Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax o‘tidan


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


107-bob. Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax o‘tidan 

asrangiz! Ozgina sadaqa ham sadaqadir! 

 

Bu xususda Olloh taolo quyidagi oyatni nozil qilgan: «Mol-dunyosini Olloh taoloni rizo 



qilmoq yo‘lida va unga nisbatan bo‘lgan o‘z sadoqatini isbot etmoq uchun sarf 

qilg‘uvchilar...» («har bir mevalardan» degan so‘zigacha)». 

 

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sadaqa oyati» nozil bo‘lgach, biz 



hammollik qilib, topgan pulimizdan sadaqa qilur edik. Bir kuni bir kishi kelib, ko‘p narsa 

sadaqa qildi. Shunda munofiqlar: «O’zini ko‘rsatmoq uchun shundoq qilayotir»,- 

deyishdi. Keyin, boshqa bir kishi kelib, bir so’ (taxminan 2,5 kg) xurmo sadaqa qildi. 

Munofiqlar uni ham ig‘vo qilib: «Uning bir so’ sadaqasiga Olloh taolo muhtoj ermas»,- 

deyishdi. Shunda: «Ko‘ngildan chiqarib sadaqa qilg‘uvchi mo‘‘minlar ustidan kulguvchilar 

va peshona teri birlan ishlab topg‘uvchilar...» degan oyat nozil bo‘ldi». 

 

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



bizga sadaqa qilmoqni buyursalar, ba’zi birimiz bozorga borib hammollik qilur erdik, 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

284


keyin shundan tushgan pulga bir mud (600 misqol) ovqat yoki xurmo sotib olib, birovga 

sadaqa qilur erdik. Hozir ersa, ayrimlarimizda 100 ming dirhamgacha pul bordir». 

 

Abdulloh ibn Ma’qil rivoyat qiladirlar: «Adiy ibn Hotim raziyallohu anhuning «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam: «Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax 

o‘tidan saqlangiz!»-deb aytganlar» deganini eshitganman».  

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Bir ayol ikki qizchasini yetaklab sadaqa so‘rab 



kirdi. Menda bir dona xurmodan bo‘lak hech narsa bo‘lmagani uchun o‘sha xurmoni 

berdim. Uni ikki qizalog‘iga bo‘lib berdi, o‘zi yemadi, keyin o‘rnidan turib chiqib ketdy. 

O’sha kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam mening hujramga kirdilar, men bo‘lgan 

voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar qizchalardan 

birortasi biror dardga chalinib, vafot etsa, oxiratda onasini do‘zax o‘tidan parda bo‘lib 

to‘sib turg‘aydir»,-dedilar». 

 

108-bob. Qanday sadaqa afzal ekanligi va sog‘lom, xasis odamning sadaqasi 

haqida 

 

Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo‘‘min bandalar, o‘lmasingizdan burun biz sizlarga ato 



etgan rizqdan boshqalarga ham ulashingiz!» va «Ey iymon keltirgan bandalar, savdo-

sotiq qilinmaydirgan kun kelmasidan burun biz sizlarga ato etgan rizqdan boshqalarga 

ham ulashingiz!» 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 



bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, qanday sadaqaning savobi ulug‘roqdir?» - deb aytdi. 

Janob Rasululloh: «Sen o‘zing sog‘lom va xasis ersang-u, kambag‘al bo‘lib qolmoqdan 

qo‘rqib hamda boy bo‘lmoqni orzu qilib sadaqa qilsang, ana shu sadaqangning savobi 

ulug‘roqdir! Joning halqumingga kelmasidan burun sadaqa qilib qolg‘il! Keyin, 

«falonchiga buncha, pistonchiga muncha bermog‘im kerak erdi»,- dersan, biroq, barcha 

mol-dunyong merosxo‘rga qolib ketg‘usidir»,-dedilar». 

 

109-bob. 

 

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan 



xotinlaridan ayrimlari: «Qay birimiz sizga tezroq yetishg‘aydirmiz?» - deb so‘rashdi. 

Janob Rasululloh: «Qay biringizning qo‘lingiz uzunroq bo‘lsa»,- dedilar. Shunda o‘zlari 

ekadirgan shakarqamish poyasidan keltirishib, bir-birlarining qo‘llarini o‘lchashdi, 

Savdaning qo‘li boshqa xotinlarining qo‘lidan uzunroq bo‘lib chiqdi. Keyin, bilsak, Janob 

Rasululloh «Eng qo‘li uzun»,- deganlarida, eng ko‘p sadaqa qilg‘uvchi ayolni nazarda 

tutgan erkanlar. Haqiqatan ham, Savda Rasulullohga tyozroq yetishdi, o‘zi ham bizdan 

ko‘ra, ko‘proq sadaqaqilar erdi-da!» 

 

110-bob. Oshkora sadaqa 

 

Olloh taolo bu xususda quyidagi oyatni nozil qilgan: «O’z mol-dunyolarini kechayu-



kunduz xufiya va oshkora sadaqa qilayotganlar...» («Ular g‘am chekmag‘aydirlar» gacha 

o‘qingiz). 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

285


111-bob. Xufiya sadaqa 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan eshitganlarini rivoyat 



qiladirlar: «Shundoq odamlar bordirkim, sadaqa qilganlarini birovga bildirmag‘aydirlar, 

hatto o‘ng qo‘llari qilgan ishni chap qo‘llari bilmay qolur. Olloh taolo: «Agar oshkora 

sadaqa aylasangiz, sizga shul sadaqangizchalik savob tekkaydir, agar faqirlarga xufiya 

sadaqa aylasangiz, ko‘proq savob olg‘aydirsiz»,- deydir». 

 

112-bob. Badavlat odamga bilmay sadaqa bersa... 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb 



aytgandilar»,- deydilar: «Bir kishi sadaqa berg‘ayman, deb ahd qilib chiqib, sadaqasini 

(bilmay) bir o‘g‘rining qo‘liga tutqazib yubordi. Shunda odamlar o‘g‘riga sadaqa berdi, 

deb malomat qildilar. Boyagi kishi: «Ey parvardigor-o, sadaqa bermog‘im uchun o‘g‘rini 

bo‘lsa ham menga ro‘para qilganingga shukr!» - dedi. Keyin, yana sadaqa olib chiqib, bir 

buzuq ayolning qo‘liga berdi. Odamlar yana malomat qilib: «Bu kecha buzuq ayolga 

sadaqa berdi»,- deyishdi. Boyagi kishi: «Ey parvardigor-o, sadaqa bermog‘im uchun 

menga buzuq ayolni bo‘lsa ham ro‘para qilganingga shukr!» - dedi. So‘ng, yana sadaqa 

olib chiqdi-da, bir boyning qo‘liga berib yubordi. Odamlar: «Boyga sadaqa qildi»,- deb 

uni yana gap qildilar. Shunda u: «Ey parvardigor-o, o‘g‘rigami, buzuq ayolgami, 

boygami, sadaqa qilmog‘imni menga nasib etganing uchun senga shukr!» - deb aytdi. 

Keyin, tushida unga: «O’g‘ri, bergan sadaqang tufayli, shoyad, o‘g‘rilikdan qaytsa, 

buzuq ayol shoyad to‘g‘ri yo‘lga kirsa, boy ersa, shoyad Olloh taolo bergan boyligidan 

sadaqa qilmoqni o‘rgansa!» - deb aytildi». 

 

113-bob. Bolasiga bilmay sadaqa bersa... 

 

Ma’n ibn Yazid raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men, otam va bobom 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qildik. Ul zot shaxsan o‘zlari sovchilik 

qilib, meni uylantirib quydilar. Bir kuni otam bir necha dinorni (birov kelib olar, deb) 

masjidda o‘tirgan bir kishining oldiga qo‘ygan erdilar. Men borib o‘sha pullarni olib, 

otamning oldilariga keldim. Shunda otam: «Buni senga sadaqa qilmoqchi emasdim»,- 

dedilar. Men voqeani Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib berdim, Ul zoti oliy: 

«Ey Yazid, ne niyatda sadaqa qilmoqchi bo‘lgan ersang, o‘shal niyating o‘zingga (yor 

bo‘lsin), ey Ma’n, sen ne olgan ersang, o‘shal senikidir!» - dedilar». 

 

114-bob. O’ng qo‘li birlan sadaqa bermoq haqida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



bunday dedilar: «Olloh taolo o‘zining soyasidan boshqa soya bo‘lmaydirgan kuni (ya’ni 

qiyomat kuni) yetti kishini - odil imomni (yoki har qanday rahbarni), Olloh taologa 

ibodat qilib ulg‘aygan yigitni, masjidlardan ko‘ngil uzolmaydirgan kishini, Ollohni deb 

birov birlan do‘stlashgan hamda Ollohni deb undan uzoq lashgan (kechgan) kishini, 

go‘zal bir mansabdor ayol yaqinlik qilmoqni taklif qilganda, «Men Olloh taolodan 

qo‘rqgayman» deb taklifini rad etgan kishini, o‘ng qo‘li bergan sadaqani chap qo‘li 

bilmaydirgan qilib pinhona hayr-ehson aylagan kishini va xilvatda o‘tirib, Olloh taoloning 

zikrida duv-duv ko‘z yoshi to‘kkan kishini o‘z soyasiga olgaydir». \orisa ibn Vahb al-

Xuzo’iy: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini 

eshitgandim»,— deydilar: «Sadaqa qilib qolingiz, chunkim shundoq davrlar 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

286


kelg‘aydirkim, odamlar kimga sadaqa bermoqni bilmay, sarson bo‘lur. Kimga sadaqa 

uzatilsa, o‘shal: «Kecha olib kelganingizda olar erdim, lekin bugun sadaqaga ehtiyojim 

yo‘qdir»,- deydir». .` 

 

115-bob. Xizmatchisi orqali sadaqa bergan kishi haqida 

 

Abu Muso: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham sadaqa berguvchilardandirlar»,- 



deydilar. 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar 



ayol yaxshi niyat birlan o‘z uyidagi yeguliklardan sadaqa qilsa, o‘shal bergan narsasiga 

yarasha unga savobi bo‘lg‘aydir, ishlab topib kelgan eriga ham savobi tekkaydir, 

shuningdek xazinachisiga ham savobi bordir. Ularning barchasi baravar savob 

olishg‘aydir, biriniki biridan kam bo‘lmag‘aydir»,- deganlar. 

 

116-bob. O’zi muhtoj bo‘la turib qilingan sadaqa sadaqa ermas! 

 

O’zi yoki oilasi muhtoj bo‘lgan yohud birovdan qarzi bo‘lgan kishi sadaqa bergandan 



ko‘ra va qul ozod qilgandan ko‘ra, avval qarzini uzmog‘i lozim, chunki uning xayru 

ehsoni baribir qabul bo‘lmag‘aydir. Birovlarning molini sarf qilmoqqa uning haqqi yo‘qdir! 

 

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday deganlar: «Kim 



birovning molini sovurmoq niyatida olsa, Olloh taolo ul bandani halokatga mahkum 

etg‘aydir, Ammo, sabr-toqatliligi birlan tanilgan va muhtoj kishi, birovdan qarzi bo‘lsa 

ham, sadaqa qilmog‘i mumkindir». Chunonchi, Abu Bakr. raziyalloxu anhu ham shunday 

qilgan erdilar, Madina ansorlari ham muhojirlarni shu tariqa kutib olishgandi. Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam o‘z boyligini bekorga sarf qilmoqni man’ qilganlar, demak 

odam birovning molini ham sovurmoqqa haqqi yo‘qdir. Ka’b raziyallohu anhu: «Yo 

Rasululloh, men qat’iy tavba qilganim tufayli barcha boyligimni Olloh va uning Rasuli 

yo‘lida sarf qilmoqchiman»,- deganlarida, Janob Rasululloh: «Molingdan bir qismini 

o‘zingga ham qoldirganing yaxshidir»,- debdilar. Shunda Ka’b: «Haybardagi mulkimni 

o‘zimga qoldirg‘ayman»,- deb aytibdilar. 

 

Sa’id ibn Musayyab Abu Hurayra raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va 



sallamning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «O’zidan orttirib qilingan sadaqa eng 

yaxshi sadaqadir, shuning uchun sadaqa bermoqni eng avvalo oilangdan boshlag‘il!» 

(ya’ni, eng avvalo oilangni ta’minlag‘il). 

 

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb 



aytganlar»,— deydilar: «Ko‘tarilgan qo‘l, tushirilgan qo‘ldan yaxshiroqdir (ko‘tarilgan qo‘l 

- ishlab boqguvchi qo‘l, tushirilgan qo‘l - tilamchi qo‘ldir)! Eng avvalo oilangga sadaqa 

berg‘il (oilangni boqg‘il)! O’zidan orttirib qilingan sadaqa - eng yaxshi sadaqadir! Kimki 

tavba qilg‘aydir, Olloh taolo uni kechirg‘aydir, kimki boylik tilag‘aydir, Olloh taolo unga 

boylik ato etg‘aydir!» 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



minbarda turib sadaqa va poklik to‘g‘risida eslatib o‘tdilar, so‘ng: «Ko‘tarilgan qo‘l 

tushirilgan qo‘ldan afzaldir, ya’ni ko‘tarilgan qo‘l ishlab boqguvchi, tushirilgan qo‘l ersa, 

tilamchi qo‘ldir!» - dedilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

287


 

117-bob. Bergan sodaqasini minnat qilguvchilar to‘g‘risida 

 

Olloh taolo bu xususda quyidagi oyati karimani nozil qilgan: «O’z boyliklarini Olloh 



yo‘lida sadaqa aylab, keyin ketidan minnat qilmaydirgan va ozor bermaydirgan 

bandalar...» 

 

118-bob. O’z vaqtidan kechiktirmay sadaqa qilmoqqa oshiqqan kishi xususida 

 

Uqba ibn al-Haras raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



bizga imomlik qilyb namozi asr o‘qidilar. Keyin, shoshilib uylariga kirib ketib, bir oz 

o‘tmay qaytib chiqdilar. Men yoki oramizdan kimdir buning boisini so‘radik. Janob 

Rasululloh: «Sadaqa qilg‘ayman, deb uyda bir oz tilla olib qo‘ygan erdim, tuni birlan 

uning uyda qolmog‘ini istamadim, shuni hozir odamlarga ulashib keldim»,- dedilar». 

 

119-bob. Sadaqa berishga undash va shafqat (yordam) qilib sadaqa qilmoq 

haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni Janob Nabiy sallallohu alayhi 



va sallam masjidga chiqib, ikki rak’at namoz o‘qidilar, ilgari ham, keyin ham bunday 

namoz o‘qimagan erdilar. So‘ng, ayollarga o‘girilib, va’z aytdilar (yonlarida Bilol ham 

turgan erdi), ularni sadaqa bermoqqa undadilar. Shunda ayollar bilaguzuk va 

taqinchoqlarini (Bilolning etagiga) tashlay boshlashdi». 

 

Abu Burda ibn Abu Muso otalari Abu Muso raziyallohu anhudan quyidagi hadisni eshitgan 



erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga biror kishi sadaqa 

yokim boshqa narsa so‘rab kelsa, «Yordam (shafqat) qilingizlar, savob topg‘aydirsizlar!» 

- der erdilar. Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamning tillaridan o‘zi 

istagancha ayttirib, sadaqa qildirar erdi». 

 

Asmo raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga: «Saxovat yo‘lini 



berkitmag‘il, Olloh taolo ham sening uchun saxovat yo‘lini berkitmag‘aydir» deb 

aytganlar» ,— deydilar. 

 

Usmon ibn Abu Shayba: «Kimga ne berganingni sanamag‘il, Olloh taolo ham senga 



sanab rizq berg‘aydir»,- deydilar. 

 

120-bob. Qurbi yetgancha sadaqa qilmoq haqida 

 

Abbod ibn Abdulloh ibn Zubayr rivoyat qiladirlar: «Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho 



Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borganlarida, ul zot «Mumsiklik 

qilmag‘il, Olloh taolo rizqyngni qirqg‘aydir, qurbing yetganicha sadaqa qilib turg‘il!» - 

degan erkanlar». 

 

121-bob. Sadaqa gunohlarni yuvgaydir! 

 

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu: «Qay biringiz 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning fitna haqida aytgan hadislaridan birortasini 

bilursiz?» - deb so‘radilar. Shunda men: «Janob Rasululloh qandoq aytgan bo‘lsalar, 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

288


shundoqligicha eslab qolganman»,- dedim. Hazrat Umar: «Sen ul kishi birlan bemalol 

so‘zlasha olar erding, qani aytg‘il-chi, ne deganlar?» - dedilar. Shunda men: «Barcha 

fitna kishining o‘z xotini, bolalari va qo‘shnisidan chiqg‘aydir, uni sadaqa bermoq, namoz 

o‘qimoq va amri ma’ruf (lxshilig‘) qilmoq birlan daf etg‘aydirlar» deb aytganlar»,- dedim. 

 

Huzayfa hadis aytganda, «Fitna - namoz o‘qimoq, Sadaqa bermoq va-l-amr bi-l-ma’ruf 



(ya’ni, Islom shariatida mashhur bo‘lgan amali solihlarni bajarmoqni buyurmoq) birlan 

daf qiling‘aydir» deb ham aytardi»,- deydilar muhaddislardan biri Sulaymon raziyallohu 

anhu. 

 

Hazrat Umar: «Men buni nazarda tutganim yo‘qdir, men dengiz to‘lqinlari yanglig‘ mavj 



uradirgan fitna haqida so‘ramoqchi erdim»,- dedilar. Men: «Ey Amir al-mo‘‘minin, unday 

fitnadan siz xavotir olmasangiz ham bo‘lur, siz birlan uning orasidagi eshik yopiqdir»,- 

dedim. Hazrat Umar: «O’sha eshik sindirilg‘aymidir yokim o‘zi ochilg‘aymidir?»-deb 

so‘radilar. Men: «Balki, sindirilg‘aydir»,- dedim. Hazra't Umar: «Agar sindirilsa, 

abadulabad qaytib yopilmas»,-dedilar. Men: «Ha»,- dedim». Abu Voil bunday deydilar: 

«Biz Huzayfadan o‘shal eshik haqida so‘rashga botina olmay, Masruqqa: «Siz so‘rangiz!» 

- deb aytdik. Masruq so‘ragan erdilar, Huzayfa: «O’shal eshik Umar raziyallohu 

anhuning' o‘zlaridirlar»,- deb javob qildilar. Shunda biz Huzayfaga: «Hazrat Umar kimni 

nazarda tutganingizni bildilarmi?»- dedik. Huzayfa: «Ha, ertangi kun kelmog‘idan oldin 

tun bo‘lmog‘ini bilganlaridek yaxshi bilg‘aydirlar. Men ul kishiga bir hadis aytib 

berganman, shu boisdan men kimni nazarda tutganimni bilmoqlari shubhasiz»,- 

dedilar». 

 

122-bob. Mushrikligida sadaqa qilib, keyin musulmon bo‘lgan kishi xususida 

 

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Janob Rasulullohdan: «Yo 



Rasululloh, men johiliya davrida (islomdan avvalgi davrda) sadaqa aylab, qullarga 

ozodlik berib, qarindosh-urug‘larimga oqibat qilib yurg‘ay erdim, buning menga savobi 

bormidir?» - deb so‘radim. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ilgari qilgan 

yaxshiliklaring ustiga yana musulmon ham bo‘lding!» - deb javob qildilar». 

 

123-bob. Halol xo‘jayinning buyrug‘iga binoan sadaqa bergan xizmatchiga 

tegadirgan savob haqida 

 

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Agar ayol yaxshi niyat birlan eri ishlab topib kelgan yeguliklardan sadaqa qilsa, o‘ziga 

ham, ishlab topib kelgan eriga ham savob tekkaydir, shuningdek, xazinachisi ham 

savobsiz qolmag‘aydir»,- deb aytganlar». 

 

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday 



deganlar: Buyurilgan narsani to‘la-to‘kis bajaradirgan («beradigan», deb aytgan 

bo‘lishlari ham mumkin) ishonchli musulmon xazinachi «Sadaqa berib yuborg‘il!» 

deyilganda mamnuniyat birlan sadaqa berib yuborg‘aydir. Shu boisdan u ham sadaqa 

qilg‘uvchilardan biridir!» 

 

124-bob. Tilamchiga erining uyidan ezgu niyatda sadaqa olib chiqib bergan 

yoki uning qornini to‘yg‘izgan ayolga tegadirgan sabob haqida 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

289


Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 

bunday deb aytganlar: «Agar ayol yaxshi niyatda erining uyidan sadaqa olib chiqib 

bersa...» (yuqoridagi rivoyat takrorlangan). 

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 

«Agar ayol yaxshi niyatda erining uyidagi yeguliklardan olib chiqib, tilamchining qornini 

to‘yg‘izsa, o‘ziga ham, eriga ham, shuningdek, xazinachiga ham savob tekkaydir. Eriga 

ishlab topib kelgani uchun, unga (ayolga) ersa, sadaqa bergani uchun savob 

tekkaydir»,- deganlar». 

 

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Agar ayol ezgu niyatda erining uyidagi yeguliklardan tilamchiga sadaqa qilsa, unga 

ham, eriga ham, shuningdek xazinachiga ham savob tekkaydir. Eriga ishlab topib 

kelgani uchun, unga (ayolga) sadaqa bergani uchun savob tekkaydir»,-deganlar». 

 

125-bob. 

 

Olloh taolo bunday deydir: «Ammo, kimki (sadaqalar) berg‘aydir, (Ollohdan) taqvo 



qilg‘aydir (qo‘rqg‘aydir) va qilgan yaxshilig‘iga (Olloh) yaxshilig‘ qaytarmog‘iga 

ishong‘aydir, biz unga farovonlikni muyassar etg‘aydirmiz, lekin kimki xasislik qilib, 

boyib ketgan ersa va (Ollohdan) yaxshilikka yaxshilig‘ qaytmog‘ini yolg‘on desa, biz 

unga qashshoqliqni muyassar aylag‘aydirmiz!» 

 

Ey, parvardigor, xayr-ehson qilg‘uvchi bandangning boyligini yanada ziyoda qilg‘aysen! 



 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Banda har doim ertalab uyg‘onganida, ikki farishta osmondan tushib, ulardan biri: «Yo 

parvardigor, xayr-ehson qilg‘uvchi bandangning mol-dunyosini yanada ziyoda 

qilg‘aysen!»-deydir, ikkinchisi ersa, «Yo parvardigor, mumsik (xasis) bandangning mol-

dunyosiga qiron keltirg‘aysen!» deydir»,- deganlar». 

 

126-bob. Sadaqa berguvchi va baxil haqidagi misollar 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 



deganlar»,- deb rivoyat qiladirlar: «Baxil va sadaqa qilg‘uvchi bo‘g‘zidan ko‘kragigacha 

temir jubba kiyib olgan ikki kishiga o‘xshag‘aydir. Saxovatli kishi sadaqa bermog‘i 

birlanoq jubbasi kengayib, hatto yuz-qo‘lidagi temir izlari yo‘qolg‘aydir. Ammo, baxil 

odam sadaqa qilmoqchi bo‘lishi birlanoq jubbasining har bir halqasi badanini tobora siqa 

boshlag‘aydir, baxil har qancha chiranmasin, jubba kengaymag‘aydir» (mantiq: saxiy 

odam sadaqani hech qiynalmay, chin yurakdan berg‘aydir, ammo xasis odam o‘zini 

zo‘rlab, ming azobda berg‘aydir). 

 

127-bob. Kasb-hunar va tijoratdan keladirgan mablag‘dan qylinadirgan sadaqa 



haqida 

 

Olloh taolo bunday deydir: «Ey iymrn keltirgan bandalar, peshona teri birlan topgan 



mablag‘laringizdan va biz sizlarga yerdan undirib berayotgan ne’matlardan sadaqa aylab 

turingiz!..» (oyatning «g‘aniyyun hamidun» degan joyigacha o‘qingiz). 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

290


128-bob. Har bir musulmon sadaqa qilmog‘i lozim, agar sadaqa aylamoqqa 

hech narsasi bo‘lmasa, yaxshilik qilsin! 

 

Sa’id ibn Abu Burda otalaridan, otalari esa, o‘z otalaridan quyidagi hadisni eshitgan 



erkanlar: «Janob Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmon sadaqa qilmog‘i 

lozim»,- dedilar. Sahobalar: «Yo Nabiyyalloh, agar hech narsasi bo‘lmasa-chi?»-

deyishdi. Janob Rasululloh: «Qo‘li birlan mehnat qilib, o‘zi ham manfaatlang‘aydir, 

birovga ham sadaqa berg‘aydir»,- dedilar. Sahobalar: «Agar bunga qurbi yetmasa-chi?» 

- deyishdi. Janob Rasululloh: «Ojizu jabrdiydalarga yordam berg‘aydir»,- dedilar. 

Sahobalar: «Bu ham qo‘lidan kelmasa-chi?- deyishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshilik 

qilmoq yo‘liga o‘tib, yomonlikdan qaytsin, ana shuning o‘zi uning sadaqa qilganidir!»-

dedilar». 

 

129-bob. Qancha miqdorda zakot va sadaqa berish mumkinligi to‘g‘risida va 

butun bir qo‘yni ehson qilgan shaxs xususida 

 

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nusayba degan bir ansoriya ayolga 



qo‘y yubordim. Ul ersa, shu qo‘yning go‘shtidan Oisha raziyallohu anhoga yubordi». 

 

Oisha anamiz bunday deydirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biror 



yegulik narsa bormi?» -deb so‘radilar. «Nusayba yuborgan qo‘y go‘shtidan boshqa hech 

vaqo yo‘qdir»,- dedim. «Keltirg‘il, sadaqa o‘z o‘rnini topibdir!» - dedilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling