Ал-хоразмий номидаги


Sintetik va analitik schyotlar, ularda hisob yuritish


Download 0.84 Mb.
bet42/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

1. Sintetik va analitik schyotlar, ularda hisob yuritish.
2. Aylanma vedomostlar va ularning ahamiyati.
Sintetik va analitik schyotlar, ularda hisob yuritish

Buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi usuli yordamida korxonalar xo`jalik mablag`larining holati, shu mablag`larning paydo bo`lish manbalari, shuningdek xo`jalik mablag`larining xo`jalik jarayonidagi harakatlari tezda umumlashtirilib, hisobga olib boriladi. Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rinib turibdiki, xo`jalik muomalalari schyotlarda umumlashgan holda pul ko`rsatkichida aks ettiriladi. Masalan, «Materiallar» schyotida korxonadagi jami hom-ashyo va materiallar harakati, «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida xarajatlar va olingan mahsulotlar harakati, «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyotida korxonadagi hamma ishchi va xizmatchilarga ish haqi yuzasidan qilinadigan hisob-kitoblar harakati va h.k.lar umumlashtirilib aks ettiriladi. Lekin korxonalar mablag`larini bu holatda saqlashni ta’minlash va samarali foydalanish ustidan nazorat o`rnatish uchun ularning har bir turi to`g`risida batafsil ma’lumotlar bo`lishi ham zarurdir. Chunki «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida umuman sarflangan xarajatlar va olingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar bilan birga ma’lum bir vaqtda xarajatlarning har bir turi (masalan, ish haqi, material amortizatsiya va h.k.lar), shu bilan birga ishlab chiqarilgan mahsulotlarning har bir turi bo`yicha (masalan, mashinasozlik zavodida bo`lsa ayrim turdagi stanoklar, mashinalar va h.k.lar), xarajatlar summasi va turlari bo`yicha tafsilot bilan aniqlangan ko`rsatkichlar ham kerak. «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyotida korxonaning ma’lum bir davriga ishchi va xizmatchilardan bo`lgan umumiy qarz summasi ko`rinib turishi bilan birga har bir ishchi va xizmatchining qarz summasi yuzasidan qilinadigan hisob-kitoblar ma’lumoti ham bo`lishi kerak. Shuningdek, «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar» schyotining debet va kredit oborotlari umumiy summasi to`g`risidagi ma’lumot bilan birga har bir ishchi va xizmatchiga qancha summa hisoblangan va shundan qanchasi berilganligi to`g`risidagi ma’lumot ham zarur. Shunga mos holda ikki xildagi, sintetik va analitik schyotlardan qo`llaniladi.


Xo`jalik mablag`lari va manbalarining harakatini hisobga oladigan, xo`jalik muomalalari haqida umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul ko`rsatkichida hisobga oladigan schyotlar sintetik schyotlar deyiladi. Xo`jalik mablag`lari va manbalarining harakatini hisobga oladigan, xo`jalik muomalalari haqida to`la tavsif beradigan va ularni aniqlashtiradigan pul, natura va mehnat o`lchovi ko`rsatkichlarida hisobga oladigan schyotlar esa analitik schyotlar deb ataladi. Xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari hamda harakati to`g`risidagi jarayonlarini umumiy ko`rsatkichlarini sintetik schyotlar yordamida hisobga olib borishga sintetik hisob deb ataladi. Korxonalarning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari hamda xo`jalik jarayonlarini tafsiloti bilan aniqlovchi ko`rsatkichlarda, analitik schyotlar yordamida aks ettirish analitik hisob deb yuritiladi.
Sintetik schyotlarga «Asosiy vositalar», «Nomoddiy aktivlar», «Materiallar», «Nizom» fondi, «Zahira fondi», «Xodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar», va h.k. schyotlar kiradi. Analitik schyotlarga esa bir sintetik schyot ichidagi ma’lumotlar (masalan, «Materiallar» schyoti bo`yicha prokat, truba, lak buyog`i, motor va h.k.lar)ni aks ettiradigan schyotlar kiradi. Sintetik schyotlarda analitik hisob ma’lumotlari umumlashtiriladi. Shuning uchun ham bir sintetik schyotda bir necha analitik schyotlar bo`ladi. Agar sintetik schyotlar korxonadagi asosiy vositalarning barcha turlari umumiy summasini, har xil debitor yoki kreditorlarga korxona qarzining umumiy holatini, hamma tayyor mahsulotlarning umumiy summasini va h.k. ma’lumotlarni ko`rsatib tursa yoki analitik schyotlar korxonadagi asosiy vositalar har bir turining qoldig`ini, harakatini, joylanashini, tayyor mahsulot har bir turining qoldig`ini, harakatini, ishchi va xishmatchilarning har biriga korxonaning qancha qarzi borligini, hisobdor shaxslarning har birini korxonadan qarzini va boshqalarni ko`rsatib turadi. Demak, analitik schyotlarning muhim funktsiyalaridan biri va ularning zarurligi sintetik schyotlar bo`yicha tafsilot bilan aniqlangan ma’lumotlarni zarur paytda tegishli o`lchov birliklarida berib turishdir.
Korxonalar moliya-xo`jalik faoliyatida analitik schyotlarning roli benihoya kattadir. Chunki analitik schyotlar yordamida korxona xo`jalik mablag`lari tarkibini aniqlash, butunligi va bor mablag`lardan samarali foydalanishni ta’minlash, moddiy javobgar shaxslarning to`g`ri ishlashini ta’minlash singari masalalar bajariladi. Bu hollarda analitik schyot ma’lumotlari yordamida pul ko`rsatkichidagi ma’lumotlar bilan birga natura (materiallar) va mehnat (ish) haqi o`lchovlaridagi ma’lumotlar ham olinadi. Lekin xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbalari va hisob-kitoblar bo`yicha analitik schyotlarda natura va mehnat o`lchovlariga zarurat bo`lmaganligi sababli faqat pul o`lchovida yuritiladi. Analitik schyotlarning miqdori juda ko`p bo`lganligi sababli ulardagi ma’lumotlarni taalluqli iqtisodiy belgilariga muvofiq sintetik schyotlarda umumlashtirish zarurdir. Bundan tashqari sintetik schyot yordamida korxonaning ishlab chiqarish-moliya faoliyatiga baho berish va uning ustidan nazorat o`rnatibgina qolmasdan, balki butun halq xo`jaligi tarmoqlarining ish faoliyati ustidan nazorat o`rnatish imkoniyatini ham yaratadi.
Shunday qilib, yuqorida qayd qilingan sintetik va analitik schyotlardagi ma’lumotlarning bir-biriga to`g`ri kelishini tekshirish muhim ahamiyatga egadir. Sintetik va analitik schyotlar bir-biri bilan mustahkam aloqada bo`libgina qolmasdan, bir-birini doimo to`ldirib boradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling