Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Kumush tanga sadaqa qilmoq haqida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


130-bob. Kumush tanga sadaqa qilmoq haqida 

 

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beshtadan 



kam tuya uchun sadaqa lozim ermas, besh uqqiyyadan (60 dirhamdan) kam kumush 

tangadan sadaqa qilinmaydir, besh vasaqdan (1600 ratldan) oz narsa (meva-cheva, 

don-dun) uchun ham sadaqa berilmaydir»,- deganlar». 

 

131-bob. Zakotga beriladirgan (to‘lanadirgan) ashyolar 

 

Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Maoz raziyallohu anhu Yaman ahliga bunday 



dedi: «Arpa va bug‘doy o‘rniga eski-tuski kiyimlarni sadaqa qilingiz, bu sizlarga osonroq, 

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Madinadagi sahobalariga ersa, yaxshiroqdir!» 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, Xolid Olloh yo‘lida jang anjomlarini shaylab 



turibdir»,- deb aytdilar (zakot bermoqdan bosh tortayotgan qavmlarga nisbatan 

aytilgan). Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham sadaqa 

qilingiz!» - dedilar, lekin farz sadaqani boshqa tur sadaqalardan istisno qilmadilar. Bir 

ayol kelib, isirg‘a va munchoqlarini sadaqa qildi. Shunda, «Tilla va kumush, bo‘lsin!» deb 

qayd etishmadi. 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Olloh va uning 



Rasuli sallallohu alayhi va sallam buyurgan ahkomlar haqida menga bunday deb yozgan 

erdilar: «Bir yashar urg‘ochi bo‘taloq zakot qilmog‘i lozim bo‘lgan odamning bunday 

bo‘talog‘i bo‘lmay, ikki yashar urg‘ochi bo‘talog‘i bo‘lsa, zakotchi o‘sha ikki yashar 

bo‘talog‘ini olib, qaytimiga 20 dirham yoki ikki qo‘y berg‘aydir. Agar zakot 

berg‘uvchining bir yashar urg‘ochi bo‘talog‘i bo‘lmay, ikki yashar erkak bo‘talog‘i bo‘lsa, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

291


undan shu bo‘taloq zakotga qabul qilinib, hech qanday qaytim berilmag‘aydir (chunki 

urg‘ochi tuya tug‘ib, ko‘payadi)». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamni o‘rtaga qo‘yib ayturmenkim, ul kishi hayit namozini xutbadan oldin o‘qidilar, 

keyin ayollarga ovozim yetmadi, deb o‘ylab, ularga yaqinroq bordilar. Yonlarida Bilol 

ham ko‘ylagining etagini (iona tashlamoqlari uchun) tutib borar edi. Janob Rasululloh 

ayollarga va’z-nasihatlar aytib, ularni sadaqa bermoqqa da’vat qildilar. Ayyub raziyallohu 

anhu Saxtiyaning quloq va bo‘yniga ishora qildilar (ya’ni, sirg‘a va munchoqlarni sadaqa 

aylamoqni buyurdilar)». 

 

132-bob. Ikki kishiga tegishli molni (mulkni) bir-biriga qo‘shib qo‘yish hamda 

bir odamga tegishli molni (go‘yo ikki kishining molidek) bo‘lib qo‘yish 

yaramaydir 

 

Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam farz qilgan sadaqalar haqida bunday deb yozib yuborgan erkanlar: «Zakot 

olinishidan qo‘rqib ikki kishiga tegishli molni bir-biriga qo‘shib qo‘ymoq va bir kishiga 

tegishli molni ikkiga bo‘lib qo‘ymoq yaramaydir». 

 

133-bob. Agar ikki kishining moli aralashib ketgan bo‘lsa, ular o‘zaro kelishib 



zakot berishg‘aydir 

 

Tovus va Ato bunday deyishadir: «Agar ikki kishining moli aralashib ketgan bo‘lsa-yu, 



ular o‘z mollarini tanib ololsalar, unda ularning mollarini ikkiga ajratib o‘tirilmaydir». 

Sufyon bunday deydirlar: «Ikki kishining podasi aralashib ketgan bo‘lsa-yu, ulardan har 

birining qo‘yi qirqtadan bo‘lmasa, zakot vojib ermas».  

 

Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam farz qilgan zakotlar haqida bunday deb yozgan erkanlar: «Bir-biriga aralashib 

ketgan podalarning egalari o‘zaro kelishib zakot berg‘aydirlar ». 

 

134-bob. Tuya zakoti 

 

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a’robiy (badaviy) Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallamdan hijrat qilmoq to‘g‘risida so‘radi. Shunda Janob Rasululloh: 

«Sho‘ring qursin! Hijrat qilmoq qiyindir, sen zakot berib turmog‘ing uchun tuyalaring 

bormi?» - dedilar (u kishining hijrat qiladirgan siyog‘i yo‘qligi uchun birmuncha yengillik 

bermoqchi bo‘ldilar shekilli). Badaviy: «Ha»,- deb javob berdi. «Sen dengizlar ortida 

turib amali solihlarni ado etsang ham bo‘laverg‘aydir, Olloh taolo qilgan amallaringning 

bittasini ham qoldirmay dargohida qabul qilg‘usidir», - dedilar». 

 

135-bob. Zakotga bir yashar urg‘ochi bo‘taloq berishi lozim bo‘lgan odamning 

bunday bo‘talog‘i bo‘lmasa-chi? 

 

Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu 



alayhi va sallamga farz qilgan sadaqalar (zakotlar) haqida bunday deb yozgan erkanlar: 

«Zakotga besh yashar tuya bermog‘i lozim bo‘lgan odamning bunday tuyasi bo‘lmay, 

to‘rt yashar tuyasi bo‘lsa, shu tuyasi zakotga qabul qilinib, ustiga yana (nasib etsa) ikki 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

292


qo‘y yokim yigirma dirham oling‘aydir. Ammo, zakotga to‘rt yashar tuya bermog‘i lozim 

bo‘lgan odamning bunday tuyasi bo‘lmay, besh yashar tuyasi bo‘lsa, u holda shu tuyasi 

zakotga qabul qilinib, ikki qo‘y yokim yigirma dirham qaytim berilg‘aydir. Basharti, 

zakotga to‘rt yashar tuya berishi kerak bo‘lsa-yu, uning bunday tuyasi bo‘lmay, ikki 

yashar urg‘ochi bo‘talog‘i bo‘lsa, unda shu bo‘taloq zakotga qabul qilinib, ustiga ikki qo‘y 

yokim yigirma dirham qo‘shib oling‘aydir. Kimki ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq zakot 

qilmog‘i lozim bo‘lsa, o‘rniga to‘rt yashar tuyasini berib, zakotchidan ikki qo‘y yokim 

yigirma dirham qaytim olur. Kimki ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq zakot qilishi lozim bo‘lsa-

yu, unda bunday bo‘taloq bo‘lmasa, o‘rniga bir yashar urg‘ochi bo‘taloq birlan birga ikki 

qo‘y yokim yigirma dirham qo‘shib berg‘aydir». 

 

136-bob. Qo‘y hisobida to‘lanadirgan zakot 

 

Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuni Bahraynga jo‘natganlarida, 



ketlaridan ushbu maktubni yo‘llagan erdilar: «Bismillohir rahmonir rahiymi. Qo‘yida 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z ummatlariga, Olloh taolo ersa, o‘z Rasuliga farz 

deb buyurgan sadaqalarni (zakotlarni) bayon qildim. Qaysi bir musulmondan shariatga 

muvofiq zakot bermoqni so‘rashsa, bersin; kimdan shariatga xilof ravishda ortiqcha 

zakot so‘rashsa, bermasin. Yigirma to‘rt va undan kamroq tuyaning har beshtasiga bir 

qo‘y; yigirma beshdan to o‘ttiz beshtagacha tuya uchun bitta bir yashar urg‘ochi 

bo‘taloq; o‘ttiz oltidan to qirq beshtagacha bo‘lsa, bitta ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq; qirq 

oltidan to oltmishtagacha bo‘lsa, bitta to‘rt yashar urg‘ochi bo‘taloq; oltmish birdan to 

yetmish beshtagacha bo‘lsa, bitta besh yashar tuya; yetmish oltidan to to‘qsontagacha 

bo‘lsa, ikkita ikki yashar urg‘ochi tuya; agar to‘qson birdan to bir yuz yigirmatagacha 

bo‘lsa, ikkita to‘rt yashar urg‘ochi tuya berg‘aydir. Bir yuz yigirmatadan ham ko‘p bo‘lsa, 

har qirqtasiga bitta ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq va har elliktasiga bitta to‘rt yashar 

bo‘taloq bermog‘i lozim. Kimning to‘rttadan boshqa tuyasi bo‘lmasa, sadaqa vojib 

ermas, xohlasa berg‘aydir, xohlamasa yo‘q. Tuyasi beshtaga yetsa, bitta qo‘y berg‘aydir. 

Agar, podadagi qo‘ylar soni qirqtadan bir yuz yigirmatagacha bo‘lsa, bitta qo‘y; bir yuz 

yigirmatadan ikki yuztagacha bo‘lsa, ikkita qo‘y; ikki yuzdan to uch yuztagacha bo‘lsa, 

uchta qo‘y; uch yuzdan ham ko‘p bo‘lsa, har yuz qo‘yga bitta qo‘y berg‘aydir. Agar, 

podadagi qo‘ylar soni qirqtadan bitta kam bo‘lsa ham, sadaqa vojib ermas, egasi xohlasa 

berg‘aydir, xohlamasa yo‘q. Kumush pullarning har yigirma dirhamidan bir dirham 

berilg‘aydir, agar kishining mablag‘i bir yuz to‘qson dirham bo‘lsa, sadaqa vojib ermas». 

 

137-bob. Na qari, na nuqsonli (hayvon) va na taka, agar zakotchi istamasa

zakotga qabul qilinmaydir 

 

Olloh va uning Rasuli sallallohu alayhi va sallam farz qilgan sadaqa (zakot) haqida Abu 



Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga bunday deb vzib yuborgan erkanlar: «Na 

qari, na nuqsonli (hayvon) va na taka, agar sadaqa yig‘uvchi (zakotchi) istamasa, 

sadaqaga (zakotga) qabul qilinmag‘aydir». 

 

138-bob. Urg‘ochi bir yashar echkini sadaqaga (zakotga) qabul qilmoq 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu: «Agar 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga olib kelishayotgan echkilardan bittasini olib 

qolishsa ham, xudo haqqi, ular birlan jang qilg‘aymen», - deb aytganlar. Umar 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

293


raziyallohu anhu: «Olloh taolo Abu Bakr raziyallohu anhuning qalbiga qanchalar shijoat 

jo aylagan! Men uni yaxshi tushung‘aymen»,- deydilar». 

 

139-bob. Odamlarning eng yaxshi mollari sadaqaga (zakotga) olinmaydir 

 

Ibn Abbos raziyallofanu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Maoz 



raziyallohu anhuni Yamanga yuborayotib: «Sen ahli kitob bo‘lmish qavm oldiga 

ketayotirsan, shul boisdan eng avvalo ularni Olloh taologa ibodat qilmoqqa da’vat 

aylag‘il, Olloh taoloni tan olsalar (e’tirof etsalar), Olloh taolo bir kecha-kunduzda besh 

vaqt namoz o‘qimoqni farz qilganlig‘ini aytg‘il, namoz o‘qisalar, Olloh taolo ularning 

mollaridan zakot olib, kambag‘allarga qaytarib bermoqni farz qilg‘anlig‘ini aytg‘il, 

zakotga ham itoat etsalar, ulardan zakot olg‘il, ammo odamlarning eng yaxshi mollarini 

olmagil!» - deb aytdilar». 

 

140-bob. Beshtadan kam tuyadan sadaqa olinmaydir 

 

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 



deganlar»,— deydilar: «Besh vasaq (1 vasaq - 60 so’, 1 so’ - 2,400 g) dan kam 

xurmodan hamda besh uqqiyya (1 uqqiyya - 12 dirham) dan kam kumush (pullar) dan 

zakot olinmaydir, beshtadan kam tuyaga ham zakot lozim ermas». 

 

141-bob. Sigir hisobida to‘lanadirgan zakot 

 

Abu Humayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ma’rab turgan 



sigiri bo‘la turib, Olloh yo‘lida zakot to‘lamagan odamni qiyomatda ko‘rsatg‘aymen, ul 

sigir kabi ma’rab kelg‘aydir»,— deb aytganlar». 

 

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasulullohning huzurlariga 



kelganimda, ul zot: «Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Ollohga (yoki «Yakka-yu yagona 

Ollohga», dedilar shekilli) qasamyod etib ayturmenkim, kimki tuya, sigir yokim qo‘ylari 

bo‘la turib, zakot bermagan bo‘lsa, qiyomat kuni eng katta va eng semiz tuyasi, sigiri 

yokim qo‘yi kelib, uni tuyoqlari birlan tepkilag‘aydir, shoxlari birlan suzg‘aydir, keyin 

ketidan boshqalari ham kelib odamlar oldida, to to‘lanmagan zakotning haqqi 

olinguncha, shu ishni qilg‘aydir»,— dedilar». 

 

142-bob. Qarindoshlarga zakot bermoq haqida 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob 



tekkaydir — biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi — zakot bergani 

uchun»,— dedilar. 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Talha Madinadagi ansorlar ichida 



eng ko‘p xurmozor yerlarga ega bo‘lgan badavlat kishi erdi. U o‘z mulklaridan, ko‘proq, 

Bayruhoni yaxshi ko‘rar erdi. Bayruho masjidning qarshisida bo‘lib, Janob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam u yerga kirib, totli suvidan ichib turar erdilar. Olloh taoloning 

«O’zingiz suygan narsani ehson qilmaguningizcha xayr topmag‘aydirsiz!» degan oyati 

kariymasi nozil bo‘lganda Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

huzurlariga borib: «Yo Rasululloh, Olloh taolo: «Suyukli narsangizni sadaqa qilmay turib, 

yaxshilikka muyassar bo‘la olmag‘aydirsiz!» — der erkan, unda men o‘zimning eng 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

294


yaxshi ko‘rgan Bayruhomni Olloh taolo yo‘lida sadaqa qildim, bu mening Olloh taolo 

yo‘lida qilgan xayr-ehsonim bo‘lmog‘ini istaydirman. Siz uni Olloh taolo yo‘lida o‘zingiz 

bilganingizcha tasarruf qilaveringiz!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Men sening «Bu mulkim qandoq ajoyib, qandoq yaxshi!» deb maqtaganingni 

eshitgandirman, uni qarindoshlaringga bersang derman»,— dedilar. Abu Talha: «Xo‘b 

bo‘ladir, yo Rasululloh!» — dedi. Keyin, Abu Talha Bayruhoni o‘z qarindoshlariga 

taqsimlab berdi». 

 

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va 



sallam Qurbon yoki Ramazon hayitida namozgohga chiqdilar, so‘ng odamlarga o‘girilib 

va’z aytdilar, «Ey odamlar, sadaqa qilingiz»,- deb amr qildilar. Keyin, ayollar yonidan 

o‘tayotib: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilingiz! Men sizlarni ko‘proq do‘zaxga 

tushguvchilardan deb bilg‘ayman»,- dedilar. Ayollar: «Yo Rasulalloh, buning boisi 

nedir?» - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ko‘p qarg‘ab, erlaringizning yaxshiligini inkor 

qilg‘aydirsizlar. Buni aqlingizning pastligi va e’tiqodingizning sustligidan deb bilurmen. 

Sizlar aqli-hushi joyida bo‘lgan erni ham aqldan ozdirg‘aydirsizlar (ya’ni, to‘g‘rimi, 

noto‘g‘rimi, o‘z bilganingizni qildirg‘aydirsizlar)»,-dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh 

uylariga yo‘l oldilar, uylariga kelganlarida Abdulloh ibn Mar’udning xotinlari Zaynab kelib, 

kirmoqqa ijozat so‘radi. Janob Rasulullohga: «Zaynab keldi»,- deyishdi. Ul zot: «Qaysi 

Zaynab?» - dedilar. «Ibn Mas’udning xotini»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Ruxsat 

beringiz, kira qolsin!» - dedilar. Zaynab ichkariga kirib: «Yo Nabiyyalloh, bugun siz: 

«Sadaqa qilg‘il!» - deb buyurdingiz. Menda bir taqinchoq bor erdi, shuni sadaqa 

qilmoqchi erdim. Ammo, (erim) Ibn Mas’ud va o‘g‘li(m): «Boshqalardan ko‘ra, o‘zimiz 

sadaqa olmoqqa haqliroqdirmiz»-deyishmoqda»,-dedi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va 

sallamd: «Ibn Mas’ud to‘g‘ri aytibdir, ering va o‘g‘ling boshqalardan ko‘ra, sadaqa 

olmoqqa haqliroqdir», - deb aytdilar». 

 

143-bob. Musulmon odam (minib yurgan) oti uchun sadaqa bermaydir 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Musulmon odam oti va g‘ulomi borligi uchun sadaqa bermag‘aydir»,-deydilar». 

 

144-bob. Musulmon odam quli borligi uchun sadaqa bermaydir 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Musulmon odam quli va oti uchun sadaqa bermag‘aydir»,- deydilar». 

 

145-bob. Yetimlarga sadaqa qilmoqning vojibligi haqida 

 

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



bir kuni minbarga chiqib o‘tirdilar, biz ham tegralarida o‘tirdik. Janob Rasululloh bizga: 

«Men vafot etganimdan keyin bu dunyo sizlarga o‘zining go‘zalligi-yu, ziynatlarini 

namoyon qilmasa, deb qo‘rqg‘aymen»,- dedilar (ya’ni, «Sizlar ayshu ishratga berilib 

ketmasanglar, deb qo‘rqg‘aymen»,- dedilar). Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh, yaxshilik 

(ya’ni, dunyoning go‘zalligi-yu, ziynatlari) ham yomonlik keltirgaydirmi?» - deb so‘radi. 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam jim qoldilar. Odamlar boyagi kishini «Rasulullohga 

gapirmoqqa ne hadding bor, ul kishi senga so‘zlamadilar-ku!»- deb koyishdi. Janob 

Rasululloh jim qolganlarida biz vahiy kelyapti, deb o‘yladik. Bir ozdan keyin, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam yuzlaridagi terni artdilar-da, boyagi kishidan mamnun 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

295


bo‘lgandek chehralari ochilib: «Qani savol bergan kishi?» - dedilar, so‘ng unga qarab: 

«Yaxshilik yomonlik keltirmag‘aydir. Bahorda unadirgan o‘tlar ichida, okilat ul-xadro’dan 

bo‘lak, (hayvon) yesa o‘ldiradirgan yokim kasal qiladirgan o‘tlar bordir. Ularni yegan 

(hayvon) qorni shishib, ichi o‘tib, bavl qilib, oftobda cho‘zilib yotg‘aydir. Keyin, ko‘zi 

ochlik qilib, yana o‘sha o‘tdan yegaydir. Mol-dunyo ham o‘sha yashil o‘t-o‘langa 

o‘xshaydir. Mol-dunyosini miskin. yetim va musofirlarga sadaqa qilib, so‘ng u dunyoga 

rixlat aylaydirgan musulmon qandog‘ ham yaxshidir!». Nabiy sallallohu alayhi va sallam 

Yana bunday dedilar: «Birovning molini egri, nohaq yo‘l birlan oladirgan odam qancha 

yesa ham, to‘ymaydirgan mechkayga o‘xshaydir, o‘sha egri yo‘l birlan olingan mol 

qiyomat kuni uning qallobligiga guvoh bo‘lg‘aydir!» 

 

146-bob. Eriga va qaramog‘idagi yetimlarga zakot bermoq 

 

Amr ibn Harasga Zaynab raziyallohu anho bunday dvb rivoyat qilgan erkanlar: 



«Masjidda o‘tirgan erdim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Taqinchoqlaringizdan bo‘lsa 

ham sadaqa qilingiz!» - dedilar. [Zaynab (eri) Abdullohga va qaramog‘idagi yetimlarga 

sadaqa qilib turar erdi]. Men (erim) Abdullohga: «Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamdan so‘rag‘il-chi, men senga va mana bu yetimlarga sadaqa qilsam, joiz 

bo‘lg‘aymidir?» - dedim. (Erim) Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 

o‘zing so‘rag‘il»,- dedilar. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga ketdim, 

eshik oldida bir ansoriya ayolning turganini ko‘rdim, ul ham menga o‘xshash bir yumush 

birlan kelgan erkan. Shunda yonimdan Bilol o‘tib qoldi. Biz (men va haligi ayol) unga: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rab berg‘il-chi, erimiz va qaramog‘imizdagi 

yetimlarga zakot bersak, bo‘lurmikin? Faqat ul kishiga biz aytganimizni bildirmag‘il!»-

dedik. Bilol ichkariga kirib so‘radi. Janob Rasululloh: «Kimdir ul ikkalasi?»- deb 

so‘radilar. Bilol: «Zaynab»,- dedi . Janob Rasululloh: «Qaysi Zaynab?» - deb so‘radilar. 

Bilol: «Abdullohning xotini»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ha, unga ikki savob tekkaydir, 

biri - qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, iqkinchisi- zakot bergani uchun»,- dedilar». 

 

Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, men (erim) Abu Salamaning bolalariga 



sadaqa qilsam bo‘lg‘aymidir? Axir, ular o‘zimning bolalarim-ku!» -dedim. Janob 

Rasululloh: «Ularga sadaqa qilaverg‘il, senga sadaqa qilganing uchun savob tekkaydir»,- 

dedilar. 

 

147-bob. Olloh taoloning «Qullarga, qarzdorlarga va Olloh yo‘liga...» degan 



oyati kariymasi haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu o‘z molining zakotini qul ozod qilmoqqa va hajga borolmay 



yurganlarga sarf qilur erdi, deb eslashadir. 

 

Hasan Basriy: «Zakot to‘lab, otasini qullikdan sotib (qutqarib) olmog‘i, mujohidlar (jihod 



qilguvchilar) va hajga borolmay yurgan kishilarga zakot berib, yordam qilmog‘i 

mumkin»,- dedilar-da, «Darhaqiqat, sadaqalar faqirlar uchundir!» degan oyati karimani 

tilovat qildilar. Keyin: «Bulardan qaysi biriga bersang ham bo‘laverg‘aydir»,- deb 

qo‘ydilar. 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Xolid Olloh yo‘lida urush anjomlarini shay qilib 



turibdir»,- dedilar. Abu Los: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizni haj uchun sadaqaga 

berilgan tuyalarda olib bordilar» - deb aytgandi»,-deyishadir. 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

296


 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

sadaqa qilmoqni buyurdilar. Shunda ul kishiga: «Ibn Jamil, Xolid ibn Valid va Abbos ibn 

Abdulmutallib sadaqa bermoqdan bosh tortishmoqda»,- deyishdi. Nabiy sallallohu alayhi 

va sallam: «Ibn Jamil faqir bo‘lmaganda zakot bermoqdan bo‘yin tovlamas erdi, uni 

Olloh taolo va uning Rasuli ta’minlab turibdir. Ammo, Xolid masalasiga kelsak, unga jabr 

qilmakdasizlar, axir ul Olloh yo‘lida urush anjomlarini doimo shay tutib turibdi-ku! Lekin, 

Abbos ibn Abdulmutallib (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amakilari) bo‘lsa, bir 

ermas, ikki bor sadaqa bermog‘i lozimdir»,- dedilar». 

 

148-bob. Tilamchilarni poklikka da’vat qilmoq 

 

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir to‘da ansoriylar Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallamdan sadaqa so‘rashdi, ul kishi berdilar, so‘ng tag‘in so‘rashdi, 

tag‘in berdilar, hatto oldilaridagi narsalar tugadi. Shunda Janob Rasululloh: «Mening 

oldimda nimaiki yaxshi narsa bo‘lsa, sizlardan ayamasmen, kimki haromdan hazar qilsa, 

Olloh taolo ham uni haromdan asrag‘aydir, kimki boylik tilasa, Olloh taolo unga boylik 

ato qilgaydir, kimki sabr-toqat qilsa, Olloh taolo unga sabr-toqat berg‘aydir. Olloh taolo 

bandasiga in’om etadirgan ne’matlar ichida sabr-toqatdan ko‘ra afzalroq ne’mat 

bo‘lmasa kerak!» -dedilar». 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh" sallallohu alaihi va sallam: 

«Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Olloh taologa qasam ichib ayturmenkim, birovning oldiga 

borib (u hali sadaqa beradirmi, yo‘qmi?), tilamchilik qilganingizdan ko‘ra, o‘tin terib, 

arqon birlan orqalab, tirikchilik qilganingiz ma’quldir!» - dedilar». 

 

Zubayr ibn Avvom aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘lingizga arqon olib, 



bir bog‘ o‘tin teryb, so‘ng uni yelkangizga orqalab, olib borib sotsangiz-u, Olloh taolo bu 

birlan sizni (tilamchilik) xijolatidan qutqarib qolsa, siz uchun bu - so‘rasangiz yo 

beradirgan, yo bermaydirgan kishining oldiga borib sadaqa tilaganingizdan ko‘ra, 

afzaldir!» - deganlar». 

 

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 



sadaqa so‘radim, berdilar, so‘ng yana so‘radim, yana berdilar, tag‘in so‘radim, tag‘in 

berdilar. Keyin menga: «Ey Hakim, bu mol-dunyo degan narsa hayvonning ko‘ziga 

yaxshi ko‘rinadirgan ko‘m-ko‘k, shirin o‘t-o‘lan singari odamning ko‘zini o‘ynatg‘aydir, 

kimki undan ochko‘zlik qilmay ehtiyojiga yarasha olsa, Olloh taolo unga baraka ato 

etg‘aydir, kimki nafsi g‘oliblik qilib, besh qo‘lini og‘ziga tiqsa, uning biri ikki 

bo‘lmag‘aydir, undoq odam qancha yesa ham hech to‘ymaydirgan mechkayga 

o‘xshaydir, ko‘tarilgan qo‘l (mehnatga bo‘yin yor bergan qo‘l) tushirilgan qo‘ldan 

(sadaqaga uzatilgan qo‘ldan) afzaldir!» - dedilar. Shunda mrn: «Yo Rasululloh, sizni 

haqlig‘ uzra payg‘ambar qilib yuborgan ul zoti oliy nomiga qasam ichib ayturmenkim, siz 

o‘tganingizdan keyin ham to u dunyoga rihlat qilgunimcha, birovdan bir narsa 

olmag‘aydirman!» - dedim ». 

 

Abu Bakr raziyallohu anhu Hakimni chaqirib, hadya bersalar, u olmas erdi. Bir kuni Umar 



raziyallohu anhu ham uni chaqirib, nimadir bermoqchi bo‘lgan erdilar, olmadi. Shunda 

Hazrat Umar: «Ey musulmonlar jamoasi, sizlar guvoh bo‘lingiz, men Hakimga: «Mana bu 

o‘ljadan o‘z ulushingni olg‘il!»-desam, olmayotir»,- dedilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling