rejali tannarxda 100.000 so`mdan baholangan. Hisobot davrining ohirida ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi hisoblandi va 90.000 so`m ekanligi aniqlandi. Binobarin, hisobot davri davomida ishlab chiqarilgan har bir tayyor mahsulot omborga 10.000 so`mga qimmat qabul qilingan ekan. Endilikda buni to`g`irlash kerak. Agar bunda 10.000 so`mga debet «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti va kredit «Tayyor mahsulot» schyoti degen buxgalteriya provodkasi tuzilsa, omborga qabul qilingan tayyor mahsulot 90.000 so`mdan qabul qilinganday bo`lib qoladi, lekin o`zaro bir-biri bilan bog`lanishda qatnashgan buxgalteriya schyotlarining oborot summalari noto`g`ri natijalar beradi va bu schyotlarning ma’lumotlari asosida aniqlangan xo`jalik faoliyatining ko`rsatkichlari noto`g`ri ma’no beradi. Bu ko`rsatkichlar korxona xo`jalik faoliyati haqida noto`g`ri hulosaga olib keladi. Buni to`g`ri amalga oshirish uchun avvalgidek buxgalteriya provodkasi tuziladi va faqat summasi manfiy son bilan ko`rsatiladi. Buxgalteriya yozuvlarining bunday tartibi schyotlarda oborotlarni iqtisodiy jihatdan to`g`ri summasini saqlab qolishda katta ahamiyatga egadir. Qaysi turdagi xo`jalik muomalalari bo`lmasin, ularning schyotlar tizimida to`g`ri yozish uchun ayrim masalalarga qat’iy amal qilish talab qilinadi. Buxgalteriya balansining aktiv tomonida ko`rsatiladigan xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylanishini, shuningdek, shu mablag`larning kelib chiqish manbaini va qaysi maqsadga mo`ljallanganini, xo`jalik jarayoni iqtisodiy mohiyatini bilish zarurdir. Har qanday xo`jalik muomalasi aktiv va passiv schyotlarda o`zgarishga olib kelishining iqtisodiy mazmunini to`g`ri tushunish zarur. Hisobga olish ob’ektlarini to`g`ri aniqlab olish kerak. Aktiv va passiv schyotlar mohiyatini, ularning tomonlaridan qanday maqsadlarda foydalanishni bilish zarur. Xo`jalik muomalalari ta’sirida o`zaro bog`lanayotgan schyotlarning aktiv va passivligini bilish zarur. Ikkiyoqlama yozish iqtisodiy zarurligini to`la bilish kerakki, bularning hammasi buxgalteriya hisobida xatoliklarni yo`qotadi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, ikkiyoqlama yozish buxgalteriya hisobining muhim usuli sifatida buxgalteriya balansi va schyotlar tizimi bilan chambarchas bog`liq. Xo`jalik muomalalari ikkiyoqlama yozilganda schyotlar tizimi qo`llaniladi. Schyotlar tizimiga boshlang`ich ma’lumotlar buxgalteriya balansidan olinadi. Ikkiyoqlama yozish usuli buxgalteriya balansi tengligini schyotlar tizimi yordamida doimiy ta’minlab turadi. Yuqorida aytib o`tilganidek, buxgalteriya schyotlarining har qaysisida iqtisodiy jihatdan bir xil bo`lgan ma’lum xo`jalik muomalalari aks ettiriladi. Demak, xo`jalik muomalalari buxgalteriya schyotlarida sistematik yozuv olib borish yo`li bilan guruhlashtiriladi. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINI TURKUMLASH; SCHYOTLAR REJASI Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling