Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Sa’d ibn Xavlaga marsiya


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


35-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Sa’d ibn Xavlaga marsiya 

aytganlari 

 

Amr ibn Sa’dga otalari Sa’d ibn Xavla bunday degan erkanlar: «Hajjat"ul-Vido’ yilida 



men qattiq kasal bo‘luvdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni ko‘rgani keldilar. 

Shunda men: «Kasalim kuchayib ketdi, ahvolim og‘ir. Men badavlat kishidirman, bir 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

257


qizimdan boshqa meros oladirgan odamim yo‘qdir. Molimning 1/3 qismini ehson 

qilayinmi?» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo‘q»,- dedilar. «Yarmini 

sadaqa qilayinmi?»-dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Yo‘q»,- 

dedilar. So‘ng: «1/3... 1/3 qismi ham ancha ko‘p narsadir, albatta sen bolalaringni 

odamlardan tilanadirgan faqir qilib qoldirganingdan ko‘ra, boyroq qilib qoldirganing 

yaxshiroqdir. Agar sen xayru sadaqa uchun molingni sarflaydirgan bo‘lsang, albatta 

buning evaziga Ollohdan savob olg‘aysan, hatto xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan 

luqmang. uchun ham»,- deb qo‘shib qo‘ydilar. «Yo Rasululloh, men sahoba 

birodarlarimning orqasida qolarmikanman (ya’ni, tuzalib ketarmikanman)?» - dedim. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sen bordiyu, (sahoba birodarlaringdan) keyin 

qolib, amali solih qilsang, buning evaziga Olloh dargohida daraja va martabang ziyoda 

bo‘lg‘aydir, shoyadki, keyin qolsang-u, sendan bir qancha mo‘‘minlar foydalansalar va 

bir qancha mushriklar zarar topsalar! Ilohi, sahobalarimning hijratini bexatar qilg‘il, 

ularni (Madinadan) orqaga qaytarmagil!» - dedilar». Lekin, bechora Sa’d ibn Xavla 

Makkada shfot etganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga marsiya aytdilar. 

 

36-bob. Musibat yetganda sochini yulmoqni man’ qilganlari haqida 

 

Abu Burda ibn Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Muso (otam) qattiq 



betob bo‘lib qolib, hushlaridan ketdilar, boshlari xotinlaridan birining quchog‘ida bo‘lib, 

birorta ham so‘z ayta olmas erdilar. Hushlariga kelganlaridan keyin: «Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam kimdan nafratlangan bo‘lsalar, men ham o‘shandan 

nafratlang‘ayman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Boshiga musibat tushganda 

dod-voy solgan, sochini yulgan va yoqasini yirtgan xotinlardan nafratlang‘ayman! der 

erdilar»,- deb aytdilar», 

 

37-bob. Boshiga musibat tushganda yuziga shapaloqlab urib, dod-voy solganlar 

bizdan ermasdir (musulmon ermasdir)! 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 



o‘zi o‘zining yuziga urib, yoqa yirtib, dod-voy solib, islomdan avvalgi odamlarning 

shariatga nomuvofiq qiliqlarini qilg‘aydir, ul bizdan ermasdir!»- deganlar». 

 

38-bob. Boshiga musibat yetganda johiliya davridagidek dod solib, shariatga 

nomuvofiq so‘zlarni aytib yig‘lamoqni man’ qilganlari 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Boshiga 



musibat yetganda johiliya davridagidek shariatga nomuvofiq so‘zlarni aytib, yoqa yirtib, 

yuziga urib yig‘lagan odam bizdan ermasdir!» -deganlar». 

 

39-bob. Boshiga musibat tushgan odamning xafaligi yuzidan bilinib tursa... 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Ibn Horisa, Ja’far va Ibn Ruvohalarning o‘ldirilganligi 



to‘g‘risidagy xabar kelgan kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda 

o‘tirganlarida xafaliklari yuzlaridan bylinib turdi. Shunda men eshikning tirqishidan qarab 

turgan erdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga bir kishi kelib, Ja’farning 

xotinlari yig‘lashayotganini aytdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni 

yig‘idan to‘xtatmakni buyurdilar. Xotinlarni yupatmoqqa ketgan odam qaytib kelib: 

«Itoat qilishmayotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Turg‘il, borib 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

258


ularni yig‘idan to‘xtattil!» - dedilar. U kishi yana qaytib kelib: «Yo Rasululloh, Ollohga 

qasamyod qilib ayturmenkim, xotinlar bizga bo‘yinsunmayotirlar»,- dedi. Shunda men: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boyagi kishiga «Borib xotinlarning yuziga tufroq 

sochg‘il!» dedilar, deb o‘ylab, «Voy, Olloh burningni yerga ishqagur! Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamning aytganlarini qilmay, ul kishini qiynab qo‘yding-ku!» - dedim». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd 



qabilasiga yuborilgan qorilar o‘ldirilganda bir oy davomida «Qunut» duosini o‘qidilar. 

Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘sha paytdagidan ko‘ra qattiqroq xafa 

bo‘lganlarini ko‘rmaganman». 

 

40-bob. Boshiga musibat yetganda xafaligani bildirmagan kishi 

 

Muhammad ibn Ka’b: «Jaza’ so‘zi - yomon so‘z aytish va yomon xayolga borish hamda 



Olloh taolo oxiratda beradirgan yaxshilig‘lardan noumid bo‘lish, demakdir»,- deganlar. 

Ya’qub alayhissalom: «Men o‘z dardu qayg‘umni yolg‘iz Ollohning o‘ziga izhor 

qilg‘aydirman» ,— deganlar. 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abu Talhaning o‘g‘li kasal bo‘lib, vafot 



etgandi. Ushanda Abu Talha tashqarida yurgan erdi. Xotini o‘g‘lining o‘lganini ko‘rib, 

mayyitga kerak bo‘ladirgan ayrim narsalarni tayyorlab, uyning bir chekkasiga olib borib 

qo‘ydi. Abu Talha uyga kirib: «Bolaning ahvoli nechuk?»-deb so‘radi. Xotini: «Bir oz 

tinchib qoldi, orom olib uxlayotgan bo‘lsa kerak»,- dedi. Abu Talha xotini rost aytayapti, 

deb o‘yladi. O’sha kecha yotib, erta bilan turib g‘usl qildi. Keyin, uyidan chiqib ketmoqchi 

bo‘lganida, xotini bolasining vafot etganini aytdi. 

 

Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qib bo‘lgach, xotini 



birlan o‘zi o‘rtasida bo‘lgan voqeani aytib berdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Shoyadki, Olloh taolo ikkalangizning ham tuningizga barakot bersa (ya’ni, Olloh 

farzand bersa)!» - dedilar. Sufyon raziyallohu anhu: «Ansoriylardan bir kishi Abu 

Talhaning xotini to‘qqizta bola ko‘rganini, ularning hammasi Qur’on tilovat qilmakka 

mohir bo‘lganini menga aytdi»,- deydilar». 

 

41-bob. Boshiga musibat tushgan dastlabki vaqtlarda sabru toqat qilmoq 



haqida 

 

Hazrat Umar raziyallohu anhu rivo,yat qiladirlar: «Adolat ham yaxshi, buning evaziga 



olinadirgan savob ham yaxshidir! Shundoq odamlar bordirki, boshlariga musibat 

tushganda: «Inno li-l-lohi va inno ilayhi roji’un» (Biz Ollohning bandalaridirmiz va 

hammamiz uning dargohiga qaytib borg‘aymiz) deb aytishadi. Ana shundoq deydigan 

insonlarni Olloh taolo yarlaqaydir va ulardan rahmatini darig‘ tutmaydir, ana shundoq 

insonlar hidoyatga erishgan bandalardir! Olloh taolo bu xususda bundoq deydir: «Va-

sta’iynuu bi-s-sabri va-s-saloti va innaho la-kabiyratun illo ala-l-xoshi’iyn» (sabru toqat 

qilsangiz, namoz o‘qisangiz, dardu alamingiz yozilg‘aydir, darhaqiqat, sabru toqat qilmoq 

hamda namoz o‘qimoq Ollohdan qo‘rquvchilardan o‘zgalargagina amri maholdir!). 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullox sallallohu alayhi va sallam: 



«Boshiga musibat tushgan dastlabki vaqtlarda sabru toqat qilmoq ko‘proq savoblidir»,- 

deganlar». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

259


 

42-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz sendan ajrab 

qolayotganimizdan xafamiz»,- deganlari 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«(Musibat yetganda) ko‘zdan yosh oqg‘aydir, ko‘ngil g‘am chekkaydir»,-deganlar». 

 

43-bob. Kasal huzurida yig‘lamoq haqida 

 

Abdullohibn Umar rivoyat qiladirlar: «Sa’d ibn Uboda betob bo‘lib qoldilar. Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn 

Mas’ud birlan birga ko‘rgani kirganlarida, bola-chaqalari uning tevaragida turishgan 

erkan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vafot etdimi?» - dedilar. «Yo‘q, yo 

Rasululloh»,-deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yig‘ladilar. Ul kishining 

yig‘laganlarini ko‘rib, boshqalar ham yig‘ladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Eshitmakdamisiz, Olloh taolo ko‘z yoshi va dil qaygusi uchun azob 

bermag‘aydir. Lekin, mana buning uchun azob berg‘aydir yoki rahm qilg‘aydir»,-deb 

tillariga ishora qildilar». 

 

Mayyit o‘z ahlining unga motam tutib (dod solib) yig‘lashi sababli (qabrda) azob 



chekkaydir. Hazrat Umar raziyallohu anhu dod solib yig‘laganlarni aso birlan urur erdilar, 

tosh otib, tufroq sochib haydar erdilar. 

 

44-bob. Janob Rasulullohning dod solib yig‘lamoqni man’ qilganlari va uni 

qattiq qoralaganlari 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Zayd ibn Horisa, Ja’far va Abdulloh ibn Ruvohaning 



o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabar yetib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

yuzlaridan xafaliklari shundoqqina bilinib turar erdi. Men eshikning tirqishidan qarab 

turgandim. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir kishi kelib: «Yo 

Rasululloh, Ja’farning xotinlari yig‘lashayotir»,- deb aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam ularni yig‘idan to‘xtatmakni buyurib, odam yubordilar. U kishi qaytib kelib: «Ular 

menga itoat qilishmayotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi marta 

xotinlarni yig‘idan to‘xtatmakni buyurdilar. Boyagi kishi ketdi, keyin yana qaytib kelib: 

«Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ular menga bo‘yinsunmayotirlar»,- dedi. Men 

bo‘lsam: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u.kishiga: «Yig‘layotgan xotinlarning 

og‘ziga tufroq sochg‘il!»-dedilar, deb o‘ylab, «Olloh burningni yerga ishqagur! Yo 

buyruqni bajarmading va yo Rasulullohni ovora qilmakdan to‘xtamading!» - dedim». 

 

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Boshimizga musibat tushganda dod 



solib yig‘lamaslikka Rasululloh sallalohu alayhi va sallamga bay’at qildik (qasam ichdik). 

Lekin, quyidagi beshta ayoldan boshqasi o‘z ontiga vafo qilmadi: Ummu Sulaym, Umm 

ul-Alo, Muozning xotini - Binti Abu Sabra va yana ikki xotin» (yoki «Binti Abu Sabra, 

Muozning; xotini va boshqa xotinlar»,- dedilar). 

 

45-bob. Janozani ko‘rganda o‘rnidan turmoq 

 

Omir ibn Rabi’a rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Janoza 



kelayotganini ko‘rsangiz, o‘rningizdan turib, o‘tib ketguncha kutib turingiz!» -deganlar, 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

260


Humaydiy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (janoza) o‘tib 

ketguncha yoki mayyit (elkadan) yerga qo‘yilguncha, deganlar»,- deb qo‘shimcha 

qiladirlar. 

 

46-bob. Janozani hurmat qilib o‘rnqdan turgan odam qachon o‘tiradir? 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Agar birortangiz janoza kelayotganini ko‘rsangiz-u, janoza birlan birga (masjidga yokim 

mozorga) bormak niyatingiz bo‘lmasa, uni o‘tkazib yuborguningizcha yokim u o‘tib 

ketgunicha yokim mayyit (elkadan) yerga qo‘yilguncha o‘rningizdan turib, kutib 

turintiz!» - deganlar». 

 

Sa’id al-Maqyuriy rivoyat qiladirlar: «Bir janozada erdik, Abu Hurayra Marvonni qo‘lidan 



ushlab, «o‘tiraylik» deb imladi, ikkalalari mayyit yerga qo‘yilmasdan burun o‘tirib olishdi. 

Shunda Abu Sa’id raziyallohu anhu kelib, Marvonni qo‘lidan ushlab: «Turg‘il o‘rningdan! 

Ollohga qasam ichib ayturmenkim, (Abu Hurayra) Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning mayyit (elkadan) qo‘yilmasidan burun o‘tirmoqni man’ qilganlarini (yaxshi) 

bilg‘aydir»,- dedilar. Shunda Abu Hurayra: «To‘g‘ri aytadilar»,- dedi». 

 

47-bob. Tobutni ko‘tarishib borgan kishi, uni odamlar yelkalaridan tushirib, 



yerga qo‘ymagunlaricha o‘tirmaydir, mabodo o‘tirsa, turish buyuriladir 

 

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam: «Agar janoza kelayotganini ko‘rsangiz, o‘rningizdan turingiz, basharti ko‘tarishib 

borsangiz, yelkalardan tushirilib, yerga qo‘yilmaguncha o‘tirib olmangiz!» - deganlar». 

 

48-bob. Yahudiy mayyitning tobutini ko‘rib, o‘rnidan turgan kishi haqida 

 

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Yonimizdan bir mayyitning 



tobutini ko‘tarib o‘tishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan 

turdilar, biz ham turdik. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Yo 

Rasululloh, bu mayyit yahudiy-ku?!» - dedik. Rasululloh: «Mayyitni ko‘rganingizda 

o‘rningizdan turingiz!»-dedilar». 

 

Abdurrahmon Abu Laylo rivoyatqiladirlar: «Sahl ibn Hanif va Qays ibn Sa’d Qodisiyada 



o‘tirishgan erdi, yonlaridan bir mayyitning tobutini ko‘tarib o‘tdilar. Shunda ikkovlari 

o‘rinlaridan turishdi. Buni ko‘rganlar ulardan: «Bu mayyit zimmiylardan-ku?!»-deyishdi. 

Shunda ular bunday deb javob qildilar: «Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning yonlaridan bir mayyitning tobutini ko‘taryb o‘tib qoldilar. Shunda ul zot 

o‘rinlaridan turdilar. Keyin, uning yahudiy mayyiti ekanini aytishdi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam: «U ruh emasdirmi?!» - dedilar». 

 

49-bob. Mayyitni (tobutni) xotinlar ermas, erkaklar ko‘taradir 

 

Sa’id al-Maqyuriy otasidan, u ersa Abu Sa’id al-Xudriydan bunday deb eshitgan erkan: 



«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit tobutga solingach, uni erkaklar 

yelkalariga ko‘targanda, agar ul solih banda bo‘lsa, «Meni tezroq olib boringiz!»-deydir, 

agar solih banda bo‘lmasa, «Voy sho‘rim, meni qayoqqa olib ketmoqdasizlar?»- deydir. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

261


Uning ovozini insondan boshqa hamma narsa eshitg‘aydir, agar inson eshitsa erdi, 

hushidan ketib yiqilg‘ay erdi!»-deganlar». 

 

50-bob. Janozani (tobutni) tez olib bormoq 

 

Anas raziyallohu anhu: «Janozani (mayyitni) kuzatib borayotganingizda tobutning oldida 



ham, orqasida ham, o‘ngida ham, chapida ham yuraveringizlar!» -degan erkanlar. 

Boshqa bir kishi ersa: «Janozag‘a (tobutga) yaqin yuringizlar!» -degan erkan. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Mayyitni tezroq olib boringizlar! Agar ul solih banda bo‘lsa, unga yaxshilig‘ qilib, tezroq 

manzilga yetkazgan bo‘lursiz, agar aksincha bo‘lsa (ya’ni, solih banda bo‘lmasa), 

yomonni yelkangizdan tezroq tushirib, undan tezroq qutulgan bo‘lursiz»,- dedilar». 

 

51-bob. Tobutda yotgan mayyitning «Meni tezroq olib boringiz!» deb aytishi 



haqida 

 

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni 



tobutga solib, uni kishilar yelkalariga ko‘tarishganda, agar ul solih banda bo‘lsa, «Meni 

tezroq olib boringiz!» - deydir, basharti solih bo‘lmasa, «Voy sho‘rim, meni qayoqqa olib 

ketmoqdasizlar?»-deydir. Uning ovozini insondan boshqa hamma narsa eshitg‘aydir, 

agar inson eshitsa erdi, hushidan ketib yiqilg‘ay erdi»,- deganlar». 

 

52-bob. Janozada imomning orqasida ikki yoki uch saf bo‘lib turmoq 

 

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam (habash podshohi) Najoshiyga (g‘oyibona) janoza o‘qidilar, men ikkinchi yoki 

uchinchi safda turdim». 

 

53-bob. Janozadagi saflar bayoni 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Najoshiyning vafot etganini sahobalarga aytib, so‘ng oldinga - imomlikka o‘tdilar. 

Sahobalar ul zotning orqalarida saf tortdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘rt 

bor takbir aytdilar». 

 

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni 



ko‘rgan zotlardan biri menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir mo‘‘minning 

janozasiga borib, sahobalarni saf qildilarda, to‘rt marta takbir aytib janoza o‘qidilar»,- 

deb erdi». Shayboniy: «Ey Abu Amr, sizga buni kim aytdi?»-deb Sha’biydan so‘raganda, 

u: «Ibn Abbos raziyallohu anhu aytdi»,-degan erkan. 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bugun 



Habashistonda bir solih odam vafot etdi, kelingiz, shul yerda turib unga (g‘oyibona) 

janoza o‘qiydirmiz!»-dedilar. Biz saf tortdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

oldinga o‘tib, unga janoza o‘qidilar, biz ul kishiga iqtido qildik». Abu Zubayrga Jobir: 

«Men o‘shanda ikkinchi safda turgan erdim», -degan erkanlar. 

 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

262


54-bob. Janoza namozida bolalarning kattalar birlan birga safda turishi 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



notanish bir mayyitning qabri yonidan o‘tayotib: «Bu mayyit qachon dafn qilindi?» - 

dedilar. «Kecha kechasi»,- dedik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni 

chaqirsangiz bo‘lmasmidi?»-dedilar. Sahobalar: «Qorong‘i kechada ko‘mdik, sizni 

bezovta qilmakni xohlamadik»,- deyishdi. So‘ng Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

janoza o‘qimoqqa kirishdilar. Biz orqalarida saf tortdik. Men ersam o‘sha paytda yosh 

bola erdim». . 

 

55-bob. Mayyitga janoza o‘qishning sunnat ekanligi to‘g‘risida 

 

Imom Buxoriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 



mayyitga janoza o‘qig‘aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir»,- deganlar. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Do‘stu birodarlaringizga o‘zingiz janoza o‘qingizlar!» - 

deganlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Najoshiyga janoza o‘qingizlar!» - 

deganlarida, janozani «namoz» deb atab: «Uning ruku’ va sajdalari bo‘lmag‘aydir, uni 

o‘qiyotganda (dunyoviy so‘zlar) so‘zlanmaydi, faqat takbiri tahrima aytilib, salom 

berilg‘aydir»,- deganlar. Ibn Umar janozadan avval albatta tahorat olar erdilar hamda 

kun chiqayotgan va botayotganda janoza o‘qimas erdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu 

qo‘llarini ko‘tarib takbir aytar erdilar. «Sahobalar va ularning avlodlari orasida shundoq 

kishilarni uchratdimki,- deydilar Hasan Basriy,- ulardan janoza va farz namozlarini 

o‘qimoqqa haqlilari, janoza vaqtida yokim hayit namozida tahoratlari sinib qolsa

tayammum qilmay, suv qidirib topib, albatta qayta tahorat olg‘ay erdilar. Agar janoza 

o‘qilayotgan vaqtda kelib qolishsa, o‘zlari takbiri tahrima aytishib, boshqalarga qo‘shilib 

janoza o‘qiyverar erdilar». 

 

Ibn Musayyab: «Kishi janoza namozida xoh kechasi bo‘lsin, xoh kunduzi bo‘lsin, xoh 



muqimlikda va xoh musofirlikda bo‘lsin, baribir to‘rt marta takbir aytg‘aydir»,- deydilar. 

Anas raziyallohu anhu: «Birinchi takbir - namozni boshlashda aytiladirgan takbiri 

tahrimadir, Olloh taolo: «Munofiqlardan birortasi o‘lsa, unga zinhor janoza o‘qimangiz!»-

deydir. Janoza namozida odamlar saf tortg‘aydir, imom ersa, oldinga o‘tib janoza 

o‘qig‘aydir»,- deganlar. 

 

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 



birga bir mo‘‘minning janozasiga borgan kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

janozada bizga imomlik qildilar, biz orqalarida saf tortdik»,- deb aytdi». «Ey Abu Amr, 

bu hadisni sizga kim aytdi?»- deb Sha’biydan so‘rashganda, u: «Ibn Abbos aytdi»,- deb 

javob bergan erkan. 

 

56-bob. Janozaga borishning fazilati 

 

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu: «Janoza o‘qisang, zimmangdagi vazifani bajaribsan» 



,— deydilar. Humayd ibn Hilol: «Janoza o‘qib bo‘lgandan so‘ng, janoza egalaridan uyga 

qaytmoqqa ijozat so‘rashning sunnat ekanligini bilmasmiz-u, biroq kimki janoza o‘qib 

uyiga qaytsa, unga bir qiyrot savob tegmog‘ini yaxshi bilurmiz»,- deydilar».  

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra: «Kimki janoza namoziga 



qatnashg‘aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir»,- dedilar. Keyin u kishi bizga yana juda 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

263


ko‘p hadislar ham aytib berdilar. Shunda Oisha onamiz Abu Hurayraning so‘zini 

tasdiqlab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shundoq deganlarini men ham 

eshitgandirmen»,- dedilar. Men: «Unda, juda ko‘p qiyrot savoblarni boy beribmiz-da!»-

dedim». 


 

57-bob. Mayyit dafn qilinguncha kutib turgan kishi haqida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Kimki janozada qatnashib, janoza namozini o‘qig‘aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir, 

kimki janoza namozini o‘qib, mayyit dafn etilguncha ketmay tursa, unga ikki qiyrot 

savob tekkaydir?» -dedilar. Shunda odamlar: «Yo Rasululloh, ikki qiyrot qanchadir?»-

deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ikkita katta tog‘dek kelur»,- dedilar». 

 

58-bob. Kattalar birlan birga yosh bolalarning ham janoza namozi o‘qimogi 

haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir 



qabrning oldiga kelganlarida, sahobalar: «Bu qabrdagi kishi o‘tgan kuni dafn qilingan»,- 

deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida saf tortdik, ul kishi 

qabrdagi mayyitga janoza o‘qidilar (Ibn Abbos o‘sha paytda yosh bola bo‘lganlar)». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling