Ал-хоразмий номидаги
Boshlang`ich qoldiq 10.000
Ma\'ruza
Boshlang`ich qoldiq 10.000 | |
| |
1-muomala 3.500.000 4-muomala 30.000 |
2-muomala 2.850.000 3-muomala 450.000 5-muomala 235.000 |
Debet oboroti 3.530.000 ( 3.500.000 + 30.000 ) |
Kredit oborot 3.535.000 ( 2.850.000 + 450.000 + 235.000 ) |
Ohirgi qoldiq 5.000 ( 10.000 + 3.530.000 - 3.535.000 ) |
|
Bu xo`jalik muomalalari «Kassa» schyotiga yozildi, sodir bo`lgan muomalalarni debet va kredit oborotlari hisoblandi va oyning ohirida qolgan qoldig`i aniqlandi.
Endi «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» deb ataluvchi passiv schyot misolida qaysi muomalalar uning debetida va qaysilari kreditida aks ettirilishi hamda qanday qilib oyning ohirida qoldiqning aniqlanishini ko`ramiz.
Faraz qilaylik, oyning boshida «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyotining kreditida 500.000 so`mlik qoldiq bo`lgan.
Vedomostiga asosan ishchi va xodimlarga 768.000 so`m ish haqi hisoblandi;
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan 240.000 so`m nafaqa hisoblandi;
Ishchi va xizmatchilarga hisoblangan ish haqidan 105.000 so`m daromad solig`i ushlandi;
Ishchi va xizmatchilarga korxona kassasidan 1.204.000 so`m ish haqi to`landi.
Dt «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyoti Kt | |
|
Boshlang`ich qoldiq 500.000 |
3-muomala 105.000 4-muomala 1.204.000 |
1-muomala 769.000 2-muomala 240.000 |
Debet oboroti 1.309.000 ( 105.000 + 1.204.000 ) |
Kredit oboroti 1.009.000 ( 769.000 + 240.000 ) |
|
Ohirgi qoldiq 200.000 (500.000 + 1.009.000 - 1.309.000) |
Yuqoridagi misollardan ko`rinib turibdiki, aktiv schyotlardagi boshlang`ich qoldiq uning debetida aks ettirilib, mablag`larning oy ichidagi kirim qilinishi schyotning debet tomoniga yoziladi, kredit tomonida esa oy davomida xarajat qilingan mablag`lar aks ettiriladi. Aktiv schyotlar bo`yicha ohirgi qoldiq debet tomonidagi boshlang`ich qoldiqqa debet oboroti summasi qo`shilib, kredit oboroti summasini ayirib tashlash yo`li bilan topildi. Binobarin, passiv schyotlardagi boshlang`ich qoldiq uning kredit tomonida yozilib, mablag`lar manbaining ko`payishi schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Debet tomonida mablag`lar manbai summasining kamayishi ko`rsatiladi.
Passiv schyotlar bo`yicha ohirgi qoldiq esa kredit tomonidagi boshlang`ich qoldiqqa sodir bo`lgan kredit oboroti summasini qo`shib, debet oboroti summasini ayrib tashlash yo`li bilan aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ohirgi qoldiqlariga asoslanib buxgalteriya balansi tuziladi. Demak, schyotlar tizimi yordamida xo`jalik mablag`lari va ularning manbalari, shuningdek, xo`jalik jarayonlarida ma’lum davr ichida sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari joriy hisobga olib boriladi. Buxgalteriya balansida esa shu schyotlar joriy hisobga olingan ma’lumotlar ma’lum bir sanaga guruhlab umumlashtiriladi. Ko`rinib turibdiki, schyotlar tizimi bilan balans o`rtasida aloqa mavjud. Bu aloqa shundan iboratki, ma’lum sanaga tuzilgan balans ma’lumotlariga asoslanib, schyotlar ochiladi, bir vaqtda balansning aktiv tomonidagi moddalar uchun aktiv schyotlar, passiv tomonidagi moddalar uchun passiv schyotlar ochiladi. Bu schyotlarning tegishli tomonlariga balans moddalaridan summalar boshlang`ich qoldiq sifatida yoziladi. Hisobot davri (oy, chorak, yil) o`tgandan keyin schyotlarda ohirgi qoldiq topiladi va shu ma’lumotga asoslanib yana buxgalteriya balansi tuziladi. Balansning aktiv tomonidagi moddalar summasi aktiv schyotlarga, passiv tomonidagi moddalar summasi passiv schyotlarga yoziladi.
Ba’zi bir schyotlarning nomlari ularning qoldig`ini aks ettiruvchi balans moddalarining nomlariga to`g`ri kelmaydi. Masalan, «Asosiy ishlab chiqarish» va «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotlarining debet qismidagi qoldiq summalari balansning «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasida ko`rsatiladi, chunki bu schyotlarning debet qismida qolgan summa ishlab chiqarishdagi tugallanmagan jarayonning qoldig`ini aks ettiradi. «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyotining kredit qismidagi qoldiq summasi balansning «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mehnatga haq to`lashga doir» kichik moddasi sifatida kiritiladi, chunki «Mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyotining kredit qismidagi qolgan summa korxona tomonidan ishchi va xizmatchilarga to`lanmagan ish haqi summasini ko`rsatadi. Ayrim hollarda balansdagi bir necha moddalarda aks ettiriladigan summalar yig`indisi bitta schyotda qoldiq sifatida ko`rsatiladi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling