Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Zulhulayfada yotib qolib, tong ottirgan odam xususida
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26-bob. Talbiya aytmoq to‘g‘risida
- 27-bob. Ulovga minganda tahlildan ilgari takbir, tasbih va hamda hamd aytmoq haqida
- 28-bob. Tuyasi ustida tahlil aytgan kishi xususida
- 31-bob. Hayz va nifos ko‘rgan ayol qanday tahlil aytadir
- 32-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Iabiy sallallohu alayhi va sallam singari tahlil aytgan kishi xususida
- 33-bob. Olloh taoloning hajga oid oyati kariymasi haqida
- 34-bob. Tamattu’, iqron va ifrod haqida; qurbonligi yo‘q kishi hajga qo‘yilmaydir
- 35-bob. Hajga talbiya aytib qo‘ygan kishi haqida
- 37-bob. Olloh taolo: «Bu - ahli Masjid ul-Haromda bo‘lmaganlar uchundir!» - deydir
- 38-bob. Makkaga kirayotganda g‘usl qilmoq haqida
- 39-bob. Makkaga kunduzi yo kechasi kirmoq haqida
- 40-bob. Makkaga qaysi tomondan kiriladir
- 41-bob. Makkaning qaysi tomonidan chiqiladir
24-bob. Zulhulayfada yotib qolib, tong ottirgan odam xususida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi; va sallam Madinada to‘rt rak’at, Zulhulayfada ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shu kuni Zulhulayfada qolib, tong ottirdilar. Ertalab tuyalariga minib talbiya aytganlarida, u qimirlamay tek turdi».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt rak’at peshin, Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar, endi Zulhulayfada kechasi birlan qoladirgan ko‘rinadirlar»,- deb aytgan ekanlar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 311
25-bob. Baland ovoz birla tahlil aytmoq haqida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt rak’at peshin, Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar, men Janob Rasululloh va sahobalarning baland ovoz birla tahlil aytishayotganini eshitdim»,- deydilar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Labbayka- l-lohumma lab-bayk, labbayka lo shariyka laka labbayk, inna-l-hamda va-n-ni’mata laka va-l-mulk, lo shariyka laka» deb talbiya aytar erdilar»,-deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Men haqiqatan ham Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qanday talbiya aytganlarini yaxshi bilaman, u. kishi: «Labbayka-l-lohumma lab-bayk, labbayka lo shariyka laka labbayk, inna-l-hamda va-n-ni’mata laka» deb talbiya aytar edilar»,- deydilar.
haqida
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga Madinada to‘rt rak’at peshin, Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar, so‘ng shu yerda qolib, tong ottirdilar. So‘ng, (ertalab) tuyalarini minib yo‘lga tushdilar. Baydo’ga borganda tuyalari to‘xtab, qimirlamay tek turdi, Janob Rasululloh Olloh taologa hamd, tasbih va takbir aytdilar, keyin ersa haj va umraga tahlil aytdilar. Boshqalar ham shunday qilishdi. Yetib borganimizda odamlarga amr qilib erdilar, ehromlarini yechishdi ta Tarviya kuni ekanligiga qaramay, hajga tahlil aytishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalarni tik turg‘izib qo‘yib o‘z qo‘llari birlan qurbonlik qildilar, Madinada ersa, ikkita ola qo‘chqor so‘ydilar»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalari tik turgan vaqtda ustida tahlil aytdilar»,-deydilar.
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Zulhulayfada bomdod o‘qiganlaridan keyin tuyalarini minishga hozirlab olib kelmoqni buyurar erdilar. Tuyani olib kelishgach, uni minar erdilarda, qiblaga yuzlanib Masjid al-Haromga kelguncha talbiya aytib kelar erdilar. Zu Tuvanga kelganlarida ersa, tonggacha yotib qolar erdilar. Bomdod o‘qisalar, g‘usl qilar erdilar va «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shunday qilar erdilar»,- deb aytardilar».
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga bormoqchi bo‘lsalar, o‘zlariga hidsiz moy surtardilar, so‘ng Hulayfa masjidiga kelib namoz o‘qirdilar. Namozdan so‘ng tuyalariga minib, ehrom bog‘lar erdilar, shunda tuya tik turgan bo‘lardi. Keyin: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ham shunday qilganlarini ko‘rganman»,- der erdilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 312
30-bob. Vodiyga tushganda talbiya aytmoq qaqida
Mujohid raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Abbos raziyallohu anhu huzurlarida erdik. Odamlar Dajjolni eslashib, uning ikki ko‘zi orasiga «kofir» deb yozilgan, deyishdi.
Ibn Abbos: «Men buni eshitmaganman, ammo men Muso alayhissalomning vodiyga talbiya aytib tushib kelayotganlarini ko‘rib turgandekman»,- dedilar.
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Hajjat ul-Vido’ga chiqib, umraga tahlil aytdik. Keyin, Janob Rasululloh: «Kimki o‘zi birlan qurbonlik olib kelgan bo‘lsa, haj birlan umraga tahlil aytsin va toki ikkala hajni ado etmaguncha ehromini yechmasin!» - dedilar. Men Makkaga hayz holimda kelib, Ka’bani tavof qilolmadim, Safo birlan Marva oralig‘ida yugurolmadim. Bu haqda Nabiy, sallallohu alayhi va sallamga aytuvdim, ul kishi: «Sochingni yozib, tarag‘il (ya’ni, g‘usl qilg‘il), so‘ng hajga ehrom bog‘lag‘il, umrani qo‘ya turg‘il!» - dedilar, Men aytganlarini qildim. Biz hajni tamomlab bo‘lganimizda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Abdurrahmon ibn Abu Bakr birlan birga Tan’imga yubordilar, men umra qilib qaytdim. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Bu, o‘sha bajara olmagan umrang o‘rniga o‘tg‘aydir»,- dedilar. O’shanda umraga niyat qilganlar Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurishdi, so‘ng ehromlarini yechishdi. Minodan qaytishgach, yana bir marta Ka’bani tavof qilishdi. Ammo, birvarakayiga haj va umraga niyat qilganlar faqat bir martaba Ka’bani tavof qildilar».
sallam singari tahlil aytgan kishi xususida
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ali raziyallohu anhuga ehromni yechmaslikni amr qildilar, chunki uning qurbonlig‘i bor erdi».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ali raziyallohu anhu Yamandan Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurlariga keldilar. Janob Rasululloh: «Nega tahlil aytding, hajgami, umragami?» — dedilar. Hazrat Ali: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga aytgan bo‘lsalar, men ham o‘shanga tahlil aytdim»,— deb javob berdilar. Janob Rasululloh: «Men ham sen nimaga niyat qilib ehrom bog‘lagan bo‘lsang, o‘shanga ehrom bog‘ladim»,— dedilar.
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Yamandagi bir qavm huzuriga yubordilar. Qaytib kelganimda Janob Rasululloh Bathoda erkanlar, mendan: «Nimaga niyat qilib, ehrom bog‘lading?» — deb so‘radilar. Men: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nimaga niyat qilib, ehrom bog‘lagan bo‘lsalar, men ham o‘shanga ehrom bog‘ladim»,— dedim. Janob Rasululloh: «Qurbonlik olib kelganmisan?»— deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,— dedim. Keyin, amr qildilar, men Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurdim. So‘ng, menga ehromimni yechmoqni buyurdilar, yechdim. Keyin, bir ayolning oldiga bordim, u sochimni tarab qo‘ydi (yoki boshimni yuvib qo‘ydi). Shu payt, oldimga Umar raziyallohu anhu kelib, menga bundoq dedilar: «Agar biz Ollohning Kitobini olib, o‘qib ko‘rsak, bizga haj
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 313
amallarini nihoyasiga yetkazmoqni buyurganini ko‘rg‘aymiz. Olloh taolo: «Haj va umrani nihoyasiga yetkazingiz!» — deydi. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari masalasiga kelsak, ul kishi qurbonlik qilmagunlaricha ehromlarini yechmaganlar».
Olloh taolo: «Haj muayyan oylarda bo‘lg‘aydir, kimki shul oylarda hajga niyat aylagan ersa, hajni nihoyasiga yetkazmaguncha shaloq so‘zlarni aytmasin, fosiqlik va janjal qilmasin!» va yana: «Sizdan yangi oy chiqmog‘i haqida so‘rashg‘aydir, yangi oy, odamlar vaqt va haj mavsumini belgilamoqlari uchun chiqg‘aydir, deb ayting!» — deydir. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Shavvol va Zulqa’da oylarida hamda Zulhijja oyining o‘n kunligida haj qiling‘aydir»,— deganlar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Faqat haj oylaridagina ehrom bog‘lamoq sunnat qilingandir»,— deydilar. Usmon raziyallohu anhu Xurosondan yoki Kirmondan ehrom bog‘lab kelmoqni makruh, deb hisoblaganlar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz haj" oylarida, haj kechalarida va haj soatlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birgalikda yo‘lga chiqib, Sarif degan yerga kelib tushdik. Janob Rasululloh sahobalar oldiga chiqib: «Qay biringiz qurbonlik olib kelmagan ersangiz-u, umraga niyat qilgan ersangiz, umraga ehrom bog‘langiz, kimki qurbonlik olib kelgan ersa, bundoq qilmasin!»- dedilar. Shunda, ba’zi sahobalar umraga, ayrimlari hajga ehrom bog‘lashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ayrim sahobalar, qudrati yetib, qurbonlik olib kelishgani uchun ham, umraga ehrom bog‘lashdan mahrum bo‘ldilar. Men bu so‘zni tinglab, yig‘lab o‘tirgan erdim, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib kelib: «Ey zaifam, nega yig‘larsen?» - dedilar. «Sizning sahobalaringizga aytgan so‘zlaringizni eshitdim, men umra qila olmas erkanman»,- dedim. «Senga ne qildi?» - deb so‘radilar. «Men namoz o‘qiy olmasmen (ya’ni, hayz ko‘rdim)»,- dedim. Janob Rasululloh: «Zarari yo‘qdir, sen ham Odam Atoning qizlaridan biridirsan, Olloh taolo ularning peshonalariga nimaiki yozgan bo‘lsa, senga ham yozgandir, hajingda davom qilaverg‘il»- dedilar. Keyin, biz hajdan chiqib, Minoga keldik, u yerda men toza bo‘ldim. So‘ng, Minodan chiqib, Ka’bani tavofi ifoza qildik. Keyin, Janob Rasululloh birlan birgalikda Minoning ikkinchi kuni (Mino kunlari 4 kun bo‘lg‘aydir) yo‘lga chiqib, Muhassab degan yerga kelib tushdik. Shunda, Janob Rasululloh Abdurrahmon ibn Abu Bakrni chaqirib: «Opang birlan ehromdan chiqg‘il, opang umraga ehrom bog‘lasin va umra ahkomlarini bajarib, shul yerga qaytib kelingiz, chunkim men sizlarni kutib turg‘aymen»,- dedilar. Biz yo‘lga chiqdik, men umra shartlarini ham bajardim, tavof ham qilib bo‘ldim. So‘ng, saharda Janob Rasulullohning oldilariga keldim. Ul kishi: «Umra qilib keldingizlarmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. Keyin, sahobalarga yo‘lga otlanmoqni buyurdilar, odamlar Madinaga qarab yo‘l olishdi».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birgalikda faqat haj qilg‘aymiz degan niyatda yo‘lga chiqdik. Yetib borgach, Ka’bani tavof ayladik. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim qurbonlik yetaklab kelmagan ersa, ehromini yechsin!» - deb amr qildilar. Qurbonlik olib kelmagan bir qancha odamlar hamda Janob Rasulullohning (mendan boshqa) xotinlari ham ehromlarini yechishib, hajdan mahrum bo‘ldilar, chunkim ularning ham qurbonliklari yo‘q erdi. Men ersam, hayz ko‘rib Ka’bani tavof qila olmay qoldim. «Hasba» kechasi kelgach, «Yo Rasululloh, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 314
odamlar bir yo‘la ham haj, ham umra qilib qaytmoqda, men ersam faqat haj qildim, xolos»,-dedim. Janob Rasululloh: «Makkada ekanligimizda tavof qilmaganmi erding?»- dedilar. Men: «Yo‘q»,-dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ukang birlan Tan’imga borib, umraga talbiya aytg‘il, so‘ng falon vaqtda qaytib kelg‘il!»- dedilar».
Safiya raziyallohu anho bunday deydilar: «O’shanda odamlar mening umra qilib qaytib kelmog‘imni kutib, yo‘ldan qolishdi, deb o‘ylayman, chunki men ham hayz ko‘rib qolib, umra qilolmagan erdim-da! Janob Rasululloh menga: «Nechuk bema’nilik! Nahr kunlari (qurbonlik qiladirgan kunlar) tavof qilmadingmi?» - dedilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo‘q, tavof qilib kelg‘il!»-dedilar». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Makkadan chiqib kelayotganlarida uchratib qoldilar, shunda men Makkaga kirib ketayotgan erdim, yoki ul kishi Makkaga kirib ketayotgan erdilar, men ersam, Makkadan chiqib kelayotgan erdim».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido’ yilida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Ba’zimiz umraga, ba’zimiz ersa, bir yo‘la ham haj, ham umraga talbiya aytdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hajga talbiya aytdilar. Ammo, kim hajga niyat qilgan ersa yokim ayni vaqtda ham hajga, hg.m umraga talbiya aytgan bo‘lsa, nahr kunigacha ehromini yechmadi».
Marvon ibn Hakam aytadirlar: «Men, Usmon *va Ali raziyallohu anhumolar xalifalik qilishgan davrlarda, hajda bo‘ldim. Usmon bir yo‘la ham haj, ham umra qilmoqni man’ etdilar. Hazrat Ali ersa, bunga e’tibor bermay, «Labbayka bi-umratin va hajjatin» deb, ham hajga, ham umraga niyat ayladilar-da, «Zinhor birovning so‘ziga kirib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmasdan qo‘ymasmen!»-dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar haj oylarida umra qilmoqni yer yuzidagi jamiki fosiqliklardan ham yomon, deb hisoblashardi. Shuning uchun ham Muharram oyi o‘rniga Safar oyida umra qilishardi. Ular: «Agar tuyaning yag‘iri butunlay tuzalib, izi ham qolmasa va safar oyi tugasa, umra qilmoq mumkin bo‘lur»,- deyishardi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va sahobalari Zulhijja oyining to‘rtinchi saharida hajga talbiya aytib kelishdi. Janob Rasululloh sahobalarga haj o‘rniga umra qilmoqni amr qildilar. Bu ularga og‘ir botib, «Yo Rasululloh, hajga bog‘lab kelingan ehromni yechib, umraga qayta ehrom bog‘lamoq mumkinmi?» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Haj taqtida nimaga ruxsat etilgan bo‘lsa, hammasini qilmoq mumkindir» ,— deb javob berdilar».
Abu Muso raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim, ehromni yechmoqni buyurdilar»,- dedilar.
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, odamlar nega umra qilib ehromlarini yechmakda-yu, siz yechmayotirsiz?»-deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Men sochimni to‘zg‘imaydirgan qilib yopishtirib olganman, keyin qurbonlik ham atab qo‘yganman. Shuning uchun qurbonligimni so‘ymasdan turib ehromimni yechmasman»,- dedilar».
Abu Jamra Nasr ibn Imron rivoyat qiladirlar: «Men haj va umra qilmoq uchun ruxsat olgandim, lekin odamlar qo‘yishmadi. Shunda, Ibn Abbos raziyallohu anhuga shikoyat qildim. Ul kishi hajni davom ettirmogimni amr qildilar. Keyin, tush ko‘rdim. Tushimda bir Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 315
kishi menga: «Ezgu niyatda qilgan hajing va maqbul umrang muborak bo‘lsin!» - dedi. Men tushimni Ibn Abbosta aytib berdim. Ul kishi: «Bu, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini ado etganing uchundir»,-dedilar. Keyin, bunday dedilar: «Mening huzurimda bo‘lgil, men senga o‘z molimdan ulush ajratib berayin!» Shu’ba mendan: «Nega bunday qildilar?» - deb so‘radi. Men: «Ko‘rgan tushim evaziga»,- deb aytdim».
Abu Shihob rivoyat qiladirlar: «Umra qilib bo‘lgach, Makkaga keldim. Tarviya kunidan uch kun burun Makkaga kirib keldik. Shunda, ayrim makkaliklar menga: «Qilgan hajingning savobi makkaliklar qilgan hajchalik savobga egadir»,-deyishdi. Men Ato raziyallohu anhuning huzurlariga fatvo so‘rab kirdim. Ato bunday dedilar:
«Menga Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan bir kun davomida birga qo‘y yetaklab haj qilishganini aytib bergan erdilar. «O’shanda,- degandi menga Jobir,- har kim o‘zicha hajga talbiya aytdi. Janob Rasululloh sahobalarga: «Ka’bani tavof aylab va Safo va Marva oralig‘ida sa’y etib bo‘lgach, ehromni yechib, sochlaringizni kalta qilingiz, tarviya kunigacha ehrom bog‘lamangiz, keyin hajga talbiya aytib, ilgari qilganlaringizning hammasini qayta ado etingiz!» - dedilar. Sahobalar: «Nechuk qaytadan ado etg‘aymiz, axir biz haj qilurmiz, deb qo‘yganmiz-ku?!» - deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Aytganimni qilingiz! Agar qurbonlik yetaklab kelmaganimda, o‘zim ham shundoq qilgan bo‘lur erdim, biroq atalgan qurbonlikni so‘ymay ehromimni yechmasman»,- dedilar. Shundan so‘ng, sahobalar Janob Rasulullohning amrlariga bo‘yinsunib, aytganlarini qildilar».
Sa’id ibn Musayyab rivoyat qiladirlar: «Ali va Usmon raziyallrhu anhumo Usfon degan yerda ekashgaklarida mut’a to‘g‘risida tortishib qoldilar. Hazrat Ali: «Bir"yo‘la havd. haj, ham umra qilmoqni man’ etishing birlan, sen Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlariga qarshi chiqqan bo‘lursen»,- dedilar-da, uning so‘ziga e’tibor bermay, bir vaqtning o‘zida haj birlan umraga talbiya aytdilar».
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makkaga «Labbayka-l-lohumma labbayka bi-l-hajji» deb talbiya aytib keldik. Ammo, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga farmon berib erdilar, biz haj o‘rniga umra qildik».
Imron raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonlarida tamattu’ qildik, uning joizligi to‘g‘risida Qur’on (oyat) ham nozil bo‘ldi. Bir kishi, bir paytlar o‘zboshimchalik qilib, og‘ziga kelganini aytgan erdi (ya’ni, tamattu’ qilmoqni man’ etgan erdi)».
deydir
Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhudan haj mut’asi to‘g‘risida so‘raganlarida, ul kishi bunday deb javob berdilar: «Muhojirlar, ansorlar va Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 316
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ayollari Hajjat ul-Vido’da hajga ehrom bog‘lashdi, biz ham hajga talbiya aytdik. Makkaga kelganimizda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qurbonlikka jonliq atab olib kelganlardan tashqari, barchangiz hajga qilgan niyatingizni o‘zgartirib, umraga talbiya aytingiz!»- dedilar. Biz Ka’bani tavof aylab va Safo va Marvada sa’y qilib, so‘ng ayollarimiz yoniga keldik-da, kiyimlarimizni kiyib oldik. Janob Rasululloh: «Kimki qurbonlikka atab jonliq olib kelgan bo‘lsa, jonlig‘ini qurbonlik qiladirgan joyga olib borib, so‘ymaguncha, ehromini yechmasin!» -dedilar. Keyin, bizga Tarviya kechasi hajga talbiya aytmoqni buyurdilar. Biz haj udumlarini bajarganimizdan keyin, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marvada sa’y qildik. Shu birlan hajni tugatdik, faqat qurbonlikka atalgan jonliqni zabh (so‘yish) qilmoq qolgandi, xolos. Olloh taolo aytganidek, «(Kimga)... qurbonlikka jonliq olib kelmoq muyassar bo‘lmagan ersa...», kimki jonliq topolmagan ersa, haj vaqtida uch kun, uyiga qaytgandan keyin, yetti kun ro‘za tutg‘aydir. Qurbonlikka bir qo‘y kifoyadir. Bir yilda ikki udumni - haj va umrani ado etingiz! Chunkim, Olloh taolo bu haqda o‘z Kitobida nozil qilgan va bu payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari hamdir! Janob Rasululloh Makka ahlidan boshqa kishilarga bemalol (cheklovsiz) haj qilmoqqa ruxsat berganlar. Olloh taolo: «Bu (hukm) -ahli Masjid ul-Haromda bo‘lmaganlar uchundir!»- deydir. Olloh taolo zikr etgan haj oylari: Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja. Kimki mana shu oylarda hajdan bahramand bo‘lsa, qon chiqarmog‘i (qurbonlik qilmog‘i) yoki buning evaziga ro‘za tutmog‘i lozim bo‘lur. Bundan tashqari, u haj davomida shaloq so‘zlar aytmasligy, xotiniga yaqinlashmasligi, fisqu fasod qilmasligi va janjallashmasligi kerak».
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga kiradigan bo‘lsalar, talbiya aytmoqdan to‘xtab, Zu Tuvan degan yerda yotib qolar erdilar. Ertasiga o‘sha yerda bomdod o‘qirdilar va g‘usl qilardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shunday qilardilar».
Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zu Tavanda tong ottirib, so‘ng Makkaga kirdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu ham shunday qilar erdilar.
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zu Tuvanda qolib, tong ottirdilar, so‘ng Makkaga kirdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu ham shunday qilar erdilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga Saniyyat ul-Ulyo (Makkaning yuqori tomonidagi yo‘l) orqali kirib, Saniyyat us- Suflo (Makkaning quyi tomonidagi yo‘l) orqali (Makkadan chiqib ketar erdilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga Kado’ degan joy orqali, Bathodagi Saniyyat ul-Ulyo yo‘li bo‘ylab kirib borar erdilar, qaytishda ersa, Saniyyat us-Suflo yo‘li orqali chiqib ketar erdilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 317
Imom Buxoriy rivoyat qiladirlar: «Uning ismi Musaddad (ya’ni, to‘g‘ri, rostgo‘y) erdi. Odamlar uni ismi jismiga monand, deb ta’rif qilishar erdi. Yahyo ibn Sa’id Yahyo ibn Mu’iynga bunday deb aytgan erkan: «Men Musaddadning uyiga borsam, hadis aytib berar erdim, ul bunga juda munosib odam erdi. Qog‘ozga ko‘chirib qo‘yilgan hadislar menda turadirmi yokim unda turadirmi, mening uchun farqi yo‘q erdi (unga shunchalik ishonar erdim)».
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida uning yuqori tomonidan kirib, quyi tomonidan chiqdilar»,-deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Janob Rasululloh Makka fath bo‘lgan yili shaharga Kado’ tomondan kirib, uning yuqori tomonidagi Kudodan chiqdilar»,- deydilar. Hishom raziyallohu anhu: «Urva ikkalasidan ham, Kado’dan ham, Kudodan ham kiraverar erdilar, lekin ko‘pincha uylariga yaqin bo‘lgan Kado’dan kirar erdilar»,- deydilar».
Hishom rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan yili shaharga yuqori tomondagi Kado’dan kirdilar. Urva ham ko‘pincha Kado’dan kirardilar, chunki u uylariga yaqinroq edi».
Hishom rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan yili shaharga Kado’ orqali kirdilar, Urva ersa ikkalasidan ham, Kado’dan ham, Kudodan ham kiraverar erdilar, lekin ko‘pincha uylariga yaqin bo‘lgan Kado’dan kirar erdilar». Imom Buxoriy: «Kado’ va Kudo boshqa-boshqa joydir»,- deydilar.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling