Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Hajda to‘sqinlikka uchragan kishiga qayta (o‘sha yili) haj qilmoq lozim
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-bob. Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz yokim boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir, tovon uchun ro‘za tutg‘aydirsiz yokim
- 26-bob. Olloh taoloning «... yokim sadaqa...» degan so‘zi oltita miskinni to‘ydirmoqni anglatadir
- 27-bob. Fidya (jarima) uchun yarim so’ taom sadaqa qilmoq haqida
- 28-bob. Fidya uchun bir qo‘y qurbonlik qilinadir
- 29-bob. Olloh taoloning «... shaloq so‘z... (aytilmagaydir)» degan kalomi sharifi xususida
- 30-bob. Olloh taoloning «Hajda buzuqlik ham, janjal ham bo‘lmasin!» degan kalomi sharifi xususida
- BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI 1-bob. Haj vaqtidagi ov va shu kabilar jariymasi haqida
- 2-bob. Ehrom kiyganlar ov hayvonini ko‘rib, kulib qo‘yishsayu, ehrom kiymagan odam buni bilib qolsa...
- 3-bob. Ehromdagi kishi ehromsiz kishiga ovni o‘ldirmoqda yordam bermaydir
- 4-bob. Ehromdagi kishi o‘zi ko‘rib qolgan ov hayvonini ehromsiz kishiga «ovlag‘il!» deb ko‘rsatmaydir
- 6-bob. Ehromdagi odam qanday jonliqlarni o‘ldirishi mumkin
- 7-bob. Makkaning (Haramning) daraxtlari butalmaydir
- 8-bob. Makkaning (haramning) yovvoyi hayvonlarini hurkitib bo‘lmasligi haqida
- 9-bob. Makkada urush qilmoq man’ qiling‘aydir
- 10-bob. Ehromdagi kishining qon oldirmog‘i haqida
- 12-bob. Ehrom bog‘lagan erkak va ayolga qanday xushbo‘y narsalarni ishlatmoq man’ qilinadir
- 13-bob. Ehromdagi odamning gusl qilmog‘i qaqida
24-bob. Hajda to‘sqinlikka uchragan kishiga qayta (o‘sha yili) haj qilmoq lozim ermas
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hajini dunyoviy lazzat birlan buzgan odamgina qayta haj qilmog‘i lozimdir, ammo biror uzrli sabab birlan haji chala qolgan bo‘lsa, qayta haj qilmag‘aydir. Agar hajda to‘sqinlikka duch kelgan kishining jonlig‘i bo‘lsa-yu, uni biror kishi orqali qurbonlik qilinadirgan joyga berib yubormoq imkoni bo‘lmasa, o‘zi zabh qilg‘aydir. Bordi-yu berib yubormoq imkoni bo‘lsa, jonliq o‘sha yerga olib borib so‘yilmaguncha, ehromini yechmay turg‘aydir».
Imom Molik va boshqalar bunday deyishadir: «Hajda to‘sqinlikka uchragan kishi qaerda turgan bo‘lsa, o‘sha yerda jonlig‘ini so‘yib, sochini oldiraverg‘aydir, buning uchun qayta haj qilib o‘tirmag‘aydir, chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam va ul kishining sahobalari Hudaybiyada to‘sqinlikka duch kelishganda, o‘sha turgan yerlarida jonliqlarini so‘yib, sochlarini oldiraverganlar. Ular Ka’bani tavof aylamay, jonliqlari qurbonlik qilinadirgan joyga olib borilmay turib, barcha haj ta’qiqlaridan xalos bo‘lishdi. O’shanda, Janob Rasulullohning sahobalardan birortasiga (ham) qayta haj qilmoqni buyurganliklari to‘g‘risida hech narsa deyilmagan. Hudaybiya haramdan (muqaddas joydan) tashqaridadir».
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu (Hajjoj) fitna qilgan yili Makkaga umra aylamoqqa kelganlarida, «Basharti, dushmanlar yo‘limni Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 359
to‘sib, Ka’baga o‘tkazishmasa, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga ilgari nima qilgan bo‘lsak, shuni qilg‘aydirman»,— dedilar-da, umraga talbiya aytdilar. Chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya yili umraga talbiya aytgan erdilar. Ibn Umar bir oz mulohaza qilib turib: «Haj va umraning udumlari bir xil bo‘lgach»,— dedilar-da, hamsuhbatlariga qarab, «Men sizlarning guvohligingizda bir yo‘la haj va umra qilmoqqa ahd etdim»,— deb qo‘shib qo‘ydilar. Keyin, ul kishi Ka’bani bir marta tavof aylab, «Shu kifoya qilg‘aydir»,— deb jonliqlarini zabh etdilar».
boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir, tovon uchun ro‘za tutg‘aydirsiz yokim sadaqa qilg‘aydirsiz yohud jonliq qurbonlik etg‘aydirsiz, bularning qaysi oirini qilmoq sizning ixtiyoringizdadir, biroq ro‘za tutsangiz, uch kun tutgaydirsiz» degan kalomi sharifi xususida
Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (menga): «Hashoratlar (bit) seni bezovta qilsa kerak»,— dedilar. «Ha, yo Rasululloh»,— dedim. Ul kishi: «Sochingni oldirib, uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti miskinni to‘ydirg‘il yokim bir qo‘yni qurbon qilg‘il!»—dedilar».
to‘ydirmoqni anglatadir
Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hudaybiyada ekanlig‘imizda tepamda turgan erdilar, boshimni bitlab ketganlig‘ini ko‘rib: «Seni bitlar bezovta qilayotirmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. Ul kishi: «Sochingni oldirg‘il!» - dedilar. Shu payt, Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz yokym boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir..» degan oyati meni deb nozil bo‘ldi. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Uch kun ro‘za tutg‘il, yokim olti miskinga bir farq (16 ratl) taom berg‘il, yohud qurbingga qarab jonliq qurbonlik qilg‘il!» - dedilar».
Abdulloh ibn Ma’qil rivoyat qiladirlar: «Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhuning yonida o‘tirgan erdim, undan fidya to‘g‘risida so‘radim, ul kishi: «Mazkur oyat mening haqimda nozil bo‘lgan ersa ham, sizlarning barchangizga taalluqlidir. O’shanda meni Janob Rasulullohning huzurlariga bir yumush birlan yuborishgan erdi, boshimdan bitlar yuzimga to‘kilib turar erdi. Shunda Janob Rasululloh menga: «Seni bunchalik bitlab ketgansan, deb o‘ylamagan erdim, juda qiynalib qolibsan-ku! Bitta qo‘y topa olg‘aymisen?»-dedilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. «Unda uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti miskinni to‘ydirg‘il, har bir miskinga yarim so’dan taom berg‘il!» - dedilar (1 so’ - 4 mudd, 1 mudd-1,33 ratl)».
Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’b ibn Ujraning boshidan yuziga bit o‘rmalab turganini ko‘rib: «Seni bit bezovta qilayotirmi?»-dedilar. Ka’b: «Ha»,- dedi. Janob Rasululloh unga sochini oldirmoqni buyurdilar. Shunda ular Hudaybiyada turishgan bo‘lib, ehromlarini shu yerda yechish- echmasliklari aniq emas erdi, chunki ular Makkaga kirmoq niyatida erdilar. Shu payt, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 360
Olloh taolo fidya haqidagi oyati karimasini nozil qildi. Mazkur oyatga binoan, Janob Rasululloh olti miskinni bir farq taom birlan to‘ydirmoqni yokim bir qo‘y qurbon qilmoqni yohud uch kun ro‘za tutmoqni buyurdilar».
sharifi xususida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ka’baga haj qilgan kishi shaloq so‘z aytmay, buzuqlik qilmay, onasidan tug‘ilgandek pok bo‘lib qaytsin!» - dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Baytullohga haj qilgan kishi shalq so‘zlamay, buzuqlik qilmay, onasi tuqqan kundagidek pok bo‘lib qaytsin!» - dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 361
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
1-bob. Haj vaqtidagi ov va shu kabilar jariymasi haqida
Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Ehromdalig‘ kezingizda hayvonlarni ov qilib, o‘ldirmangiz, qaysi biringizkim qasddan o‘ldirg‘aydirsiz, o‘ldirilgan hayyunga yarasha jariyma to‘lag‘aydirsiz. Bunda, oralaringizdan ikki adolatlig‘ kishi tayin etilib, ular sizga Ka’baga munosib qurbonlik aylamog‘ingizni yokim oltita miskinga kafforat uchun taom bermog‘ingizni yohud qilgan yomonlig‘ingizning jazosini tortmog‘ingiz uchun ro‘za tutmog‘ingizni hukm qilg‘aydir. Olloh o‘tgan gunohlarni kechirg‘aydir, ammo kimki qayta gunoh qilg‘aydir, Olloh undan o‘ch olg‘aydir, Olloh o‘ch olmoqqa qodirdir! Ul sizlarga va musofirlarga dengiz hayvonlarini ov qilmoqqa va ularning go‘shtlarini iste’mol aylamoqqa ruxsat etdi. Ammo, ul sizlarga ehromdalig‘ kezingizda quruqlikdagi hayvonlarni ov qilmoqni man’ aylag‘andir. Bir kuni o‘zlaringiz dargohida to‘planadirgan Ollohdan qo‘rqingiz!
Ibn Abbos va Anas raziyallohu anhumo: «Ehromdagi odam ov hayvonlaridan tashqari bo‘lgan tuya, qo‘y, mol, ot va tovuq kabi jonliqlarni so‘ysa, gunohi yo‘qdir»,- deyishadir.
Abdulloh ibn Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Otam (Abu Qatoda) Hudaybiya yili yo‘lga tushdilar. Sheriklari ehrom bog‘lashdi-yu, ul kishi ehrom bog‘lamadilar. Ittifoqo, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga dushman bosib kelayotganini xabar qilishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo‘zg‘oldilar. «Men bir necha o‘rtoqlarim birlan turgan erdim, ular o‘zaro kula boshlashdi,- deydilar otam,-qarasam, bir qulon turibdir, darhol unga nayza sanchdim, Ko‘tarishib yuboringiz, olib ketaylik! desam, ular bosh tortishdi. Keyin, biz qolib, uning go‘shtidan yedik. Boshqa sheriklarimiz ketib bo‘lishgan erdi, biz ulardan ajralib qolmoqdan qo‘rqdik. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamga yetib olmoq uchun otimni bir chopdirib, bir yo‘rg‘alatib ketdim. Kechasi men Baniy Rifor qabilasiga mansub bir kishini uchratib qolib, unga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni qaerda qoldirib kelmakdasen?» - dedim. Ul kishi: «Ta’hinda qoldirdim»,- dedi. Men ul aytgan yerga yetib borib, «Yo Rasululloh, ahli ayolingiz sizga salom aytib yubordilar, ular sizdan ajralib qolmoqdan qo‘rqmakdalar, ularni kutib turingiz, yetib olishsin!» -dedim. Keyin yana: «Yo Rasululloh, bir qulonni otib oldim, men uning go‘shtidan olib olganman»,- deb aytdim. Janob Rasululloh qavmlariga, ular ehromda bo‘lishlariga qaramay, «Olingiz, yengizlar!» - dedilar».
odam buni bilib qolsa...
Abdulloh ibn Abu Qatodaga otalari Abu Qatoda quyidagi hadisni rivoyat qilgan erkanlar: «Hudaybiya yili Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Ul kishining sahobalari ehrom bog‘lashdi, men bog‘lamadim. G’iyqa degan yerda dushman to‘planayotganini xabar qilishdi. Biz o‘shal tomonga jo‘nadik. Yo‘lda sheriklarim bir qulonni ko‘rib qolishib, bir-birlariga qarab kula boshladilar. Men otimni chopdirib borib, unga nayza sanchdim. Keyin, sheriklarimdan ko‘tarishib ketmoqqa yordam so‘ragan
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 362
erdim, ko‘nishmadi. Shul boisdan o‘shal yerda qolib, uning go‘shtidan yedik. Biz Janob Rasulullohdan ajralib qolmoqdan qo‘rqdik. Men otimni goh chopdirib, goh yo‘rg‘alatib ketdim. Tunda Baniy G’ifor qabilasiga mansub bir kishini uchratib qolib, unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni qay yerda qoldirding?» - dedim. Ul: «Ta’hinda»,- deb aytdi. Keyin, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetib olib: «Yo Rasululloh, sahobalaringiz sizga salom yo‘llab, Ollohning rahmatini tilab qoldilar, ular dushman yo‘llarini to‘sib, sizdan ajralib qolmoqdan xavfdalar, yetib olishguncha kutub turingiz!» - dedim. Keyin yana: «Yo Rasululloh, biz qulon ovlagan erdik, go‘shtidan olib kelganmiz»,- deb aytdim. Janob Rasuluyaloh sahobalarga, ular ehromda bo‘lishlariga qaramay, «Olingiz, yengizlar!»-dedilar».
Abu Muhammad raziyallohu anhu Abu Qatodaning: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Madinadan uch qo‘nim naridagi Qoha degan yerda bo‘ldik» -deganini zshitgandim»,- deydilar.
Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Qohada bo‘ldik, oramizda ehrom bog‘laganlar ham, bog‘lamaganlar ham bor erdi. Ittifoqo, sheriklarimning nimanidir kuzatishayotganini payqab qoldim, qarasam, bir qulon turibdir. Shul payt, qamchinim tushib ketgan erdi, ular: «Biz ehromdadirmiz, senga yordamimiz tegmag‘aydir»,- deyishdi. Men ot ustida turib bir amallab qamchinimni oldim-da, tepalik orqasiga o‘tib, qulonni o‘ldirdim. Keyin, uni sheriklarim oldiga sudrab olib keldim. Shunda, ulardan ba’zilar: «Yengizlar!»-deyishsa, ba’zilari: «Yemangizlar!» - deyishdi. Buni eshitgach, men Janob Rasulullohning oldilariga borib: «Ne qilaylik?» - dedim. Ul kishi: «Yeyaveringizlar, haloldir (ruxsatdir)!» - dedilar».
Usmon (Ibn Mavhib) raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hajga niyat aylab, yo‘lga chiqdilar, sahobalar ham birga chiqishdi. Janob Rasululloh ulardan bir guruhini (Abu Qatoda ham shular birlan birga erdi) to‘xtatib, «Sizlar to uchrashmagunimizcha dengiz sohili bo‘ylab ketaveryngiz!» - dedilar. Ular dengiz yoqalab yurib ketishdi. Yo‘l-yo‘lakay Abu Qatodadan tashqari hammalari ehrom bog‘lab olishdi. Ittifoqo, qulonlarni ko‘rib qoldilar. Abu Qatoda darhol ulardan biriga nayza urib, o‘ldirdi-da, olib keldi. Hammalari ulovdan tushib, go‘shtidan (pishirib) yeyishdi. Keyin: «Ehromda bo‘la turib, ov go‘shtidan yeb qo‘yibmiz-da?!»-dedilar. So‘ng, qolgan go‘shtni olib, yo‘lga tushdilar. Yetib borishgach, Janob Rasulullohga: «Yo Rasululloh, biz yo‘l-yo‘lakay ehrom bog‘lab olgan erdik, Abu Qatoda ersa, bog‘lamagan erdi. Tasodifan qulonlar galasini ko‘rib qoldik. Abu Qatoda ulardan birini ovladi, hammamiz ulovdan tushib, go‘shtidan (pishirib) yedik. Keyin: «Ehromda bo‘la turib, ov go‘shtidan yeb qo‘yibmiz-a?!» — dedik-da, qolgan go‘shtni olib, oldingizga kelaverdik»,— deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «O’shanda birortangiz Abu Qatodaga ovni (qulonlarni) ko‘rsatib qo‘ymadingizmi, ishqilib?» — dedilar. Ular: «Yo‘q»,— deyishdi. Janyb Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, qolganini ham yeb qo‘yingizlar!» — dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 363
5-bob. Ehromdagi kishiga tirik qulon hadya qilinsa, olmaydir
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sa’b ibn Jassoma al-Laysiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Abvo’ (yoki Buddon) degan yerda bir tirik qulon hadya qilgan erdi, olmadilar. Keyin, uning xafa bo‘lganini ko‘rib: «Biz ehromda bo‘lganimiz uchungina hadyangni rad etdik»,— dedilar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ehrom bog‘lagan kishi besh xil jonliqni o‘ldirsa, gunoh bo‘lmag‘aydir»,— deb aytganlar»,— deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollaridan biri: «Ehrom bog‘lagan kishi o‘ldirmog‘i mumkin»,— deb aytgandar»,— deydilar.
Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Ehrom bog‘lagan kishi) besh toifa jonliqni — qarg‘a, kalxat, sichqon, chayon va qopag‘on itni o‘ldirsa, gunoh bo‘lmag‘aydir»,— deb aytgan erkanlar.
Oisha raziyallohu anho aytadilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Besh tur hayvon — qarg‘a, kalxat, chayon, sichqon va tishlang‘ich it zararkunanda bo‘lib, ularni ehrom bog‘lagan kishi o‘ldirsa, gunohkor bo‘lmag‘aydir»,— degan erkanlar.
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deb naql qiladirlar: «Biz Nabiy sallalloxu alayhi va sallam birlan Minodagi g‘orda turganimizda ul kishiga «Va-l-Mursalot» surasi nozil bo‘lib, uni tilovat qilmoqqa kirishdilar, men ersam, ul zotning muborak og‘izlaridan mazkur sura so‘zlari chiqishi bilanoq, darhol yod ola boshladim. Ittifoqo, bir ilon bizga tashlandi, Janob Rasululloh: «Uni o‘ldiringizlar!» — dedilar. Hammamiz ilonga tashlangan bo‘lsakda, u qochmoqqa ulgurdi. Shunda ul kishi: «Sizlar ilonning yomonlig‘idan qutulib qolganingizdek, ul ham sizning yomonlig‘ingizdan qutulib qoldi»,- dedilar».
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh kaltakesakni ko‘rsatib, bu jirkanch maxluq, dedilar, lekin uni o‘ldirmakni buyurganlarini eshitmaganman». «Bundan, kaltakesakni o‘ldirmoq mumkin ermas, degan xulosa kelib chiqmaydir, chunkim ular (sahobalar) ilonni o‘ldirmakni gunoh, :deb hisoblashmadi-ku!» - deydilar Abu Abdulloh.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Haramning hatto tikani ham yulinmag‘aydir, deb aytganlar»,- deydilar.
Sa’id ibn Abu Sa’id al-Maqyuriy rivoyat qiladirlar: «Abu Shurayh al-Adaviy Makkaga qo‘shin yuborayotgan Amr ibn Sa’idga: «Ey Amr, menga ijozat bersangiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Makka fath qilingan kunning ertasiga aytgan so‘zlarini sizga aytib berardim, so‘zlayotganlarini o‘z ko‘zim birlan ko‘rganman, gaplarini quloqlarim birlan eshitib, qalbimga jo qilgandirman»,-dedi-da, Janob Rasulullohning Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 364
gaplarini Olloh taologa hamdu sanolar aytib, quyidagicha naql qildi: «Makkani Olloh taolo muqaddas qildi, odamlar ermas, shundoq bo‘lgach, Ollohga iymon keltirib, oxirat kuniga ishongan kishi bul shaharda qon to‘kmasligi va birorta o‘simlikni yulmasligi lozimdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari Makkada jang qilganlar-ku?!» - desa, «Janob Rasulullohga Olloh taolo ijozat bergan, sizlarga ruxsat bergan ermas»,- deb aytingiz. Olloh taolo menga kunduzi faqat bir soatgina jang qilmoqqa ruxsat berdi. Makkaning kechagi muqaddasligi bugun yana o‘z o‘rniga keldi. Bul yerda hozir bo‘lganlar kelmaganlarga so‘zlarimni yetkazsinlar!»
«O’shanda Amr sizga ne degan erdi?» - deb so‘rashibdi Abu Shurayhdan. «Men bul haqda sekdan ko‘ra yaxshiroq bilg‘ayman, Makka (Haram) osiy bandaga ham, (nohaq) qon to‘kib yokim (nohaq) vayron qilib, qochib kelganga ham panoh bo‘la olmag‘aydir»,- deb aytgan erdi»,- debdirlar Abu Shurayh.
haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Makkani muqaddas qildi. Mendan oldingilarga ham, mendan keyingilarga ham bu yerda urush qilmoq man’ etilgandir, menga kunduzi bir soatgina urush qilmoqqa ruxsat berildi. Bu yerning o‘simliklari yulinmag‘aydir, daraxtlari kesilmag‘aydir, hayvonoti bezovta qilinmag‘aydir. Birovlar yo‘qotgan narsalar, faqat egasiga ma’lum qilmoq maqsadidagina olinmog‘i mumkindir»,- dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, izxirnigina yulmoqqa ijozat etsangiz. Chunki undan kasb-hunar ahli foydalang‘aydir, aholi ersa, qabrga ishlatg‘aydir»,- dedim. Janob Rasululloh: «Mayli, izxirni yula qolingizlar!» - deb aytdilar».
Abu Shurayh raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Makkada qon to‘kmoq mumkin ermas, deb aytganlar»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Makka fath qilingan kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Endi hech hijrat qilinmag‘aydir, ammo jihod aylab, maqsadga erishmoq kerakdir. Agar jihodga da’vat etilg‘aydirsiz, darhol boringiz! Bul shaharni Olloh taolo yeru-ko‘kni yaratgan vaqtdan to qiyomatgacha muqaddas qilgandir. Mendan oldingilarga ham, mendan keyingilarga ham bul yerda urush qilmoq man’ etilgandir. Menga faqat kunduzi bir soatgina jang qilmoqqa ijozat berildi. Olloh taoloning ta’qiqiga binoan, bul yerda jang qilmoq qiyomatga qadar man’ qilingandir. Bul yerning o‘t-o‘lanlari ham yulinmasin, hayvonoti hurkitilmasin, birovlar yo‘qotgan narsalar egasiga ma’lum qilmoqdan bo‘lak maqsadda olinmasin!» - deb aytdilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, izxirdan kasb-hunar ahli hamda aholi foydalang‘aydir»,- degan erdim, ul kishi: «Izxirdan boshqasini yulmangizlar!» - dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehrom bog‘lagan hollarida qon oldirdilar»,- deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 365
Ibn Buhayna raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Lahyu Jamal degan yerda ehrom kiyg‘an hollarida boshlarining o‘rtasidan qon oldirdilar»,- deydilar. .
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘la turib, Maymunaga uylandilar»,- deydilar.
ishlatmoq man’ qilinadir?
Oisha raziyallohu anho: «Vars (xushbo‘y modda) yoki za’faron tekkan kiyimni ehrom bog‘lagan ayol kiymag‘aydir»,- deb aytganlar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, ehromdalig‘ kezimizda bizga qanday kiyim kiymoqni buyurasiz?»-deb so‘radi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘ylak va ishton, salla va burnus kiymangiz, kimning hajga munosib oyoq kiyimi bo‘lmasa, mahsisining qo‘njini to‘piqdan pastroq qilib kesib tashlasin, za’faron va vars tekkan kiyimni ham kiymangiz. Ehrom bog‘lagan ayol yuzini butunlay berkitib olmasin hamda qo‘llariga qo‘lqop kiymasin!» - dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir ehrom bog‘lagan kishi tuyadan yiqilib, bo‘yni sinib, o‘ldi. Janob Rasululloh uni olib kelmoqni buyurdilar-da: «Yuvib, kafanlangizlar, biroq boshini o‘rab qo‘ymangizlar, xushbo‘y narsalar ham sepmangizlar, chunkim u talbiya aytib tirilg‘aydir»,- dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ehrom bog‘lagan odam hammomga tushmog‘i mumkin»,- deydilar. Ibn Umar va Oisha onamiz ehrom bog‘lagan odamning hammomda ishqalab yuvinmog‘i zararsizdir, deb hisoblashgan. Ibrohim ibn Abdulloh ibn Hunayn raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abbos va Misvar ibn Maxrama Abvo’ degan yerda o‘zaro tortishib qoldilar. Abdulloh ibn Abbos: «Ehrom bog‘lagan odam boshini yuvmog‘i mumkin» ,— desalar, Misvar: «Ehrom bog‘lagan odam boshini yuvmag‘aydir» ,— deb aytdilar. Shunda, Abdulloh ibn Abbos meni Abu Ayyub al-Ansoriyning oldilariga yubordilar. Men Abu Ayyub raziyallohu anxuning quduq yonida o‘zlarini kiyim birlan pana qilgan holda cho‘milayotganlarini ko‘rdim. Yaqin borib, salom berdim, Ul kishi: «Bul kimdir?» - dedilar. «Bu men, Abdulloh ibn Hunaynman. Meni Abdulloh ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdalig‘ kezlarida boshlarini qanday yuvar erkanlar, bilib kelg‘il!» - deb sizning oldingizga yubordilar»,- dedim. Abu Ayyub pana qilib qo‘yilgan kiyimni qo‘llari birlan bir oz pasaytirdilar, shunda menga boshlari ko‘rindi. Keyin, oldilaridagi suv quyib berib turgan kishiga: «Suv quyg‘il!»- dedilar, u boshlaridan suv quydi. So‘ng, ikki qo‘llari birlan peshonalaridan ensalariga va ensalaridan peshonalariga mash tortdilar-da, «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko‘rdim»,-dedilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling