Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 79-bob. Agar mushrik o‘limi oldidan «Lo iloha illalloh» desa....
- 80-bob. Qabrga ho‘l cho‘p (novda) sanchib qo‘ymoq
- 81-bob. Muhaddisning qabr oldida va’z aytmog‘i va tinglovchilarning uning atrofida to‘planib o‘tirmogi
- 82-bob. O’zini-o‘zi o‘ldiruvchilar xaqidagi hadislar
- 83-bob. Munofiqlarga janoza o‘qishning va mushriklarning gunohlarini tilab istig‘for aytishning makruhligi haqida
- 84-bob. Odamlarning mayyitni madh etishlari haqida
- 85-bob. Qabr azobi haqidagi hadis va oyatlar
- 86-bob. «Qabr azobidan saqlag‘il!» deb Olloh taologa iltijo qilmoq haqida
- 87-bob. G’iybatchilikdan va siydikdan hazar qilmaganlik uchun qabrda beriladirgan azob to‘g‘risida
- 88-bob. Mayyitga ertami-kechmi boradirgan joyini ko‘rsatib qo‘ymoq haqida
- 89-bob. Janozada mayyitning so‘zlashi to‘g‘risida
- 90-bob. Musulmonlarning bolalari to‘g‘risida nimalar deyilgan
www.ziyouz.com kutubxonasi 270
tug‘ilganini ko‘rganmisizlar?» — der erdilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Olloh taolo insonga ato etgan tabiat — islomga moyil tabiatdir, bunga Olloh taoloning oyati kariymasi dalildir!» deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Islomga qalbi moyil bo‘lib tug‘ilmagan birorta ham bola bo‘lmag‘aydir, barcha bolalarning qalbi islomga moyil bo‘lib tug‘ilg‘aydir, keyin ota-onasi uni, hamma a’zosi benuqson tug‘ilgan hayvon bolasining dumi, qulog‘i yokim shoxini kesishgandek, yo yahudiy, yokim nasoro, yohud majusiy qilg‘aydir. Yokim birortangiz hayvon bolasining qulog‘i yo burni kesik holda tug‘ilganini ko‘rganmisiz?» — der erdilar. Olloh taolo inson bolasiga azaldan ato etgan tabiatni o‘zgartirmoq yaramaydir, bunga «Ollohning maxluqini (Olloh yaratgan jonzodni) o‘zgartirish mumkin ermas!» degan oyati kariyma dalildir!»
Sa’id ibn Musayyabning otalari rivoyat qiladirlar: «Abu Tolib vafot etayotganlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u kishining huzurlariga keldilar. U yerda Abu Jahl ibn Hishom va Abdulloh ibn Abu Umayya ibn al-Mug‘iyrani ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Tolibga: «Ey amaki, «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz! Men bunga Olloh taolo huzurida guvoh bo‘layin!» — dedilar. Shunda Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya: «Ey Abu Tolib, Abd ul-Mutallib dinidan qaytg‘aymisen?» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kalima keltiringiz!» — deb qayta-qayta aytaverdilar. Boyagilar bo‘lsa, o‘zlarining gaplaridan qolishmadi. Nihoyat, Abu Tolib o‘zining Abd ul-Mutallib dinida ekanligini aytib, jon taslim qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qasamyod etib ayturmenkim, agar Olloh taolo rad etmasa, undan sizni kechirmog‘ini so‘rag‘aymen!»—dedilar. Olloh taolo: «Payg‘ambarning haqqi yo‘q... » — degan oyatni nozil qildi».
Burayda al-Aslamiy o‘zining qabriga ikkita ho‘l cho‘p (novda) sanchib qo‘ymaklarini vasiyat qildi. Ibn Umar, Abdurrahmonning qabri ustidagi chodirni ko‘rib: «Olib tashlag‘il, ey bola! Abdurrahmonga uning qilgan yaxshi amallari soya berg‘aydir!»—dedilar. Xorija ibn Zayd: «Usmon ibn Affonning zamonida biz yosh yigitcha erdik. Ichimizda eng sakrovchanimiz Usmon ibn Maz’unning qabridan bir sakrab o‘tib ketgan erdi»,— dedilar (demak, qabr ustida sag‘ana bo‘lib, undan qabrda yotgan mayyitga na foyda va na zarar bordir, foyda — mayyitning hayotligida qilgan solih amallaridir!).
Usmon ibn Hakim: «Xorija meni qo‘limdan ushlab qabr ustiga o‘tqazib qo‘ydi-da, amakisi Yazid ibn Sobitning qabr ustida qazoi hojat qilmoqni qoralaganini aytdi»,— deydilar. Nofi’ raziyallohu anhu: «Ibn Umar raziyallohu anhu qabr ustiga o‘ltirib ham dam olaverar erdilar»,— deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qabr yonidan o‘tayotib: «Bu ikki qabrdagi mayyitlar azoblanmoqdalar, ammo katta gunohlari uchun azoblanayotganlari yo‘q. Ulardan biri siydigidan ehtiyot bo‘lmas erdi, ikkinchisi ersa, chaqimchilik qilur erdi»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 271
sallam bir ho‘l novdani olib, ikkiga bo‘ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo‘ydilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, nega bundoq qildingiz,?»—deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shoyad, shu ikki novda quriguncha azob ham barham topsa!»—dedilar».
Hazrat Ali rivoyat qiladirlar: «Baqi’ ul-G’arqad degan joyda janozada bo‘ldik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizning oldimizga kelib o‘tirdilar, biz esa atroflarida o‘tirdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘llarida hassalari bor erdi. Janob Rasululloh boshlarini quyi solib fikr qildilar, so‘ng hassalari birlan yerni to‘qillatib: «Orangizda jannatdagi hamda do‘zaxdagi o‘rni oldindan belgilab qo‘yilmagan va baxtli yokim baxtsizligi peshonasiga yozilmagan birorta ham kishi yo‘qdir»,— dedilar. Shunda bir kishi turib: «Yo Rasululloh, undoq bo‘lsa, taqdirga tan berib, yaxshi ishlarga qo‘limiz bormay qolmag‘aydirmi? Oramizda kimki azaldan baxtli qilib yaratilgan bo‘lsa, u turgan gapki, baxtli kishilarga xos ishlarni qilgaydir, ammo peshonasiga azaldan baxtsizlik bitilgan kishi ersa, ma’lumki, baxtsiz kishilarga xos ishlarni qilgaydir»,— dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Baxtli kishilarga baxt keltirguvchi ishlar, baxtsizlarga ersa, baxtsizlik keltirguvchi ishlar muyassar bo‘lg‘aydir»,- dedilar. So‘ng: «Fa ammo man a’to va-t-taqo» degan oyatni o‘qidilar.
Sobit ibn az-Zahhok raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki islom dinidan boshqa dinni o‘rtaga qo‘yib, ataylab yolg‘ondan qasam ichg‘aydir, o‘sha o‘zi aytgan dinga mansub bo‘lib qolg‘aydir. Kimki o‘zini temir birlan o‘ldirg‘aydir, o‘shal temir birlan unga jahannamda azob berilg‘aydir»,- deganlar».
Hasan raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jundub raziyallohu anhu bizga mana shu masjidda hadis aytib bergan erdilar, biz uni hali unutganimizcha yo‘q. Biz, Jundub raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida yolg‘on gap aytadirlar, deb ham qo‘rqmag‘aymiz. U kishining aytishlaricha, Janob Rasululloh bunday deb aytgan erkanlar: «Bir kishi o‘zini-o‘zi jarohatlab o‘ldirdi. Shunda Olloh taolo: «Bandam mendan ilgari o‘z jonini o‘zi oldi, uni men jannatdan mahrum qildim!»-dedi».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’zini-o‘zi bo‘g‘ib o‘ldirgan odamni do‘zaxda bo‘g‘ishg‘aydir va o‘ziga-o‘zi pichoq urib o‘ldirgan odamni do‘zaxda pichoqlashg‘aydir»,- dedilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladirlar: Abdulloh ibn Ubay ibn Salul vafot etganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni unga janoza, o‘qimoq uchun chaqirishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janoza o‘qimoqqa shaylanganlarida, men: «Yo Rasululloh, Ibn Ubayga janoza o‘qiydirmisiz? Axir, u falon va falon kunlari undoq degandi va bundoq degandi, deb uning illatlarini sanay ketdim. Men ko‘p so‘zlab yubordim shekilli, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga tabassum qilib: «Ey
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 272
Umar, qani nariroq turg‘il-chi! Menga Olloh taolo tomonidan tanlamak ixtiyori berilgan, men tanladim. Agar men yetmishdan ortiq istig‘for aytganimda Olloh taolo uning gunohlarini mag‘firat qilmog‘ini bilsam, yetmishdan ortiq istigfor aytgan bo‘lur erdim»,- dedilar. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga janoza o‘qib, uylariga qaytdilar. Bir oz o‘tmay «Baroat» surasining ikki oyati nozil bo‘ldi («Ulardan kimki o‘lg‘aydir, sira ham janoza o‘qimag‘il!» degan joyidan to «Ular fosiqlardir!» degan yerigacha). Men keyinchalik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga jur’at qilib so‘zlaganimdan taajjublanib yurdim. Olloh va uning Rasuli eng ko‘p bilguvchidir! '
Abdulloh ibn Suhayb: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan bunday deb eshitdim»,— deydilar: «Bir kishini tobutda olib o‘tdilar. Odamlar uni maqtab, yaxshi so‘zlar aytishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Keyin, boshqa bir mayyitni olib o‘tishdi. Odamlar uning sha’niga yomon so‘zlar aytdilar. Janob Rasululloh bu gal ham: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Umar ibn Xattob ajablanib: «Ne vojib bo‘ldi?» —dedilar. Janob Rasululloh: «Bu bandaga yaxshilig‘ni ravo ko‘rib, maqtadingizlar, demak unga jannat vojib bo‘ldi, keyingisiga ersa, yomonlig‘ni ravo ko‘rib, yomonladingizlar, demak unga do‘zax vojib bo‘ldi. Sizlar Olloh taoloning yer yuzidagi guvohlaridirsiz!»— dedilar».
Abu ul-Asvad rivoyat qiladirlar: «Men Madinaga kelsam, shahar ahli bir kasallikka mubtalo bo‘lgan erkan. Shunda Umar ibn Xattobning yonlarida o‘tirgan erdim. Nogahon, bir mayyitni tobutda ko‘tarib o‘tib qoldilar, odamlar uning sha’niga yaxshi so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Keyin, yana bir mayyitni olib o‘tdilar, odamlar uning sha’niga ham yaxshi so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar tag‘in: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Undan so‘ng, uchinchi bir mayyitni olib o‘tdilar, odamlar bu gal uning sha’niga yomon so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar yana: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Men ajablanib: «Yo Amir al-mu’miniyn, ne vojib bo‘ldi?» — deb so‘radim.
Hazrat Umar bunday dedilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytgan so‘zlarini qaytardim, xolos. Janob Rasululloh bizga: «Qaysi bir musulmonga to‘rt kishi yaxshi deb guvohlik bersa, uni Olloh taolo jannatga kiritg‘aydir»,— deganlar. Biz ul kishidan: «Agar guvoh uchta bo‘lsa-chi-?»—deb so‘radik. «Uchta bo‘lsa ham, bo‘lur»,— dedilar. «Ikkita bo‘lsa-chi?» —dedik, «Ikkita bo‘lsa ham, bo‘lur»,— dedilar. Keyin, bizning ul kishidan: «Guvoh bitta bo‘lsa-chi?» — deb so‘ragimiz kelmadi».
Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘‘min bandani qabriga kelib, o‘tqazib qo‘yishg‘aydir! So‘ng, mo‘‘min banda: «Olloh taolodan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad Olloh taoloning elchisidir»,— deb guvohlik berur. Bu xususda Olloh taolo bunday deydir: «Bandalar qat’iy so‘zlari birlan (ya’ni, kalimai shahodat aytib) Olloh taologa bo‘lgan ishonchlarini isbotlag‘aydirlar»,— dedilar». Gundar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Shu’ba raziyallohu anhu bizga (yuqoridagi hadisni) rivoyat qila turib, «Qabr azobi to‘g‘risida «Bandalar Olloh taologa bo‘lgan ishonchlarini isbrtlag‘aydirlar» degan oyat nozil bo‘lgan» deb qo‘shimcha qildilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 273
Ibn Umar raziyallohu anhu Nofi’ga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Quraysh qabilasiga mansub kishilarning o‘liklari yotgan chuqur tepasiga kelib: «Rabbingizning va’dasi haq erkanin byldingizmi?»—deb xitob qildilar. Shunda odamlar: «O’liklarni chaqirmakdamisiz?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Sizlar ulardan ko‘ra ko‘proq eshitib turganingiz yo‘q, ular so‘zlay olmaydilar, xolos»,— dedilar».
Oisha oiamiz rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ular (o‘liklar) mening aytganlarim haq erkanligini juda yaxshi bilishg‘aydir»,— dedilar». Olloh taolo: «Sen o‘liklarga so‘zingni o‘tkaza olmag‘aydirsen (ya’ni, iymoni yo‘q shaxslarga, garchi ular tirik bo‘lsalar ham, so‘zing o‘tmag‘aydir)»,— deydi».
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir yahudiy ayol Oisha onamizning huzurlariga kirib, qabr azobi haqida gapira turib: «Sizni Olloh taolo qabr azobidan saqlasin!» —debdir. Shunda Oisha onamiz Janob Rasulullohdan qabr azobi to‘g‘risida so‘rabdilar. Janob Rasululloh: «Ha, qabr azobi haq!»—debdilar. Oisha raziyallohu anho: «Shundan beri men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiganlarida, Olloh taolodan o‘zlarini qabr azobidan saqlamakni so‘ramay qo‘yganlarini sira ko‘rmadim»,— deydilar».
Urva ibn Zubayrning xolasi Asmo Abu Bakr qizi bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutbada bandaga beriladirgan qabr azobini eslatib o‘tdilar. Shunda xutba tinglab o‘tirgan musulmonlar (qo‘rquvdan) baqirib yuborishdi».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Qabrga qo‘yilgan banda janozaga kelganlarning qaytib ketayotgandagi oyoq tovushlarini eshitib yotg‘aydir. Keyin, ikki farishta kelib, mayyitni o‘tirg‘izib qo‘yg‘aydir- da, «Bul kishi, ya’ni Muhammad sallallohu alayhi va sallam haqlarida ne der erding?» — deb so‘rashg‘aydir, Agar, banda mo‘‘min-musulmon bo‘lsa, «Bul kishining Ollohning bandasi va uning elchisi erkanlig‘iga guvohlik berurmen»,— deydir. Shunda farishtalar: «Qarag‘il, Olloh taolo senga do‘zax o‘rniga jannatdan joy ato etdi!» — deyishg‘aydir, bandaga birvarakayiga do‘zax ham, jannat ham ko‘rsatilg‘aydir». Ushbu hadisni Anasdan eshitgan Qatoda: «Keyin, banda qabrida siqilmay, bemalol yotg‘usidir»,— deb qo‘shimcha qildilar-da, Anasning rivoyatini bunday deb davom ettirdilar: «Ammo, banda munofiq va kofir ersa, «Bul kishi haqlarida ne der erding?»—deb so‘rashganda, «Ko‘pchilik ne degan ersa, men ham shundoq deganman»,— deb javob berg‘aydir. Farishtalar unga: «(Ul kishini) bilmagandirsan ham, (Qur’on) tilovat qilmagandirsan ham»,— deb temir gurzi birlan urishg‘aydir. Shunda banda shunchalik qattiq qichqirg‘aydirkim, buni inson va jinlardan boshqa, atrofdagi barcha mayyitlar eshitg‘aydir».
Abu Ayyub Ansoriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh botgan paytda tashqariga chiqdilar. Shunda (hotifdan) bir ovozni eshitib, «Yahudiylar qabrlarida azob tortmoqdalar»,- dedilar». Xolid ibn Sa’id ibn al-Osiyning qizi: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Olloh taologa sig‘inib, qabr azobidan panoh so‘rayotganlarini eshitganman» deb aytdi»,- deydilar Muso ibn Uqba.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 274
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey parvardigor, meni qabr va o‘t azobidan, hayotu mamot hamda Masih Dajjol fitnasidan saqlag‘il, deb senga iltijo qilg‘aymen!»-der erdilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qabr yonidan o‘tayotib, «Bu qabrdagi mayyitlar azob chekmoqda, biroq katta gunoh uchun azoblanayotganlari yo‘qdir. Bulardan biri chaqimchilik qilar erdi, ikkinchisi ersa, siydigidan ehtiyot bo‘lmas erdi»,-dedilar. Keyin, bir ho‘l nordani olib, ikkiga bo‘ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo‘yib: «Shoyad, shul cho‘plar quriguncha azoblari yengillashg‘aydir!»-dedilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz o‘lsangiz, sizga qabrda ertami-kechmi boradigan joyingizni ko‘rsatishg‘aydir. Agar jannatga loyiq ersangiz, jannatga; agar do‘zaxga munosib ersangiz, do‘zaxga tayin qiling‘aydirsiz. Keyin, sizga: «Olloh taolo seni qiyomat kuni qayta tiriltirguncha, boradigan joying qay yer erkanlig‘in bilib qo‘yg‘il!»-deyishg‘aydir».
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Mayyit tobutga qo‘yilib, odamlar uni yelkalariga ko‘tarishganda, agar ul hayotligida solih banda bo‘lgan ersa, «Meni tezroq olib boringiz!»-deydir, basharti solih banda ermasa, «Voy sho‘rim, meni qayoqqa olib ketmoqdasizlar?»-deb aytg‘aydir. Uning ovozini odamlardan boshqa hamma narsa eshitg‘aydir, agar odamlar ham eshitsa erdi, hushidan ketib, yiqilg‘ay erdi».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimning norasida uchta bolasi o‘lsa, ular ota-onasini do‘zax o‘tidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydir, yokim ushbu ota-ona o‘lgan norasida bolalar tufayli jannatga kirg‘aydir»,- deganlar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birorta ham musulmonning norasida uchta bolasi o‘lmasin! Mabodo, o‘lsa, Olloh taolo uni o‘shal bolalari tufayli jannatga kiritg‘aydir»,-deganlar».
Barro' raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va' sallamning (o‘g‘illari) Ibrohim alayhissalom vafot qilganlarida, «Jannatda uning rizo’iy onasi bordir» deb aytganlarini eshitgan erkanlar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 275
91-bob. Mushriklarning bolalari haqida nimalar deyilgan?
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning bolalari to‘g‘risida so‘rashganda, ul kishi: «Olloh taolo ularni yaratgan vaqtda ne qilmoqlari lozimligini aytgan»,- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning o‘lgan norasida bolalari xususida so‘rashganda, ul kishi: «Olloh taolo ularning ne qilmoqlarini aytgan erdi»,- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir bola tabiatan musulmon bo‘lib tug‘ilg‘aydir, biroq ota-onasi uni, hayvon o‘z bolasini hayvon qilib tarbiyalagandek, yahudiy yokim nasoro yohud majusiy qilib tarbiyalag‘aydir. Aytingiz-chi, sizlar hayvon bolasining biror a’zosi (shoxi, burni, qulog‘i) kesik holda dunyoga kelganini ko‘rganmisizlar?» -dedilar».
Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lgach, bizga yuzlanib: «Bul kecha kim tush ko‘rdi?»-deb so‘rar erdilar. Odamlar ko‘rgan tushlarini aytib berishar erdi, Janob Rasululloh ersa, «Olloh taolo ne xohlasa, o‘sha bo‘lg‘aydir!»-deb ta’bir aytar erdilar. Bir kuni bizdan: «Birortangiz tush ko‘rdingizmi?» - deb so‘radilar. Biz: «Yo‘q»,- dedik. Shunda Janob Rasululloh: «Ammo, men bul kecha tush ko‘rdim, tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, meni Bayt ul-Muqaddasga olib borishdi. Qarasam, u yerda bir kishi o‘tiribdir va bir kishi tik turibdir. Tik turgan kishi qo‘lidagi (rivoyatning davomini Muso ibn Ismoildan eshitganmiz, deyishadi ayrim sahobalar) temir changakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, ikkinchi lunjidan chiqarmakdadir, keyin ikkinchi lunjiga tiqib, bu lunjidan chiqarmakdadir. Changakni sug‘urib oldi deguncha, lunji tuzalib qolayotir. Tik turgan kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu tariqa to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar erdi. Buni ko‘rib, «Bu ne qilganlaringdir?»-dedim. Ular: «Qani, yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Bir joyga borsak, bir kishi chalqancha yotibdir, yana bir kishi boshida tik turibdir. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmakdadir, tosh sapchib ketib, nariga borib tushmakdadir. U toshni tag‘in olib kelguncha chalqancha yotgan kishining boshi tuzalib qolayotir. Shu tariqa tik turgan kishi chalqancha yotgan kishining boshini qayta-qayta majaqlamoqdadir. Men: «Bu kimdir?»-deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»- deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng bir chuqurlik bor erkan, uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga birlan birga chuqurdan uchib chiqib ketay deyishayotir, alanga pasayganda ersa, alanga birlan birga yana chuqur tubiga tushib ketishmakdadir. O’tda kuyayotganlar orasinda qip-yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bordir. «Bular kimlardir?» - deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»-deyishdi. Yura-yura qon daryosi bo‘yidan chiqib qoldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida ersa, boshqa bir odam turibdir. Daryodagi odam qirg‘oqqa chiqg‘aymen desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh birlan urib, daryoga qaytarib tushirib yubormakdadir. U yana chiqg‘aymen desa, tag‘in urib tushirib yubormakdadir. «Bu nedir?»-dedim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor erkan, uning tagida bir chol va bir to‘da bolalar o‘tirishibdir. Daraxtga yaqin joyda bir kishi o‘t yoqmakdadir. Sheriklarim meni ko‘tarib daraxtning ustidagi bir uyga olib kirdilar. Men shul choqqacha bundoq muhtasham uyni Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 276
ko‘rmagandirmen, uning ichida (kishilar) chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor erkan. Keyin, meni daraxtning yuqorirog‘idagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq erdi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan erkan. Men sheriklarimga qarab: «Bul kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni tushuntirib beringiz!» - dedim. Ular: «Bo‘pti!»-deb menga tushuntira ketdilar: «Lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob (yolg‘onchi) bo‘lib, uning gaplari hatto ufqqa qadar yetib borgandir. Unga, o‘zing ko‘rganingdek, qiyomatgacha azob berilg‘aydir. Boshi majaqlanayotgan odam ersa, Olloh taolo Qur’ondan bexabar qilgan odam bo‘lib, u kechalari g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab, azob berilg‘aydir. Chuqurda ko‘rganlaring - zino qilgan odamlardir, daryoda ko‘rganlaring ersa, sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol ersa, Ibrohim alayhissalom, tegrasidagi bolalar - odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalaridir. O’t yondirayotgan shaxs o‘t yoquvchilar noziridir. Sen kirgan birinchi uy, umum mo‘‘minlar uyidir, ammo keyingi uy ersa, shahidlar uyidir. Men bo‘lsam, Jabroildirmen, bul esa Mikoildir». Shundan so‘ng, Jabroil va Mikoil menga: «Boshingni ko‘targ‘il!» -dedilar. Men boshimni ko‘tarsam, tepamda bulutga o‘xshash bir joy ko‘rindi. Ular: «Bu sening maskaningdir!» - deyishdi. Men: «Qo‘yib yuboringiz, o‘shal maskanimga kirayin!» desam, ular: «Hali umring tugagani yo‘qdir, tugasa, o‘shal manzilingga kelg‘aydirsan»,- deyishdi».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling