Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 84-bob. Minoda namoz o‘qimoq haqida
- 85-bob. Arafa kuni tutiladirgan ro‘za haqida
- 86-bob. Minodan Arafotga takbir va talbiya aytib borish haqida
- 87-bob. Arafa kuni kechki payt ko‘chaga chiqish haqida
- 88-bob. Arafotda tuya minib turish haqida
- 89-bob. Arafada ikki namozni bitta qilib o‘qimoq
- 90-bob. Arafada xutbani qisqaroq aytish haqida
- 91-bob. Arafotda turmoq haqida
- 92-bob. Arafotdan qaytishdagi yurish haqida
- 93-bob. Arafot birlan Jam’ (Muzdalifa) oralig‘ida to‘xtab o‘tish haqida
- 94-bob. Tavofi ifoza paytida Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalarga osoyishtalikni saqlamoqni amr qilganlari va buni ularga qamchin birlan ishora
- 95-bob. Muzdalifada ikki namozni bir qilib o‘qimoq haqida
- 96-bob. Ikki namozni qo‘shib o‘qib, orasida nafl o‘qimagan kishi xususida
- 97-bob. Har bir namozga aloxida azon va iqomat (takbir) aytmoq to‘g‘risida
- 98-bob. Oilasidagi zaif odamlarni, «Duolar o‘qib turishsin», deb tunda Muzdalifaga yuborgan va ularni oy botgandan keyin qaytarib olib kelgan kishi
- 99-bob. Jam’da bomdod o‘qigan shaxs xususida
- 100-bob. Jam’dan qachon qaytiladir
- 101-bob. Qurbonlik kuni ertalab, tosh otadirgan paytda, talbiya va takbir aytmoq hamda (tuyaga) mingashib yurmoq haqida
- 104-bob. O’zi birlan qurbonlik yetaklab olgan kishi xususida
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 331
83-bob. Tarviya kuni peshinni qaerda o‘qiydir?
Abdulaziz ibn Rufay’ rivoyat qiladirlar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan o‘zingiz o‘rgangan bir narsa haqida meni xabardor qilsangiz! Tarviya kuni ul kishi peshin va asrni qaerda o‘qidilar?»-deb so‘radim. Anas: «Minoda»,- dedilar. Men: «Nafr kuni (hojilar Minodan qaytadirgan kun) asrni qaerda o‘qidilar?» - dedim. Anas: «Abtahda»,-dedilar-da, «Amidu umarolaring singari qilaverg‘il!» - deb qo‘shib qo‘ydilar».
Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Tarviya kuni Minoga chiqib, eshak minib ketayotgan Anas raziyallohu anhuni uchratdim. «Bugun Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshinni qaerda o‘qidilar?» - deb u kishidan so‘radim. Anas: «Umarolaring qaerda o‘qisa, sen ham o‘sha yerda o‘qiyverg‘il!» - dedilar».
Ubaydulloh otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan quyidagi hadisni eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda ikki rak’at namoz o‘qidilar, Abu Bakr, Umar va Usmon o‘z xalifaligining dastlabki yillarida ikki rak’at o‘qib, keyinchalik to‘rt rak’at o‘qishgan».
Horisa ibn Vahb al-Xuzo’iy raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda biz birlan ikki rak’at namoz o‘qidilar, Abu Bakr, Umar va Usmon ham o‘z xalifaligining dastlabki yillarida qasr o‘qib, keyinchalik to‘la o‘qiydirgan bo‘lishgan»,- deydilar.
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga ikki rak’at (farzni qasr qilib) namoz o‘qiganman, keyin Abu Bakr raziyallohu anhu birlan ham, Umar raziyallohu anhu birlan ham ikki rak’at namoz o‘qidim. Keyinchalik ersa, sizlarning yo‘llaringiz bo‘linib ketdi (ya’ni, birovlar to‘rt, boshqalar ikki rak’at o‘qiydirgan bo‘ldi). Qani endi, to‘rt rak’at o‘rniga o‘sha maqbul ikki rak’at namoz o‘qilsa!» - dedilar.
Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Arafa' kuni odamlar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro‘za tutganliklaridan shubhalanishdi. Shunda, men Nabiy sallallohu alayhi va sallamga meva sharbati yuborgan erdim, ichdilar».
Abdulloh ibn Yusuf rivoyat qiladirlar: «Muhammad ibn Abu Bakr as-Saqofiy va Anas ibn Molik raziyallohu anhumo ikkalalari Minodan Arafotga ketishayotgan erdi. Shunda, Muhammad ibn Abu Bakr: «O’sha kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Minodan Arafotga ketayotganingizda ne qildingizlar?» - deb Anasdan so‘radi. Anas: «Ba’zi birimiz tahlil, ba’zi birimiz talbiya aytib bordik, Janob Rasululloh hech qaysimizga bir nima demadilar»,- dedi».
Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulmalik ibn Marvon haj amallarida Ibn Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 332
Umarga qarshilik qilmaslikni buyurib, Hajjojga maktub yozdi. Ibn Umar raziyallohu anhu (men u kishi birlan birga erdim) arafa kuni, Quyosh botgan paytda, Hajjojning chodiri oldiga kelib, qichqirdilar. Hajjoj sariq ko‘ylagini kiyib chiqib: «Ey Abdurrahmonnyng otasi, sizga ne bo‘ldi?» - dedi. Ibn Umar: «Agar sunnatni ado etging kelsa, tez qimirlag‘il, bir yerga bormoq kerak»,-dedilar. «Hozirmi?» - dedi Hajjoj. «Ha»,- dedilar Ibn Umar. «Andak sabrdilib turingiz, boshimdan suv quyib olay»,-dedi Hajjoj. Ibn Umar tuyadan tushib, Hajjoj chiqquncha poylab turdilar. Hajjoj chiqqach, Ibn Umar men birlan otam ikkalamizning o‘rtamizda ketdilar. Men Hajjojga: «Agar sunnatni buzmay desang, xutbani qisqaroq aytib, vuqufni tezlashtirg‘il!» - deb edim, u Abdullohga alanglab qaray boshladi. Buni sezgan Abdulloh: «U to‘g‘ri aytayotir»,- dedik»
Abdulloh ibn Abbosning mavlosi (ozod qilingan quli) rivoyat qiladirlar: Ummulfazl binti Haras oldida turgan odamlar Janob Rasulullohning arafa kuni ro‘za tutganliklariga shubha bildirishdi, ulardan ayrimlari: «Ro‘za tutganlar»,-deyishsa, ayrimlari: «Ro‘za tutmaganlar»,-deyishdi. Ummulfazl, Janob Rasululloh Arafotda tuya minib turganlarida bir kosa sut yubordi, ul kishi ichdilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu jamoat birlan namoz o‘qiyolmay qolsalar, ikki namozni bir qilib o‘qirdilar.
Ibn Shihob Zuhriy rivoyat qiladirlar: «Hajjoj ibn Yusuf birlan Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhumo Makkaga jang qilmoq uchun kelishgan yili Abdulloh raziyallohu anhu Solim raziyallohu anhudan: «Arafa kuni shul joyda ne qilardingiz?»-deb so‘rabdi. Solim: «Agar sunnatga rioya etmakni istasang, arafa kuni namozni kechiktirg‘il!»?- deb javob qilibdirlar. Abdulloh ibn Umar: «Ular sunnatga ko‘ra, peshin va asrni bir qilib o‘qishgan, deb to‘g‘ri aytayotir»,-debdirlar. Men Solimga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday qilganmilar?»-dedim. Solim: «Sahobalar Janob Rasulullohning sunnatlariga amal qilayotirlar-ku, axir!» - dedilar».
Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulmalik ibn Marvon haj amallarida Abdulloh ibn ,Umarga ergashmakni buyurib, Hajjojga maktub yozdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu (men ul kishi birlan birga erdim) arafa kuni, Quyosh botgan paytda, Hajjojning chodiri oldiga kelib: «Ul qay yerdadir?»-deb qichqirdilar. Hajjoj oldilariga chiqdi. Ibn Umar: «Bir yerga bormog‘imiz kerak»,-dedilar. Hajjoj: «Hozirmi?» - dedi. Ibn Umar: «Ha»,-dedilar. Hajjoj: «Andak sabr qilib .turingiz, ustimdan suv quyib chiqayin»,- dedi. Ibn Umar tuyadan tushib, Hajjoj chiqquncha poylab turdilar. Hajjoj chiqqach, Ibn Umar men birlan otam ikkalamizning o‘rtamizda ketdilar. Men Hajjojga: «Agar bugun sunnatga amal etayin desang, xutbani qisqartirib, vuqufni tezlatg‘il!» - dedim."Ibn Umar: «U to‘g‘ri aytayotir»,- dedilar».
Jubayr ibn Mut’im rivoyat qiladirlar: «Bir tuyamni yo‘qotib qo‘ygan erdim, arafa kuni uni Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 333
izlagani chiqdim. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda turganlarini kurib qoldim. Uzimga-o‘zim: «Xudo haqqi, bu kishi hums (taqvodor) odam bo‘lmasalar, shu paytda u yerda ne qilar erdilar?!» -deb qo‘ydim (Johiliya davrida dinni qattiq ushlagan Quraysh qabilasiga mansub kishilarni «humslar» deb atashgan)».
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Johiliya davrida Quraysh qabilasiga mansub muttaqiy kishilar (humslar) va ularning bolalaridan boshqa odamlarning barchasi yalang‘och tavof qilishar erdi. Humslarning erkaklari erkaklarga, ayollari ayollarga, ular yalang‘och tavof aylamasin, deb kiyim in’om etishar erdi. Ular Olloh taolodan savob umidida shunday qilishar erdi. Hums kiyim bermagan kishi Ka’bani yalang‘och tavof etar erdi. Ko‘plab odamlar Arafot tomondan, humslar ersa, Jam’ (Muzdalifa) tomondan Ka’baga tavof qilgani kelishar erdi».
Hishom raziyallohu anhu: «Olloh taoloning mana bu «So‘ng, odamlar (Ka’baga) qay tomondan gavjum bo‘lib kelsalar, sizlar ham o‘shal tomondan gavjum bo‘lib kelingizlar!» degan oyati kariymasi humslar xususida nozil bo‘lgan ekan, otam menga shunday deganlar, otamga ersa, Oisha onamiz aytgan ekanlar»,- deydilar. «Ilgari odamlar Ka’baga Jam’ tomondan gavjum bo‘lib kelishar erdi, endi bo‘lsa, ular Arafotga qaytarildi»,- deydilar Urva raziyallohu anhu.
Hishom ibn Urva raziyallohu anhuga otalari bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Men Usoma huzurida o‘tirgan erdim, undan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafotdan qaytishda Hajjat ul-Vido’da nechuk yurar erdilar?» -deb so‘rashdi. Usoma: «Sekin ham ermas, tez ham ermas, o‘rtacha yurar erdilar, agar odamlar siyrakroq joyga chiqib qolsalar, tezlashar erdilar»,- dedi».
Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Arafotdan tushib kelishda daraga burilib kirdilar-da, qazoi hojat qildilar, so‘ng tahorat oldilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, namoz o‘qiydirsizmi?» - deb edim, ul kishi: «Namozga hali erta»,- deb javob qildilar».
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu shom birlan xufton namozlarini Jam’ga (Muzdalifaga) borganlarida qo‘shib o‘qirdilar, biroq ul kishi ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari yo‘lda daraga burilib kirib, qazoi hojat qilar erdilar, so‘ng tahorat olardilar, lekin Jam’ga borgunga qadar namoz o‘qimas erdilar».
Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Arafotda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga mingashib oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muzdalifadan berida joylashgan chap tomondagi daraga yetib kelganlarida, tuyalarini cho‘ktirib, tahorat ushatib keldilar, men qo‘llariga suv quyib turdim, ul kishi yengilgina tahorat oldilar. Men: «Ey Rasululloh, namoz o‘qiydirsizmi?- dedim. Ul kishi: «Namozga hali vaqt bor»,-dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyaga minib, Muzdalifaga keldilar-da, namoz o‘qidilar. Ertasiga ertalab Fazl Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga mingashib ketdi».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 334
Kurayb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Jamraga borguncha yo‘l-yo‘lakay talbiya aytib ketdilar»,- deb aytibdir Fazl, keyin buni menga Abdulloh ibn Abbos aytdilar».
osoyishtalikni saqlamoqni amr qilganlari va buni ularga qamchin birlan ishora qilganlari haqida
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu Arafa kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makkaga qaytib kelayotganda, Janob Rasululloh orqalaridan kelayotgan qattiq baqir-chaqir va tuyaga urilgandagi qamchi tovushlarini eshitib, ularga qamchilari birlan ishora qildilar-da, «Ey odamlar, tinchlik saqlangiz, shoshqaloqlik birlan xayriyatga erishib bo‘lmag‘aydir»,- deb aytdilar».
Kurayb Usoma ibn Zayd raziyallohu anhudan bunday deb eshitgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafotdan qaytdilar. Shunda, yo‘l-yo‘lakay darada tushib, tahorat ushatdilar. So‘ng, yengil-elpi tahorat oldilar. Men: «Namoz vaqti bo‘ldimi?» - dedim. Janob Rasululloh: «Namozga hali erta»,-dedilar. Muzdalifaga kelgach, yaxshilab tahorat oldilar, keyin namoz boshlandi, shom o‘qidilar. So‘ng, har kim o‘z tuyasini belgilangan joyga olib borib cho‘ktirdi. Keyin, namoz boshlandi, xufton o‘qidilar, lekin ikkala namoz orasida nafl o‘qimadilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Jam’da (Muzdalifada) shom birlan xuftonni, har biriga alohida iqomat (takbir) aytib, qo‘shib o‘qidilar, lekin ularning orasida ham, ulardan keyin ham nafl o‘qimadilar».
Abu Ayyub Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muzdalifada, Hajjat o‘l-Vido’ paytida, shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qidilar»,- deydilar.
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu haj qildilar. Muzdalifaga xuftonga azon aytiladirgan yoki shunga yaqin paytda yetib keldik. Bir kishiga buyurib erdilar, azon va takbir aytdi, keyin shom o‘qidilar, keyin ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng kechki ovqatni olib kelmakni buyurdilar. Tanovul qilib bo‘lib, bir kishiga yana buyurdilar shekilli, azon va takbir aytdi (Amr raziyallohu anhu: «Yuqoridagi gaplarga Zuhayrdan boshqa hech kim shubha bildirmadi»,- deydilar). Keyin, ikki rak’at xufton o‘qidilar. Tong otgach, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuddi shu kuni, shu paytda va mana shu joyda shu namozdan boshqa namoz o‘qimas erdilar, kechikib o‘qilgan ikki namozdan biri -odamlar Muzdalifaga kelgandan keyin o‘qilgan shom namozidir, ikkinchisi - tong yorishib ketgandan keyin o‘qilgan bomdod namozidir, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko‘rganman»,- dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 335
xususida
Solim rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu oilalaridagi zaif odamlarni tunda Muzdalifaga yuborar erdilar, ular o‘sha yerdagi Al-Mash’ar ul-Harom oldida turib, qo‘llaridan kelgancha Olloh taoloni zikr qilishardi va imom vuquf qilib qaytmasidan oldin qaytishardi. Ulardan ayrimlari Minoga bomdod o‘qishga borishardi va ba’zilari shundan keyin Jamraga borib, tosh otishardi. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga shunday qilmoqqa ruxsat berdilar»,- deydilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu. alayhi va sallam meni Jam’dan kechasi jo‘natdilar»,- deydilar.
Ibn Abbrs raziyallohu anhu: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda o‘z oilalaridagi zaif odamlarga qo‘shib Muzdalifaga jo‘natgan kishilardan biridirman»,- deydilar.
Asmoning mavlosi Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Jam’ kechasi Asmo Muzdalifaga kelib, namoz o‘qimoqqa tutindilar. Bir soatcha namoz o‘qib, so‘ng: «Ey o‘g‘lim, oy botdimi?» - deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. Tag‘in bir soatcha namoz o‘qib: «Oy botdimi?» - deb so‘radilar. Men: «Ha»,- dedim. Ul kishi: «Qo‘zg‘olingiz!»- dedilar. Biz yig‘ishtirinib, yo‘lga tushdik. Tosh otib, uylariga qaytib kelgach, bomdod o‘qidilar. Shunda men: «Namozni qorong‘iroq vaqtda (ertaroq) o‘qib qo‘ydik, shekilli?» - dedim. Ul kishi: «Ey o‘g‘lim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam taxti ravonli ayollarga bomdodni ertaroq o‘qimoqqa ruxsat berganlar»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho: «Jam’ kechasi Savda Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan oldinroq ketmakka ruxsat so‘radi, chunki u juda sekin yurardi. Shunda, Janob Rasululloh unga ruxsat berdilar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Muzdalifaga keldik. Savda qadami vazmin bo‘lganligidan tiqilinchda qolib ketmasligi uchun Minoga oldinroq ketmoqqa Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan ruxsat so‘radi. Janob Rasululloh unga ruxsat berib erdilar, u ertaroq yo‘lga chiqdi. Biz tong yorishguncha o‘rnimizda qoldik. Keyin, Janob Rasululloh qo‘zg‘olishlari birlan biz ham qo‘zg‘oldik. Men ham Savda kabi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ertaroq ketmakka ruxsat so‘rasam bo‘lar erdi, lekin ul kishi birlan birga bo‘lmoqdan saodatliroq narsa yo‘qdir!»
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ikki namozdan boshqa namozni belgilangan vaqtidan tashqari vaqtda o‘qiganlarini ko‘rmadim. Ul kishi shom birlan xuftonni qo‘shib, bomdodni ersa, o‘z vaqtidan ertaroq o‘qidilar».
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan Makkaga bordik, so‘ng Jam’ga keldik. Ul kishi bu yerda ikki marta namoz o‘qidilar, har bir namozga alohida azon va takbir aytdilar. Ikkala namoz orasida xufton ham o‘qidilar. Keyin, tong otar-otmas, ya’ni ba’zilar: «Hali tong otgani yo‘q»,- desa, boshqalar: «Tong otdi»,- deydirgan paytda bomdod o‘qidilar-da, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 336
«Biz mana shu yerda shu ikki namozning -shom va xuftonning vaqtini o‘zgartirib o‘qidik, bundan buyon odamlar ham Jam’ga biz kelgan vaqtda kelib, bomdodni biz o‘qigan vaqtda o‘qimoqlari lozimdir» - deb aytganlar»,- dedilar. Keyin, Abdulloh tong shafag‘i taralguncha poylab turdilar-da, «Agar hozir Amir ul-mo‘‘minin tavofi ifoza qilganda erdi, sunn.atni ado etgan bo‘lardi»,- dedilar. Ul kishi shu so‘zni aytib ulgurdilarmi, yo‘qmi, bilmasman, Hazrat Usmon odamlarga yo‘lga chiqmoqni buyurdilar. So‘ng, Nahr kuni Jamrat ul-Aqabaga borib, tosh otgunlariga qadar talbiya aytib ketdilar».
Amr ibn Maymun rivoyat qiladirlar: «Men Umar raziyallohu anhuning Jam’da bomdod namozini o‘qiganlarini ko‘rdim. Namoz o‘qib bo‘lgach: «Mushriklar Quyosh chiqmaguncha tavofi ifoza qilmas erdilar, ular: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Quyosh Sabiyrdan (Makkadagi tog‘dan) oshgach, tavofi ifoza aylamog‘imizga qarshilik qildilar, so‘ng biz Quyosh chiqmasdan tavofi ifoza etdik» - deyishar erdi», - dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlni tuyalariga mingashtirib olib, tosh otadirgan paytgacha talbiya aytdilar, buni menga Fazlning o‘zi aytgandi»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu Arafotdan Muzdalifagacha Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga mingashib bordi, Muzdalifadan Minogacha ersa, Fazl mingashib keldi. Ularning ikkovlari ham: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Aqabada tosh otgunlariga qadar uzluksiz talbiya aytdilar»,- deyishadir».
Olloh taolo bunday deydyr: «Kimki (bir yilning o‘zida) umra va haj qilib, savob topmoqchi bo‘lg‘aydir-u, jonlig‘ini (xastalik yokim boshqa boisga ko‘ra) qurbonliq aylamakka muyassar bo‘lolmay qolg‘aydir, (boshqa biror kishi orqali berib yuborsin) va kimki (qurbonlik uchun jonliq) topolmag‘aydir, uch kun haj vaqtida va yetti kun (uyiga) qaytganda ro‘za tutsin, hammasi bo‘lib to‘liq o‘n kun (tutsin)! Bular, ahli Makkai Mukarramada bo‘lmaganlar uchundir!»
Abu Jamra rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Abbos raziyallohu anhudan mut’aga ijozat so‘raganimda, menga mut’a qilmakka ruxsat berdilar. Keyin, qurbonlik to‘g‘risida so‘raganimda, ul kishi: «Mut’a qiladirgan odam bir tuya yokim bir sigir yokim bir qo‘y qurbonlik qilmog‘i lozimdir, yoinki birov birlan sherikchilikka qurbonlik aylamog‘i kerak»,- dedilar. Odamlar bunday mut’a qilmoqni makruh, deb hisoblashar erdi. Keyin, tushimda birov nido qilib: «Hajing xayrli va mut’ang maqbul bo‘lg‘ay!»-dedi. Buni Ibn Abbos raziyallohu anhuga gapirib berganimda, ul kishi: «Ollohu akbar! Bu - Abulqosim (Rasululloh) sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari»,- dedilar.
Shu’ba: «Umrang maqbul va hajing xayrli bo‘lg‘ay!» deyilgan bo‘lsa kerak»,-deydilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 337
103-bob. Tuya minish haqida
Olloh taolo: «Qurbonlik tuyalarini Biz sizlar uchun Ollohning nishonlaridan qildik (ya’ni, tuyalarni qurbonlik qilmoq ham Olloh udumlaridandir), ularning o‘zlarida va ularni odob birlan qurbonlik aylamoqlikda sizlar uchun ko‘p foydalar bordir. Ularni turg‘izib, Olloh nomini zikr qilib, zabh aylangiz, ularni yonboshlariga yiqilganlaridan keyin iste’mol qylingiz va qanoatli muhtojlarga hamda muhtoj tilamchilarga yediringiz! Hayvonlarni, shukr qilursizlar deb, sizlarga musaxxar ayladik, ularning na go‘shtlari va na qonlari Olloh rizolig‘iga kifoya etmag‘aydir, balkim sizlarning dilingizdagi xavfu taqvo kifoya qilg‘aydir. Olloh, sizlarga hidoyat qilgani uchun (unga) takbir aytg‘aysizlar deb, ularni sizlarga mana shundoq musaxxar ayladik, xayrli ish qilg‘uvchilarga buni bashorat qilingiz!» - deydir.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya haydab borayotgan kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!»-dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh yana: «Minib olg‘il!»-dedilar. Boyagi kishi tag‘in: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi yoki ikkinchi marta: «Sho‘ring qursin, minib olg‘il!»-dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuya haydab borayotgan bir kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!» - dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasulullox, yana: «Minib olg‘il!»-dedilar. U tag‘in: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta: «Minib olg‘il!» - dedilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da (katta) hajdan oldin umra qilib oldilar, Ul kishi Zulhulayfadan o‘zlari birlan qurbonlik haydab kelib, avval umraga so‘ng hajga ehrom bog‘ladilar, odamlar ham Nabiy sallallohu alayhi va sallam singari hajdan oldin umraga ehrom bog‘lashdi. Shunda, ba’zilar o‘zlari birlan jonliq yetaklab olishgan va ayrimlar jonliqsiz kelishgan erdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida, odamlarga: «Kimki orangizda qurbonlik olib kelgan ersa, hajni ado etmaguncha man’ etilgan ishlarni qilmoqqa ruxsat yo‘q, kimki jonliq olib kelmagan ersa, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva orasida sa’y qilsin, so‘ng sochini oldirib, ehromdan chiqsin, shundan keyingina hajga ehrom bog‘lasin! Umuman jonliq topolmaganlar ersa, haj kunlari uch kun, uyiga qaytgach, yetti kun ro‘za tutsin!» - dedilar.
Janob Rasululloh Makkaga kelganlarida Ka’bani tavof qilmakni eng avvalo ruknyi o‘pib istilom qilmakdan boshladilar, so‘ng uch marta shitob aylab va to‘rt marta oddiy yurish qilib tavof etdilar, keyin Maqomi Ibrohim oldida ikki rak’at tavof namozi o‘qib, salom berib turdilar-da, Safoga keldilar, Safo va Marvani yetti martaba aylandilar. Janob Rasululloh hajni ado etgunlariga qadar man’ etilgan ishlarni qilmadilar. Nahr kuni jonliqlarini zabh qilib, ifoza etdilar va Ka’bani tavof ayladilar. Shundan keyingina hajda qilib bo‘lmaydirgan ishlarni qilmoq imkoniga ega bo‘ldilar. Rasululloh yuqorida nimaiki qilgan bo‘lsalar, boshqalar ham shunday qildi».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling