Ал-хоразмий номидаги


Aylanma vedomostlar va ularning ahamiyati


Download 0.84 Mb.
bet43/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Aylanma vedomostlar va ularning ahamiyati

Xo`jalikdagi mablag`lar turlari va ularning manbalar harakati to`g`risidagi umumlashgan ma’lumotlar har oyning ohirida schyotlardan olib turiladi. Lekin har bir schyot faqatgina bitta ob’ektni (mablag` yoki manbani) hisobga oladi. Ob’ektlar to`g`risida umumiy ma’lumotlar olish uchun hamma schyotlarning ma’lumotlarini umumlashtirish kerak. Shu bilan birga, hisobot davri ichida xo`jalik muomalalari aks ettirilgan buxgalteriya yozuvlarining to`g`ri yoki noto`g`riligini ham tekshirish zarurdir. Bundan tashqari hamma schyotlarning umumlashgan ma’lumotlariga va buxgalteriya yozuvlarining to`g`riligiga ishonch hosil qilmasdan buxgalteriya balansi tuzish ham mumkin emas. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlarning ma’lum davrga to`g`riligini tekshirib turish va xo`jalikning ishlab chiqarish-moliya faoliyatiga tavsif berib turish uchun buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlarini davrlar bo`yicha umumlashtirish talab qilinadi. Joriy ma’lumotlarini umumlashtirish uchun aylanma vedomost xizmat qiladi.


Aylanma vedomostlar – buxgalteriya schyotlari yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga umumlashtirib ko`rsatadigan jadvaldir. Aylanma vedomostlar ikki xil bo`ladi: sintetik va analitik aylanma vedomostlar.
Sintetik hisob schyotlari bo`yicha aylanma vedomostlar deb, xo`jalik mablag`lari va ularning manbalarini o`zgarish ahvolini bilish hamda ma’lum sanaga buxgalteriya balansi tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olishga mo`ljallangan aylanmalar yig`indisi va har bir schyotlar bo`yicha qoldiqlar pul ko`rsatkichida aniqlangan maxsus jadvalga aytiladi.
Analitik hisob schyotlari bo`yicha aylanma vedomostlar deb, ma’lum bir analitik schyot bo`yicha xo`jalik mablag`lari va ularning manbalarini o`zgarish ahvolini bilish, shu ma’lumotlarni natura va pul ko`rsatkichlarida ifodalaydigan maxsus jadvalga aytiladi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini sintetik schyotlarda umumlashtirish sintetik hisob schyotlariga aylanma vedomost tuzish bilan uyushtiriladi. Bunday aylanma vedomostlar har bir schyotning nomi va shifri, hisobot davrining boshidagi schyotlar bo`yicha qoldiq, hisobot davri mobaynidagi debet va kredit oborotlar va hisobot davrining ohiridagi qoldiq keltiriladi. Sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomostda faqat pul ko`rsatkichlarigina ko`rsatiladi. Sintetik schyotlar vedomostida korxonaning xo`jalik faoliyati bilan tanishish va uni iqtisodiy tahlil qilish uchun foydalanish mumkin.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling