Ал-хоразмий номидаги


Taqqoslanuvchi schyotlarga


Download 0.84 Mb.
bet40/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Taqqoslanuvchi schyotlarga yakuniy moliyaviy natija schyotlari misol bo`ladi.
Balansdan tashkari schyotlar (BT) – korxona mulki bo`lmagan, lekin vaqtincha korxona ixtiyorida bo`lgan aktivlar, shartli huquqlar va majburiyatlarning mavjudligi va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun tayinlangan, bir tomonlama yoziladigan schyotlar. Korxona (birlashma)ning o`ziga tegishli bo`lmagan mablag`lari ular qaysi korxona, tashkilot, muassasaning mablag`i bo`lsa, o`sha korxonaning balansida aks ettiriladi. Shuning uchun ham bunday mablag`lar vaqtincha o`z ixtiyorida saqlab turgan korxona balansining tashqarisida ko`rsatiladi. Balansdan tashqari schyotlarda yozuvlar bir yoqlama aks ettiriladi. Bu schyotlar boshqa hech qanday schyotlar bilan aloqa qilmaydi. Ularda ijaraga olingan asosiy vositalar, qayta ishlashga qabul qilingan hom-ashyo va materiallar, vaqtincha saqlashga qabul qilingan moddiy boyliklar hisobga olinadi:
001 Qisqa muddatli ijara bo`yicha olingan asosiy vositalar;
002 Javobgarlikda saqlashga olingan tovar-moddiy boyliklar;
003 Qayta ishlashga qabul qilingan materiallar;
004 Komissiyaga qabul qilingan tovarlar;
005 Montaj qilish uchun olingan asbob-uskunalar;
006 Qat’iy hisobda turuvchi blankalar;
007 To`lov qobiliyati yo`q debitorlar qarzlarini zarar hisobida hisobdan chiqarish;
008 Olingan majburiyatlar va to`lovlarni ta’minlash;
009 Berilgan majburiyatlar va to`lovlarni ta’minlash;
010 Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha topshirilgan asosiy vositalar;
011 Ssuda shartnomasi bo`yicha olingan mol-mulk;
012 Keyingi davrning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan harajatlar;
013 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo`yicha);
014 Inventar va foydalanishdagi xo`jalik ashyolari;
Xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo`jalik faoliyati
buxgalteriya hisobi Schyotlar Rejasi (BHMS № 21)

Korxona, tashkilot, uyushma, kontsern va muassasalar buxgalteriya hisobida ko`llaniladigan schyotlarning bir tizimga solingan ro`yhati buxgalteriya hisobi Schyotlar Rejasi deb ataladi. U muhim hujjat hisoblanadi va uning asosida buxgalteriya hisobi ustidan uslubiy rahbarlik olib boriladi.


1961 yilda sobiq SSSR hududi bo`yicha birinchi Yagona Schyotlar rejasi qabul qilingan. Sobik ittifoq Moliya vazirligi 1991 yil 1 noyabrdagi 56-sonli buyrug`i bilan buxgalteriya hisobining yangi Schyotlar rejasini tasdiqladi. Korxona, qurilish va xo`jalik tashkilotlarining ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida schyotlar nomi, ularning shifrlari hamda schyotlar ko`llaniladigan xo`jalik faoliyatining turlari ko`rsatiladi.
Schyotlar rejasi to`qqiz bo`limdan iborat bo`lib, har bir bo`limda u yoki bu hisob ob’ektini hisobga olishga mo`ljallangan schyotlar keltirilgan.
Schyotlar rejasining birinchi-sakkizinchi bo`limlarining joylashishi buxgalteriya balansini (1-shakl hisobot) tuzish tarkibiga, to`qqizinchi bo`lim moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot (2-shakl hisobot) shakliga mos keladi. Schyotlar korxona ehtiyojlariga mos holda egiluvchanlikni va yangi schyotlar bilan to`ldirishni ta’minlovchi to`rt xonali raqamlanishga ega.
Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar Schyotlar rejasi xo`jalik muomalalari buxgalteriya hisobining Ishchi Schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak.
Ishchi Schyotlar rejasida schyotlar soni ko`p yoki kam bo`lishi mumkin, lekin bunda schyotlarni raqamlash tartibi haqiqiy Schyotlar rejasiga mos bo`lishi shart.
Schyotlar rejasida «Balansdan tashqari schyotlar» deb nomlangan bo`lim ham mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`llanilayotgan yagona schyotlar rejasiga qator qo`shimcha schyotlar kiritildi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling