Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Ehrom bog‘lagan kishi mahsidan boshqa oyoq kiyimi topmasa


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


14-bob. Ehrom bog‘lagan kishi mahsidan boshqa oyoq kiyimi topmasa... 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda xutba 



aytayotib, «Kim oyoq kiyim topmasa, mahsi kiysin va kim izor topmasa, ishton kiysin! 

Bu ehrom bog‘laganlarga taalluqlidir» - deb aytganlarini eshitdim»,- deydilar. 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

366


 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamdan: «Ehrom bog‘lagan kishi qanday kiyimlar kiyg‘aydir?»-deb so‘rashdi. Janob 

Rasululloh: «Ko‘ylak, salla, ishton, burnus hamda za’faron va vars tekkan kiyimlarni 

kiymagaydir. Agar oyoq kiyim topmasa, mahsining qo‘njini to‘piqdan pastroq qilib kesib 

tashlab kiyg‘aydir»,- dedilar». 

 

15-bob. Izor topmasa, ishton kiysin! 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Arafotda hammaga 



mashhur bo‘lgan nutqlarini so‘zlayotib, «Kim izor topmasa, ishton kiysin va kim oyoq 

kiyim topmasa, mahsi kiysin!» - deb aytdilar», - deydilar. 

 

16-bob. Ehrom bog‘lagan kishining qurol taqishi haqida 

 

Ibn Abbosning ozod qilingan qullari Ikrima: «Ehrom bog‘lagan kishi dushmandan xavf 



tortsa, fid’ya (jarima) to‘lab, qurol taqaverg‘aydir», - deydilar. Lekin, bu xususda Ikrima 

aytgan rivoyatdan boshqasi yo‘q. 

 

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zulqa’da 



oyida umraga ehrom bog‘ladilar. Lekin, Makka ahli ul kishini (qurol birlan Makkaga 

qo‘ymadi. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan Makka ahli o‘rtasida «Qilichi 

qiniga solingan musulmonlargina Makkaga kiritilg‘aydir» degan shartnoma tuzildi». 

 

17-bob. Makkaga ehromsiz kirmoq haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga ehromsiz kirganlar. Nabiy sallallohu alayhi va 



sallam haj va umraga niyag qilgan kishilargagina ehrom bog‘lamoqni buyurdilar, lekin 

o‘tin terib kelib sotguvchilar yokim boshqa yo‘llar birlan tirikchilik qilguvchilarga buni 

eslatmadilar. 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Zulhulayfani Madina ahliga, Qarnni Najd ahliga va Yalamlamni Yaman ahliga miyqot 

(talbiya aytish joyi) qilib belgilab berdilar. Yuqoridagi miyqotlar ularga ham, boshqa 

joylardan haj va umraga kelguvchilarga ham tayin qilindi. Makkaga yaqin yerlarda 

yashovchilar, o‘sha o‘zlari yashaydirgan joyda, Makka ahli ersa, Makkada talbiya 

aytadirgan bo‘ldi». 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



fath yili boshlariga dubulg‘a kiygan hollarida Makkaga kirdilar. Boshlaridan dubulg‘ani 

yechganlarida, bir kishi kelib: «Ibn Xatil Ka’ba jildiga osilib, tortayotir»,- dedi. Janob 

Rasululloh: «O’ldiringiz!» - dedilar». 

 

18-bob. Ko‘ylagi ustidan bilmay ehrom bog‘lasa... 

 

Ato raziyallohu anhu: «Agar bilmay xushbo‘y narsalardan foydalanib qo‘ysa yoki ko‘ylagi 



ustidan ehrom bog‘lasa yoinki ehromi ustidan ko‘ylak kiysa. kafforat lozim ermas»,- 

deydilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

367


19-bob. Arafotda o‘lgan kishi haqida 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam uning chala qolgan haj amallarini nihoyasiga 



yetkazmoqni (birovga) buyurmadilar. 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir kishi 



birlan birga Arafotda turgan erdilar. Shunda ul tuyasidan yiqilib, bo‘yni sindi. Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam: «Uni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, 

boshini berkitmangiz, xushbo‘y narsa surtmangiz, chunkim Olloh taolo uni qiyomatda 

talbiya aytayotgan holda tiriltirg‘aydir»,- dedilar». 

 

20-bob. Ehromdagi marhumga nisbatan ado etilmog‘i lozim bo‘lgan sunnatlar 

haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



birlan birga turgan erdi, tuyasidan yiqilib bo‘yni sindi. Keyin, ehrom bog‘lagan holda o‘lib 

qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uni suv va sidr birlan yuvib, o‘zining 

kiyimiga ikki qavat qilib kafanlangiz, badaniga xushbo‘y narsalar surtmangiz, boshini 

ham yopmangiz, chunkim ul qiyomatda talbiya aytib tirilg‘aydir»,- dedilar». 

 

21-bob. Mayyit nomidan haj va nazr qilmoq haqida; erkak ayol nomidan haj 

qilaveradir 

 

Abbos raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Juhayna qabilasidan bir ayol Nabiy sallallohu 



alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Mening onam haj qilg‘ayman, deb niyat etgan 

erdilar, lekin haj qila olmay vafot qildilar. Men onamning nomlaridan haj qilsam 

bo‘lurmi?»-deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha bo‘lg‘aydir, (chunkim) onangning qarzi 

bo‘lsa, to‘laysan-ku! (ya’ni, haj ham kishining bo‘ynidagi qarzdir)»,- dedilar-da, bizga 

qarab: «Sizlar ham Ollohga qarzlaringizni beringiz! Olloh ahdnomaga vafo qilmoqqa 

loyiq zoti oliydir!» -deb qo‘shib qo‘ydilar». 

 

22-bob. Tuya ustida mahkam o‘tira olmaydirgan odam nomidan haj qilmoq 

haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Xas’am qabilasidan bir ayol Hajjat ul-



Vido’da Janob Rasulullohning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, Olloh taolo bandalariga 

hajni farz qilib, oyat nozil aylagan vaqt otamning tuya ustida mahkam o‘tira olmaydirgan 

(kasalligi uchun) paytlariga to‘g‘ri kelib qoldi, men ul kishining nomlaridan haj qilsam, 

bo‘lurmi?» - dedi. Janob Rasululloh: «Ha, bo‘lg‘aydir»,- deb javob berdilar». 

 

23-bob. Ayolning eri nomidan haj qilmog‘i haqida 

 

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Fazl Nabiy sallallohu alayhi va 



sallamning orqalarida tuyaga mingashib olgandi. Shu payt, Xas’am qabilasidan bir ayol 

kelib, Fazlga, Fazl ersa, unga qaray boshladi. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam 

Fazlning boshini boshqa tomonga qaratib qo‘ydilar. Ayol: «Ollohning farzi mening otamni 

qarigan paytida topdi, ul kishi tuya ustida mahkam o‘tira olmaydirlar, men ul kishining 

nomlaridan haj qilsam, bo‘lurmi?» - dedi. Janob Rasululloh: «Ha, bo‘lg‘aydir»,- dedilar. 

Bu voqea Hajjat ul-Vido’da bo‘lgan erdi». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

368


 

24-bob. Yoshlarning haj qilmog‘i haqida 

 

Ubaydulloh ibn Yazid: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni jo‘natdilar (yoki meni 



boshqalardan oldin safar yuklari birlan Jam’dan jo‘natdilar)»,-deydilar. 

 

Abdulloh Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Balog‘at yoshiga yaqinlashib 



qolgan paytim erdi. Bir kuni eshak minib Minoga kelsam, Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam namoz o‘qiyotgan erkanlar. Shunda men namozxonlarning oldingi saflarini oralab 

o‘tdim-da, eshakdan tushib, uni o‘tlagani qo‘yib yubordim. Keyin, Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamning orqalaridagi safga kelib turdim». 

 

Soib ibn Yazid: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan hajqildim, shunda yetti 



yoshda erdim»,- deydilar. 

 

Umar ibn Abdulaziz Soib ibn Yazidga: «Men va Nabiy sallallohu alayhi va sallam yo‘l 



anjomlarini olib, birgalikda haj qildik»,- deb ko‘p marta aytgan erkanlar. 

 

25-bob. Ayollarning haj qilmog‘i haqida 

 

Ibrohim ibn Abdurrahmon ibn Avfning bobolari rivoyat qiladirlar: «Xalifa Umar 



raziyallohu anhu so‘nggi bor haj qilgan yillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 

ayollariga haj qilmoqqa ruxsat berdilar (bu paytda Janob Rasululloh marhum erdilar). 

Shunda, Usmon ibn Affon va Abdurrahmon ibn Avfni ularga hamroh qilib yubordilar». 

 

Oisha onamiz Oisha binti Talhaga quyidagi hadisni aytib bergan zrkanlar: «Bir kuni men: 



«Yo Rasululloh, biz (ayollar) siz (erkaklar) birlan birga chiqib, bir g‘azot qilmaylikmi?»-

dedim. Janob Rasululloh: «Ammo, eng yaxshi jihod ezgu niyatda qilingan hajdir!» - deb 

javob berdilar. Men Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamdan shu so‘zni eshitganimdan 

buyon hajni sira kanda qilmasman». 

 

Ibn Abbosning mavlosi Abu Ma’bud rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Ayol yonida mahrami bo‘lmasa, safarga chiqmasin va yonida mahrami bo‘lmagan ayol 

oldiga nomahram kirmasin!»-dedilar. Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh, men falon 

qo‘shin birlan birga g‘azotga ketmoqchiman, ayolim hajga borgisi kelsa, ne qilg‘aydir?»- 

dedi. Janob Rasululloh: «Ayoling birlan haj qilg‘il!»- dedilar». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hajdan 



qaytib keldilar-da, Ummu Sinonga: «Haj qilmog‘ingga ne mone’lik qilur?» - dedilar. 

Ummu Sinon: «Falonchining otasi (ya’ni, «erim» demoqchi) ikki tuyadan birini hajga 

minib ketdi, ikkinchisi ersa, yerimizni sug‘orayotir»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ramazon 

oyida umra qilmoq mening yonimda haj qilmoq birlan barobardir»,- dedilar». 

 

Ziyodning mavlosi Qaz’a rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhuning Nabiy 



sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘n ikki g‘azotda qatnashganlarini o‘zlaridan 

eshitdim. Abu Sa’id: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan to‘rt hikmat 

eshitgandirman, ulardan biri - yonida eri yoki mahrami bo‘lmagan ayol ikki kunlik yo‘lga 

(ya’nI, bir kunlik yo‘ldan ortiq yo‘lga) chiqmag‘aydir, ikkinchisi - ikki kun: Ramazon va 

Qurbon hayitlarida ro‘za tutilmag‘aydir, uchinchisi-ikki namozdan so‘ng, ya’ni asrdan 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

369


keyin, Quyosh botguncha va bomdoddan keyin, Quyosh chiqquncha namoz 

o‘qilmag‘aydir, to‘rtinchisi :- uchta masjidgagina, Masjid ul-Harom, mening masjidim 

(Masjid un-Nabiy) va Masjid ul-Aqsoga tuya yetaklab kelinmag‘aydir ». 

 

26-bob. Ka’baga piyoda borishni ahd qilgan kishi haqida 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy' sallallohu alayhi. va sallam 



ikki o‘g‘li qo‘ltiqlab ketayotgan bir cholni ko‘rib: «Bu kishiga ne bo‘lgan?» - dedilar. 

O’g‘illari: «Makkaga piyoda borishni ahd qilganlar»,- deb aytishdi. Janob Rasululloh: 

«Olloh taolo bu kishining azob chekishidan manfaatdor ermas, ulovga minib borsin!» - 

dedilar». 

 

Uqba ibn Omir Juhoniy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Singlim Baytullohga 



(Ka’baga) yayov borishga ahd qilib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bu haqda fatvo 

so‘rab bermog‘imni iltimos qildi. Men Janob Rasulullohdan fatvo so‘ragan erdim. «Yayov 

ham yursin, ulov ham minsin!»-dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

370


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

 MADINA FAZILATLARI HAQIDA KITOB 

 

1-bob. Madinaning muharram (muqaddas) ekanligi haqida 

 

Anas raziyallohu anhu 'rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Madina 



shahri falon joydan falon yergacha muharram qilingandir, uning daraxtlari 

kesilmag‘aydir va unda Qur’onga xilof ishlar qilinmag‘aydir. Kimki quyushqondan chiqsa, 

unga Olloh, farishtalar va odamlarning la’nati bo‘lsin!» -dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaga 



kelib, masjid qurmoqni amr qildilar. Keyin ul kishi: «Ey Baniy Najjor, menga baholab 

beringiz (ya’ni, bo‘lajak masjid o‘rni ikki yetim bolaniki erdi, uni sotib olmoqchilar)»,- 

dedilar. Ular (o‘sha ikki yetim bola va ularning yaqin qarindoshlari): «Biz pul 

so‘ramasmiz, Olloh yo‘liga xayr qilg‘aymiz»,-deyishdi. Lekin, Janob Rasululloh ularni 

baribir rozi qildilar. Keyin, Janob Rasulul,lohning farmonlariga binoan masjid o‘rnidagi 

mushriklar qabri boshqa joyga ko‘chirildi, xarobalar tekislandi, qibla tomondagi xurmolar 

kesildi». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Madinaning ikki toshloq joyi oralig‘idagi yerni (uni «harra», deb atashg‘aydir) o‘z tilim 

birlan muharram, deb e’lon qilg‘ayman!» - dedilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va 

sallam Baniy Hadisa mahallasiga borib: «Ey Baniy Hadisa, sizlar (Madinaning) muharram 

ekanligini unutib, quyushqondan chiqqan ko‘rinursizlar»,-dedilar, keyin chor atrofga 

qarab: «Balki undoq emasdir»,- deb qo‘ydilar (o‘shanda Amir Hamza shahid bo‘lgan 

joyda turgan erdilar)». :  

 

Ibrohim ibn Yazid Taymiy rivoyat qiladirlar: «Ali raziyallohu anhu: «Bizda Ollohning 



Kitobi va Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan qolgan mana bu sahifadan bo‘lak 

o‘zimizga xos hech narsa yo‘qdir» ,— deb Janob Rasulullohning o‘sha sahifada bitilgan 

vasiyatlarini quyida bayon qildilar: «Madinaning Oir tog‘idan falon joyigacha bo‘lgan 

yerlar muharramdir, kimki o‘shal muharram qilingan yerda islomga xilof ishlarni qilsa 

yokim biror bid’atchining yonini olib, joy berib hurmatlasa, unga Ollox, maloikalar va 

barcha odamlarning la’nati bo‘lsin! Uning tavbasi ham, fidyasy (gunohni yuvmoq uchun 

beriladirgan to‘lovi) ham qabul qilinmag‘aydir». Hazrat Ali keyin bunday dedilar: 

«Mo‘sulmonlarning yagona zimmasi (musulmonlar g‘ayridinlarni o‘z himoyasiga olib 

tuzgan shartnomasi) bor, kimki bu ahdnomani buzsa, unga Olloh, maloikalar va 

odamlarning la’nati bo‘lsin! Uning tavbasi ham, fidyasi ham qabul bo‘lmag‘aydir, kimki 

(o‘rtada ittifoq tuzilmagan) bir qavmni xojalaridan ijozatsiz o‘ziga yaqin tutsa, unga ham 

Olloh, maloika va odamlarning la’nati bo‘lsin! Uning tavbasi va fidyasi qabul 

qilinmag‘aydir». 

 

2-bob. Madina fazilatlari haqida; odamlarning dilidagi qabohatni mahv qilmoq 



Madina fazilatlaridandir 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga bir qishloqqa (hijrat qilmoq) 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

371


amr qilindi, ul qishloq boshqa qishloqlardan ustundir. Ba’zilar (ya’ni, munofiqlar) uni 

Yasrib deyishg‘aydir, vaholanki, ul Madina bo‘lib, odamlarning kirini (gunohini) temir 

yuzidagi kuyukni dam (bosqon) qanday ketkizsa, shunday ketkizgaydir»,- dedilar. 

 

3-bob. Madina - Tobadir 

 

Abu Humayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan 



birga Tabuk g‘azavotidan qaytdik. Madinaga yaqinlashganimizda Janob Rasululloh: «Bu 

Tobadir»,- dedilar. 

 

4-bob. Madinaning ikki toshloq yeri 

 

Sa’id ibn Musayyab rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar Madinada 



o‘tlab yurgan kiyikni ko‘rsam, hurkitmay o‘tib ketar erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Madinaning ikki toshloq yeri o‘rtasidagi joylar muharramdir»,- der erdilar»,- 

deb aytdilar. 

 

5-bob. Madinani yaxshi ko‘rmaganlar haqida 

 

Sa’id ibn Musayyab quyidagi hadisni Abu Hurayra raziyallohu anhudan eshitgan 



erkanlar: «Madina sizlardan keyin yanada so‘lim bo‘lg‘aydir,- dedilar Janob Rasululloh 

,— unda yovvoyi hayvonlargina yashashg‘aydir. Eng oxiri Muzayna qabilasiga mansub 

ikki cho‘pon tirik qolg‘aydir. Ular Madina tomon qo‘y haydab kelishganda ul yerda 

vahshiy hayvonlar to‘lib yotganini ko‘rishg‘aydir. Saniyyat ul-Vido’ga yetganlarida ular 

ham yiqilg‘aydirlar (ya’ni, o‘lg‘aydirlar)».  

 

Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Yaman fath qiling‘aydir ,— 



dedilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ,— qavmlar shosha-pisha mol-hollarini 

haydab, bola-chaqalari-yu xizmatkorlarini ergashtirib (Yamanga) kelishg‘aydir, vaholanki 

Madina o‘zlari uchun afzalroq erkanin bilmaslar, keyin Shom fath qiling‘aydir, qavmlar 

Madinani tashlab, shosha-pisha mol-hollarini haydab, bola-chaqalari-yu xizmatkorlarini 

ergashtirib bul yerga ham kelg‘aydirlar, vaholanki Madina o‘zlari uchun afzalroq erkanin 

bilmaslar, so‘ng Iroq ham fath bo‘lg‘aydir, unga ham qavmlar bola-chaqalari-yu 

xizmatkorlarini ergashtirib kelishg‘aydir, vaholanki Madinaning o‘zlari uchun afzalroq 

erkanin anglashmag‘aydir». 

 

6-bob. Iymon Madinada to‘planadir 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Ilon o‘z inida kulcha bo‘lib yashirinib olgani singari iymon ham bora-bora Madinada 

to‘plang‘aydir»,- dedilar». 

 

7-bob. Madina ahliga yomonlik istaganlarning gunohi 

 

Sa’d ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Madina 



ahliga yomonlik istagan odam, tuz suvda eriganidek erib ketg‘aydir»,- deganlarini 

eshitganman»,- deydilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

372


8-bob. Madinaning qo‘rg‘onlari haqida 

 

Usoma raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina 



qo‘rg‘onlaridan biriga chiqib, balanddan pastga qaradilar-da: «Bilurmisiz, nelarni 

ko‘rmakdamen? Men xonadonlaringiz o‘rtasida bo‘lajak fitnalarni shaffof suv tomchisi 

ostidagi narsani ko‘rgandek aniq ko‘rib turibdirmen»,- dedilar. 

 

9-bob. Madinaga Dajjol kirmaydir 

 

Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Dajjol 



Madinaga xavf sololmag‘aydir, o‘shal kuni Madinaning yetti qopqasidan har birini 

ikkitadan farishta qo‘riqlab turg‘aydir»,- dedilar». 

 

Nu’aym ibn Abdulloh Mujmir Abu Hurayra raziyallohu anhudan eshitib rivoyat qiladirlar: 



«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Madinaga kiraverishda farishtalar mavjud 

bo‘lib, unga vabo ham, Dajjol ham boshini suqolmag‘aydir»,-dedilar». 

 

Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talha raziyallohu anhu Anas ibn Molik raziyallohu anhudan 



eshitib rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Madinadan bo‘lak Dajjol 

bosib olmagan birorta ham shahar qolmag‘aydir, Madinaga olib boradirgan barcha 

yo‘llarni farishtalar saf-saf bo‘lib himoya qilib turgaydirlar. Keyin, Madina uch marotaba 

silking‘aydir, Olloh uning aholisi orasidagi barcha kofir va munofiqlarni itqitib 

tashlag‘aydir»,- dedilar». 

 

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anxu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam bizga Dajjol xususida ancha gaplarni aytib berdilar. Xususan, bunday dedilar: 

«Dajjol Madinaga kirolmag‘aydir, chunkim ul Madinaga olib boradirgan yo‘llarga qadam 

qo‘ymoq imkonidan mahrum bo‘lib, shahar tashqarisidagi tuzloq yerga kelib tushg‘aydir. 

O’shal kuni shaharning eng fozil kishisi Dajjolga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

o‘z hadislarida aytgan o‘shal Dajjol erkanlig‘ingni ko‘rib turibdirman»,- deydir. Dajjol: 

«Aytg‘il-chi, agar mana bul kishini o‘ldirib, keyin qayta tiriltirsam, mening ishim haq 

erkanlig‘iga shubha qilmasmisizlar?»-deydir. Odamlar: «Yo‘q»,- deyishg‘aydir. Dajjol o‘zi 

ko‘rsatgan kishini o‘ldirib, keyin qayta tiriltirg‘aydir, Shunda qayta tirilgan odam: «Xudo 

haqqi, men sening to‘g‘ringdagi so‘zlarga endi ishondim»,- der. Dajjol boyagi (fozil) 

kishini ham o‘ldirmoqchi bo‘lur, ammo harchand urinmasin, baribir o‘ldira olmag‘aydir». 

 

10-bob. Madina gunohdan forig‘ qiladir 

 

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



huzurlariga kelib, islomga bay’at qildi. Ertasiga ul bezgak tutib keldi-da: «Bay’atimdan 

qaytmog‘imga ijozat beringiz!» - dedi. Janob Rasululloh qat’iy bosh tortib: «Madina, 

temirchining bosqoni (dami) temir yuzidagi kuyukni ketkazgandek, gunohlarni 

ketkazg‘aydir»,- dedilar». 

 

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Uhud g‘azotiga chiqqanlarida ba’zi sahobalar orqaga qaytib ketishdi. Janob Rasululloh 

birlan birga qolgan sahobalarning ba’zilari ularni «o‘ldirg‘aymiz»,- deyishsa, ba’zilari 

«o‘ldirmasmiz»,- deyishdi. Shunda, «Munofiqlar xususida nega ikki taraf bo‘lib 

oldingizlar?!» degan oyat nozil bo‘ldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam sahobalarga 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

373


qarab: «Bu (Madina) temirchining bosqoni (dami) temir kuyukini ketkazgani yanglig‘ 

odamlar qabohatini ketkazg‘aydir»,- dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Yo 



parvardigor-o, Madinaga Makkaga bergan barkotingdan ikki barobar ko‘p barakot 

berg‘aysen!» - dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam safardan 



qaytayotib, uzoqdan Madina devorlarini ko‘rishlari bilanoq, tuyalarini tezlashtirar erdilar, 

Madinani shu qadar yaxshi ko‘rar erdilar». 

 

11-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaning huvillab qolmog‘ini 

yoqtirmaganlar 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Baniy Salama qabilasi Masjid un-Nabiyga 



yaqinroq yerga ko‘chib kelmoqchi bo‘ldi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Ey Baniy Salama, oxiratdan umid qilmasmisizlar?!»-deb erdilar, ular joylarida 

qolishdi... 

 

12-bob. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Mening hujram birlan minbarim oralig‘ida jannat bog‘laridan biri joylashg‘aydir, 

minbarim ersa, Havzi Kavsar ustida bo‘lg‘usidir»,- dedilar». 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Madinaga kelganlarida Abu Bakr birlan Bilol isitmalab qolishdi. Abu Bakr isitma 

zo‘riqqanda: «Uyimda bo‘lsaydim jon chiqar mahal, 

Poyabzal ipidan yaqindir ajal» ,— der erdilar. Bilol ersa, isitma bir oz pasayganda

yig‘lab:  



«Taqdirim ne erur, bilmasman, e voh, 

Boshimga ajaldin kelurmu sipoh? 

Bir kecha bo‘lsa ham, ona vodiyim, 

Qo‘ynida yotsaydim, mehribon Olloh! 

Qonib ichsam erdim, shaffof suvlarin, 

Qaniydi, tashlasam, unga bir nigoh!»- 

der erdilar. Bilol yana bunday der erdilar: «Yo parvardigor-o, vabo bizni yurtimizdan 

quvgandek, Shayba ibn Robi’a, Utba ibn Robi’a va Umayya ibn Xalafni la’natlab, 

quvgin!» Janob Rasululloh Ollohga iltijo qilib bunday . der erdilar: «Yo Olloh, bizga 

Madinani Makka singari yokim undan ham ortiqroq mahbub etg‘il! Yo Olloh, uning toshu-

tarozusiga baraka ber, ahlini salomat qil, mana bularning bezgagini ersa, Juhfaga 

ko‘chirg‘il! (Juhfa Misrda bo‘lib, uning aholisi mushrik erdi). 

 

Oisha onamiz bunday deydilar: «Biz Madinaga keldik. Bu yerda tez-tez vabo chiqib turar 



erdi. Madina vodiylari bo‘ylab ersa, oqin suvlar oqib turar erdi». 

 

Zayd ibn Aslam otalari Aslamdan eshitib rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu: «Ey 



Olloh, o‘z yo‘lingda shahid bo‘lmoqni va Raflulloh sallallohu alayhi va sallamning 

shaharlarida (Madinada) jon taslim etmoqni menga nasib aylag‘il!»-der erdilar». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling