Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Dushanba kungi o‘lim haqida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


93-bob. Dushanba kungi o‘lim haqida 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhuning huzurlariga 



kirganimda ul kishi mendan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni necha qavat qilib 

kafanladingizlar?»-deb so‘radilar. Men: «Uch qavat oq suhuliyya birlan kafanladik, kafan 

ostida na salla va na ko‘ylak bor erdi»,-dedim. «Janob Rasululloh qaysi kuni vafot etgan 

erdilar?»-deb so‘radilar. «Dushanba kuni»,- dedim. «Bugun qaysi kundir?»- dedilar. 

«Dushanba kunidir»,-dedim. «Shu soniyadan to tungacha vafot etsam, degan 

umiddadirmen!»-dedilar. So‘ng, egnilaridagi betob bo‘lib yotgan kezlarida kiydirilgan 

kiyimlariga qarab qo‘ydilar. Unda za’faronning dog‘i bor erdi. «Mana shul kiyimimni 

yuvib, unga tag‘in ikki en kafanlik qo‘shib, kafanlangizlar!»-dedilar. «Bul eski-ku!» - 

degan erdim, «O’likdan ko‘ra, tirik yangi kiyim kiymakka haqliroqdir! Kafan badandan 

oqadigan har xil narsalar uchun kerakdir»,- dedilar. Abu Bakr seshanba kechasygacha 

vafot etmadilar. Dafn qilinganlarida hali tong otmagan erdi». 

 

94-bob. Bexos o‘lim 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamdan: «Onamning joni birdaniga chiqib ketdi, so‘zlashga ulgurganlarida erdi, 

sadaqa qilmakka buyurar erdilar. Agar men onamning nomlaridan sadaqa qilsam, ul 

kishiga savobi tekkaymidir?» - deb so‘radi. «Ha»,-dedilar Janob Rasululloh». 

 

95-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar raziyallohu 



anhumo qabrlari haqidagi rivoyatlar 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



og‘ir betob bo‘lib qolsalar, «Bugun qay yerdadirmen-u, ertaga qay yerda bo‘lg‘aymen?» 

deb mening huzurimda bo‘ladirgan kunlarini orziqib kutar erdilar. Buni qarangkim, Janob 

Rasululloh xuddi mening navbatim kelgan kuni quchog‘imda Olloh taologa jon taslim 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

277


qildilar va mening xonamga dafn etildilar!». 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘nggi 



bor betob bo‘lib yotganlarida (shu kasallikdan so‘ng vafot etganlar); «Olloh taolo 

yahudiy va nasorolarni la’natladi, chunkim ular sobiq payg‘ambarlarning qabrlarini 

masjid qilib oldilar»,- degan erdilar. Ana shu xavf (masjid qilib olmoq xavfi) 

bo‘lmaganida, Janob Rasulullohning qabrlari ochiq qoldirilar erdi». 

 

Sufyon at-Tammor: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari do‘ppayib 



turganini ko‘rgandirmen»,- degan erkanlar. 

 

Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Valid ibn Abd ul-Malik 



zamonasida Hujrayi Sa’odatning (Rasululloh dafn etilgan hujraning) devori yiqilganida, 

uni qayta tiklamoqqa kirishdilar. Shunda (devor kesaklari orasidan) oyoq ko‘rinib qoldi. 

Odamlar dahshatga tushib, uni Nabiy sallallohu alayhi va sallamming oyoqlari, deb 

gumon qildilar. Bul kimning oyog‘i erkanligini biladirgan hech kim yo‘q erdi. Shunda 

otam  

Urva: «Xudo haqqi, bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari ermas, balki 



Umar raziyallohu anhuning oyoqlaridir»,- degan erkanlar». 

 

Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz Abdulloh ibn 



az-Zubayrga: «Meni |glarning yoniga dafn etmag‘il, Baqi’dagi dugonalarim 

(Rasulullohning boshqa ayollari) yoniga dafn etg‘il, men u joyga mutlaqo loyiq 

ermasdirman!»-deb vasiyat qilgan erkanlar» (ularning yoniga deganda Rasululloh, Abu 

Bakr, Umar nazarda tutilgan). 

 

Amr ibn Maymun raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob raziyallohu 



anhuni ko‘rdim. «Ey Abdulloh ibn Umar, mo‘‘minlarning onasi Oisha raziyallohu anhoga 

borib, mendan salom aytg‘il, so‘ng mening ikki do‘stimning yoniga dafn etilmog‘imga 

ijozat so‘ragil!» - dedilar. Oisha onamiz: «Ilgari men o‘zim o‘shal yerga dafn 

qilinmog‘imni istar erdim, endi bo‘lsa, buni o‘zimga ep ko‘rmayotirman»,- dedilar. 

Abdulloh qaytib kelib, Hazrat Umarga uchrashganlarida, ul kishi: «Nechuk xabar 

keltirding?» :—deb so‘radilar. Abdulloh: «Ey Amir al-mo‘‘minin, sizga ruxsat berdilar»,- 

deb aytdilar. Shunda Hazrat Umar: «Mening uchun o‘shal joydan tabarrukroq joy 

bo‘lmagandir, agar o‘lsam, meni o‘shal yerga eltib, salom aytingiz! Keyin sen: «Umar 

ibn Xattob ruxsat so‘rayotir», - degil. Agar ruxsat bersalar, meni o‘shal yerga dafn 

qilingizlar, ruxsat bermasalar, unda meni musulmonlar mozoriga olib borib, dafn 

qilaveringiz! 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rizo bo‘lgan o‘shal vafot etib*ketgan kishilardan 



ko‘ra, xalifalikka loyiqroq boshqa birorta odamni bilmasmen. Mendan keyin kimni xalifa 

qilsangizlar, unga itoat etib, quloq solingizlar!»-dedilar. So‘ng, Usmon, Ali, Talha, 

Zubayr, Abdurrahmon ibn Avf va Sa’d ibn Abu Vaqqosning ismlarini tilga oldilar. 

 

Shu payt, bir ansoriy yigit kirib kelib: «Ey Amir al-mo‘‘minin, Olloh taoloning sizga 



ko‘rsatgan bashoratidan xursand bo‘lingiz! Islomda o‘z o‘rningiz bordir, buni bilursiz, 

keyin adolat birlan xalifalik qildingiz, tag‘in buning ustiga shahid ham bo‘ldingiz!» - dedi. 

Hazrat Umar: «Ey birodar, koshki erdi, shular yetarlik bo‘lsa erdi! Uzimdan so‘ng 

bo‘ladirgan xalifa muhojirlarga yaxshilig‘ qilsin, ularning haqini tan olsin, hurmatlarini 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

278


o‘rniga qo‘ysin, deb vasiyat qilg‘aymen. O’zimdan keyingi xalifaga yana bunday deb 

vasiyat qilg‘aymen: «Madina va iymonni (qalblariga) jo aylagan ansorlarga yaxshilig‘ 

qilsin, yaxshi ishlarini maqbul ko‘rib, kamchiliklarini afv etsin! Unga tag‘in bundoq deb 

vasiyat qilg‘aymen: «Olloh va uning Rasuli o‘z zimmasiga olgan aholiga (Ahlu-z-

zimmaga; musulmon xalifalig‘ida jiz’ya - jon solig‘i to‘lab yashagan g‘ayridinlarga) 

berilgan va’daga vafo aylasin, ularni qirg‘in qilmasin, ularning yelkalariga qurblari 

yetmaydirgan yukni qo‘ymasin!» 

 

96-bob. Mayyitlarni haqorat qilmoqning makruhligi to‘g‘risida 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitlarni 



haqorat qilmangizlar, chunkim ular keladirgan joylariga kelib bo‘ldilar!» -deganlar». Bu 

hadisni Abdulloh ibn Abd ul-Quddus va Muhammad ibn Anas ham A’mashdan eshitib 

rivoyat qilib berishgan, Ali ibn Ja’d ersa, uni davom ettirgan. 

 

97-bob. Mayyitlarning hayotliklarida qilgan yomonliklarini eslash 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Lahab alayhi la’natu-l-lohi (unga 



Ollohning la’nati bo‘lsin) Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Kelgusi hayoting qurib 

ketsin!»-dedi. Shunda, «Abu Lahabning ikki qo‘li qurisin!»-degan oyat nozil bo‘ldi». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

279


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

98-bob. Zakot bermoqning vojibligi to‘g‘risida

 

 



Olloh taolo bu xususda: «Namoz o‘qingiz va zakot beringiz!» - deb aytadir.

 

 



Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Sufyon raziyallohu anhu menga 

hadis ayta turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir so‘zlarini esladi. Keyin u: 

«Janob Rasululloh bizga namoz o‘qimoqni, zakot bermoqni, qarindoshlik aloqalarini 

uzmaslikni va pok bo‘lmoqni buyurganlar»,- dedi».

 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Maoz 



raziyallohu anhuni Yamanga yubora turib: «Ularni (Yaman ahlini) Ollohdan boshqa iloh 

yo‘qlig‘iga va mening Ollohning Rasuli ekanlig‘imga guvohlik bermoqqa da’vat etg‘il! 

Agar da’vatingni qabul aylasalar, unda Olloh taolo har kecha-kunduzda besh vaqt namoz 

o‘qimoqni farz qilganini ham aytgil! Agar buni ham qabul etsalar, unda Olloh taolo boy 

kishilarning mol-dunyosidan sadaqalar (zakotlar) olib, faqirlarga qaytarib bermoqni ham 

farz qilganini ma’lum aylag‘il!» - deb aytdilar». 

 

 

Abu Aiyub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir 



kishi: «Ne qilsam, jannatga kirg‘ayman, menga o‘rgatingiz!»-dedi. Odamlar: «Ne ishi 

bor erkan, ne ishi bor erkan?»-deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Bir ish birlan kelibdir»,- 

deb javob berdylar. Keyin, boyagi odamga qarab: «Olloh taologa ibodat aylag‘aysen, 

unga hech narsani shirk keltirmag‘aysen, namoz o‘qib, zakot berg‘aysen va 

qarindoshlaringga oqibatli bo‘lg‘aysen!» - dedilar».

 

 



Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a’robiy (badaviy) Nabiy sallallohu 

alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Menga bir ishni o‘rgatingizkim, uni bajarib men 

jannatga kirayin!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ollohga ibodat aylab, unga hech narsani 

shirk keltirmag‘aysen, buyurilgan besh vaqt namozni o‘qig‘aysen, farz qilingan zakotni 

ado etg‘aysen va ramazonda ro‘za tutg‘aysen!»-dedilar. A’robiy: «Jonu tanim qo‘lida 

bo‘lgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, shu aytganlaringizdan oshirib 

yubormag‘aymen!»-dedi. U kishi qaytib ketgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim 

jannati odamni ko‘rib, xursand bo‘lmoqni istasa, shul kishiga qarasin!» - dedilar».

 

 

Abu Hayyon: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xususlaridagi mazkur hadisni menga 



Abu Zur’a aytib bergan erdi»,- deydilar.

 

 



Abu Jamraga Ibn Abbos bunday deb aytgan erkanlar: «Abd ul-Qaysning (qabilaning) 

vakillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Yo Rasululloh, anavi 

Rabiy’a qavmi - zararkunanda kofirlar siz birlan bizning o‘rtamizda rahna bo‘lib 

turishibdir, biz muharram oyidagina sizning oldingizga kela olurmiz. xolos. Bizga 

buyuringiz, aytganlaringizni o‘rganib, o‘zimiz ham bajaraylik, uyimizga qaytib borgach, 

qavmu qarindoshlarimizga ham o‘rgataylik!»-dedi. Shunda Janob Rasululloh bunday deb 

amr qildilar: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsani man’ qilg‘aymen. Kalimai 

shahodat (lo iloha illa-l-loh) aytib, Ollohga iymon keltiringiz (qo‘llarini musht etib, 

ko‘rsatkich barmoqlari birlan mana bunday qilib ishora ayladilar), namoz o‘qingiz, zakot 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

280


beringiz va qo‘lga kiritgan o‘ljangizning beshdan bir qismini ulashingiz! Sizlarga dubbo, 

hantam, naqiyr va zaftni man’ qilg‘aydirmen!»

 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



vafot etib, Abu Bakr raziyallohu anhu xalifa bo‘lganlarida ayrim arab qavmlari islomdan 

tondilar. Shunda Umar raziyallohu anhu bunday degan erdilar: «Odamlar (kofirlarga 

qarshi) nechuk urushmoqdalar? Axir, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Menga Olloh taolo tomonidan odamlar «Lo iloha illa-l-loh» demagunlaricha urush 

qilmoq buyurildi, kimki shundoq desa, molu jonini mendan omon saqlab qolg‘aydir, 

boshqa gunohlari uchun ersa, Olloh taolo dargohida javob berg‘aydir»,- deganlar-ku!»

 

 

Abu Bakr: «Ollohga qasam ichurmenkim, namoz birlan zakotni farqlagan (ya’ni, birining 



ikkinchisidan ahamiyati ortiqroq yokim kamroq degan) kishiga qarshi jang qilg‘aymen, 

chunkim zakot islom yo‘lida qilinadirgan xayr-ehsondir. Agar Janob Rasulullohga (beva-

bechoralarga tarqatmoq uchun) olib kelinayotgan echkilardan bittasi kam bo‘lsa ham, 

xudo haqqi, jang qilg‘aydirmen!» - deydilar. Hazrat Umar: «Olloh taolo Abu Bakrning 

qalbiga qanchalar shijoat ato etgandir! Men uning haq ekanligini tushung‘aydirmen»,- 

deydilar.

 

 

99-bob. Zakot beraman, deb bay’at qilmoq 



 

Olloh taolo bu xususda: «Agar tavba qilib, namoz o‘qisalar va zakot bersalar, sizning 

dindosh birodarlaringizdirlar»,- deydir. 

 

Jarir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, 



namoz o‘qig‘aydirmen, zakot berg‘aydirmen va har bir musulmonga (bu haqda) nasihat 

qilg‘aydirmen, deb bay’at (qasam) qildim»,- deydilar. 

 

100-bob. Zakot bermaydirgan (odam) ning gunohi 

 

Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Xazina-xazina tilla va kumushlar jamlab, Olloh 



yo‘lida sarf qilmaydirganlarni qiyomat kuni beriladirgan qattiq azobdan ogoh qilingizlar! 

O’shal kuni butun jamlagan xazinalari jahannam o‘tida qizdirilib, u birlan xazina 

sohibining peshonasi, ikki biqini va orqasi dazmol qiling‘aydir. Jamlagan mol-

dunyoingizning sizga ko‘rsatadirgan oqibati mana shul bo‘lur. Qiyomat kuni jamlagan 

xazinalaringizning mazasini bir tatib ko‘ringiz-chi!»  

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tuyasi ko‘p 



bo‘laturib, zakot bermagan ersa, qiyomat kuni eng semiz tuyasi kelib, uni tepkilag‘aydir, 

agar qo‘yi ko‘p bo‘la turib, zakot bermagan ersa, eng semiz (baquvvat) qo‘yi kelib, uni 

tuyoqlari birlan tepkilab, shoxlari birlan suzg‘aydir»,- dedilar («Ularni suv bo‘yiga olib 

borib sug‘ormoq ham zakotdir»,- deydilar Imom Buxoriy). Janob Rasululloh yana bunday 

dedilar: «Qiyomat kuni qaysi biringizdir yelkangizda ma’rab turgan qo‘y ko‘tarib kelib: 

«Ey, Muhammad!» - dersiz. Shunda men: «Sen uchun hech narsa qilolmasman, men 

ilgari aytgandim»,- derman. Keyin, bittangiz yelkangizda bo‘kirib turgan tuya ko‘tarib 

kelib: «Ey Muhammad!» - dersiz. Shunda men: «Sen uchun hech narsa qilolmasman, 

men ilgari aytgandim»,- derman». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

281


«Kimga Olloh taolo mol-dunyo bergan bo‘lsa-yu, u zakot bermagan bo‘lsa, jamg‘argan 

boyligi qiyomat kuni ilon shakliga kirib, egasining tanasiga o‘ralib olib chaqg‘aydir, 

so‘ng: «Men mol-dunyoingdirman, men xazinangdirman» — deb aytg‘aydir»,— dedilar. 

Keyin, «Xasislik qilg‘uvchilar o‘ylamasinlarkim...» degan oyatni o‘qidilar». 

 

101-bob. Zakoti berilgan boylik xazina emas! 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam bu xususda: «Molingiz besh uqqadan (6,240 kg dan) 



kam bo‘lsa, sadaqa lozim ermas»,— deganlar. 

 

Xolid ibn Aslam rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu birlan 



birga (ko‘chaga) chiqdik. Shunda bir a’robiy (badaviy): «Olloh taoloning «Tilla va 

kumushlarni to‘plab, xazina qilib, Olloh yo‘lida sarf qilmaydirgan shaxslar...» degan 

oyatini menga tushuntirib beringiz!»— dedi. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Kim boylik 

(mol-dunyo) to‘plab, zakot bermasa, uning holiga voydir! Olloh taolo zakotni farz deb 

buyurib, uni boylikni halollovchi vosita qildi»,— dedilar». 

 

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday 



deganlar: «Og‘irligi besh uqqadan (6,240 kg dan) kam (sochiluvchan bo‘lmagan) 

narsalar uchun, soni beshtadan oz qo‘y, echki, mol, ot, tuya kabi hayvonlar uchun 

hamda besh avsaqdan (taxm. 720 kg dan) yengil (sochiluvchan) narsalar uchun sadaqa 

(zakot) berilmag‘aydir». 

 

Zayd ibn Vahb rivoyat qiladirlar: «Rabza degan yerdan o‘tib ketayotgan erdim, Abu 



Zarrni uchratib qolib, unga: «Ne sababdin uyingizni tark etib, bu yerlarda yuribdirsiz?» 

— dedim. Abu Zarr menga bunday dedilar: «Shomga borgan erdim, Olloh taoloning, 

«Tilla va kumushlarni to‘plab, xazina qilib, Olloh yo‘lida sarf qilmaydirgan shaxslar...» 

degan oyati haqida Muoviya birlan tortishib qoldim. Muoviya: «Bu oyat ahli kitoblar 

uchun nozil bo‘lgan»,— dedi. Men: «Bu oyat barchamizga, biz uchun ham, ular uchun 

ham nozil bo‘lgan»,— dedim. Keyin, shu tariqa tortishib qoldik. U kishi mendan shikoyat 

qilib, Usmon raziyallohu anhuga maktub yubordi. Usmon menga: «Madinaga kelg‘il!» — 

deb xat yozuvdi, men bordim. Shunda odamlar go‘yo meni ilgari ko‘rmagandek qurshab 

olishib, nega kelganlig‘imning boisini surishtira ketdilar. Men bu hodisani Usmonga 

aytdim. U kishi: «Agar siz ravo ko‘rsangiz, shahar chekkasidan joy bersamu o‘shal yerda 

tursangiz, bizning ko‘nglimizni xushnud etgan bo‘lardingiz!»— dedi. Mana shu sababli 

men shu yerdaman, agar menga habash qulni rahbar qilib qo‘ysalar, men unga quloq 

solib, itoat qilgan bo‘lur erdim». 

 

Ahnaf ibn Qays rivoyat qiladirlar: «Quraysh qabilasiga mansub bir guruh odamlar birlan 



o‘tirgan erdim. Shunda sochlari to‘zg‘igan, kiyimlari yirtiq, jussasi qo‘pol bir odam kelib 

o‘tirganlarga salom berdi-da: «Mol-dunyo yig‘guvchilarga aytib qo‘yingiz, ularning 

badanlariga jahannam o‘tida qizdirilgan tosh bosilg‘aydir! Qizdirilgan tosh avval emchagi 

uchiga qo‘yib bosilg‘aydir, kuragidan teshib chiqg‘aydir, keyin kuragiga qo‘yib 

bosilg‘aydir, emchagi uchidan teshib chiqg‘aydir. Shunda tosh titrab, qaltirab turar»,- 

dedi. Keyin, bir ustunning tagiga borib o‘tirdi, men ham unga ergashib, yoniga borib 

o‘tirdim, lekin kim ekanini bilmayman. Men unga: «Sizning aytgan so‘zlaringiz, 

nazarimda, odamlarga yoqmadi»,- dedim. Boyagi kishi: «Ularning hech narsaga aqli 

yetmag‘aydir, buni menga do‘stim aytgan erdi»,- dedi. «Do‘stingiz kim?» - deb so‘radim 

men. Boyagi odam: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam!» - deb javob berdi-da, keyin 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

282


bo‘lgan voqeani hikoya qila ketdi: «Bir kuni Janob Rasululloh menga: «Ey Abu Zarr, 

Uhudni (tog‘ni) ko‘rib turibdirsanmi?» - dedilar. Shunda men, bir yoqqa ish birlan 

yubormoqchilar shekilli, deb o‘ylab, Quyoshga qarab kunning qolgan qismini 

chamaladim-da, «Ha»,-dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening 

Uhud tog‘idek tillam bo‘lsa, bir kunlik hojatimga uch dinor olib qolib, qolganini Olloh 

yo‘lida sarf qilur erdim!» - dedilar». Abu Zarr hikoyasini shu yerda to‘xtatib, menga: 

«Anavilar o‘ylamay-netmay mol-dunyo to‘plab yotibdirlar, xudo haqqi, men Olloh 

taoloning dargohiga borgunimcha ham ulardan boylik talab qilmasman va maslahat ham 

so‘ramasman!» - dedi». 

 

102-bob. Boylikni to‘g‘ri sarf qilmoq haqida 

 

Ibn Mas’ud raziyalloxu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va 



sallamning bir kishiga bundoq deganlarini eshitgan erdim: «Faqat ikki narsaga hasad 

(havas) qilmoq mumkin: biri - Olloh taolo bir kishiga mol-dunyo bersa-yu, u o‘z boyligini 

ezgu yo‘lda sarflab tugatsa, ikkinchisi - Olloh taolo bir kishiga ilmu hikmat ato etsa-yu, u 

bilimidan to‘g‘ri foydalanib, boshqalarga ham o‘rgatsa». 

 

103-bob. Sadaqani minnat qilmoq haqida 

 

Olloh taolo bu xususda quyidagi oyatni nozil qilgan: «Ey iymon keltirgan bandalar, 



bergan sadaqalaringizni (odamlarga) minnat qilib va ozor berib, yo‘qqa chiqarmangiz...» 

(«al-kofiriyn» degan joyigacha o‘qingiz). 

 

104-bob. Harom yo‘l birlan topilgan boylikdan qilingan sadaqani Olloh taolo 

qabul qilmaydir, halol kasb tufayli topilgan boylikdan qilingan sadaqanigina 

qabul qiladir 

 

Olloh taolo bu xususda: «Ketidan ozor ergashtirib keladirgan sadaqadan ko‘ra, ko‘ngilni 



ko‘taradirgan va mag‘firatli so‘z afzaldir. Olloh boy va ko‘ngilchandir!» - deydir. 

 

105-bob. Halol yo‘l birlan topilgan boylikdan qilinadirgan sadaqa haqida 

 

Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «...(Olloh taolo) sadaqalarni boqib katta 



qilg‘aydir (berilgan sadaqaga barakot ato etib, ko‘paytirib, egasiga qaytarg‘aydir), Olloh 

taolo har bir osiy kofirni yomon ko‘rg‘aydir, ammo iymon keltirgan, yaxshiliklar qilgan, 

namoz o‘qigan va zakot bergan bandalarga Olloh taolo mukofotlar in’om qilg‘aydir, 

alarga hech qandayin xavfu xatar yo‘qdir, alar g‘am chekmag‘aydirlar».  

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Kimki halol kasb qilib, bir dona xurmochalik sadaqa qilg‘aydir, Olloh taolo uni bajonudil 

qabul etg‘aydir, so‘ng sizlar toychoqni qandoq boqib ulg‘aytirsangiz, Olloh taolo ham 

bergan sadaqangizni tog‘ barobarinda qilib, o‘zingizga qaytarg‘aydir»,- dedilar». 

 

106-bob. Sadaqani rad qiladirgan davrlar kelmasidan oldin sadaqa berib 



qolmoq to‘g‘risida 

 

Horisa ibn Vahb: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini 



eshitgandirman»,— deydilar: «Sadaqa qilib qolingiz, chunkim sadaqangizni oladirgan 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

283


odam topilmaydirgan davrlar kelg‘aydir, o‘shanda biror kishiga sadaqa olib borsangiz, 

«Kecha kelganingda so‘zsiz qabul qilg‘ay erdim, ammo bugun unga mening hech qandoq 

hojatim yo‘qdir»,- deydir». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Mol-dunyongiz to‘lib-toshib ketmaguncha qiyomat bo‘lmag‘aydir. Shundoq davrlar 

kelg‘aydirkim, hatto badavlat odam kimga sadaqa bermog‘in bilmay qolib, duch kelgan 

odamga sadaqa tutaverg‘aydir, biroq «Mening muhtojligim yo‘qdir» deb hech kim 

olmag‘aydir»,- dedilar». 

 

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning huzurlarida erdim, ikki kishi kirib keldi. Ulardan biri qashshoqligidan, 

ikkinchisi ersa, qaroqchilardan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam bunday 'dedilar: «Yo‘lto‘sarlar masalasiga kelsak, hatto karvon Makkaga 

soqchilarsiz yo‘l olganda ham, senga ularning zarari kamroq tekkaydir, ammo 

qashshoqlik masalasiga kelsak, sizlar sadaqa bergayman deganingizda b'irortangiz ham 

sadaqa olg‘uvchi odamni qidirib topolmaydirgan davr kelmaguncha qiyomat 

bo‘lmag‘aydir. So‘ng, qay biringizdir Olloh taoloning qarshisida tik turib javob berursiz, 

o‘rtangizda parda ham, so‘zingizni tarjima qilib turadirgan tilmoch ham bo‘lmag‘aydir. 

Shunda Olloh taolo: «Senga mol-dunyo ato qilmag‘anvdi erdim?!» - deydir. Banda: 

«Ha»,- deb javob berur. So‘ng, Olloh taolo: «Senga payg‘ambar yubormag‘anmi 

erdim?!»-deydir. Banda: «Ha»,- deb javob berur. Keyin, banda o‘ng tomoniga qaraydir, 

do‘zaxdan boshqa narsani ko‘rmag‘aydir, so‘ng chap tomoniga qaraydir, tag‘in 

do‘zaxdan o‘zga narsani ko‘rmag‘aydir. (Shuning uchun) har biringiz loaqal yarimta 

xurmo sadaqa qilib, u ham bo‘lmasa, loaqal bitta yaxshi so‘z aytib, o‘zingizni do‘zax 

o‘tidan asrangiz!» 

 

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: 



«Shunday zamonlar keladirki, o‘shanda kishi tillani sadaqa qilg‘aymen desa ham, sadaqa 

olguvchini qidirib topolmag‘aydir, ayollarning ko‘pligi va erkaklarning ozligidan qirq ayol 

bitta erkakning ketidan yalinib yurg‘aydir». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling