Ал-хоразмий номидаги
ASOSIY XO`JALIK JARAYONLARINING HISOB TAMOYILLARI
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’minot jarayonining buxgalteriya hisobi
ASOSIY XO`JALIK JARAYONLARINING HISOB TAMOYILLARI
1. Ta’minot jarayonining buxgalteriya hisobi. 2. Ishlab chiqarish jarayonining buxgalteriya hisobi. 3. Sotish jarayonining buxgalteriya hisobi. 4. Xo`jalik mablag`lari va majburiyatlarini baholash. Ta’minot jarayonining buxgalteriya hisobi Xo`jalik sub’ektlarining asosiy faoliyati moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga sotish va bu talabni qondirish uchun doimo takror ishlab chiqarish bilan shug`ullanishga qaratiladi. Mana shu takror ishab chiqarish xo`jalik jarayonlari orqali yoki xo`jalik mablag`larining to`xtovsiz davriy aylanishi natijasida amalga oshiriladi. Amaliyotda bunday xo`jalik jarayonlari uch bosqichga bo`linib, ularga ta’minot ishlab chiqarish va sotish kiradi. Xo`jalik sub’ektlarining asosiy faoliyati ta’minot jarayonidan boshlanib, undan moddiy boyliklarni ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash uchun muntazam ravishda ishlab chiqarish zahiralarini, ya’ni hom-ashyo material, yoqilg`i, yarim tayyor mahsulot, ehtiyot qismlarni harid qilib turish kerak. Demak, bu ishni bajarishda bir qancha xo`jalik muammolari bajariladi. Buxgalteriya hisobi aynan shu muammolarni hisobga olish bilan shug`ullanadi. Davriy aylanishning ta’minot jarayoni bosqichi buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi: - belgilangan davrdagi ta’minot hajmini aniqlash; - sotib olingan va yetkazilgan zahiralarning haqiqiy tannarxini aniqlash; Shunday qilib, ta’minot jarayoni ishalb chiqarish jarayonini normal olib borish uchun shart-sharoit yaratib beradi. Ta’minot jarayondi yuz beradigan xo`jalik muammolari moddiy boyliklarni sotib olishda ta’minotchilar bilan tuziladigan shartnomlar asosida amalga oshiriladi. Shartnomalarda xo`jalik sub’ekti uchun zarur moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori, bahosi, sifati, yetkazib kelish shartlari ko`rsatilgan bo`ladi. Hom-ashyo va materiallar, yoqilg`i, ehtiyot qismlar, kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar hamda boshqa mehnat buyumlarinig haqiqiy tannarxi mol yetkazib beruvchilarning schyot-fakturasida ko`rsatilgan qiymati, ta’minot tashkilotlariga to`langan ustamalar, yuklash-tushirish xarajatlari, tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga to`lovlar, mehnat buyumlarini tayyorlash bilan bog`liq sarf-xarajatlar, ularni yetkazib olishdagi tabiiy kamayish va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Yuqorida to`lovlar, xarajatlar va boshqa holatlarni hisobga olish uchun buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olish schyotlaridan foydalaniladi. "Materillar", "Yoqilg`i", "Ehtiyot qismlar" va h.q. Moddiy qiymatliklarning kelib tushishi ikki xil bahoda, haqiqiy tannarxda va ulgurji baholarda aks ettiriladi. Buning uchun schyotning debet tomonida ikkita ustun ochilib, biridan materiallarni sotib olish bahosi, yetkazib kelish, tayyorlash xarajatlarini aks ettirish uchun, ikkinchisidan materiallarning faqat sotib olingan bahosidagi yozuvlar uchun foydalaniladi. Ta’minot jarayonining hisobini qo`yidagi chizmada ko`rish mumkin:
Izoh: 1 - moddiy qiymatliklarni sotib olish bahosi; 2 - materiallarni sotib olish va tayyorlash xarajatlari; 3 - sotib olingan materiallar uchun ta’minotchilarga, transport tashkilotiga mehnat buyumlarini tashib keltirish xarajatlari to`lovlari. Ta’minot bilan bog`liq muomalalarni hisobga olish uchun misollar keltiramiz. 1-muomala. Shartnoma asosida material qiymatliklar olindi: "A" materialdan 5000 kg berildi, har bir kilosi 220 so`mdan, umumiy hisobda 1.100.000 so`mlik; "B" materialdan 3000 kg, har bir kilosi 150 so`mdan, umumiy hisobda 450.000 so`mlik JAMI 1.550.000 so`mlik material. Materiallar temir yo`l transportida yetkazib kelingan va bu xarajatlar ta’minotchi tomonidan to`langan – 800.000 so`m. JAMI xarajatlar – 2.350.000 so`m Moddiy qiymatliklarning kelib tushishini aktiv "materiallar" schyotining debet tomoniga yozish zarur. Shuningdek, u yerga moddiy qiymatliklarni yetkazib kelish xarajatlari qiymati ham yoziladi: Dt - "materiallar" Kt - "mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan x/k" – 2.350.000 Yuqorida ta’kidlaganmizdek, bu muomala "materiallar" schyotining debet tomonidagi ikkita ustunga: birinchisiga - moddiy qiymatlikning haqiqiy tannarxi – 2.350.000 so`m, ikkinchisiga - ulgurji (sotib olish) bahosi – 1.550.000 so`m yoziladi. 2-muomala. Temir yo`l orqali moddiy qiymatlarni stantsiyadan omborgacha tashib keltirgan transport tashkilotiga hisoblanadi – 150.000 so`m. Bu sarflar ham moddiy qiymatlikni yetkazib kelish xarajati hisoblanib, olingan materiallar tannarxiga qo`shiladi. Binobarin, transport tashkilotiga hisoblangan summa unga bo`lgan qarzning ko`payganligini bildiradi va bu holat qo`yidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi: Dt - "materiallar" Kt - "mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan x/k" – 150.000 so`m 3-muomala. Hisob-kitob schyotidan qo`yidagi qarzlarni uzish uchun pul o`tkazildi: - mol yetkazib beruvchilarga materiallar qiymati hamda yetkazib kelish xarajatlari uchun 2.350.000 so`m; - moddiy qiymatliklarni stantsiyadan omborgacha yetkazib kelgani uchun 150.000 so`m. JAMI 2.500.000 so`m. Mazkur muomala bo`yicha buxgalteriya yozuvi qo`yidagicha ko`rsatiladi: Dt - "mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan x/k" Kt - "hisob-kitob schyoti" 2.500.000 so`m. Ta’minot jarayoni muomalalarini sintetik va analitik hisobda aks ettiramiz. Sintetik hisob "Materiallar" schyoti
Turli assortimentdagi moddiy qiymatliklarni sotib olishda, ularning haqiqiy tannarxlari maxsus hisob-kitoblar bilan topiladi. Yuqoridagi muomalalar ma’lumotlari asosida bu hisob-kitoblarni bajaramiz: Sotib olingan moddiy qiymatliklarni yetkazib kelish xarajatlari 950.000 (800.000 + 150.000) so`m. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling