Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Kun botishi bilanoq iftor qilmoq haqida
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45-bob. Agar Ramazonda og‘iz ochilgandan so‘ng quyosh ko‘rinib qolsa...
- 46-bob. Yosh bolalarning ro‘za tutmog‘i haqida
- 47-bob. «Ikki va undan ortiq kun iftor qilmay, uzluksiz ro‘za tutmoq hamda kechasi ro‘za tutmoq durust ermas»,- degan kishilar haqida
- 48-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning haddan ziyod uzluksiz ro‘za tutganlarni koyiganlari haqida
- 49-bob. Faqat sahargacha uzluksiz ro‘za tutmoq haqida
- 50-bob. Bir odam nafl ro‘za tutgan boshqa bir odamga «og‘iz ochasan!», deb turib olsa-yu, lekin uning og‘iz ochganligi uchun o‘zi bir kun ro‘za tutib berishi
- 51-bob. Sha’bon oyida ro‘za tutmoq haqida
- 52-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro‘za tutmoqlari va ro‘za tutmay yurishlari haqida
- 53-bob. Ro‘zadorda mehmonning ham haqqi bor
- 54-bob. Ro‘zadorda o‘z tanasining ham haqqi bor
- 55-bob. Umr bo‘yi ro‘za tutmoq xususida
- 56-bob. Bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmaslik haqida
- 57-bob. Dovud alayhissalom qanday ro‘za tutganlar
- 58-bob. Oy to‘lgan kunlari - o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi kunlarda ro‘za tutmoq haqida
- 59-bob. Nafl ro‘za tutgan kishining hech qaerda og‘iz ochmasligi qaqida
- 60-bob. Har oyning oxirida ro‘za tutmoq haqida
- 61-bob. Jum’a kuni ro‘za tutmaslik haqida
- 62-bob. Kishi o‘zi uchun ro‘za tutadirgan kunlariny belgilab olsa, bo‘ladirmi
44-bob. Kun botishi bilanoq iftor qilmoq haqida
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘zadorlar quyosh botishi birlan bir paytda og‘iz ochsalar, doimo yaxshilik ko‘rg‘aydirlar»,— deganlar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 388
Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik, Janob Rasululloh kechgacha ro‘za tutdilar. So‘ng, bir kishiga: «Og‘iz ochmoqqa narsa (suv) tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi: «Yana bir oz kech kirishini kutsak yaxshi bo‘larmidi?»-dedi. Janob Rasululloh: «Agar tunning mashriq tomondan kelayotganini ko‘rsang, bo‘ldi, ro‘zador bo‘lsang, og‘iz ochaverg‘il!»-dedilar».
Asmo binti Abu Bakr: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam davrlarida havo bulut kuni og‘iz ochdik, biroq og‘iz ochilgandan so‘ng Quyosh chiqib qoldi»,- dedilar. Mazkur hadis roviylaridan biri - Hishomdan: «O’sha kungi ro‘zaning qazosini tutmoqni buyurdilarmi?» - deb so‘rashganda, ul kishi: «Ro‘zaning qazosini albatta tutmoq lozim»,- deb javob qildilar. Ma’mar ersa: «Hishom o‘shanda ro‘za qazosini tutishganmi, yo‘qmi, bilmadim, deb aytgan erdi»,- deydilar.
Umar raziyallohu anhu Ramazonda may ichgan Nashvon degan kishiga: «Yosh bolalarimiz ro‘za tutsalar-u, sen may ichib yursang?! Bu qilmishing uchun do‘zax azobiga giriftor bo‘lg‘il!» - deb sakson darra urdilar. Rabi’ binti Muavvaz rivoyatqiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Muharram oyining o‘ninchi kuni ertalab Madina tegrasidagi qishloqlarga «Kimki ro‘za tutmagan bo‘lsa, to kun botguncha hech narsa yemasin, kimki ro‘za tutgan bo‘lsa, ro‘zasini davom ettirsin!», deb xabar yubordilar. O’sha kuni o‘zimiz ham, yosh bolalarimiz ham ro‘za tutgan erdik. Bolalarimiz qorinlari ochib, yig‘lasalar, ularni iftorgacha ovuntirish uchun bo‘yalgan jundan o‘yinchoqlar yasab bergan erdik».
Olloh taolo: «Ro‘zani kun botguncha davom ettiringiz!» - degan. Nabiy sallallohu alayhi va sallam kishilarga rahm-shafqat qilib, ularning salomatliklarini o‘ylab, uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarganlar va «Dinda buyurilmagan narsalarni qilaman, deb o‘zini qiynamaklik durust ermas»,-deganlar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Uzluksiz ro‘za tutmangiz!» - deganlarida, «O’zingiz shunday ro‘za tutg‘aydirsiz-ku?!» - deyishdi. Janob : «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen, uzluksiz ro‘za tutganimda, Olloh tomonidan kechalari yeb-ichirilg‘aymen»,- dedilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarganlarida, odamlar:
«O’zingiz tutg‘aydirsiz-ku?!»-deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Meni Olloh kechalari yedirg‘aydir va ichirg‘aydir» ,— dedilar».
Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarni uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarib: «Agar xohlasangiz, to sahargacha tutingiz!» - deganlarida, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 389
odamlar: «Yo Rasululloh, o‘zingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» -deyishdi. Janob: «Men. sizlarga o‘xshagan ermasmen, chunki kechasi Olloh tomonidan taomlantirg‘uvchi kelib, menga taom berg‘aydir va sug‘org‘uvchi kelib, suv berg‘aydir»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh oda.mlarga rahm-shafqat qilib, uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarganlarida, ular: «Uzingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» - deyishdi. Ul kishi: «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen, meni rabbim yedirib-ichirib turg‘aydir»,- dedilar».
tutganlarni koyiganlari haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarni ro‘zani uzluksiz tutmoqdan qaytardilar. Shunda, musulmonlardan biri: «Yo Rasululloh, o‘zingiz uzluksiz ro‘za tutg‘aydirsiz-ku?!»-dedi. Janob: «Qaysi biringiz mendek bo‘la olursiz? Meni kechasi rabbim yedirib-ichirg‘aydir»,- dedilar. Odamlar uzluksiz ro‘za tutmaslikka ko‘nishmagandan so‘ng (sahobalar Rasululloh qilgan ishni qiynalsalar ham qilib, savob topmoq maqsadida ko‘nishmagan erdi), Janob Rasululloh ular birlan birga ketma-ket og‘iz ochmay, ikki kun ro‘za tutdilar. Uchinchi kuni yangi oy chiqib qoldi, shunda Janob Rasululloh: «Agar yangi oy ko‘rinmaganda uzluksiz ro‘za tutaverar erdim»,- dedilar-da, sahobalarni uzluksiz ro‘za tutganlari uchun bir oz koyigandek bo‘ldilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ikki marta ketma-ket og‘iz ochmay, ro‘za tutmoqdan ehtiyot bo‘lingiz!» -dedilar, shunda ular: «Uzingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Meni Olloh kechasi yedirib-ichirg‘aydir. Sizlar qurbingiz yetadirgan ishni qilmog‘ingiz lozimdir»,- dedilar».
Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uzluksiz ro‘za tutmangiz, agar qay biringiz uzluksiz ro‘za tutmoqni ixtiyor etsangiz, faqat sahargacha davom ettiringiz»,- dedilar. Odamlar: «Yo Rasululloh, o‘zingiz tutgaydirsizku?!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen, menga kechasi taomlantirg‘uvchi kelib, taom berg‘aydir, suv berg‘uvchi kelib, suv ichirg‘aydir»,- dedilar».
turib olsa-yu, lekin uning og‘iz ochganligi uchun o‘zi bir kun ro‘za tutib berishi zarur ekanligini bilmasa, ammo, ro‘za tutgan kishiga ogiz ochishdan ko‘ra, ro‘za tugan afzalroq bo‘lsa...
Abu Juhayfa rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Salmon bilan Abuddardo’ni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Shundan so‘ng, Salmon Abuddardo’ni ko‘rgani uylariga borsalar, Abuddardo’ning xotinlari Ummuddardo’ eski kiyim kiyib olgan erkanlar. Salmon: «Sizga ne bo‘ldi, bunchalik xarob kiyim kiyib olibdirsiz?»-deb so‘radilar. Ummuddardo’: «Birodaringiz Abuddardo’ning dunyoni suv bossa, to‘piqlariga chiqmag‘aydir»,- dedilar. Salmon gap nimada ekanligini fahmlab, Abuddardo’ kelganlarida u kishiga ovqat tutib edilar: «Men ro‘zaman, yemasmen»,- dedilar. Salmon: Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 390
«Agar siz bu taomdan yemasangiz, men ham yemasmen»,- dedilar, Abuddardo’ nochor yedilar. Kechasi Abuddardo’ uyqudan uyg‘onib, ibodat qilmoqchi bo‘lib erdilar, Salmon: «Yotingiz!»- dedilar, u kishi yotdilar, bir ozdan keyin yana turmoqchi bo‘lib edilar, yana: «Yotingiz!»-dedilar, u kishi yana yotdilar. Tong otay deb qolganda, Salmon: «Mana endi turingiz!» -dedilar-da, o‘zlari ham turib, birgalashib namoz o‘qidilar. So‘ng, Salmon Abuddardo’ga: «Sizda rabbingizning ham, o‘zingizning ham, oilangizning ham haqqi bordir, sizning ularning birortasining ham haqqiga xiyonat qilmoqqa haddingiz yo‘qdir!» - dedilar. Keyin, Abuddardo’ bu voqeani Janob Rasulullohga aytib berganlarida, ul kishi: «Salmon to‘g‘ri aytibdir»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘zani shunchalik maromiga yetkazib tutar erdilarki, biz hatto ul kishi har doim ro‘za bo‘lsalar kerak, derdik. Ro‘za tutmagan paytlarida ersa, endi sira ham ro‘za tutmasalar kerak, deb o‘ylardik. Janob Rasulullohning Ramazon oyidan boshqa oylarda to‘liq ro‘za tutganlarini ko‘rmadim. Sha’bon oyidan boshqa oylarda ham to‘liq ro‘za tutganlarini ko‘rmaganman».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Sha’bon oyidan boshqa oylarda ko‘p ro‘za tutmas erdilar, chunki Sha’bon oyida to‘liq ro‘za tutar erdilar. Janob Rasululloh: «Qurbingiz yetadirgan ishni qilingiz, sizlarga malol kelmasa, Ollohga ham malol kelmag‘aydir»,- der erdilar. Rasululloh qisqa bo‘lsa ham, kanda qilmay namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar erdilar. Agar nafl namoz o‘qimakni odat qilgan bo‘lsalar, uni ham kanda qilmay o‘qir erdilar».
yurishlari haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyidan boshqa oylarning hammasida ham ro‘za tutavermaganlar. Janob ro‘za tutsalar, «Ollohga qasamlar bo‘lsinkim, bul kishining og‘izlari ochiq kun bo‘lmag‘aydir!» - deyishardi. Og‘izlari ochiq bo‘lgan vaqtlarda ersa, «Ollohga qasamlar bo‘lsinkim, bul kishi ro‘za tutmag‘aydirlar!» - deyishardi».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi oylarda hech ham ro‘za tutmas erdilar, hatto biz: «Bu zot hech ham nafl ro‘ze. tutmasalar kerak?» - deb o‘ylardik. Ba’zi oylarda shunchalik ko‘p ro‘za tutar erdilarki, biz: «Bu zot doimo ro‘za bo‘lsalar kerak?»-deb o‘ylardik. Ba’zan biz, kechasi Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qimasalar kerak, deb o‘ylab uylariga borsak, ul kishi namoz o‘qiyotgan bo‘lar erdilar. Ba’zan ersa, ul kishi kechasi birlan uxlamay namoz o‘qib chiqsalar kerak, deb o‘ylab borsak, uxlayotgan bo‘lar erdilar».
Anas raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qanday ro‘za tutishlari to‘g‘risida so‘rashdi. Ul kishi: «Ba’zi oylarda Janobni ro‘za holda ko‘rmoqni istasam, albatta ro‘za holida ko‘rar erdim. Agar og‘izlari ochiq holda ko‘rmoqni istasam, og‘izlari ochiq holda ko‘rar erdim. Kechalari namoz o‘qiyotganlarini ko‘rmoqni istaganimda ersa, namoz o‘qiyotgan holda ko‘rar erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 391
kaftlaridek yumshoq va issiq kaftni ushlamaganman. Rasulullohning bo‘ylaridan xushbo‘yroq mushkni ham, anbarni ham hidlamaganman!» - deb javob berdilar.
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening oldimga keldilar-da, «Senda, seni ziyorat qilgani kelganlarning (mehmonlarning) ham, xotiningning ham haqqi bor»,- dedilar. Ul kishidan men: «Dovud payg‘ambar nechuk ro‘za tutganlar?»-deb so‘radim, chunki Janob Rasululloh: «Sen Dovud alayhissalomning ro‘zalaridan oshirib yubormag‘il!»-degan erdilar. Janob Rasululloh: «Yarim umrlariga barobar ro‘za tutganlar»,- deb javob qildilar».
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Ey Abdulloh, senga har kuni ro‘za tutib, har kecha uxlamay, ibodat qilmoq xususinda aytayinmi?»- dedilar, men: «Aytingiz, yo Rasululloh!» - dedim. Janob Rasululloh: «Undoq qilmag‘il, ro‘za ham tutg‘il, og‘iz ham ochg‘il, kechasi ibodat ham aylag‘il, uyquga ham yotg‘il! Chunkim senda o‘z tanangning ham haqqi bor, ko‘zingning ham haqqi bor, ayolingning ham haqqi bordir, mehmoningning ham haqqi bordir. Senga har oyda uch kun ro‘za tutmog‘ing kifoya qilg‘aydir, chunkim har bir qilgan yaxshilig‘ing uchun o‘n barobar savob tekkaydir, bu ersa senga umr bo‘yi ro‘za tutganlik savobini berg‘aydir»,- dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, bundan ham ko‘proq ro‘za tutmakka quvvatim yetg‘aydir, deb o‘ylarmen»,-dedim. Janob Rasululloh: «Dovud payg‘ambarning ro‘zalaridek ro‘za tutg‘il-u, ammo andin oshirib yubormag‘il!» - dedilar. Men: «Dovud payg‘ambar nechuk ro‘za tutganlar?» - deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Yarim umrlari ro‘za tutmoq birla o‘tgan»,- dedilar».
Abdulloh keksayib ro‘za tutmoqqa qiynalib qolganlarida, afsuslanib: «Koshki erdi, o‘shanda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning o‘gitlarini qabul qilgan bo‘lsam erdi!»-der ekanlar.
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh nomi birla qasam ichurmenkim, butun hayotim bo‘yi kunduzi ro‘za tutib, kechasi ibodat qila olg‘aydirmen!»,- dedilar. Shunda men Janob Rasulullohga: «Otam-onam fidoyingiz bo‘lsin, xo‘p yaxshi aytdingiz-da!» - dedim. Janob: «Sen bundoq qilmoqqa qodir ermassen, shuning uchun ro‘za ham tutg‘il, og‘iz ham ochg‘il, kechasi turib, ibodat ham aylag‘il, uxlag‘il ham! Har oyda uch kun ro‘za tutsang bo‘lg‘aydir, chunkim har bir qilgan yaxshilig‘ingga o‘n barobar savob tekkaydir, bu ersa, umr bo‘yi senga ro‘za tutganlik savobini berg‘aydir»,- dedilar. Men: «Bundan ham ko‘proq ro‘za tutmakka qodirmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Bir kun ro‘za tutib, ikki kun . tutmag‘il!»- dedilar. Men: «Bundan ko‘prog‘iga ham qurbim yetg‘aydir»,- dedim. Janob Rasululloh: «Bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmag‘il, Dovud payg‘ambar shundoq ro‘za tutganlar, ro‘za tutsang, shundoq ro‘za tutg‘il!»-dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bundan ham yaxshiroq ro‘za tuta olg‘aymen»,-dedim. Janob Rasululloh: «Bundan yaxshisi yo‘qdir»,- dedilar».
Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mening uzluksiz ro‘za Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 392
tutmog‘imdan, tuni birla ibodat qilmogimdan Nabiy sallallohu alayhi va sallam xabar topibdirlar. O’shanda, Janob mening oldimga bir kishini yubordilarmi yokim ul kishiga o‘zim uchradimmi, yodimda yo‘q. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Aytishlaricha, sen muttasil ro‘za tutar emishsen, tun bo‘yi uxlamay, ibodat qilar emishsen. Ro‘za tutg‘il, biroq vaqtida ovqatlang‘il, kechasi ibodat aylag‘il, ammo vaqtida uxlag‘il, chunkim, senda o‘zingning ham, ahlu ayolingning ham, ko‘zingning ham haqqi bordir (ko‘zingni deganlarida, «uni uyqusiz qoldirmoqqa haqqing yo‘qdir»,- demoqchilar)»,- dedilar. Men: «Mening bundan ham ko‘proq ibodat qilmakka quvvatim yetg‘aydir»,- dedim. «Undoq bo‘lsa, sen Dovud alayhissalomning tutgan ro‘zalarini tutgil!» - dedilar. Men: «Ul nechuk ro‘zadir?» - deb so‘radim. «Dovud payg‘ambar, bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmas erdilar, janglarda dushman birlan yuzma-yuz kelsalar ham, qochmas erdilar (ya’ni, «Ro‘za ul kishini zaiflashtirmas erdi»,- demoqchilar)»,- deb javob berdilar. Men: «Yo Rasululloh, mening dushmandan qochmaslig‘imga kim kafil bo‘la olur?»-dedim».
Ato raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muttasil ro‘za tutmoq to‘g‘risida ne deganlarini bilmadim. Biroq, shuni eslarmenkim, uzluksiz ro‘za tutgan kishiga ro‘zaning hech qanday savobi bo‘lmag‘aydir, deb ikki marta takrorlagandirlar»,- deydilar.
Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga har oyda uch kun ro‘za tutg‘il, dedilar. Men bundan ham ko‘proq tutmoqqa qurbim yetmog‘ini aytdim. Shunda, Janob Rasululloh bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmasligim hamda bir oyda bir marta Qur’onni xatm qilmog‘im mumkinligini aytdilar. Men: «Bundan ham ko‘p xatm qilmoqqa qodirmen»,- dedim. Nihoyat, Janob Rasululloh uch kunda bir marta xatm qilmog‘imni buyurdilar».
Abdullohibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sen uzluksiz ro‘za tutib, kechaning hammasida ibodat qilar emishsen»,-dedilar. Men: «Ha, shundoq»,- dedim. Ul kishi: «Agar shundoq qilaversang, ko‘zingning «ko‘rish qobiliyati zaiflashg‘aydir va butun a’zolaring toliqg‘aydir. Umr bo‘yi tutgan ro‘zang savobsiz qolib, zoe ketg‘aydir. Har oyda uch kun ro‘za tutgan kishiga ersa, umr bo‘yi ro‘za tutganning savobi berilg‘aydir»,- dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bundan ham ko‘proq tutmoqqa kuchim yetg‘aydir»,- dedim. Shunda ul zot: «Bo‘lmasa, Dovud alayhissalom tutgan ro‘zani tutg‘il, ul kishi bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmas erdilar. Dushman birla ro‘baro‘ kelganlarida ham qochmas erdilar (ya’ni, bundoq ro‘za inson a’zosini zaiflashtirmag‘aydir)»,- dedilar. Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzluksiz ro‘za tutmog‘imdan xabar topib, oldimga kirdilar. Men Janobga o‘tirmaklari uchun teridan qilingan, ichiga xurmo bargi to‘ldirilgan to‘shak soldim, ul kishi unga o‘tirmay yerga o‘tirdilar, to‘shak ersa, ikkimizning o‘rtamizda qoldi. So‘ng, Janob: «Senga har oyda uch kun ro‘za tutmak kifoya qilmag‘aydirmi?»- deb so‘radilar. Men: «Yo Rasululloh, bu ozdir»,- dedim. «Bo‘lmasa, besh kun»,- dedilar. Men: «Bu ozdir»,- dedim. «Ul kishi: «Yetti kun»,- dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,-dedim. Janob: «To‘qqiz kun»,- dedilar. «Bu ham oz»,- dedim. Ul kishi: «O’n bir kun»,- dedilar. Men buni ham
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 393
oz, dedim. Shunda ul kishi: «Dovud alayhissalomning ro‘zalaridan afzal ro‘za yo‘qdir, ul yarim umrga tengdir, bir kun ro‘za tutg‘il, bir kun og‘zing ochiq bo‘lsin» ,— dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Menga do‘stim sallallohu alayhi va sallam uch narsani - har oyda uch kun ro‘za tutmoqni, ertalabki namozning ikki rak’at sunnatini har kuni o‘qimoqni va vitr namozini yotish oldidan o‘qimoqni vasiyat qildilar» ,— deydilar.
Anas raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ummu Sulaymning (Anasning onalarining) uylariga kirdilar. Ummu Sulaym Janob Rasulullohning oldilariga xurmo birlan yog‘ qo‘ydilar. Janob Rasululloh: «Yog‘laringizni idishiga qaytarib quyib qo‘yingiz, xurmolaringizni ham olib qo‘yingiz, chunkim men ro‘zadirman»,- dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh uyning bir chekkasiga bordilar-da, nafl o‘qib, Ummu Sulaym va ul kishining ahli baytlari haqqiga duo qildilar. Shunda, Ummu Sulaym: «Mening bir maxsus iltimosim bor»,-dedilar. Janob Rasululloh: «Ul ne erkan?» - deb so‘radilar. Ummu Sulaym: «Iltimosim, sizning xizmatkoringiz Anas xususinda»,- dedilar. Janob Rasululloh dunyoda va oxiratda neki yaxshilig‘ bo‘lsa, hammasini aytib, meni (ya’ni, Anasni) duo qildilar. Shuning uchun ham men ansorlar ichida eng badavlat kishidirmen!»
Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivot qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mendan (yokim boshqa bir kishidan so‘rganlar-u, Imron eshitganlar): «Ey falonchi, ushbu oyning oxirida ro‘za tutmadingmi?» - deb so‘radilar. (Mazkur hadisning roviylaridan Abunnu’mon: «Janob Rasululloh «Ushbu oyning» deganlarida, Ramazonni nazarda tutganlar, deb o‘ylayman»,- deydirlar). Men: «Yo‘q, tutmadim, yo Rasululloh!»- dedim.. Janob Rasululloh: «Ramazon tugagach, hayitdan ikki kun o‘tkazib, ro‘za tutib qo‘yg‘il!»- dedilar».
Imom Buxoriy: «Imron aytgan boshqa bir rivoyatda Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Sha’bon oyining oxiridan ikki kun o‘tkazib» - deganlar»,- deydilar.
Muhammad ibn Abbod rivoyat qiladirlar: «Men Jobir raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jum’a kuni (nafl) ro‘za tutmoqdan qaytarganlari to‘g‘risida so‘radim. Jobir: «Ha, qaytarganlar»,—dedilar». Mazkur hadis riviylaridan biri Abu Osim: «Janob Rasululloh, jum’a kunigina (nafl) ro‘za tutmak odat bo‘lib qolib, boshqa kunlari ro‘za tutmay qo‘yishmasin, deganlar»,- deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning, hech qaysi biringiz jum’a kuni (nafl) ro‘za tutmangiz, agar tutadirgan bo‘lsangiz, jum’adan oldingi bir kunni yokim jum’adan keyingi bir kunni qo‘shib tutingiz, deganlarini eshitganman»,- Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 394
deydilar.
Abu Ayyub rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam Juvayra binti Hars raziyallohu anhoning uylariga kiribdirlar. Ul kishi ro‘za erkanlar. Janob Rasululloh: «Kecha ham ro‘zamiding?» - deb so‘rabdirlar. Juvayra: «Yo‘q»,- debdirlar. Keyin, Janob Rasululloh: «Ertaga ham ro‘za tutg‘aymisen?» -deb so‘rabdilar. Ul kishi: «Yo‘q» - debdirlar. Shunda, Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ro‘zangni ochgil!» - debdirlar. Juvayra og‘iz.ochibdirlar».
Alqama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anhodan: «Janob Rasululloh o‘zlari uchun ro‘za tutadirgan kunlarni belgilab olganmi erdilar?» - deb so‘radim. Ul kishi: «Janob Rasululloh doimo ro‘za tutar erdilar, sizlarning qaysi biringiz ul kishi qilgan ibodatga chiday olursiz?!» - dedilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling