Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-bob. Ro‘zador kishining o‘z ayolini o‘pmog‘i haqida
- 24-bob. Ro‘za tutgan odamning g‘usl qilmog‘i haqida
- 25-bob. Ro‘zador kishi esidan chiqib biror narsa yeb-ichib qo‘ysa...
- 26-bob. Ro‘zador odam ho‘l va quruq misvokni ishlatsa...
- 28-bob. Ramazonda xotini bilan yaqinlik qilsa...
- 29-bob. Ramazon kuklari kunduzi xotinga yaqinlik qilib qo‘ysa-yu, buning kafforati uchun beradirgan hech narsasi bo‘lmasa....
- 31-bob. Ro‘zadorning qon oldirishi va qayt qilishi haqida
- 32-bob. Safarda ro‘za tutmoq va tutmaslik haqida
- 33-bob. Agar kishi Ramazonda bir necha kun ro‘za tutib, so‘ng safarga chiqsa...
- 35-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Jazirama issiqda safarga chiqqan odamning ro‘za tutmog‘i yaxshi ermas» deganlari haqida
- 36-bob. Nabiy sallallohu alayqi va sallamning sahobalari bir-birlariga ro‘za xususida ta’na qilishmas erdi
- 37-bob. Safarda ro‘za tutgan kishining «Odamlar mendan ibrat olsin», deb oshkora og‘iz ochganligi haqida
- 40-bob. Hayz ko‘rgan ayolning ro‘za va namozni tark qilmog‘i haqida
- 41-bob. Vafot qilgan kishi zimmasida qolgan ro‘zaning hukmi
- 42-bob. Ro‘zador qaysi vaqtda ogaz ochsa, yaxshi bo‘ladir Abu Sa’id quyosh gardyshi ko‘rinmay qolgaida ogiz ochar erdilar
- 43-bob. Ro‘zadorning o‘zida mavjud bo‘lgan suv yoki boshqa narsalar bilan og‘iz ochishi mumkinligi haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 381
22-bob. Ro‘zador kishining badani xotinining badaniga tegishi mumkin
Oisha onamiz: «Ro‘zador kishi xotinining avratigagina yaqinlashmasligi lozim»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro‘za bo‘la turib, ayollarini o‘par erdilar, muborak badanlari ularning badanlariga tegar erdi, lekin ul Janob o‘z nafslarini sizlardan ko‘ra, ko‘proq tiya bilgan odam erdilar (ammo, o‘z nafsiga kuchi yetmaydiganlarning ro‘za tutgan holda xotiniga bunday muomalada bo‘lmog‘i xatarlidir)».
Jobir ibn Zayd: «Agar ro‘zador kishi o‘z xotiniga muhabbat ila qarasa-yu, tahorati sinsa, ro‘zasini davom ettiraverg‘aydir»,- deydirlar.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘za tutgan hollarida ba’zan xotinlarini o‘par erdilar»,- dedilar-da, kulib qo‘ydilar.
Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan bir to‘shakda yotgan erdim, to‘satdan hayz ko‘rib qoldim. Shunda, Janob Rasulullohning bag‘rlaridan sekingina chiqib ketdim. Janob Rasululloh: «Nima, hayz bo‘lib qoldingmi?»-dedilar. Men: «Ha»,- dedim-da, kiyimlarimni almashtirib, yana to‘shakka kirdim».
Ummu Salama va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkalalari ham nahs bo‘lib qolganlarida bir idishdan g‘usl qilar erdilar. Janob Rasululloh ro‘za bo‘lsalar ham Ummu Salamani o‘par erdilar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu ro‘za tutgan bo‘lsalar ham, bir ko‘ylakni xo‘llab, o‘z ustlariga tashlab qo‘ymoqni buyurdilar. Imom Sha’biy ro‘za tutgan bo‘lsalar ham hammomga kirdilar. Ibn Abbos: «Kishi ro‘za bo‘la turib qozondagi taomning tuzini tili birlan tatib ko‘rib, ichiga yutmasdan tuflab tashlasa, zarari yo‘qdir»,- deydirlar. Hasan Basriy: «Ro‘zador kishi og‘ziga suv olib, chayqab tashlasa, suv birlan badaniga orom bersa bo‘lur»,- deydilar. Ibn Mas’ud: «Qaysi biringiz ro‘za tutsangiz, badaningizga xushbo‘y narsalardan surtib, o‘zingizga oro beringiz!»- deb tavsiya qiladirlar. Anas raziyallohu anhu: «Menda bir katta idish bor, unga suv to‘ldirib, ro‘za bo‘lishimga qaramay, ichiga tushib olg‘ayman»,-deydilar. Janob Rasululloh ro‘za tutgan paytlarida ham misvok birlan tishlarini tozalar erdilar, deyishadi. Ibn Umar: «Ro‘zador odam ertalab va kechga yaqin misvok birlan tishini tozalamog‘i mumkin»,- deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ro‘zador odam tupugini yutsa, ro‘zasi ochilg‘aydir. demasman»,- deydilar. Ibn Sirin: «Ro‘zador odam misvok ishlatsa, zarari yo‘qdir»,- deb aytdilar. Shunda ul kishiga: «Misvok nam bo‘lgach, og‘izga uninG mazasi chiqadir-ku!» - deyishdi. Ibn Sirin: «Ro‘zador bo‘la turib suv birlan og‘iz chayqaladir-ku, unda ham maza bor-ku!»-deb javob qildilar. Anas va Hasan Basriy: «Ro‘zador odam surma ishlatsa, zarari yo‘qdir»,- deyishadi.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 382
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonda subh vaqtida bulg‘anib qolar erdilar. So‘ng, g‘usl qilib, ro‘za tutishni davom ettiraverardilar».
Abu Bakr ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Otam birlan birga Oisha raziyallohu anhoning uylariga kirdik. Shunda Oisha onamiz: «Qasam ichib ayturmenkim, Janob Rasululloh jinsiy yaqinlik qilmay turib, nahs bo‘lib qolganlarida (bulganib qolganlarida) g‘usl qilardilar-da, ro‘za tutishda davom etaverardilar»,- deb aytdilar. So‘ng, biz Ummu Salama oldilariga kirdik, ular ham Oisha onamiz aytgan gaplarni aytdilar».
Ato raziyallohu anhu: «Agar bir kishi burniga suv olib (tahorat chog‘ida), hammasini chiqarib yuborolmay, ozrog‘i dimog‘i orqali tomog‘iga o‘tib ketsa, uning zarari yo‘qdir»,- deydilar.
Hasan Basriy: «Ro‘zadorning tomog‘iga pashsha kirib ketsa, zarari yo‘qdir»,-deydilar. Hasan va Mujohid: «Agar ro‘za tutgan kishi ro‘zaligi esida bo‘lmay, o‘z xotini birlan jinsiy aloqa qilib qo‘ysa, hech zarari yo‘qdir»,- deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ro‘zador odam esidan chiqib yebichib qo‘ysa, ro‘zasini davom ettirsin, chunkim uni Olloh yeb-ichiribdir», deganlar»,- deydilar.
Omir ibn Rabiy’a: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro‘zador bo‘la turib, misyuk ishlatganlarini juda ko‘p ko‘rganman»,- deydilar. Abu Hurayra: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ummatimga og‘ir bo‘lmog‘ini o‘ylamaganimda, har tahorat qilganda misvok ishlatmakni buyurgan bo‘lar erdim»,-deb aytganlar»,- deydilar. Abu Hurayra Janob Rasululloh haqlarida rivoyat qilgan hadislariga o‘xshash boshqa bir hadisni Jobir va Zayd ibn Xolid ham aytib berishgan. Imom Buxoriy: «Mazkur hadis ro‘zador odamgagina taalluqlidir» ,— deydilar.
Oisha oiamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Misvok birlan og‘iz tozalamak Olloh taolo rizoligi uchun qilinadirgan amaldir!» - deganlar» ,— deydilar. Ato va, Qatoda: «Ro‘za tutgan kishi tupugini yutsa, zarari yo‘qdir»,-deb aytishadi.
Humron rivoyat qiladirlar: «Men Usmon raziyallohu anhuning tahorat qilganlarini ko‘rdim. Ul kishi avval uch bor ikki qo‘llariga suv quydilar, so‘ng, og‘iz va burun chayqadilar, keyin uch bor yuzlarini yuvdilar, keyin uch bor o‘ng va chap qo‘llarini tirsak birlan qo‘shib yuvdilar, so‘ng o‘ng hamda chap oyoqlarini uch bor yuvdilar. Keyin, menga qarab: «Rasululloh, xuddi hozir men qilgan tahoratdek, tahorat qilib, «Kimki hozirgi mening tahoratimdek tahorat qilsa, keyin ikki rak’at namoz o‘kib, namoz vaqtida namozga aloqador bo‘lmagan so‘zlarni so‘zlamasa, shul vaqtgacha qilgan mayda gunohlarining hammasi kechirilg‘aydir»,- deb aytganlar»,- dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 383
27-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz tahorat qilsangiz, albatta dimog‘ingizga suv olib chayqangiz!» deganlari hamda bunda ro‘zador bkrlan ro‘za tutmaganlarni ajratmaganlari haqida
Hasan Basriy: «Ro‘zador dimog‘iga dori quysa-yu, tomog‘iga ketib qolmasa, zarari yo‘qdir hamda ro‘zador surma qo‘ysa ham bo‘lur», - deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ro‘zador og‘ziga suv olib, chayqab tashlasa-yu, tupugi va og‘zida qolgan suvni yutib yubormasa, zarari yo‘kdir. Ro‘zador saqich chaynamasligi kerak, mobodo saqich chaynasa-yu, so‘lagini yutsa, ro‘zasi ochilg‘aydir, demasman»,- deydilar. Lekin, ko‘pchilik ulamolar saqich chaynaganda chiqadirgan so‘lakni yutmaslik kerakligini aytib, «Ro‘zador dimog‘ini chayqaganda tomog‘iga suv ketsa, zarari yo‘qdir, chunkim ul tomog‘iga ketayotgan suvni qaytarishga qodir ermas»,- deyishadi.
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Kimki Ramazonda kasal bo‘lmay turib, uzrsiz bir kun ro‘za tutmasa, o‘sha uzrsiz ro‘za tutmagan bir kun evaziga umr bo‘yi ro‘za tutsa ham, Ramazondagi bir kunlik ro‘zaning savobiga erisha olmaydir»,- deydilar. Ibn Mas’ud ham xuddi shunday degan ekanlar. Sa’id ibn Musayyab, Sha’biy, Ibn Jubayr, Ibrohim Qatoda va, Hammodlar: «Uzrsiz tutilmagan bir kunlik ro‘za evaziga yana bir kun qo‘shimcha ro‘za tutg‘aydir»,- deydilar.
Abdulloh ibn Zubayr quyidagi hadisni Oisha raziyallohu anhodan eshitgan ekanlar: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Men o‘zimni o‘zim kuydirdim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ne qilding?» -dedilar. Boyagi kishi: «Men Ramazonda kunduzi xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim», -dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir katta zambilda xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Boyagi o‘zini o‘zi kuydirgan kishi qani?» - deb so‘radilar. «Men shu yerdaman»,-dedi u. Janob Rasululloh: «Qilgan gunohingni yuvmok; uchun (kafforat uchun) mana shul xurmoni odamlarga ehson qilg‘il!» - dedilar».
kafforati uchun beradirgan hech narsasi bo‘lmasa....
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘tirgan erdik. Shu payt, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, men halok bo‘ldim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Senga ne bo‘ldi?» -dedilar. Boyagi kishi: «Ro‘za holimda kunduz kuni o‘z xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qul ozod qilmoqqa qurbing yetg‘aydirmi?» - deb so‘radilar. O’: «Yo‘q, qurbim yetmag‘aydir»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro‘za tuta olurmisen?»-dedilar. U: «Yo‘q»,-dedi. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasa, oltmish kishiga taom bera olurmisen?»-dedilar. U: «Yo‘q»,- dedi-da, jim qoldi. Shu asnoda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir katta savatda to‘la xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Boyagi odam qani?» - deb so‘radilar. U: «Shu yerdaman»,- dedi. Janob Rasululloh: «Mana bu xurmoni olib, kambag‘allarga ehson qilg‘il»,- dedilar. U: «Yo Rasululloh, Ollohga qasam ichib ayturmenkim, Madinada mening xonadonimdan kambag‘alroq xonadon yo‘q»,- dedi. Janob Rasululloh tabassum qildilar, hatto muborak og‘izlaridagi tishlari ham ko‘rinib ketdi: «Undoq bo‘lsa, xurmoni olib borib, oilangga yedirg‘il»,- dedilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 384
30-bob. Ramazon kuni xotiniga yaqinlik qilib qo‘ygan kishi, oilasi muhtoj bo‘lsa, beradigan kafforatini oilasiga yediradimi?
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurlariga bir kishi kelib, Ramazonda o‘z ahliyasi birlan jinsiy aloqa qilib qo‘yganini aytdi. Janob Rasululloh: «Qilgan gunohing evaziga qul ozod qilmoqqa qodirmisen?»-deb so‘radilar. U kishi: «Yo‘q»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro‘za tutmoqqa qodirmisen?» - deb so‘radilar. U yana: «Yo‘q»,-deb javob berdi. Janob so‘radilar: «Oltmish kishiga taom bermoqqa qodirmisen?» U kishi: «Yo‘q»,- dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir savat xurmo hadya qilindi. Janob: «Bu xurmoni o‘z nomingdan muhtojlarga yedirg‘il!» -dedilar. U kishi: «Yo Rasululloh, Madina shahrida mening oilamdan ham muhtojroq oila bormi?» - dedi. «Undoq bo‘lsa, buni o‘z oilangga yedirg‘il!» - dedilar Rasululloh».
Abu Hurayra: «Agar ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochilmaydir, chunki bu holda ovqat ro‘zadorning oshqozonidan chiqadir, unga kirmaydir»,- deydilar. Abu Hurayraning boshqa bir rivoyatlarida «Ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochiladir», deb aytilgan, lekin avvalgisi to‘g‘ri. Ibn Abbos va Ikrima: «Ro‘za qoringa kirgan narsadan ochiladir, chiqqan narsadan ermas»,- deydilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu ro‘za bo‘la turib, kunduzi qon oldirar erdilar, so‘ng kechasi oldiradirgan bo‘ldilar. Abu Muso ham kechasi qon oldirardilar. Sa’d, Zayd ibn Arqom va Ummu Salamalar ro‘za bo‘la turib, kunduzi qon oldirishgani haqida rivoyat qilingan. Bukayr Ummu Alqama: «Oisha raziyallohu anho huzurlarida ro‘za holimizda qon oldirar erdik, lekin ul kishi bizni bundan qaytarmas erdilar»,- deydilar. Hasan Basriy va boshqalar: «Kishi ro‘za holda qon oldirsa, qon olganning ham, oldirganning ham ro‘zasi ochilg‘aydir», - deb rivoyat qilishadi.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘lgan chog‘larida va ro‘za tutgan paytlarida qon oldirganlar»,- deb rivoyat qiladirlar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro‘za hollarida qon oldirar erdilar»,- deydilar.
Sobitulbunoniy Anas raziyallohu anhudan: «Ro‘zadorning qon oldirishini yoqtirmas erdingizlarmi?» - deb so‘radilar. U kishi: «Ha, qon oldirgandan so‘ng, madori qurib qolishini yoqtirmas erdik»,- deb aytdilar.
Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Janob Rasululloh bir kishiga: «Iftor qilmog‘im uchun ulovdan tushib, sutni suvga (yokim talqonni suvga) aralashtirib berg‘il!»-deb buyurdilar, Ul kishi: «Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!»-dedi. Janob Rasululloh ikkinchi marta buyurdilar. Boyagi kishi yana: «Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta buyurganlaridan keyin, u ulovdan tushib, sutni suvga aralashtirib berdi. Janob Rasululloh o‘shandan ichib, og‘iz ochdilar. So‘ng, muborak qo‘llari birlan kun botar tomonga ishora qilib, «Agar qorong‘ulik mashriq tomondan tusha boshlasa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 385
Oisha raziyallohu anho: «Hamza ibn Amrulaslamiy: «Yo Rasululloh, men har doim, har kuni ro‘za tutg‘ayman»,- deb aytdi»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hamza ibn Amrulaslamiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Safarda bo‘lganimda ham ro‘za tutaverayinmi?» -deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Xohlasang tutg‘il, xohlamasang, tutmag‘il!» - dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonda Makkaga safar qildilar. Shunda, Kadid degan joyga kelguncha ro‘za tutdilar, undan so‘ng ro‘za tutmadilar. Buni ko‘rgan odamlar ham ro‘za tutmay qo‘yishdi».
Abuddardo’ raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Odamlar qo‘llarini boshlariga soyabon qiladirgan darajada havo isib ketadigan paytlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarga chiqar erdik. Bunday safarlarda Janob Rasululloh va Ibn Ruvohadan boshqa hech kim ro‘za tutmas erdi».
chiqqan odamning ro‘za tutmog‘i yaxshi ermas» deganlari haqida
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar chog‘ida bir to‘da kishilarning kimnidir Quyoshdan pana qilmoqqa urinishayotganini ko‘rib: «Ne qilmoqdasizlar?» - dedilar. Shunda, ular boyagi kishining ro‘zador ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Safarda ro‘za tutmoq yaxshi ermas»,- dedilar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Ayrimlarimiz ro‘za tutgan va ayrimlarimiz ro‘za tutmagan erdik. Shunda, ro‘za tutmagan kishiga «Nega tutmag‘aysan?», deb yoki tutgan kishiga «Nega safarda ro‘za tutg‘aysan?», deb ta’na qilmas erdik».
oshkora og‘iz ochganligi haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida Makkaga qarab safarga chiqdilar. Asfon degan yerga yetguncha necha kun ketgan bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutdilar. O’sha yerga yetgandan so‘ng, Janob Rasulo‘lloh suv keltirmakni buyurdilar. Suv keltirishgach, odamlar ko‘rsin, deb ataylab baland ko‘tarib ichdilar. Keyin, Makkaga yetguncha ro‘za tutmadilar. Bu voqea Ramazonda bo‘lgandi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda ko‘pincha ro‘za tutardilar va ba’zan tutmay ham yurardilar. Shuning uchun bu galgi safarimizda xohlagan ro‘za tutdi, xohlamagan tutmadi».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 386
38-bob.
Ibn Umar va Salama ibn al-Akva’: «Olloh taoloning «Ro‘za tutmoqqa qurbi yetadirgan kishilar ro‘za tutmasalar, bir kunlik ro‘za evaziga bir miskin to‘yadirgan taom bersinlar!» degan oyatini uning keyingi - «Kimki Ramazon oyi kelgach, ro‘za tutmoqqa qodir bo‘lsa, ro‘za tutsin... », degan oyati bekor qilgan»,- deyishadi. Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari - Abu Laylo bunday deydilar: «Ramazon oyida ro‘za tutmoq haqidagi oyat nozil bo‘lganda biz ro‘za tutmoqqa juda qiynaldik, shunda ro‘za tutmoqqa qodir bo‘lmaganlarga bir kunlik ro‘za o‘rniga bir miskin to‘yadirgan miqdorda fidya (to‘lov) bermakka ruxsat etildi. Keyinchalik ersa, «Ro‘za tutganingiz taom berganingizdan afzalroqdir!» degan oyat nozil bo‘lib, avvalgi oyatni bekor qildi va bizga ro‘za tutmoq buyurildi».
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu: «Ro‘za tutmaganlar har kungi ro‘zasi uchun bir miskin to‘yadirgan taom bersin!» degan oyatni o‘qib, « Bu oyat bekor qilingan»,- dedilar».
Ibn Abbos: «Agar kishi bir necha kun ro‘za tuta olmagan bo‘lsa, Ramazon oyidan so‘ng tutsa ham bo‘lur, uzluksiz bo‘lmog‘i shart ermas. Chunki Olloh taolo: «Tuta olmagan ro‘zalaringizni boshqa kunlarda tutib berg‘aydirsizlar, degan»,-deydilar. Sa’id ibn Musayyab: «Ro‘zaning qazosi Zulhijja oyining o‘ninchi kunigacha tutilgani yaxshiroq, chunki kelgusi Ramazon oyigacha tutilmay qolib ketsa, yaxshi ermas»,- deydilar. Ibrohim: «Kishi Ramazon oyida beparvo bo‘lib, ro‘za tutmasa, keyingi Ramazon oyi kelganda har ikkalasini bir qilib tutishi kerak bo‘ladi, qazo bo‘lgan ro‘za uchun fidya bermoq yaxshi ermas»,- deydilar. Abu Hurayra va Ibn Abbos: «Ramazon oyi kelganda kimki ro‘za tutolmay qolsa, qazo bo‘lgan ro‘zasi evaziga bir miskin (kambag‘al, bechora) to‘ygudek taom bermog‘i kerak»,- deganlar. Imom Buxoriy ersa: «Olloh taolo qazo qilingan ro‘zalar o‘rniga taom bermoqni ermas; balkim ro‘za tutib bermoqni amr qilgan»,- deydilar.
Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ramazonda tuta olmagan ro‘zalarimning qazosini to Sha’bon oyi kelmaguncha tuta olmas erdim»,-dedilar. Chunkim, Janob Rasululloh ham Sha’bon oyida ro‘za tutar erkanlar. Yahyo: «Ul kishining Sha’bon oyigacha ro‘za tuta olmasliklariga sabab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan mashg‘ul erkanliklaridadir»,- deydilar».
Abuzzanod rivoyat qiladirlar: «Payg‘ambarning sunnatlari va shar’iy ishlari ko‘pincha kishi fikriga xilof bo‘lur, binobarin musulmon kishi biror shariat hukmini o‘z fikriga, aqliga xilof, deb bilsa, albatta shariat ko‘rsatgan yo‘lga ergashmog‘i shartdir. Shunday ishlardan bittasi hayz ko‘rgan ayolning ro‘za qazosini tutib, namoz qazosini o‘qimasligidir».
Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Hayz ko‘rgan xotinlarning namoz o‘qimasligi va ro‘za tutmasligi ular e’tiqodidagi nuqs Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 387
ermasmu?» - deganlar (ya’ni, ayollar Olloh taologa ibodat qilmoq xususida erkaklarga nisbatan ayrim nuqsonlarga egadir)».
Hasan Basriy: «Vafot qilgan kishi zimmasida o‘ttiz kun ro‘za qolgan bo‘lsa, o‘ttiz kishi bir kundan tutib bersa bo‘lg‘aydir»,- deganlar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki vafot qilsa, uning zimmasida qolgan ro‘zalarini (ya’ni, tuta olmagan ro‘zalarini) vafot qilgan kishining yaqinlari tutib berg‘aydirlar»,-deganlar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi'Nabiy*sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, onam, zimmalarida bir oylik ro‘za bo‘lgan hollarida vafot qildilar, o‘sha zimmalaridagi ro‘zani men ado qilsam bo‘lurmi?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha,- bo‘lg‘aydir. Chunki Ollohning qarzini ado etmoq boshqa qarzlarni ado k;ilmoqdan ham zarurroqdir! »- dedilar». : '
Umar ibn Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kela boshlasa, yorug‘lik ersa mag‘ribdan keta boshlasa va quyosh botsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».
Ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga safarda erdik, ul kishi ro‘za erdilar. Kun botgandan so‘ng, bir kishiga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni aralashtirmoqni buyurdilar. U kishi ersa: Og‘iz ochmoqqa hali ertaroq zrmasmikin?» - dedi, Janob Rasululloh buyruqlarini uch bor takrorlaganlaridan so‘ng, u kishi ichimlik suvi tayyorladi. Nabiy sallallohu alayhi a sallam suv ichib: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kelayotgan bo‘lsa, ro‘zadorning ro‘zasi ochilgan bo‘lur»,- dedilar».
og‘iz ochishi mumkinligi haqida
Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yurgan erdik. Ul kishi ro‘za erdilar. Kun brtgandan so‘ng, «Ey Bilol, ulovdan tushib, bizga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni aralashtirib berg‘il!»- dedilar. Bilol: «Yo Rasululloh, og‘iz ochmoqni bir oz kechiktirsangiz bo‘larmi erdi?»-dedilar. Janob Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi yana: «Hali yorug‘-ku!»- dedilar. Janob Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. Shundan so‘ng, Bilol suv tayyorlab berdilar. Shunda, Janob Rasululloh: «Agar qorong‘ulik mana bu tomondan (qo‘llari birlan mashriq tomonga ishora qildilar) kelsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling