Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Namozgoxda va masjidda janoza namozi o‘qimoq


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


59-bob. Namozgoxda va masjidda janoza namozi o‘qimoq 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Habashiston podshohi Najoshiyning vafot etganligini bizga aytib: «Birodaringiz haqqiga 

talabi mag‘firat qilingizlar!»- dedilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



sahobai kiromlarini namozga safladilar, so‘ng to‘rt marta takbir aytib, marhum 

Najoshiyga janoza namozi o‘qidilar». 

 

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



huzurlariga zino qilgan bir erkak birlan bir xotinni tutib olib kelishdi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam buyurdilar, ularni masjid oldidagi janoza o‘qiydirgan joyga olib borishib, 

toshbo‘ron qilishdi». 

 

60-bob. Qabrlarni sajdagoh qilib olmoqning makruhligi haqida 

 

Hazrat Alining o‘g‘illari Hasan vafot etganda xotinlari Fotima qabr ustiga chodir qurdilar. 



Chodir bir yilgacha o‘sha yerda turdi, so‘ng buzib yig‘ishtirishdi. Shunda hotifdan: «Ayo, 

yo‘qotgan kishilarini topishdimi?»-degan ovoz keldi. Unga ikkinchi bir ovoz: «Aksincha, 

umidsiz bo‘lib qaytib ketdilar»,- deb javob qaytardi». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot 



etmaslaridan oldin betob bo‘lib yotganlarida: «Olloh taolo yahudiy va nasorolarga la’nat 

yuborsin! Ular sobiq payg‘ambarlar qabrlarini sajdagoh qilib oldilar» ,— degan edilar». 

 

Oisha onamiz shu so‘zni eslab: «Agar qabrlarni sajdagohga aylantirib olmoq xavfi 



bo‘lmaganda erdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari atrofini ochiq holda 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

264


qoldirishar erdi. Afsuski, Janob Rasulullohning qabrlarini mahkamlashga to‘g‘ri keldi. 

Lekin, men hali ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yotgan hujrani masjid qilib 

olmoqlaridan qo‘rqg‘ayman»,- dedilar. 

 

61-bob. Tug‘olmay o‘lgan xotinlarga janoza o‘qimoq haqida 

 

Sumra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



orqalarida turib (ya’ni, iqtido qilib), tug‘olmay vafot etgan xotinga janoza o‘qidim. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, mayyit belining to‘g‘risida turib janoza 

o‘qidilar». 

 

62-bob. Imom xotin kishining janozasida qaerda turadi-yu erkak kishining 



janozasida qaerda turadi? 

 

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning orqalarida turib, tug‘olmay o‘lgan bir xotinning janozasini o‘qidim. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam ersa, mayyitning beli qarshisida turdilar». 

 

63-bob. Janoza namozida to‘rt marta takbir aytmoq 

 

Humayd rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu bizga imomlik qilib janoza namozi 



o‘qidilar. Shunda ul kishiga: «Uch marta takbir aytdingiz»,-deyishdi. Anas yana bir 

marta takbir aytib, so‘ng salom berdilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Najoshiy vafot etgan kuniyoq bu haqda xabar berdilar. So‘ng, sahobai kiromlar bilan 

namozgohga chiqdilar. Ularni saflab, to‘rt marta takbir aytib, Najoshiyga janoza namozi 

o‘qidilar». 

 

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Habashiston podshohi Najoshiyga to‘rt marta takbir aytib, janoza namozi o‘qidilar». 

 

64-bob. Janoza namozida surai «Fotiha» ni o‘qimoq 

 

Hasan Basriy rivoyat qiladirlar: «Go‘dak bolaning janozasida surai «Fotiha» o‘qilg‘aydir, 



keyin «Ollohum-ma-j’alhu lano salafan va fartan va ajran (Ilohi, bu go‘dakni, jannatga 

bizdan avval borib, joy tayyorlab turguvchi va erta vafot etganligiga sabr qilmog‘imiz 

evaziga bizlarga savobu mukofotlar ato etmog‘ingga sababchi qilg‘aysen!)»,- deyiladir». 

 

Talha raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuga iqtido qilib 



namoz o‘qidim. O’shanda u kishi surai «Fotiha» ni o‘qib, so‘ng: «Surai «Fotiha» ni 

janozada o‘qimoq sunnat ekanligini bilishsin, deb ataylab o‘qidim»,-dedilar». 

 

65-bob. Mayyit dafn qilingandan so‘ng qabr snida janoza namozi o‘qimoqning 

joizligi 

 

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 



birga bir mo‘‘min bandaning janozasiga borgan kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam qabr tepasida janoza namozi o‘qidilar, sahobalar ul kishiga iqtido qildilar»,- 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

265


dedi». 

 

Shayboniy: «Bu hadisni sizga kim aytdi?»-deb Sha’biydan so‘raganimda, u menga: «Ibn 



Abbos raziyallohu anhu aytdi» deb javob qildi»,- deydilar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Masjidni supurib yuradirgan bir qora 



odam vafot etdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bundan bexabar erdilar. Bir kuni 

o‘shal odam yodlariga tushib: «Anavi odamga ne bo‘ldi?» - dedilar. Sahobalar: «Yo 

Rasululloh, u vafot etgan»,- deyishdi. «Menga bildirmabsizlar-da!»-dedilar Rasululloh. 

Sahobalar: «U undoq edi, bundoq edi»,- deb uni kamsitishdi. Shunda Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Menga qabrini ko‘rsatingiz!»-dedilar. Sahobalar uning 

qabrini ko‘rsatishgan erdi, Janob Rasululloh unga janoza namozi o‘qidilar». 

 

66-bob. Mayyit oyoq tovushlarini eshitg‘aydir 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit 



qabrga qo‘yilgach, barcha birodarlarining qaytib ketayotgandagi oyoq tovushlarini eshitib 

turg‘aydir. Qabrga ikkita farishta kirib, mayyitni o‘tirg‘izib qo‘yg‘aydir. Shunda ikkala 

farishta mayyitga: «Mana bul kishi, ya’ni Muhammad alayhissalom to‘g‘rilarida ne der 

erding?»-deydir. Mayyit: «Bul kishining Ollohning bandasi va elchisi ekanligiga guvohlik 

bergaymen»,- deydir. Shunda unga: «Do‘zaxdagi o‘rningga qarag‘il, Olloh taolo senga 

uning o‘rniga jannatdan joy almashtirib berdi»,- deyishadir. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam so‘zlarida davom etib, yana bunday dedilar: «Banda (mayyit) o‘zining 

do‘zaxdagi va jannatdagi o‘rnini ham ko‘rg‘aydir. Ammo, ul kofir yokim munofiq ersa: 

«Bul kishi kim?» - deyilganda, «Odamlar bir narsa der erdi, men ham ular ne deyishgan 

bo‘lsa, shundoq der erdim»,- deydir. Shunda Munkar-Nakir: «Ul kishini ham 

tanimagandirsen (bilmagandirsen), Qur’oni Kariymni ham tilovat qilmagandirsen»,- deb 

olov-gurzi birlan qulog‘ining tagiga urg‘aydir. Mayyit qattiq qichqirg‘aydir, uning ovozini 

atrofdagi barcha narsalar eshitg‘aydir, faqat insonlar va jinlar eshitmag‘aydir». 

 

67-bob. Bayt ul-Muqaddasga yoki shu kabi (muqaddas) joylarga dafn 



etilmog‘ini istagan shaxs haqida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Olloh taolo Malak ul-mavtni (O’lim 



farishtasini) Muso alayhissalomning huzurlariga yubordi. Muso alayhissalom (uyga 

ijozatsiz kirgan odam, deb o‘ylab) bir musht urib, uning ko‘zini chiqardilar. Malak ul-

mavt Olloh taoloning dargohiga qaytib borib: «Meni o‘lmoqni istamagan kishining oldiga 

yuboribdirsen»,- dedi. Olloh taolo farishtaning ko‘zini qaytarib berib (joyiga keltirib): 

«Musoning oldiga qaytib borib aytg‘il, qo‘lini ho‘kizning ustig‘a qo‘ysin, qo‘li yopib turgan 

tuklarning har biri uchun unga bir yildan umr berg‘aydirmen!»-dedi. Muso: «Yo Rabbiy, 

andin keyin-chi?»-dedilar. Olloh taolo: «Andin so‘ng - o‘lim!»-dedi. Muso alayhissalom: 

«Undoq bo‘lsa, hozir (jonimni ola qolsin)!»-dedilar-da, Olloh taolodan: «Mening qabrim 

«Bayt ul-Muqaddasga bir tosh otim masofada yaqin bo‘lsa!» - deb iltimos qildilar. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘shal yerda bo‘lganlaringizda erdi, men 

sizlarga Musoning yo‘l yoqasidagi qizil qum tepaligi ustida o‘rnashgan qabrini ko‘rsatg‘ay 

erdim»,- dedilar». 

 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

266


68-bob. Kechasi dafn qilmoq 

 

Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu kechasi dafn qilinganlar. 



 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

kechasi dafn qilingan bir kishiga janoza namozi o‘qidilar. Janob Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar, orqalaridan sahobalar ham turishdi. So‘ng, 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qabrdagi kimdir?» - deb so‘ragan erdilar, 

sahobalar: «Falonchi, kecha kechasi dafn qilindi»,- deyishdi». 

 

69-bob. Qabr ustiga masjid qurmoq 

 

Oisha onamiz raziyalloxu anxo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



betob bo‘lib yotganlarida, xotinlari (Ummu Salama va Ummu Habiba) ul kishiga 

Habashistonda o‘zlari ko‘rgan kanisa to‘g‘risida so‘zlab berishdi. O’sha kanisa «Mariya» 

deb atalar erdi. Uni Ummu Salama birlan Ummu Habiba raziyallohu anhumo 

Habashistonga borishganda ko‘rgan bo‘lib, ularni kanisaning chiroyi va uning ichidagy 

suratlar jalb etgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlarini ko‘tarib: «Ular, 

agar oralaridan bir solih kishi vafot etg‘aydir, uning qabri ustiga kanisa qurg‘aydirlar, 

so‘ng ichiga suratlar chizg‘aydirlar. Ular Olloh taolo dargohida eng yomon otlig‘ 

insonlardir!»-dedilar». 

 

70-bob. Xotin kishini qabrga kim qo‘yadir? 

 

Anas raziyalloxu anxu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



qizlari - Ummu Gulsumning dafn marosimida qatnashdik. Shunda Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamga qarasak, qabr yonida turibdilar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. 

Nogahon: «Orangizda bul kecha ayoliga yaqinlik qilmagan kishi bormidir?»-deb 

so‘radilar. «Men» ,— dedilar Abu Talha. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Tushg‘il qabrga!»-dedilar. Abu Talha qabrga tushib, mayyitni lahadga qo‘ydilar». 

Fulayh raziyallohu anhu: «Nazarimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bul kecha 

gunoh qilmagan kim bordir?» -deb aytdilar shekilli»,- deydilar. 

 

71-bob. Shahidga janoza o‘qimoq to‘g‘risida 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida 



shahid bo‘lganlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydirar erdilar. Qabrga qo‘yilmog‘idan 

avval: «Bulardan qaysi biri Qur’onni ko‘proq yodlagandir?»-deb so‘rar erdilar. «Mana 

bunisi» deb ko‘rsatishgan mayyitni oldin lahadga qo‘ydirar erdilar. So‘ng, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Bul kishilarga (Olloh yo‘lida jonini qurbon qilganlarga) 

qiyomat kuni men guvohdirmen!»-deb, ularning qonlarini yuvdirmay va janoza ham 

o‘qitmay dafn qildirar erdilar». 

 

Uqba ibn Omir rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Uhud 



jangida shahid bo‘lganlarga o‘z ajali birlan o‘lgan mayyitga o‘qigandek janoza o‘qidilar. 

So‘ng, minbarga chiqib: «Men sizlardan avval borib (jannatdan joy) tayyorlab 

turg‘uvchimen va men sizning (qilgan yaxshi amallaringizga) guvohdirmen. Ollohga 

qasam ichib ayturmenkim, hozir men Havzi Kavsarni ko‘rib turibdirmen, menga Yer 

xazinalarining kalitlari (yokim «Yer kalitlari»,- dedilar shekilli) berildi. Olloh haqqi-


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

267


hurmati, men o‘lganimdan keyin sizlardan xotirjamdirmen, faqat, mol-dunyo ketidan 

quvmasangizlar, deb qo‘rqg‘aymen, xolos»,- dedilar». 

 

72-bob. Ikki yoki uch mayyitni bir qilib dafn etmoq haqida 

 

Jobir ibn Abdullox rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida 



shahid bo‘lgan kishilarning har ikkitasini bir qilib qabrga qo‘ydirar erdilar». 

 

73-bob. «Shahidlarni yuvmoq lozim ermas»,- degan kishilar haqida 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shahidlarni 



(yuvmay) qonlari birlan dafn qilaveringizlar!» - dedilar. O’shal kuni shahidlarni hech kim 

yuvmadi». 

 

74-bob. Lahadga (birdaniga bir necha o‘lik qo‘yiladirgan bo‘lsa) kim avval 

qo‘yilg‘aydir? 

 

Imom Buxoriy «lahad» so‘zining ma’nosi haqida bunday deydilar: «Lahad qabrga 



nisbatan nishabroq bo‘lgani uchun ham lahad deyilg‘aydir, har bir jabr qilg‘uvchi odam 

ersa, mulhid deyilg‘aydir. Qur’oni Kariymdagi «multahidan» so‘zi ham «bir tekis nishab» 

degan ma’noni anglatg‘aydir. Agar lahad (qabr) nishab bo‘lmaganda erdi, zarih 

(sog‘ona) bo‘lgan bo‘lar erdi». 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida 



halok bo‘lganlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydirar erdilar. Qabrga qo‘yishdan avval: 

«Qaysi biri Qur’onni ko‘p yodlagandir?» - deb so‘rar erdilar. «Qur’onni ko‘p yodlagan 

mana shuldir»,- deb ko‘rsatishgan mayyitni oldin lahadga qo‘ydirar erdilar. So‘ng: «Men 

bularning (Olloh yo‘lida shahid bo‘lganlig‘iga) guvohdirman!»-deb ularning 

jarohatlaridagi qonni yuvdirmay va janoza ham o‘qitmay dafn qildirar erdilar». 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida 



halok bo‘lgan har ikki shahiddan birini ko‘rsatib: «Bularning qaysi biri Qur’onni ko‘p 

yodlagandir?»-deb so‘rar erdilar. So‘ng, qaysi birini ko‘rsatishsa, o‘shani sherigidan 

avval qabrga qo‘ydirar erdilar. Mening otam birlan amakim ham bir jangda halok bo‘lib, 

ikkalalari bitta kafanga kafanlangandirlar»(?). 

 

75-bob. Qabrni (lahadni) berkitishda nzxir va boshqa o‘t-o‘lanlardan 

foydalanmoq 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Olloh taolo Makkai Mukarramani muhtaram qildi. Unda qon to‘kmoq mendan avval ham 

biror kishiga ruxsat etilmagan, mendan keyin ham biror kishiga ruxsat etilmag‘aydir. 

Menga ersa, fath kuni (Makka zabt etilgan kuni) bir soatgagina urush qilmoqqa ijozat 

berildi. Makkaning hatto ko‘katlarini yulmoq, daraxtlarini sindirmoq ham makruhdir! 

Unda ov qilinmag‘aydir, tushib qolgan narsaga tegilmag‘aydir. Tushib qolgan narsani 

odamlarga ma’lum qilmoq uchungina qo‘lga olmoq mumkindir»,- dedilar. Shunda men: 

«Izxirnigina yulmoqqa ruxsat beringiz, chunkim biz undan bo‘yoq olg‘aymiz va uni 

qabrni (lahadni) yopishda ishlatg‘aydirmiz»,- dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

268


va sallam: «Izxirni bo‘lsa, mayli!» - dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh o‘shanda 

«Qabrlarimiz va uylarimiz uchud bo‘lsa, mayli!» deb aytdilar»,-deydilar». 

 

76-bob. Mayyit, biror sababga ko‘ra, qabrdan yoki lahaddan qayta kavlab 

olinadirmi? 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn 



Ubay qabrga qo‘yilgandan so‘ng kelib, uni qayta kavlab olmoqni buyurdilar. Abdullohni 

qabrdan chiqarib olishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning 

boshini tizzalariga qo‘yib, dam soldilar-da, unga o‘zlarining ko‘ylaklarini kiydirdilar 

(buning sababini Olloh bilg‘aydir). Abdulloh, hayotligida, Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning amakilariga bir ko‘ylak kiydirgan erdi. Sufyon birlan Abu Hurayra bundoq 

deyishadir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikkita ko‘ylaklari bo‘lib, bir kuni 

Abdullohning o‘g‘li: «Yo Rasululloh, ustingizdagi ko‘ylagingizni otamga kiydiringiz!» - deb 

aytdi». «Sahobalar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning amakilariga 

qilgan yaxshilig‘i evaziga o‘z ko‘ylaklarini berdilar, deb o‘ylashdi»,- deydilar Sufyon. Jobir 

ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Uhud jangi ketayotgan kunlardan birida, kechasi meni 

otam chaqirib: «Nazarimda, Rasulullohning sahobalaridan birinchi bo‘lib men shahid 

bo‘ladirganga o‘xshayman. Mening qarzim bor, uni uzg‘il, opa-singillaringga yaxshilik 

qilg‘il!» - dedilar. Tong otdi, Otam rahmatlik birinchi bo‘lib shahid bo‘ldilar. Otamga 

qo‘shib yana bir kishini qabrga qo‘yishdi. Otamni boshqa bir kishi birlan birga qabrda 

qoldirmoqqa ko‘nglim bo‘lmadi. Olti oydan so‘ng otamni qabrdan qayta kavlab oldim. 

Bundoq qarasam, ul kishi xuddi shu bugun, endigina qabrga qo‘yilgandek yotibdilar. 

Faqat quloqlarining bittasi sal o‘zgargan». Jobir raziyallohu onhu rivoyat qiladirlar: 

«Otamga qo‘shib yana bir kishini qabrga qo‘yishdi. Otamni begona kishi birlan birga 

qabrda qoldirmoqqa ko‘nglim bo‘lmadi. So‘ng, otamni qabrdan qayta kavlab olib, alohida 

dafn qildim». 

 

77-bob. Qabrga lahad va yorma qilmoq 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida 



o‘lganlarning ikkitasini bir qilib qabrga qo‘ydirar erdilar. Qabrga qo‘yishdan avval: 

«Qaysi biri Qur’onni ko‘proq bilg‘aydir»,- deb so‘rar erdilar. Qaysi birini ko‘rsatishsa, 

o‘shanisini oldin lahadga qo‘ydirar erdylar. So‘ng: «Men bularga qiyomat kuni 

guvohdirmen!» - der erdilar. Janob Rasululloh shahidlarning jarohatlaridagi qonni 

yuvdirmay va g‘usl qildirmay, dafn qildirar erdilar». 

 

78-bob. Agar bola islomga kirishi bilan o‘lsa, unga janoza namozi o‘qiladirmi? 

 

Hasan Basriy, Shurayh, Ibrohim va Qatodalar bunday deyishgan erkan: «Agar biror 



oiladagi ota-onadan bittasi islomga kirsa, bolasi ham u birlan birga islomga kirgan 

hisoblanur. Masalan, Ibn Abbos raziyallohu anhu ham o‘z qavmining dinida qolgan otasi 

birlan birga ermas, balki islom hali zaif bo‘lgan vaqtda musulmon bo‘lgan onasi birlan 

birga erdi. Islom yuksalg‘aydir, undan o‘zga dinlar yuksalmag‘aydir!» 

Solim ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

birlan birga bir to‘da odamlar yo‘ldoshligida Ibn Sayyod yashaydirgan tomonga bordilar. 

Ibn Sayyodni Baniy Mug‘ola qal’asi yonida bolalar birlan o‘ynab turganda uchratishdi. 

Ibn Sayyod balog‘atga yetib qolayozgan erdi. U, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

muborak qo‘llari birlan yelkasiga qoqmagunlaricha, kelganlarini sezmadi. Janob 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

269


Rasululloh: «Mening Ollohning elchisi erkanlig‘imga guvohlik berg‘il!» - dedilar. Ibn 

Sayyod Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarab: «Guvohlik berg‘aymen, siz, 

darhaqiqat, ummiylarning (savodsizlarning) payg‘ambaridirsiz, lekin siz o‘zingiz ham 

mening Ollohning elchisi erkanlig‘imga guvohlik berg‘aymisiz?» - dedi shakkoklik qilib. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning gapini rad qilib: «Men Olloh va uning 

payg‘ambarlariga ishong‘aymen, sen ne demoqchidirsan o‘zi?»-dedilar. Ibn Sayyod: 

«Menga (miyamga) gohi chin, gohi yolg‘on gaplar kelg‘aydir»,- dedi. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Seni shayton vasvasa qilg‘aydir, men senga ko‘nglimdagi 

bir gapni aytayin!» - dedilar. Ibn Sayyod «Dux... » degancha qoldi. Rasululloh: «Jim 

bo‘lg‘il, hech qachon sen payg‘ambarlarga keladirgan vahiydan boxabar bo‘lolmassen!» - 

dedilar. Darhaqiqat, Janob Rasululloh «Fa-rtaqib yavma ta’tiyu-s-samo’u bi-duxonin 

mubiynin» degan oyatni o‘qimoqchi bo‘lgan erdilar. Ibn Sayyod ana shu oyatdagi 

«duxon» (tutun) so‘ziga ishora qilg‘an erdi (oyatning mazmuni: «Osmonni tutun 

qoplaydirgan kunni kutg‘il!»). Shunda Hazrat Umar: «Uni menga qo‘yib beringiz, 

kallasini olib tashlaydirmen!» - dedilar. Janob Radululloh sallallohu alayhi va. sallam: 

«Agar u Dajjol bo‘lsa, unga siz hukmingizni o‘tkaza olmassiz, bordi-yu, Dajjol bo‘lmasa, 

o‘ldirmog‘ingizdan sizga ne naf?» - dedilar». «Keyinchalik,- deydilar Ibn Umar,- 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’b birlan birga Ibn Sayyod birlan 

uchrashishgan o‘shal xurmo daraxti ostiga borishdi. Ular Ibn Sayyodga yo‘liqmasdan 

ilgari uning to‘g‘risida biror narsa bilib olmoqchi bo‘lishgan erdi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam qarasalar, Ibn Sayyod bir baxmal mato ustida yonboshlab yotibdir. 

Matoda qandaydir bir sirli alomat (yokim ovoz) borligi sezilib turar erdi. Shunda Ibn 

Sayyodning onasi Janob Rasulullohning xurmo daraxti panasidan kuzatib turganlarini 

ko‘rib qolib, «Ey Sof (onasi uni shundoq derdi), qarag‘il, ana Muhammad!» - dedi. Ibn 

Sayyod o‘rnidan sapchib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar onasi 

indamay turganida, Ibn Sayyodning sirini bilib olgan bo‘lur erdik»,- dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir yahudiy bola Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning xizmatlarini qilib yurar erdi. Bir kuni u kasal bo‘lib qoldi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam uni ko‘rgani bordilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

uning bosh tomoniga o‘tirib: «Islomga kirg‘il!» - dedilar. Bola yonida o‘tirgan otasiga 

qaradi. Otasi bolaga: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallamga (ya’ni, Rasulullohga) itoat 

etg‘il!» - dedi. Bola islomga kirdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bolani 

do‘zax o‘tidan qutqargan Ollohga shukr!» - deb tashqari chiqdilar». 

 

Ubaydullohga Ibn Abbos bunday degan erkanlar: «Men va onam (Makkadan Madinaga 



hijrat qila olmay, Makkada qolgan) zaif va nochor musulmonlardan erdik. Men 

bolalarning, onam ersa ayollarning orasinda eng nochori erdi». 

 

Ibn Shihob rivoyat qiladirlar: «Har bir vafot etgan bolaga, garchi uni kofir yokim buzuq 



xotin tuqqan bo‘lsa ham, janoza o‘qilg‘aydir. Islom millatida tug‘ilgan, ota-onasi 

musulmonlikni da’vo qilayotgan yokim onasi musulmon bo‘lmasa ham, otasi o‘zini 

«musulmonman» deyayotgan har bir tirik tug‘ilgan bolaga janoza o‘qilgaydir. Chirqirab 

tug‘ilmagan bolaga, tushib qolganligi sababli, janoza o‘qilmaydir. 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Aslida har bir bola tabiatan (sog‘lom) musulmon 



tug‘ilg‘aydir. Keyin, ota-onasi uni, kamchiliksiz tug‘ilgan hayvon bolasining dumi, qulog‘i 

yokim shoxini qirqishgandek, istasa — yahudiy qilg‘aydir, istasa — nasoro qilg‘aydir, 

istasa — majusiy qilg‘aydir. Birorta buzoqning qulog‘i yokim dumi kesilgan holda 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling