Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob Ayol mayyitning sochi orqasiga tashlab qo‘yiladi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


16-bob Ayol mayyitning sochi orqasiga tashlab qo‘yiladi 

 

Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlaridan biri 



vafot etdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldimizga kelib: «Suvga sidr 

qo‘shib toq marta - uch, besh yokim yetti marta, zarur bo‘lsa, undan ham ko‘proq 

yuvingiz, eng oxirgi yuvishda kofurdan bir oz qo‘shingiz, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng 

menga aytingiz!»- dedilar. Yuvib bo‘lganimizni Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamga 

aytgan erdik, bizga izorlarini uzatdilar. Vafot etgan qizning sochini uch o‘rim qilib, 

orqasiga tashlab qo‘ydik». 

 

17-bob. Oq matodan kafanlik qilmoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu' alayhi va sallamning muborak 



jasadlarini uch en yamaniy oq surp bilan kafanlashdi. Kafan ostida na ko‘ylak va na salla 

bor erdi». 

 

18-bob. Ikki qavat qilib kafanlashning joizligi 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Arafot tog‘ida tuya minib turgan 



erdi, birdan tuyadin yyqilib ketib, bo‘yni sinib o‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Mayyitni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, hanut (xushbo‘y 

modda) sepmangiz va boshini o‘ramangiz! Chunkim, ul qiyomat kuni talbiya (Labbayka 

Ollohumma. labbayka) aytib turgan holida tiriltirilg‘aydir»,— dedilar». 

 

19-bob. O’likni hanutlamoq (xushbo‘y moddalar sepmoq) 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Bir vaqt bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



birlan birga Arafotda turgan erdi. Birdan tuyadan yiqilib, o‘sha zahotiyoq o‘ldi. Shunda 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib 

kafanlangiz, hanutlamangiz, boshini ham o‘ramangiz! Chunki Olloh taolo bul kishini 

qiyomat kuni talbiya aytib turgan holida tiriltirg‘aydir»,— dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

251


20-bob. Mayyitning egnida exromi bo‘lsa, qanday kafanlanadir? 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishini tuyasi yiqitib yubordi. Biz 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘sha yerda erdik. Boyagi odamning 

egnida ehromi (haj kiyimi) bor erdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bul 

kishini suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, unga xushbo‘y narsalar 

sepmangiz, boshini ham o‘ramangiz! Chunkim Olloh taolo qiyomat kuni uni talbiya aytib 

turgan holida tiriltirg‘aydir»,— dedilar». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam birlan birga Arafotda turgan erdik, bir kishi «tuyasidan yiqilib tushdi (Ayyub: 

«Bo‘yni uzilib ketdi»,— deydilar. Amr: «Bo‘yni sinib ketganidan, til tortmay o‘ldi»,— 

deydilar). Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uni suv va sidr birlan yuvib, 

ikki qavat qilib kafanlangiz, xushbo‘y narsalar sepmangiz, boshini ham o‘ramangiz! 

Chunki ul qiyomat kunida... (Ayyub: «Talbiya aytib turib tirilg‘aydir»,—deydilar. Amr 

ersa: «Talbiya aytib turgan holida tiriltirilg‘aydir», deydilar)». 

 

21-bob. Etagi bukilgan yoki bukilmagan ko‘ylakka kafanlamoq 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Ubay vafot etganda o‘g‘li 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kelib: «Yo Rasululloh. otamni kafanlamak uchun 

menga ko‘ylagingizni bersangiz, otamga janoza o‘qib, Olloh taolodan unga talabi 

mag‘firat qilsangiz!» — dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘ylaklarini 

berib: «Menga xabar qilg‘il, janoza o‘qig‘aydirman»,— dedilar. U Janob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamga xabar qildi. Janob Rasululloh janoza o‘qimoq uchun jamoat 

oldiga o‘tmoqchi bo‘lganlarida Hazrat Umar kiyimlaridan tortib: «Olloh taolo sizga 

munofiqlarga janoza o‘qimoqni man’ etmaganmi?» - dedilar. Shunda Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Menga ikki yaxshilikdan birini tanlamak ixtiyori berilgandir. 

Olloh taolo: «Ular haqqiga ista, talabi mag‘firat qilg‘il, ista, talabi mag‘firat qilmag‘il! 

Agar ularga yetmish karra talabi mag‘firat qilsang ham, Olloh taolo ularni mag‘firat 

qilmag‘aydir, degan»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn 

Ubayga janoza o‘qidilar. Shunda: «Bulardan biror kishi o‘lsa, sira ham janoza 

o‘qimag‘il!» - degan oyat nozil.bo‘ldi»,  

 

Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn 



Ubay dafn qilingandan keyin keldilar. Shunda qabrdan ul kishini chiqarmakni buyurdilar. 

Mayyit qabrdan chiqarilgandan so‘ng, Janob Rasululloh uning badaniga tupuklarini 

surtib, egniga o‘zlarining ko‘ylaklarini kiydirib qo‘ydilar». 

 

22-bob. Ko‘ylak kiydirmay kafanlamoq 

 

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni sallasiz va ko‘ylaksiz holda uch 



qavat qilib kafanladilar»,- deydilar. 

 

23-bob. Salla kiydirmay kafanlamoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uch qavat 



yamaniy surp birlan kafanladilar. Kafan ichida salla ham, ko‘ylak ham yo‘q erdi». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

252


24-bob. Kafanlik haqi mayyitdan qolgan molu mablag‘dan chegirib qoling‘aydir 

 

Ato, Zuhriy, Amr ibn Dinor va Qatoda ham shundoq fikrdadirlar. Amr ibn Dinor: 



«Mayyitga ishlatiladirgan xushbo‘y narsalar, garchi undan qolgan molu mablag‘ning 

hammasi ketsa ham, xarid qiling‘aydir»,- deydilar. Ibrohim an-Nakasiy: «Mayyitdan 

qolgan molu mablag‘ avval kafan xarid qilmoq uchun, so‘ng qarzini uzmoq uchun, undan 

keyin ersa, meros uchun taqsimlang‘aydir» - deydilar. Sufyon: «Go‘rkov va g‘assol haqi 

ham kafanga ajratilgan mablag‘dan to‘lang‘aydir»,-deydilar. 

 

Sa’d ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abdurrahmon ibn Avf raziyallohu anhuga 



taom keltirishdi. Ul kishi (ovqatlana turib): «Mus’ab ibn Umayr shahid bo‘ldi. Ul mendan 

ko‘ra yaxshi erdi. Uyidan kafanlikka yaroqli biror narsa topilmadi. Uning birgina choponi 

bor erdi, xolos. Keyin, Amir Hamza o‘ldirildi. Ul ham mendan yaxshi erdi. Uning uyidan 

ham kafanlik uchun biror narsa topilmadi. Uning ham bitta choponi bor erdi, xolos. 

Oxiratda ko‘rsatiladirgan yaxshilig‘lar bizga bu dunyoda ko‘rsatilyaptimikan, deb 

qo‘rqg‘aymen»,- deya xo‘ngrab yig‘lay boshladilar (chunkim,ul kishi o‘zlariga to‘q odam 

erdilar)». 

 

25-bob. Mayyitni kafanlash uchun kiyimidan boshqa narsa topilmasa... 

 

Sa’d ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Abdurrahman ibn Avfga (ro‘zada) ogiz ochmoq 



uchun taom keltirishdi. Shunda Abdurrahmon: «Mus’ab ibn Umayr shahid bo‘ldi. 

Vaholanki, ul mendan yaxshiroq erdi. (Kafanlik topilmay) birgina choponiga o‘rab 

ko‘mdilar. Chopon kaltalig‘idan oyog‘ini yopsa, boshi ochilib qolar erdi, boshini yopsa, 

oyog‘i ochilib qolar erdi. Amir Hamza ham o‘ldirildi, vaholanki, ul ham mendan yaxshiroq 

erdi. Uni ham birgina choponiga o‘rab dafn qildilar, Bizga ersa, bisyor mol-dunyo berildi. 

Varcha yaxshilig‘larni shu dunyoda ko‘rib, oxiratda hech narsa qolmasa erdi, deb 

qo‘rqg‘aymiz»,- deya yig‘lay boshladilar, hatto iftor vaqtida ovqatham yemadilar». 

 

26-bob. Mayyitga boshini yopsa, oyog‘i, oyogini yopsa, boshi ochilib qoladirgan 



narsadan bo‘lak kafanlik topilmasa, bosh tomonini o‘raydir 

 

Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Olloh rizolig‘ini istab Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bu dunyoda bizga ato etmog‘i lozim 

bo‘lgan mukofotlarini oxiratga mo‘l olib qoldi, chunkim oramizdan ul dunyoga rihlat 

qilganlardan birortasi ham o‘shal mukofotlardan zarracha bahramand bo‘lgani yo‘qdir. 

Ulardan biri - Mus’ab ibn Umayr. Biroq oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini 

surib yurganlar ham bordir. Mus’ab ersa, Uhud jangida o‘ldirildi, uni kafanlamoqqa 

(uyidan) hech narsa topolmadik. Boshini yopsa, oyog‘i, oyog‘ini yopsa, boshi ochilib 

qoladirgan birgina choponi bor erkan, xolos. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam choponi birlan bosh tomonini o‘ramoqni, ochilib qolgan oyog‘ini ersa, izxir 

(o‘simlik) birlan yopmoqni buyurdilar». 

 

27-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonlarida o‘ziga kafan 



tayyorlab qo‘ygan kishini koyishmagani haqida 

 

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamga chetiga popuk tikilgan burda (ustki uzun ko‘ylak) olib kelib, hadya qildi: 

Shunda: «Bilurmisiz, burda qandoq kiyimdir?» - deb so‘radim. Sahobalar: «Bu - 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

253


shamladir (butun badanni qamrab turadirgan kiyimdir)», -deyishdi. Men: «Ha, 

topdingiz!» - dedim. Boyagi ayol Janob Rasulullohga: «Buni ataylab sizga o‘z qo‘lim 

birlan to‘qib, keltirdim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni o‘zlariga kerak 

bo‘lgani uchun oldilar, keyin ichkariga kirib (izor o‘rniga) beldan pastlariga o‘rab 

chiqdilar. Shunda falonchi (Abdurrahmon ibn Avf): «Qandoq yaxshi erkan, menga 

kiydira qolingiz!»-dedi. Sahobalar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga kerak 

bo‘lgani uchun kiyib erdilar, yaxshi qilmading, so‘ragan narSangni yo‘q demay 

bermaklarini bilursen-ku!» - deyishdi. Abdurrahmon: «Ollohga qasamyod qilib 

ayturmenkim, ko‘ylakni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kiymoq uchun 

so‘raganim yo‘q, uni o‘zimga kafanlik qilib olib qo‘ymoqchiman»,- dedi. O’shal ko‘ylak 

(keyinchalik) unga kafanlik bo‘ldi». 

 

28-bob. Ayollarning janozada ishtirok etmog‘i haqida 

 

Ummu Atiyya raziyallohu anho: «Bizga janozada qatnashmoq man’ qilindi, ammo 



qat’iyan ermas»,- deydilar. 

 

29-bob. Ayol kishining eridan boshqa yaqinlari vafot qilganidagi azadorlik 



muddati haqida 

 

Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Ummu Atiyya raziyallohu anhoning o‘g‘illari 



o‘ldi. Uchinchi kuni safra (surtiladigan rangli xushbo‘y modda) keltirmakni buyurdilar, 

olib kelingach, uni o‘zlariga surtdilarda: «Ayollarga eridan boshqa yaqinlariga uch 

kundan ortiq aza tutmoq makruh qilingandir»,- dedilar». 

 

Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Shomdan Abu Sufyonning vafot etganligi 



haqidagi xabar yetib kelganda, uchinchi kuni Abu Sufyonning qizlari Ummu Habiba 

(Rasulullohning xotinlari) safra keltirmakni buyurdilar. Olib kelishgach, uni yonoqlari, 

manglaylari, quloqlarining tagi va bilaklariga surtdilar-da: «Agar Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam «Ollohga va oxirat kuniga ishongan ayolning o‘likka uch kundan ortiq 

aza tutmog‘i makruhdir, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun motamda bo‘lg‘aydir» 

demaganlarida, men bundoq qilmas erdim»,- dedilar».  

 

Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



xotinlari Ummu Habibaning huzurlariga kirdim. Ul kishi menga: «Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamning «Ollohga va oxiratga ishonadirgan ayolning uch kundan ortiq 

o‘likka aza tutmog‘i makruhdir, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutg‘aydir» deganlarini 

eshitganman» - dedilar. So‘ng, Zaynab binti Jahshning huzurlariga akalari o‘lganda 

kirdim. Shunda ular xushbo‘y narsalar olib kelmakni buyurdilar, xushbo‘ylikni o‘zlariga 

surtib, so‘ng: «Mening xushbo‘y narsalar surtmakka hushim yo‘g‘-u, lekin men 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib, «Ollohga va oxiratga ishongan 

ayolning o‘likka uch kundan ortiq aza tutmog‘i makruhdir, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun 

aza tutg‘aydir» deganlarini eshitganman»,-dedilar». 

 

30-bob. Qabrlarni ziyorat qilmoq haqida 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr tepasida 



yig‘lab o‘tirgan bir ayolning yonidan o‘tayotib unga: «Ollohdan qo‘rqingiz, sabr 

qilingiz!»- dedilar. Xotin: «Yo‘lingizdan qolmangiz, sizning boshingizga bundoq musibat 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

254


tushmagan-da!» -dedi. U Rasulullohni tanimas erdi. Odamlar xotinga: «Ul kishi 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erdilar»,-deyishdi. Shunda xotin Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning eshiklari oldiga keldi. Qarasa, eshik oldida (podshoh 

saroylarida bo‘ladirgan) darvozabon yo‘q. Xotin (ichkariga kirib) Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamga: «Sizni tanimabmen»,-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Odam boshiga musibat tushgan dastlabki kunlarda sabr-toqat qilmog‘i kerak!» - 

dedilar». 

 

31-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Agar mayyit hayotligida o‘z 



ahlini o‘likka aza tutganda (ortiqcha) yig‘i-sig‘i qilmakka o‘rgatib qo‘ygan 

bo‘lsayu, o‘zi o‘lganda ahli unga aza tutib, oh-voh qilib yig‘lasa, qabrida unga 

azob berilgaydir»,- deganlari 

 

Olloh taolo: «Ey mo‘minlar, o‘zingizni va ahlingizni jahannam o‘tidan saqlangiz!» - 



degan. 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har biringiz boshliqdirsiz va har biringiz o‘z qo‘l 



ostingizdagi kishilarga mas’uldirsiz. Agar mayyit hayotligida o‘z ahlini o‘likka aza 

tutganda, dod-voy qilib yig‘lamakka o‘rgatib qo‘ygan bo‘lmasa, (qabrida azob 

chekmag‘aydir)»,- deganlar. Oisha onamiz aytganlaridek, birov birovning gunohi uchun 

gunohkor bo‘lmag‘aydir. Mana bul oyatning mazmuni ham xuddi shu xususda: «Agar 

birov o‘zi qilgan gunohlarining ko‘plig‘idan alarni ko‘tarolmay qolsa-yu, boshqa bir 

odamni chaqirib, unga: «Bir qismini o‘zingga olg‘il!» - desa, ul zarrachasini ham 

olmag‘aydir. 

 

Ovoz chiqarmay yig‘lashga ruxsat berilganligi haqida 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birov birovni nohaq o‘ldirmag‘aydir, mabodo 



nohaq o‘ldirsa, Odam alayhissalomning to‘ng‘ich o‘g‘illari Qobil kenja o‘g‘illari Xobilni 

o‘ldirgani sababli, uning gunohiga sherik bo‘lg‘aydir, chunkim, dunyoda ul birinchi bo‘lib 

odam o‘ldirmakni, nohaq qon to‘kmakni odat qilgan shaxsdir!»- deganlar».  

 

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohning qizlari (Zaynab): 



«O’g‘lim jon taslim qilay deyapti, ota, tezroq kelingiz!» - deb Janob Rasulullohga odam 

yubordilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, bunga javoban salom aytib: 

«Farzand beradirgan ham Olloh, uni qaytib oladirgan ham Olloh. Ollohning dargohida 

ularning umri aniq belgilab qo‘yilgandir. O’ziga Ollohdan sabru qanoat tilab, uning 

irodasiga bo‘yinsunsin!»-deb aytib yubordilar. Qizlari: «Otam albatta kelsinlar!»-deb 

yana odam yubordilar. Bu gapni eshitib Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan 

turdilar, ul kishi birlan birga Sa’d ibn Uboda, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn 

Sobit va bir qancha kishilar ham turib, yo‘lga tushdilar. Yetib borishgach, Rasululloh 

sallallohu, alayhi va sallamga bolani uzatishdi, bola mahmasa holatida (jon berish 

vaqtidagi holatda) erdi. Nazarimda, bola suvi yo‘q meshdek qurigan-u, jon tanasidan 

chiqib ketayin, deb turgandek erdi. Buni ko‘rib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

muborak ikki ko‘zlaridan duvullab yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Yo Rasululloh, bu 

nesidir?!»-dedilar. Janob Rasululloh: «Bu ko‘z yoshi - Ollohning bandalari qalbiga solgan 

rahmatidir! Olloh taolo rahmdil bandalariga rahm qilg‘aydir (ya’ni, bu dod-voy solib 

yig‘lagandagi ko‘z yoshi ermasdir)»,- dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

255


Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlarining 

(Ummu Gulsumning) janozasida erdik. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

qabr yonida o‘tiribdirlar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. Nogahon, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Orangizda bu kecha xotiniga yaqinlik qilmagan biror kishi 

bordirmi?»-deb so‘radilar. Shunda Talha: «Men»,-dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Undoq bo‘lsa, qabrga tushg‘il!»-dedilar. Talha (mayyitni qo‘ygani) qabrga 

tushdilar». 

 

Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Makkada 



Usmon raziyallohu anhuning qizlari vafot etdi, janozasiga qatnashgani bordik. Janozaga 

Ibn Umar va Ibn Abbos raziyallohu anhular ham kelishdi. Ikkinchilari mening yonimga 

kelib o‘tirdilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Usmonning o‘g‘li Amrga: «Xotinlarni 

yig‘idan to‘xtatsangiz-chi! Axir, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit o‘z 

ahlining yig‘isidan (qabrda) azoblang‘aydir, deganlar-ku!» - dedilar. Shu yerda o‘tirib Ibn 

Abbos menga bir voqeani aytib berdilar: 

 

«Hazrat Umar birlan birga Makkai Mukarramadan (Madinaga) qaytib kelayotib Baydo’ 



degan yerga yetganimizda, nogahon samura daraxtining soyasida turgan bkr jamoaga 

Hazrat Umarning ko‘zlari tushdi. Hazrat Umar menga: «Borib qarag‘ilchi, anavi jamoa 

kimlar erkan?» - dedilar. Borib qarasam, Suhayb (jamoasi) erkan. Hazrat Umarga kelib 

buni aytdim. «Menga chaqirib berg‘il uni!» - dedilar, Men Suhaybning oldiga borib: 

«Turingiz, Amir ul-mo‘‘mininga yetib olingiz!» - dedim. Hazrat Umar Madinaga 

borganlaridan so‘ng, musibat sodir bo‘lib (Hazrat Umarga bir odam pichoq urgan erdi) 

Suhayb «voy birodarim, voy do‘stim»lab yig‘lab kirdi. Shunda Hazrat Umar raziyallohu 

anhu: «Ey Suhayb, sen meni deb (dod solib) yig‘layotirmisen? Vaholanki, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit o‘z ahlining (ba’zi bir) yig‘isi sababli azoblang‘aydir, 

deb aytganlar»,- dedilar. 

 

«Hazrat Umar raziyallohu anhuning vafotlaridan so‘ng, bu so‘zni Oisha onamizga 



aytdim,- dedilar Ibn abbos raziyalloxu anhu,- shunda Oisha onamiz: «Hazrat Umarri 

Olloh rahmat qilsin! Olloh taologa qasamyod qilib ayturmenkim, Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam: «Mo‘‘min odam o‘lganda, ahli yig‘lasa, Olloh taolo uni azoblag‘aydir» - 

demaganlar. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kofir odam o‘lganda, ahli 

yig‘lasa, uni Olloh qattiq azoblag‘aydir»»-deganlar. Sizlarga Qur’onning o‘zi dalildir, 

birov birovning gunohi uchun azoblanmag‘aydir»,- deb aytdilar. «Kuldirgan ham, 

yig‘latgan ham Ollohning o‘zidir!» - dedim. Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, Ibn 

Umar raziyallohu anhu (Ibn Abbosning ushbu rivoyatini eshitib) hech narsa demadilar». 

 

Amra binti Abdurrahmon Oisha onamizdan bundoq deb eshitgan erkanlar: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam bir yahudiy xotinning qabri yonidan o‘tayotib, o‘shal yerda 

uning qarindoshlari yig‘lab o‘tirganini ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Bular xotinga aza tutib yig‘lashmakda, xotin ersa, qabrda azoblanmakdadir»,- 

dedilar». 

 

Abu Burdaning otalari bunday degan erkanlar: «Umar raziyallohu anhuga musibat 



(pichoq urilgan erdi) yetganda Suhayb raziyallohu anhu «voy birodarim» lab yig‘lay 

boshladi. Shunda Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

«Mayyit tirikning yig‘isi sababli azoblang‘aydir, deganlarini bilmasmisen?» — dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

256


32-bob. Mayyitga (aza tutib) dod solib yig‘lashning makruhligi 

 

Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Qo‘yaverg‘il ularni, Abu Sulaymonga aza tutib 



yig‘lashaversin, boshlariga tufroq sochib va dod solib yiglashmasa, bo‘lgani!» — dedilar. 

Imom Buxoriy: «Naq’ — boshga tufroq sochmoq, laqlaqa — dod-voy solmoq 

deganidir»,— deydilar. 

 

Mug‘iyra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday 



deganlarini eshitganman»,— deydilar: «Albatta, mening nomimdan yolg‘on so‘z aytmoq, 

boshqa biror kishining nomidan yolg‘on so‘z aytmoq kabi ermasdir. Kimki mening 

nomimdan qasddan yolg‘on so‘z to‘qig‘aydir, do‘zaxdan o‘ziga joy shaylayversin! Qaysi 

mayyitga kim aza tutib, dod solib yig‘lag‘aydir, o‘shal mayyit dod solib yiglangani tufayli 

azobga qolg‘usidir». 

 

Ibn Umar raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam; «O’lik, unga aza tutguvchilarning dod solib yig‘lagani sababli, qabrida 

azoblang‘aydir»,— deganlar». 

Shu’ba raziyallohu anhu: «O’lik, unga aza tutguvchi tirikning yig‘isi sababli, 

azoblang‘aydir»,— deganlar. 

 

33-bob. 

 

Ibn ul-Munkadirga Jobir ibn Abdulloh bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Uhud jangi 



kuni otamning o‘ligini kiyimlariga o‘ralgan holda Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning oldilariga keltirib qo‘yishdi-da, ul kishining quloq va burunlari kesib 

tashlanganini aytishdi. Men borib yuzlarini ochmoqchi erdim, qarindoshlarim 

qo‘yishmadi, so‘ng yana borib ochmoqchi bo‘lganimda, qarindoshlarim yana 

qo‘yishmadi, so‘ng yana ochmoqchi bo‘lib bordim, qarindoshlarim bu gal ham ruxsat 

berishmadi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari «Ochingiz!» deb 

buyurdilar, yuzlarini ochishdi. Shunda bir xotinning dodlagan ovozi eshitildi. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Kimdir ul?» — dedilar. «Amrning qizi yokim Amrning 

singlisi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yig‘lamasin!» — dedilar. 

Keyin, tobutni ko‘tarishguncha farishtalar qanotlari birlan otamning tepalarida soya solib 

turishdi». 

 

34-bob. Azada yoqasini yirtib dod solgan kishi bizdan ermas (musulmon 



ermas)! 

 

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: "«Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam: «Kimki (musibat yetganda) o‘zi o‘zining yuziga urib, yoqa yirtib, islomdan oldingi 

johiliya davridagi odamlarning nojoiz, noo‘rin so‘zlarini aytib yig‘lag‘aydir, ul bizdan 

ermasdir!» - deganlar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling