Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Ramazon oyida qilinadirgan umraning fazilati to‘g‘risida
- 5-bob. Hasba kechasi va boshqa vaqtlarda qilinadirgan umralar haqida
- 6-bob. Tan’im umrasi haqida
- 7-bob. Hajdan keyin jonliqsiz umra qilmoq haqida
- 8-bob. Umraning savobi (ajri) chekilgan mashaqqatga yarasha bo‘lg‘aydir
- 9-bob. Umra tavofini ado etgan kishi Tavofi vido’ qilmasa ham bo‘ladirmi
- 10-bob. Umrada nima qilinsa, hajda ham shu qilinadir
- 11-bob. Umra qilgan odam qachon ehromini yechadir
- 12-bob. Haj, umra yoki g‘azotdan qaytganda nima deyiladir
- 14-bob. Hajdan erta tongda qaytmoq haqida
- 15-bob. Hajdan shomda qaytmoq haqida
- 16-bob. Madinaga kech qaytsa, eshik taqillatib uydagilarni bezovta qilmaslik haqida
- 17-bob. Madinaga yaqin qolganda tuyasini tezlashtirgan kishi xususida
- 18-bob. Olloh taoloning «Uylarga eshik orqali kiringiz!» degan kalomi sharifi haqida
- 19-bob. Safar azobning bir parchasidir! (safar azobi - go‘r azobi)
- 20-bob. Musofir safarda qiynalib qolsa, uyiga qaytadir
- 21-bob. Umra qilg‘uvchi qamalda qolsa...
- 22-bob. Haj vaqtida bo‘ladirgan to‘sqinliklar haqida
- 23-bob. To‘sqinlikka uchraganda soch oldirmasdan burun qurbonlik qilmoq haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 352
(Ji’rona umrasi) va haj birlan qo‘shib qilgan umralaridir»,-dedilar».
Humom rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zulqa’da oyida hajga qo‘shib qilgan umralaridan tashqari to‘rt marotaba umra qilganlar, birinchisi - Hudaybiyadagi umralari, ikkinchisi kelasi yilgi umralari, uchinchisi Hunayn o‘ljalarini bo‘lib berganlaridagi umralari va to‘rtinchisi - hajga qo‘shib qilgan umralaridir»,- deb aytdilar».
Abu Ishoq rivoyat qiladirlar: «Masruq, Ato va Mujohiddan so‘rasam, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zulqa’da oyida haj etmasdan burun umra qildilar»,- deb aytishdi.
Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir ansoriya ayolga (Ibn Abbos uning ismini aytgan erdi, lekin men yodimdan chiqaribman): «Biz birlan birga haj qilmog‘ingga ne mone’lik ayladi?» - deb aytdilar, deganini eshitdim. Shunda ayol: «Bizning sog‘in tuyamiz bor erdi, uni erim birlan o‘g‘lim va o‘gay o‘g‘lim minib ketdilar, bizga ersa, sutini ichib turmog‘imiz uchun boshqa bir sog‘in tuyani qoldirib ketishdi»,- debdi. Janob Rasululloh: «Ramazon oyida umra qilg‘il, chunkim Ramazon oyidagi umra haj aylagan birlan barobar savobga egadir!» - debdirlar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulhijja oyi arafasida yo‘lga chiqdik. Ul kishi bizga: «Haj qilmoqchi bo‘lganlar ham, umra qilmoqchi bo‘lganlar ham ehrom bog‘lasinlar, agar men jonliq keltirmaganimda erdi, umraga ehrom bog‘lagan bo‘lar erdim»,- dedilar. Shundan so‘ng, ba’zilarimiz hajga, ba’zilarimiz umraga ehrom bog‘ladik, men umraga ehrom bog‘laganlar orasida erdim. Shunda men hayz ko‘rib qoldim. Bul haqda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga ma’lum qildim. Janob Rasululloh: «Umrani qo‘ya turg‘il, sochingni yozib, g‘usl aylab olg‘il-da, hajga talbiya aytg‘il!» - dedilar. Keyin, Hasba kechasi meni ukam Abdurrahmon birlan birga Tan’imga yubordilar, men qazo bo‘lgan umrani ado etib, qaytdim».
Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu xabar berishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishiga Oishani tuyaga mindirib, Tan’im umrasiga olib bormoqni amr qilganlar. Sufyon ibn Uyayna bu hadisni Amrdan bir marotabagina eshitganlarini aytdilar.
Ato rivoyat qiladirlar: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ashoblari birlan hajga niyat aylab, ehrom kiydilar. O’shanda Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Talhadan bo‘lak hech kimda jonliq yo‘q erdi. Ali raziyallohu anhu ersa, Yamandan jonliq olib kelgan erdilar. Ul kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nimaga niyat aylab, ehrom bog‘lagan bo‘lsalar, men ham o‘shanga ehrom bog‘ladim»,- dedilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonlig‘i yo‘q ashoblariga umraga niyat aylab, Ka’bani tavof etmakni, so‘ng sochlarini qisqartirib, ehromdan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 353
chiqmoqni amr qildilar.
Ittifoqo, Oisha hayz ko‘rib qolib, Ka’bani tavof qilmakdan bo‘lak barcha haj udumlarini ado etdilar. Ul kishi poklanganlaridan keyingina Ka’bani tavof aylab: «Yo Rasululloh, sizlar haj va umra qilib qaytmakdasizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- dedilar. Shunda Janob Rasululloh Abdurrahmon ibn Abu Bakrga Oisha birlan birga Tan’imga bormakni buyurdilar. Oisha onamiz Zulhijja oyida hajdan keyin umra qildilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Zulhijja oyi arafasida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hajga chiqdik. Janob Rasululloh: «Umra qilmakni istaganlar ham, haj qilmakni istaganlar ham, ehrom bog‘lasinlar. Men jonliq keltirmaganimda albatta umraga ehrom bog‘lar erdim»,—: dedilar. Shunda sahobalarning bir qismi umraga, qolganlari hajga ehrom bog‘ladilar. Men ersam, umraga ehrom bog‘lagan erdim. Makkaga kelganimizda hayz ko‘rib qoldim, arafa kuni erdi. Men Janob Rasulullohga bu haqda ma’lum qildim. Ul kishi: «Umrani qo‘ya turg‘il, sochingni yozib, g‘usl qilib olg‘il-da, hajga ehrom bog‘lag‘il!» - dedilar. Men aytganlarini qildim. Hasba kechasi meni ukam Abdurrahmon birlan birga Tan’imga yubordilar. Ukam meni tuyaga mingashtirib, Tan’imga olib borgach, qazo bo‘lgan umra o‘rniga qaytadan umra qilmak uchun ehrom bog‘ladim. Olloh taolo haj va umra qilmakni menga nasib etdi. Bunda qo‘shimcha jonliq ham, sadaqa ham va ro‘za tutmak ham talab qilinmag‘aydir».
Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho:' «Yo Rasululloh, odamlar bir yo‘la haj va umra qildilar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- dedilar. Janob Rasululloh: «Poklanguningcha sabr aylag‘il, keyin Tan’imga borib, ehrom bog‘lag‘il, biz seni falon yerda kutib turg‘aydirmiz, biroq qilgan umrangning savobi chekkan mashaqqatingga yarasha bo‘lg‘aydir»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Haj oylaridan birida hajga tahlil aytib yo‘lga tushdik, ittifoqo haj man’ qilinib, Sarif degan yerda qo‘ndik. Janob Rasululloh Sahobalarga: «Kimki jonliq olib kelmagan ersa, haj o‘rniga umra qilsin, jonliq olib kelganlar ersa, bundoq qilmasinlar!» - dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va bir qancha badavlat sahobalar jonliq keltirishgan bo‘lib, ular umra qilmadilar. Men yig‘lab o‘tirgan erdim. Huzurimga Janob Rasululloh kirib: «Nega yig‘layotirsen?» - deb so‘radilar. «Men sahobalaringizga aytgan so‘zlaringizni eshitdim, demak, men umra qilolmas erkanman-da?!» - dedim. Ul kishi: «Nega bundoq dersan?»-deb so‘radilar. Men: «Benamoz bo‘lib qoldim»,-dedim. Ul kishi: «Hechqisi yo‘qdir, sen ham Odam Ato qizlaridandirsan, ularning peshonalariga neki yozilg‘an ersa, sening manglayingga ham shul yozilgandir, hajni davom ettiraverg‘il, shoyad, Olloh taolo senga umra qilmakni nasib etsa!» -dedilar. Men hajni davom ettiraverdim. Minodan chiqib, Muhassabga kelib tushdik. Shunda, Janob Rasululloh ukam Abdurrahmonni chaqirib: «Opang birlan Tan’imga borg‘il, umraga ehrom bog‘lab, tavof aylab kelsin, men sizlarni shul yerda kutib turg‘aydirman»,- dedilar. Biz kechasi umra qilib kelganimizdan keyin, «Umra qilib keldingizlarmi?»-dedilar. Men: «Ha»,-dedim. Shundan so‘ng, sahobalarga yo‘lga
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 354
chiqmakni buyurdilar. Odamlar qo‘zg‘olishdi, bomdoddan ilgari Ka’bani tavof aylaganlar ham yo‘lga tushdilar. Janob Rasululloh Madinaga qarab yo‘l oldilar».
Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ji’ronada erkanliklarida jubba kiygan, o‘ziga xushbo‘y narsa sepib olgan bir odam kelib: «Umrani qay tariqa ado aylamakni amr etg‘aydirsiz?» - deb so‘radi. Shul payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga vahiy kelib qolib, kiyimlari birlan boshlarini burkab oldilar. Men payg‘ambarimizning vahiy kelgan holatlarini ko‘rgim keldi. Umar mendagi bu istakni sezib: «Bu yoqqa kelg‘il, men payg‘ambarimizning vahiy kelgan holatlarini ko‘rmoshngga yordam berg‘ayman»,-dedilar-da, payg‘ambarimiz yopinib olgan kiyimlarining bir tarafini ko‘tardilar. Qarasam, ul kishi bo‘taloqdek pishillab nafas olayotgan erkanlar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga kelib: «Umra xususinda so‘ragan odam qani?» - deb so‘radilar va unga: «Ustingdagi jubbani yechg‘il-da, yaxshilab yuvinib, hajda neki qilsang, umrada ham shuni qilg‘il!»-dedilar».
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bolalik chog‘imda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari - Oisha onamizga: «Olloh taoloning «Safo va Marva(ni tavof aylamak) Ollohning udumlaridandir, kimki Ka’bani tavof aylab, haj qilg‘aydir, yokim umra qilg‘aydir-u, keyin Safo va Marvani tavofi sa’y etg‘aydir, gunoh bo‘lmag‘aydir» degan oyati karimasi xususida ne dersiz? Nazarimda, Safo va Marvani tavof aylamagan kishi gunohkor bo‘lmasa kerak?»-dedim. Oisha onamiz bunday dedilar: «Mutlaqo undoq ermas, agar sen aytganingcha bo‘lganda, Safo va Marvani tavof aylamasa, hech kim gunohkor bo‘lmas erdi. Biroq, bul oyat Manot degan butga sig‘ingan ansorlar haqida nozil bo‘lgandir. Ansorlar Safo va Marva oralig‘ida tavof qilmakka botinishmas erdi (gunoh bo‘ladir, deb o‘ylashar erdi). Ular Islom davri kelib, musulmon bo‘lganlaridan keyin, Janob Rasulullohdan shul xususda so‘radilar. Shunda Olloh taolo ul kishiga: «Safo va Marva(ni tavof aylamak) Olloh udumlaridandir, kimki Ka’bani tavof aylab haj qilg‘aydir yokim umra qilg‘aydir-u, keyin Safo va Marvani tavofi sa’y qilg‘aydir, gunoh bo‘lmag‘aydir» degan oyati karimasini nozil qildi».
Hishom ibn Urva: «Oisha onamiz: «Marva va Safoni tavof aylamagan odamning haj va umrasini Olloh qabul qilmag‘aydir» deb aytganlar»,- deydilar.
Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sahobalariga haj o‘rniga umra qilmakni hamda Ka’ba tavofidan so‘ng, sochlarini qisqartirib, ehromlarini yechmakni buyurdilar».
Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qildilar, biz ham birga umra qildik. Janob Rasululloh Makkaga kirib tavof aylaganlarida, biz ham ul kishi birlan birga tavof ayladik. Keyin, Safo va Marvaga keldilar, biz ham ul kishi birlan birga keldik. Biz ul kishini Makka ahlidan birortasi otib qo‘ymasin deb, pana qilib yurdik».
Ishoq ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Mening bir oshnam Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Janob Rasululloh Ka’baga kirdilarmi?» - deb so‘rabdir. Shunda ul: «Yo‘q»,- deb javob Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 355
beribdir. O’sha oshnam Abdulloh ibn Abu Avfoga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam zaifalari Xadicha xususinda ne deganlar, so‘zlab bering!» - debdir. Abdulloh ibn Abu Avfo: «Janob Rasululloh, Xadichaga uning uchun jannatda shakarqamishdan qurylgan uy atab qo‘yilganini va unda g‘amu tashvish hamda mashaqqat yo‘qlig‘ini aytib, xursand qilingizlar, deganlar»,- debdir».
Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Kimki, umra jarayonida Safo va Marvani tavof aylamay, faqat Ka’bani tavof etmak bilangina cheklansa, ayoliga yaqinlik qila olg‘aydirmi?»- deb so‘radik. Ul kishi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani yetti marta tavof ayladilar, so‘ng Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak’at tavof namozi o‘qib, Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qildilar»,- dedilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir» degan oyatni o‘qidilar».
Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan so‘ragan erdik, ul kishi: «Safo va Marvani tavof aylamaguncha ayollaringizga yaqinlashmangiz!»- deb aytdilar».
Abu Muso Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Bathoda erkanliklarida huzurlariga bordim, ul kishi tuyalarini cho‘ktirib qo‘ygan erkanlar. Meni ko‘rib: «Haj qilib keldingmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. «Nimaga (hajgami? umragami?) tahlil aytding?» - dedilar. «Janob nimaga tahlil aytgan bo‘lsalar, men ham o‘shanga tahlil aytdim»,- dedim. Ul kishi: «Yaxshi qilibdirsen, Ka’ba hamda Safo va Marvani tavof aylag‘il-da, ehromingni yechg‘il!» - dedilar. Aytganlarini qildim. Keyin, Qays qabilasiga mansub bir ayolning oldiga bordim, ul sochimni kalta qilib qo‘ydi, so‘ng ehromimni yechdim. Keyin, Hazrat Umar xalifa bo‘lgunlariga qadar shul haqda fatvo berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo‘lganlaridan so‘ng, shul xususda aytgan erdim, ul kishi: «Agar Qur’onni olib o‘qisak, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob Rasulullohning sunnatlariga rioya qilmoq buyurilganligini anglag‘aydirmiz, chunkim Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini yechmaganlar»,- deb aytdilar».
Abulasvad rivoyat qiladirlar: «Asmo binti Abu Bakrning mavlosi Abdulloh, Asmoning har safar Hajundan o‘tayotib, «Olloh Muhammadni rahmat qilsin, biz ul kishi birlan mana shul yerga tushganmiz, o‘shanda yukimiz yengil, tuyalarimiz va ozuqamiz oz erdi. Men, singlim Oisha, Zubayr va falonchi-pistonchilar umra qilgan erdik. Ka’bani o‘pib, silab tavof aylaganimizdan so‘ng, hajga ehrom bog‘lagan erdik» deganlarini eshitgan erkan».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, g‘azot yokim haj yohud umradan qaytayotganlarida har bir tepalikda to‘xtab, uch marotabadan takbir aytar erdilar, so‘ng: «Ollohdan o‘zga iloh yo‘qdir, ul yakka-yu yagonadir, uning sherigi yo‘qdir, jamiki narsalar uning mulkidir, unga hamdu sanolar bo‘lsin! Ul hamma narsaga qodirdir! Biz (kufrdan) qaytayotirmiz, tavba qilayotirmiz, rabbimizga ibodat va sajdalar aylayotirmiz, hamdu sanolar aytayotirmiz. Olloh va’dasiga sodiqdir, ul bandalarining qo‘lini baland qilib, jamiki dushmanlarini yakka o‘zi tor-mor ayladi»,-der erdilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 356
13-bob. Kelayotgan hojilarni kutib olmoq
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida Baniy Abdulmutallibga mansub bolalar qarshilariga yugurib chiqishdi. Rasululloh bolalardan birini oldilariga, ikkinchisini orqalariga mingashtirib oldilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga safar qilsalar, yo‘lda «Shajara» masjidida namoz o‘qib o‘tar erdilar. Makkadan qaytishda ersa, Zulhulayfa vodiysida namoz o‘qib, tong yorishguncha o‘shal yerda qolur erdilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uylariga bevaqt eshik taqillatib kelmas erdilar. Bordi-yu, hajdan kech qaytsalar, xuftondan oldin yokim tong chog‘i uylariga kirar erdilar».
Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hajdan kechasi qaytsalar, eshik taqillatib, ahli ayollarini bezovta qilmas erdilar»,- deydilar.
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safardan qaytayotganlarida uzoqdan Madina daraxtlari ko‘rinishi bilanoq tuyalarini tezlashtirar erdilar»,- deydilar. Abu Abdulloh Anas raziyallohu anhu rivoyatiga qo‘shimcha qilib: . «Ul kishi birlan birga, Madinani yaxshi ko‘rgan kishilar ham ulovlarini tezlashtirishar erdi»,- deydilar.
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaning devorlari ko‘rinishi bilanoq tuyalarini tezlashtirar erdilar»,- deb ham aytganlar.
haqida
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bu oyat bizning haqimizda nozil bo‘lgan erdi. Chunkim bir paytlar ansorlar hajdan qaytishda uylariga eshik qolib, tomdan oshib tushishar erdi. Bir kuni ansorlardan biri uyiga eshik orqali kirdi-da, bu birlan qolganlar ustidan o‘zicha kulgan bo‘ldi. Shunda Olloh taoloning «Savob, uylarga tomdan oshib tushishda ermas, balki Ollohdan taqvo qilishdadir, uylarga eshikdan kiringiz!» - degan oyati kariymasi nozil bo‘ldi».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Safar azobning bir Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 357
parchasidir (safar azobi - go‘r azobi), biringiz taomsiz, biringiz suvsiz va yana biringiz uyqusiz qolg‘aydirsiz. Safaringizni (hojatingizni) tugatiboq bola-chaqangiz oldiga shoshilingiz!» - deb aytganlar»,- deydilar.
Zaydning otalari Aslam rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar birlan birga Makkaga ketayotgan erdim. Abdullohga Safiyya binti Abu Ubaydaning qattiq betob bo‘lib qolganlig‘ini xabar qilishdi. Shunda, ul kishi ulovlarini tezlashtirdilar, Quyosh shafag‘i g‘oyib bo‘lgach, bir joyda tushib, shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qidilar. So‘ng: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning yo‘lda qiynalib qolganlarida shomni kechiktirib, xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rganman»,-dedilar».
MUHSAR (QAMALDA QOLGAN KISHI) VA OVDAN TEGADIRGAN ULUSH HAQIDA HAMDA OLLOH TAOLONING «AGAR QAMALDA QOLSANGIZ, QURBONLIK QILMOG’INGIZGA NEChUK JONLIQ NASIB BO’LSA, O’SHANI ZABH YETMAGUNINGIZCHA SOCHINGIZNI OLDIRMANGIZ!» DEGAN KALOMI SHARIFI XUSUSIDA
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu fitna sodir bo‘lgan yili (ya’ni, Hajjoj Makkani qamal qilgan yili) umra qilmoq niyatida Makkaga keldilar-da, «Agar Ka’baga meni qo‘ymasalar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ilgari qandoq qilgan ersak, shundoq qilg‘aydirman»,-dedilar. Keyin, umraga talbiya aytdilar, chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Hudaybiya yili umraga talbiya aytgandilar».
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ubaydulloh ibn Abdulloh va Solim ibn Abdulloh ikkalalari, Ibn Zubayr tasarrufidagi yerlarga (Hajjoj) qo‘shini kelib tushgan kecha, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuga: «Bu yil siz haj qilmasangiz, hech narsa qilmag‘aydir, (dushmanlar) sizni Ka’baga qo‘yishmag‘aydir, degan xavfdamiz»,- deb aytishdi. Shunda ul kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hajga chiqqanimizda ham Quraysh kofirlari bizni Ka’baga qo‘yishmagan erdi, o‘shanda Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonliqlarini so‘yib, keyin sochlarini oldirgan erdilar. Sizlarning guvohligingizda umra qilmoqqa ahd etdim, xudo xohlasa, yo‘lga chiqqaydirman. Bordi- yu, yo‘limni to‘sishmasa, Ka’bani tavof aylag‘aymen, basharti to‘sishsa, unda Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga ilgari nima qilgan bo‘lsak, shuni qilg‘aydirmen»,- dedilar. Keyin, Zulhulayfadan boshlab talbiya aytgancha bir oz yurdilar-da, «Ikkalasining (haj va umraning) amallari bir xildir, men sizlarning guvohligingizda bir yo‘la haj birlan umra qilmoqqa ahd etdim»,- deb aytdilar. So‘ng, ul kishi haj birlan umrani ado etib, jonliqlarini so‘ymagunlaricha ehromlarini yechmadilar. Ul kishi doim: «Makkaga kirilgan kuni Ka’bani bir marotaba tavof aylamay, ehrom yechilmag‘aydir», - der erdilar». Ibn Umar raziyallohu anhuning o‘g‘illaridan biri (Abdulloh, Ubaydulloh yoki Solim) Nofi’ga: «Fitna vaqtida hajga bormay, Madinada turib tursangiz, yaxshi erdi»,- deb aytgan ekanlar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «(Dushmanlar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 358
haj aylamoqlariga to‘sqinlik qildilar. Shunda, Janob Rasululloh sochlarini oldirib, ayollariga yaqinlik qildilar, qurbonlik qildilar. Umrani ersa, kelasi yili ado etdilar»,- dedilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Mobodo, birortangiz haj vaqtida (dushman) to‘sqinligiga duch kelsangiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari sizlarga kifoya qilmag‘aydirmi (ya’ni, Janob Rasululloh shundoq to‘sqinlikka duch kelganlarida qilgan amallarini ado etsangiz, kifoya qilmag‘aydirmi)? Janob Rasululloh hajda to‘sqinlikka duch kelganlarida Ka’ba hamda Safo va Marvani tavof aylab, ehromlarini yechganlar-da, shu birlan hajni tugatganlar. Keyin, kelasi yili haj qilib, jonliq so‘yganlar. Jonliq topmasalar, o‘rniga ro‘za tutganlar»,- dedilar.
Misvar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam soch oldirmoqdan burun jonliq so‘ydilar va sahobalarga ham shunday qilmoqni buyurdilar»,- deydilar.
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh va Solim otalari Abdulloh ibn Umar raziyalloxu anhuga: «Bu yil hajga bormasangiz, yaxshi bo‘lar erdi, dushmanlar to‘sqinlik qilmasa, deb qo‘rqg‘aymiz»,- deyishganda, ul kishi: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga umra qilmoq niyatida chiqqanimizda ham Quraysh kofirlari Ka’ba yo‘lini to‘sib, bizni o‘tkazishmagan erdi. Shunda, Janob Rasululloh tuyalarini so‘yib, so‘ng sochlarini oldirgan erdilar»,- deb aytdilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling