Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Makka birlan undagi binoning fazilati haqida
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43-bob. Muharram maskan fazilati
- 44-bob. Makkadagi uylarni merosga berish, sotish va sotib olish haqida; Masjid ul-Haromdagilarning barchasi tengdir!
- 45-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Makkaga tushishlari (borishlari) haqida
- 48-bob. Ka’baga jild kiydirmoq haqida
- 49-bob. Ka’baning buzib tashlanmog‘i to‘g‘risida
- 51-bob. Ka’baning yopilmog‘i haqida; Ka’baning qaysi tomoniga qarab namoz o‘qimoqni xohlasa, o‘qiyverg‘aydir
- 52-bob. Ka’bada namoz o‘qimoq to‘g‘risida
- 53-bob. Ka’baga mutlaqo kirmagan odam haqida
- 54-bob. Ka’baning bir chekkasiga borib, takbir aytgan odam xususida
- 55-bob. Lo‘killab yugurish udumi qachon boshlangan
- 56-bob. Makkaga kelganda tavof qilmoqni Qora Toshni o‘pishdan boshlamoq va uch marta lo‘killab yugurmoq to‘g‘risida
- 57-bob. Haj va umrada lo‘killab yugurmoq haqida
- 58-bob. Ustunni hassa birlan silab tavof qilmoq haqida
- 61 -bob. Ustun oldiga kelganda unga ishora qilib qo‘ymoq
- 62-bob. Ustun oldida turib takbir aytmoq haqida
- 63-bob. Makkaga kelganida, uymga qaytishdan avval, Baytullohni tavof qilib, ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng Safoga chiqib borgan kishi xususida
- 64-bob. Ayollarning erkaklar birlan birga tavof qilishi haqida
42-bob. Makka birlan undagi binoning fazilati haqida
Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Biz Ka’bani odamlar uchun har yili to‘planadirgan joy qilib berdik va unga tinchlik-omonlik baxsh etdik, shundoq erkan, Ibrohim Maqomini o‘zingizga namozgoh qilib olingiz! Biz Ibrohim va Ismoilga «Uyimni (Baytullohni) tavof va e’tikof etguvchilar uchun hamda ruku’ va sajda qilmoq uchun pokiza qilingiz!» deb topshirdik. Ibrohim: «Yo rabbiy, bu yurtni tinchlik-omonlik maskaniga aylantirg‘il, uning Ollohga iymon keltirgan, oxirat kuniga ishongan ahliga ne’matingni bisyor qilgil!» - deb iltijo qilgan erdi. Olloh taolo: «Kim kofir bo‘lsa, kam ne’mat berg‘aymen, so‘ng ularni do‘zax azobiga mubtalo qilg‘aydirmen»,- degan. Oxirat qanchalik dahshatlidir! Eslangiz, Ibrohim va Ismoil Ka’baning poydevorini qurayotib: «Yo rabbimiz, ushbu binomizni qabul aylag‘il, haqiqatan sen o‘zing eshitguvchi, bilguvchi zotdirsen! Yo rabbimiz, bizni o‘zingga bo‘yin eggan musulmon banda qilg‘il, zurriyotimizni ham musulmon ummat qilg‘il, bizga hajda ado etmog‘imiz lozim bo‘lgan udumlarni ko‘rsatg‘il (aytg‘il), bizning tavbalarimizni qabul etg‘il, haqiqatan sen o‘zing tavbamizni qabul qilg‘uvchi mehribon zotdirsen!»-deyishgan».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Ka’ba qayta qurilayotganda Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan Abbos tosh tashimoqqa bordilar (keldilar). Abbos Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Izoringni yechib, yelkangga qo‘yib olg‘il!» - dedilar. Janob Rasululloh shunday qilgan erdilar, ko‘zlari tinib, boshlari aylanib, chalqancha yiqilib tushdilar. Keyin: «Izorim qani, olib beringiz!» - dedilar. Izorlarini olib berishgan erdi, o‘ranib oldilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 318
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Oisha raziyallohu anho rivoyatqiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga: «Qavming Ka’bani qayta qurgan vaqtda Ibrohim qurgan poydevorni pasaytirganlarin bilmasmisen?» - dedilar. Men: «Yo Rasululloh, Ibrohim qurgan poydevorni asliga keltirib qo‘ymasmisiz?» - dedim. Janob Rasululloh: «Agar qavming yaqindagina kofir bo‘lmaganda erdi, shundoq qilgan bo‘lur erdim»,- dedilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Agar Oisha raziyallohu anho bu hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan ersalar, unda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hijr (devor) yaqinidagi ikki ustunni silab, o‘pmaganlar, deyolmasman, chunki Ka’baning poydevori Ibrohim davridagidek qilib, asliga keltirilmagan».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Ka’ba devori ichkariga olinadirmi?» - deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Ha»,- dedilar. Men: «Nechuk ular devorni Ka’ba ichiga olmaganlar?»-dedim. Janob Rasululloh: «Qavmingga nafaqa kamlik qilgan»,- dedilar. Men: «Nechun eshigi baland qilib qurilgan?» - dedim. Janob Rasululloh: «Qavming o‘zlari istagan kishilarni kiritib, istamaganlarini qo‘ymaslik uchun shundoq qilishgan. Agar qavming johiliyadan chiqib, endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida, devorni buzib, Ka’ba ichkarisiga olar erdim, eshigini ersa, yerga yopishtirib (ostonasini past qilib) qurar erdim, lekin ularning qalblari inkor qilmog‘idan (fe’llari aynib, islomdan qaytib qolmoqlaridan) cho‘chig‘aydirmen».-dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: Agar qavming yaqindagina kofirlikni tark etib, endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida erdi, men Ibrohim alayhi-s-salot va-s-salom davridagi poydevorni tiklab. Ka’bani qayta qurgan bo‘lar erdim. Quraysh ahli binoni past qurib qo‘ydi. Men orqadan ham eshik qurgan bo‘lar erdim»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ey Oisha, agar qavming johiliyadan chiqib, endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida, men Ka’bani shaksiz buzmoqqa amr qilur erdim, undan nimaiki tashqariga olib chiqib qurilgan bo‘lsa, ichkariga olar erdim, mavjud eshik ostonasini pasaytirib, yana ikkita - mashriq va mag‘rib tomondan eshiklar ochar erdim. Imoratning poydevorini Ibrohim alayhi-s-salot va-s-salom davridagidek qilib qurar erdim»,- dedilar.
Mana shularning hammasini buzmoq Ibn Zubayr zimmasiga tushdi. Yazid raziyallohu anhu: «Men Ibn Zubayr Ka’bani buzib, yangidan barpo qilganining shohidi bo‘lganman, u hijrning (devorning) bir qismini Ka’ba ichkarisiga oldi, keyin men Ibrohim qurgan poydevor toshini ham ko‘rdim, u tuya o‘rkachiga o‘xshar erkan»,- deydilar. Jarir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Yaziddan eski poydevorning qaerdaligini so‘radim. Ul kishi: «Hozir senga ko‘rsatg‘aymen»,-dedilar-da, meni hijr ortiga olib o‘tib, «U mana shul yerdadir»,- deb ko‘rsatdilar. Men poydevorning kengligini taxminan olti ziro’ (1 ziro’. 75 sm) deb chamaladim».
Olloh taoloning ikki oyati kariymasida bunday deyiladir: «Menga, shul shaharning rabbi - Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 319
uni muharram etmish Olloh taologa ibodat aylamak amr qilindi, barcha narsalar uning mulkidir va menga musulmon bo‘lmoq (ham) amr qilindi», «Ayo, biz ularga har narsaning mevasi tortiq qilinajak amn maqomi bo‘lmish muharram maskandan joy ato qilmadikmi? Va lekin ularning ko‘plari (buni) bilishmag‘aydir (ko‘rnamaklik qilishg‘aydir)».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan kuni: «Olloh muharram etgan bu maskanning (hatto) tikoni (ham) yulinmasligi, jonivorlari hurkitilmasligi, unda yo‘qolgan (birov yo‘qotgan) narsalar (ersa) e’lon qilmoq niyatidan o‘zga maqsadda olinmasligi lozimdir!» - deganlar».
ul-Haromdagilarning barchasi tengdir!
Olloh taolo oyati kariymasida bunday deydir: «Kofir bo‘lib, xalqni Olloh yo‘lidan qaytaradirg‘onlarni hamda mahalliy aholi va begonalar uchun biz teng huquqli ibodat maskani qilib bergan Masjid ul-Haromdan qaytaradirg‘onlarni, shuningdek, unda egrilik ila zulm qilmoqni istaganlarni zulm birla dardli azobga mubtalo qilg‘aydurmiz!»
Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men' Janob Rasulullohdan: «Yo Rasululloh, qay yerga tushg‘aysiz, Makkadagi hoalingizgami?»-deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Aqil bizga biror hovli va uy qoldirdimikin?» -dedilar. Aqil va Tolib otalari Abu Tolibdan meros olishgan bo‘lib, Ja’far va Ali ersa, hech qanday meros olishmagan erdi. Chunki ular musulmon bo‘lib, Aqil va Tolib kofir erdi. Umar ibn Xattob raziyallohu anhu: «Mo‘‘min kofirdan meros olmagaydir»,- der erdilar. Ibn Shihob Zuhriy: «Ular Olloh taoloning «Olloh taologa iymon keltirib va Olloh taolo yo‘lida vatanlarini tark etib, hijrat aylagan hamda molu jonlarini tikib, jihod qilgan bandalarga va muhojirlarga madadkor bo‘lib boshpana berguvchilar bir-birlariga merosxo‘rdirlar» degan so‘ziga amal qilishar erdi»,- deydilar».
haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga bormoqchi bo‘lganlarida: «Xudo xohlasa, ertaga Baniy Kinona kufrga ahd qilgan yerga - Xayfga borg‘aydirmiz?» - dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda ekanliklarida: «Ertaga, Nahr kuni biz Baniy Kinonaning Xayfiga - ular kofirlikka sadoqat bildirib, qasamyod qilgan yerga borg‘aydirmiz»,-dedilar. Shunda ul kishi Muhassabni (Minodagi tosh otadirgan joyni) nazarda tutdilar. O’sha yerda Quraysh va Kinona qabilalari Baniy Hishom va Baniy Abd ul-Mutallib (yoki Baniy ul-Mutallib) qabilalariga Muhammad sallallohu alayhi va sallamni ushlab topshirmagunlaricha o‘zaro qiz oldi-berdi va savdo-sotiq qilmaslikka ont ichishgandi».
Olloh taolo ikki oyati kariymasida bunday deydir: «Ibrohim aytgan erdi: «Ey Parvardigor-o, bul shaharni omonlik maqomi aylag‘il (va) meni va mening farzandlarimni Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 320
butlarga ibodat qilmoqdan saqlag‘il!»; «Parvardigorim, bular (butlar) ko‘p insonlarni yo‘ldan ozdirmishdir. Kimki menga ergashg‘aydir, ul menga mansubdir va kimki menga osiylik qilg‘aydir, sen albatta mag‘firatlik mehribondirsen! Ey Parvardigorimiz, haqiqatan men ba’zi avlodimni (ya’ni, Hazrat Ismo’il alayhissalomni, chunkim Hazrat Ishoq va boshqalar Shomda erdilar) ekin unmaydirgan yerga - hurmatli uying qoshig‘a joylashtirdim. Ey rabbimiz, ular namoz o‘qisinlar, sen ayrim insonlarning dillarini ularga moil aylag‘il!»
Olloh taolo oyati kariymasida bunday deydir: «Olloh taolo Ka’bani - Bayt ul-Haromni ham, hurmatli oylarni (haj oylarini) ham, bo‘yniga nishon osilgan jonliklarni (qurbonlik aylamoq niyatida bo‘yniga biror alomat osib qo‘yilgan jonliqlarni) ham insonlarning (bu dunyoda) tirik turmoqlari uchun sabab qildi. Bular, sizlar Olloh taoloning osmonlarda va yer ostida mavjud har bir narsadan xabardor hamda har bir narsani albatta bilguvchi zot erkanlig‘in bilib qo‘ymog‘ingiz uchun shundoq qilingandir!»
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ka’bani ikki boldiri ingichka, quruqshagan habash xarob qilg‘aydir»,-deganlar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Ramazon farz bo‘lmog‘idan oldin Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutishar erdi. O’sha kuni Ka’baga parda tutilg‘ay erdi. Olloh taolo Ramazonni farz qilganida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim istasa, o‘sha kuni ro‘za tutsin, kim istamasa, tutmasin!» - dedilar».
Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ya’juj va Ma’juj chiqqandan keyin ham Ka’ba, albatta,. haj va tavof qiling‘usidir»,- dedilar. Sho‘‘ba: «Ka’ba tavof qilinmay qolguniga qadar qiyomat sodir bo‘lmag‘aydir»,- dedilar».
Abu Voil rivoyat qiladirlar: «Men va Shayba Ka’badagi kursiga kelib o‘tirdik. Umar raziyallohu akhu ham o‘sha yerda o‘tirgan erdilar. Ul kishi: «Men Ka’bada tillani ham, kumushni ham qoldirgim kelmay, barchasini odamlarga taqsimlab berdim»,- dedilar (Odamlar Ka’baga tashlab ketgan sadaqalar nazarda tutilayotir). Shunda men: «Sizning ikki do‘stingiz bundoq qilishmadi-ku?!»-dedim. Hazrat Umar: «Ular men iqtido qiladirgan kishilardir»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir qo‘shin Ka’baga urush qilmoqchi bo‘lg‘aydir, biroq ularni yer yutib ketg‘aydir» deganlar»,-deydilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Men Ka’bani buzayotgan kishini ko‘rib turgandekman, ul qop-qora, ikki oyog‘i maymoq bo‘lib, Ka’baning toshlarini bittalab ko‘chirmakdadir»,- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ka’bani ikki boldiri ingichka, quruqshagan habash buzg‘aydir» - deb aytdilar» ,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 321
50-bob. Al-Hajar ul-Asvad - Qora Tosh haqida ne deyilgan?
Obis ibn Rabiy’a rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu Qora Toshga kelib o‘tirdilar- da, «Men sening tosh erkanlig‘ingni va zararing ham, foydang ham yo‘q erkanlig‘ini bilurmen. Agar Nabiy sallallohu alayhi va sallam seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, men seni o‘pmas erdim»,- dedilar».
o‘qimoqni xohlasa, o‘qiyverg‘aydir
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Usoma ibn Zayd, Bilol va Usmon ibn Talha Ka’baga kirib, eshigini yopib qo‘ydilar. Ular eshikni ochishganda men birinchi bo‘lib ichkariga kirdim. Shunda, Bilolni uchratib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba ichida namoz o‘qidilarmi?» - deb so‘radim. Bilol: «Ha, ikki yamaniy ustun oralig‘ida»,- deb javob berdilar».
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ka’baga kirsalar, eshikni orqalarida qoldirib, to‘g‘rilariga qarab yurar erdilar-da, o‘zlari birlan ro‘paralaridagi devor oralig‘ida uch tirsak masofa qoldirib, so‘ng namoz o‘qir erdilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu yerda namoz o‘qiganlar» deb Bilol ko‘rsatgan joyni tanlar erdilar. Lekin, Ka’baning qaysi tomoniga qarab namoz o‘qisa ham, hech kimga gunoh bo‘lmag‘aydir».
Ibn Umar raziyallohu anhu ko‘p haj qilar erdilar, lekin Ka’baga kirmas erdilar. Abdulloh ibn Abu Avfo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qilib, Ka’bani tavof ayladilar. So‘ng, Maqomi Ibrohim ortiga o‘tib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shunda, hamrohlari ul kishini odamlar nazaridan to‘sib turishgan erdi. Ittifoqo, bir kishi menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baga kirdilarmi?»-deb aytdi. Men: «Yo‘q»,- dedim».
54-bob. Ka’baning bir chekkasiga borib, takbir aytgan odam xususida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida, Ka’baning ichida butlar bo‘lgani uchun, u yerga kirib namoz o‘qigilari kelmadi. Shunda, Ka’badan butlarni olib chiqib tashlamoqni amr qilib erdilar, ularni olib chiqib tashlashdi. Keyin, Ibrohim va Ismoilning qo‘llarida azlom ushlagan holda tasvirlangan suratlarini ham olib chiqib tashlashdi».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul.kishining sahobalari Makkaga kelganlarida, mushriklar sahobalarga qarab: «Sizlarni ul (Rasululloh) boshlab kelgan, aslida sizlarni Yasrib (Madina) mudofaasi zaiflashtirib Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 322
qo‘ygandir»,- deyishdi. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘z sahobalariga lo‘killab yugurib Ka’bani uch marta aylanib chiqmoqni, keyin ikki ustun oralig‘ida yurmoqni buyurdilar. Janob Rasululloh Ka’ba tegrasida ko‘proq lo‘killab yugurmoqni buyursalar bo‘lar erdi-yu, lekin sahobalarga rahmlari keldi».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, eng avvalo Qora Toshni o‘par erdilar, so‘ng yetti marta o‘rniga uch marta Ka’bani lo‘killab yugurib aylanib chiqar erdilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam haj va umrada uch marta lo‘killab yugurib, to‘rt marta yurdilar».
Abu Aslam rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Qora Toshga xitob qilib: «Ammo, xudo haqqi, men sening foydang ham, zararing ham yo‘q bir tosh erkanlig‘ingni bilurmen. Agar, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning seni o‘pib, tavof qilganlarini ko‘rmaganimda, men ham seni o‘pib tavof qilmas erdim»,-dedilar. Keyin, Qora Toshni o‘pib tavof qildilar-da, «Lo‘killab yugurmoq bizga ne bo‘libdir! Darhaqiqat, (bir paytlar) lo‘killab yugurmoq birlan biz mushriklarga o‘zimizning baquvvat ekanligimizni ko‘rsatib qo‘ygan erdik, keyin ularni Olloh taolo halok qildi, endi lo‘killab yugurmoqqa hojat bo‘lmasa-da, biz Janob Rasulullohdan qolgan odatni tark etmoqni istamasmiz»,- dedilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bu ikki ustunni o‘pib tavof qilganlarini ko‘rganimdan buyon men ham ularni o‘pib tavof qilmoqni qo‘ymasmen»,- dedilar. Ubaydulloh Nofi’ga: «Ibn Umar ikki rukn orasida yurib tavof qilurmi erdi?» -dedilar. Nofi’: «Ularni o‘pib tavof qilmoq maqsadidagina yurar erdilar» ,— dedilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da tuya mingan holda ustunni hassalari birlan silab tavof qildilar» ,— deydilar.
Abushsha’so rivoyat qiladirlar: «Ka’badagi har bir narsaga taqvo ko‘zi birlan qaragan kishi kim erdi? Muoviya u yerdagi hamma ustunlarni o‘pib tavof qilar erdilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu Muoviyaga: «Anavi ikki ustun o‘pib tavof qilinmag‘aydir»,- deganlarida, Muoviya: «Baytullohda tavof qilinmaydirgan narsaning o‘zi yo‘qdir!» - dedilar. Ibn Zubayr raziyallohu anhu ham u yerdagi ustunlarning barchasini o‘pib tavof qilar erdilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Baytullohdagi ikki yamaniy ustundan boshqasini o‘pib tavof qilganlarini ko‘rmagandirman»,- deydilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 323
60-bob. Qora Toshni o‘pib tavof qilmoq haqida
Zaydning otasi Aslam: «Men Umar raziyallohu anhuning Qora Toshni o‘pa turib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, men ham seni o‘pmas erdim» - deganlarini eshitganman»,- deydilar.
Zubayr ibn Arabiy rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Ibn Umar raziyallohu anhudan Krra Toshni o‘pib tavof qilmoq haqida so‘radi. Ibn Umar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uni o‘pib tavof qilayotganlarini ko‘rganman»,-dedilar. Shunda ul: «Agar (bu to‘g‘rida sen birlan) bahslashib yengsam, ne dersan?»-dedi. Ibn Umar: «Ne dersaningni o‘shal Yamaningga borib aytg‘aysen! Men (haqiqatan ham) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Qora Toshni quchoqlab, o‘payotganlarini ko‘rganman»,- dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuya minib Baytullohni tavof qilar erdilar va har gal ustun oldiga kelganlarida unga ishora qilib qo‘yar erdilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyada Baytullohni tavof qildilar. Shunda har gal ustun oldiga kelganlarida qo‘llaridagi narsa birlan unga ishora qilib qo‘yib, so‘ng takbir aytdilar».
Urva ibn Zubayr rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida, Eng avvalo tahorat olib, tavof ayladilar, keyin umra qilmay, haj qildilar. So‘ng, Abu Bakr va Umar raziyallohu anhu ham shunday haj qildilar. Keyinchalik, men otam Zubayr raziyallohu anhu birlan haj qilganimda, ul kishi ham dastlab tavof aylab, so‘ng haj qildilar. Keyin, muhojir va ansorlarning ham shunday qilganlarini ko‘rdim. Mening onam xolam Oisha, Zubayr va falonchi-pistonchilar birlan umraga tahlil aytib, ustunni silab tavof qilishgach, ehromlarini yechishganini menga aytdilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haj yokim umraga ehrom bog‘lasalar, eng avvalo uch marta sa’y qilib va to‘rt marta yurib tavof aylar erdilar, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qigach, Safo va Marva oralig‘ini ziyorat qilar erdilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Baytullohga kelsalar, eng avvalo uch marta sa’y qilib va to‘rt marta yurib tavof aylar erdilar. Safo va Marva oralig‘ini tavof aylaganlarida selxona bo‘ylab sa’y qilar erdilar».
Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Makka valiahdi Ibn Hishom ayollarning erkaklar birlan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 324
birga tavof aylamog‘ini man’ qilganida, «Qanday qilib man’ qilg‘aysen? Axir, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollari ham erkaklar birlan birga tavof qilganlar-ku!» - deb aytgandim»,- dedilar Ato raziyallohu anhu. Men u kishidan: «Chimmat kiymoq farz qilinishidan oldinmi, Keyinmi?»-deb so‘radim. Ato raziyallohu anhu: «O’lay agar, yolg‘on so‘zlasam, bu voqea chimmat kiymoq farz qilinganidan keyin bo‘lgan erdi»,- dedilar. Shunda men: «Qanday qilib ayollar erkaklarga aralashib, tavof aylamog‘i mumkin?»- deb so‘radim. Ato raziyallohu anhu: «Ayollar erkaklarga aralashmas erdi. Masalan, Oisha onamiz erkaklardan narida, bir chekkada turib tavof qilayotganlarida, bir ayol kelib, «Ey mo‘‘minlar onasi, yuringiz (Qora Toshni) o‘pib, tavof aylag‘aymiz!» - deganida, Oisha onamiz: «Yo‘q, o‘zing boraverg‘il!»-deb ko‘nmagan erdilar. Lekin, ayollar kechalari yoping‘ich yopinib, tavof qilgani chiqishardi. Ammo, erkaklar Ka’baga kirib ketishganda, ular qaytib chiqqunlaricha poylab turishardi. Erkaklar chiqqach, kirishardi. Men va Ubayd ibn Umayr, Oisha onamia Sabiyr degan tog‘ darasida toat-ibodat birla mashg‘ul bo‘lib turganlarida, huzurlariga bordik. Shunda men: «Oisha onamiz qanday chodirdalar?»- deb sherigimdan so‘radim. «Turkiy chodirdalar»,-deb aytdi. Oisha onamiz birlan bizning o‘rtamizda o‘sha chodirdan bo‘lak to‘siq yo‘q erdi. Men Oisha onamizning qizil ko‘ylak kiyib olganlarini ko‘rdim».
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga betobligimdan nolidim. Ul kishi: «Ulovda odamlarga ergashib tavof aylag‘il!» -dedilar. Men tavof etdim, Janob Rasululloh ersa, Ka’ba yonida namoz o‘qib, «Va-t-Tur» degan surani tilovat qildilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling